3.3 Pul mablag‘lari auditini yakunlash va hujjatlarni rasmiylashtirish.
4. XULOSA
5. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
6. ILOVALAR
ADABIYOTLAR SHARHI: Pul mablag‘lari auditi mavzusidagi kurs ishini tayorlashda bir nechta darslik, o‘quv qo‘llanma va boshqa manbaalrdan foydalandim. Ushbu adabiyotlarning ayrimlariga sharh berib o‘tmoqchiman. Jumladan:
H.N.Musayev Audit. Darslik. T.: “Moliya”, 2003 – 220 b.
Oliy o‘quv yurtlarida tehsil olayotgan 5340600 – “Moliya”, 5340700 – “Bank ishi”, 5340800 – “Soliq va soliqqa tortish” yo‘nalishlari talabalarining o‘quv rejalarida “Audit” fanini o‘rganish ko‘zda tutilgan. Mazkur darslik auditning nazariy va amaliy masalalarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, dalat o‘quv standartlari va fan adsturlari asosida yozilgan. Darslik buxgalteriya xisobi va audit sohasidagi keying o‘zgarishlar e’tiborga olingan.
Kitobdan boshqa yo‘nalishdagi talabalar, ilmiy xodimlar va amaliyot mutahasislari ham foydalanishlari mumkin.
Darslikning “Qisqa muddatli aktivlarning auditi” bobida pul mablag‘lar va valyuta operatsiyalarining auditi va auditni o‘tkazish ketma-ketligi batafsil berilgan.
2. Iqtisodiy tahlil va audit. Darslik. T.: “Samarqand”, 2015 – 93 b. Iqtisodiy tahlil va audit fani bo‘yicha leksiyalar kursi Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi dosenti T. Qudratov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligining 2011 yil 17 sentyabrdagi 392-sonli buyrig‘i bilan tasdiqlangan fanning o‘quv dasturiga mos holda tayyorlangan.
Leksiyalar kursi “Iqtisodiyot“ ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan, lekin undan “Buxgalteriya hisobi va audit “ va “Fermer xo‘jaligini boshqarish va yuritish” ta’lim yo‘nalishlarining talabalari ham, professor-o‘qituvchilar ham foydalanishlari mumkin.
Darslikning “Audit va auditorlik faoliyatining mazmun-mohiyati” bobida xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda audit o‘tkazishni tashkil etish bosqichlari va ularda bajariladigan audit amallari, auditorlik tekshirishni rejalashtirish, auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish ishchi dasturini tuzish. Auditorlik dalillarning turlari, Auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va baholash. Auditorlik hisobotining tuzilishi va mazmuni batafsil berilgan.