O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti


Valyuta schyotlariga doir muomalalar sintetik hisobining to’g’riligi va to’liqligini tekshirish



Download 202,5 Kb.
bet15/15
Sana25.06.2022
Hajmi202,5 Kb.
#704855
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
pul mablag\'i auditi

Valyuta schyotlariga doir muomalalar sintetik hisobining to’g’riligi va to’liqligini tekshirish.
Korxona va firmalar xorijiy valyutalardagi pul mablag’larining to’liq kirimga
olinishini aniqlash va valyuta muomalalarining hisobda to’g’ri aks ettirilishini
tekshirish muhim masala hisoblanadi.
Korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish chog’ida mahsulot (ish,
xizmat) eksportidan daromad oladilar, import tovarlar bo’yicha to’lovlarni amalga
oshiradilar, xorijga xizmat safarlari bo’yicha sarflarni to’laydilar va O’zbekistonda
hamda chet ellardagi banklarda ochilgan valyuta schyotlari orqali boshqa
muomalalarni amalga oshiradilar. Banklarda valyuta schyotlarini ochish tartibi va
ular bo’yicha muomalalarni amalga oshirish O’zbekiston Respublikasi valyuta
qonunchiligi hamda Markaziy Bankining me’yoriy hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bank hujjatlarida xalqaro hisob-kitoblar
bo’yicha qoldiqlar va muomalalar milliy valyuta va chet el valyutalari turlari: AQSh
dollari, nemis markasi, ingliz funt sterlingi va h. k. bo’yicha ko’rsatiladi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq yuridik shaxs-rezidentlar quyidagi valyuta
schyotlariga ega bo’lishlari mumkin:

  • tranzit valyuta schyoti - eksportdan olingan valyuta tushumini to’liq hajmda

hisobga olish uchun mo’ljallangan;

  • maxsus tranzit valyuta schyoti - O’zbekiston Respublikasi valyuta birjasida

chet el valyutasini so’mga sotib olish va uni yana sotishga doir muomalalarni hisobga olish uchun mo’ljallangan;
Joriy valyuta schyoti yuridik shaxs eksportdan olingan tushumning bir qismini majburiy sotganidan so’ng uning ixtiyorida qoladigan mablag’larni va valyuta qonunchiligiga muvofiq schyotga doir boshqa muomalalarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan xorijdagi valyuta schyoti O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining Maxsus ruxsatnomasiga muvofiq xorijda vakolatxonalariga ega tashkilotlar uchun ochiladi.
Bankdagi valyuta schyotlari bo’yicha muomalalarni tekshirish chog’ida auditor quyidagilarga alohida e’tibor qaratishi lozim:

  • joriy valyuta muomalalari va kapitalning harakati bilan bog’liq valyuta

muomalalari huquqiy rejimiga rioya qilinishi;

  • valyuta muomalalarini amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi

Markaziy Bankining litsenziyasiga ega bo’lgan, vakolatli banklar orqali valyuta
muomalalarini amalga oshirish;

  • vakolatli banklarda ayrim valyuta muomalalarini amalga oshirish uchun

O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan beriladigan ruxsatnomalar va
litsenziyalarning mavjudligi;
* yuridik shaxs-rezidentlar tomonidan ular ixtiyorida mavjud bo’lgan, legal
kelib chiqishga ega valyuta mablag’lari chegarasida chet el valyutasidagi hisobkitoblarni
amalga oshirish;
* 5210-«Mamlakatimizdagi valyuta schyotlari» schyoti bo’yicha ochilgan
«Tranzit valyuta schyotlari», «Maxsus tranzit valyuta schyotlari», «Joriy valyuta
schyotlari», «Xorijdagi valyuta schetlari» subschyotlaridagi valyuta mablag’lariga
doir muomalalar hisobi.
124
Valyuta schyotlari bo’yicha muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish
bankda ochilgan, shu jumladan chet ellardagi ham, har bir valyuta schyoti bo’yicha
amalga oshiriladi.
Bunda shuni e’tiborga olish kerakki, agar O’zbekiston korxonasining xorijiy
bankda, O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki litsenziyasi bo’yicha ochilgan
schyoti bo’lsa, bu litsenziya unga valyuta tushumini qabul qilish uchun asos bo’la
olmaydi. Shuning uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida xorijiy
bankdagi schyotga valyutani har bir kirimi uchun maxsus ruxsatnoma bo’lishi lozim.
Rezident bo’lib hisoblangan, eksport qiluvchi tashkilotlar valyuta tushumi qabul
qilinishining to’liqligi va to’g’riligini tekshirishda, vakolatli banklardagi ularning
valyuta schyotlari bo’yicha quyidagilarni aniqlash kerak:
* tashkilot valyuta tushumini chet ellik hamkorining reklamatsiyasini qoniqtirish
hisobiga jarima to’lash yoki zararlarni qoplash, ya’ni o’zaro talablarni hisobga olish
to’g’risidagi talablarni;
* eksport kontraktlari kabi, import kontraktlarini bajarish chog’ida ham o’zaro
qarz surishish hollariga yo’l qo’yilmaganligi;
* O’zbekiston Respublikasiga o’tkazilishi lozim bo’lgan va xorijdagi
rezidentning ixtiyoriga yoki mulki qatoriga o’tgan tushumdan to’lovlar amalga
oshirilmaganligi. Olingan daromad pul o’tkazish amalga oshirilgunga qadar faqat
ushbu daromad olingan tashqi iqtisodiy muomala bilan bevosita bog’liq bo’lgan bank
komissiyalari va chiqimlarni to’lash uchun ishlatilishi mumkin.
Valyuta tushumining to’liq kirim qilinishini tekshirish uchun yil davomida
tushgan valyuta summasi eksport qilingan tovar qiymati bilan taqqoslanadi.
Valyuta schyotiga doir muomalalarini tekshirish chog’ida valyuta sotish va sotib
olishga doir muomalalarning to’g’ri aks ettirilganligiga alohida e’tibor qaratish lozim.
Chunki korxonalar buxgalterlari ko’p hollarda hisobga olish uslubiyotida ham, kurs
farqlarini hisob-kitob qilishda ham valyutani so’mga hisoblab o’tkazishda ko’plab
xatolarga yo’l qo’yadilar.
Valyutani sotib olishga doir muomalalarning valyuta qonunchiligiga va
buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibiga muvofiqligini tekshirish quyidagi tartibda
o’tkaziladi.


Download 202,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish