O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
AUDIT KAFEDRASI
MAVZU: Soliqlar va majburiy to’lovlar auditi.
Bajardi: Mirqobilov A.B. V-kurs XBAS-61 guruh
Tekshirdi: O’qituvchi Yeshpanov I.T
TOSHKENT-2023.
Reja:
|
|
Kirish…………………………………………………………………………
|
3
|
1. Byudjet va byudjetdan tashqari fondler bilan hisob – kitoblar auditioning maqsadi, vazifasi va ma’lumot manbalari…………………………………..
|
5
|
2. Bevosita va bilvosita soliqlar auditi………………………………………
|
10
|
3. Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lanadigan majburiy to’lovlar auditi…………………………………………………………………………
|
34
|
Xulosa……………………………………………………………………….
|
41
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati………………………………………….
|
42
|
Kirish
Ushbu kurs ishining dolzarbligi shundaki, hozirgi zamon sharoitida har qanday korxona hoh u katta kompaniya yoki kichik tadbirkorlik bo’lsin u davlatga albatta, soliq to’laydi va muddatlarda majburiy va ixtiyoriy tekshiruv (audit) dan o’tkazilib turiladi.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori konyunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoniga asosan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha “HARAKATLAR STRATEGIYASI” tasdiqlandi. Ushbu harakatlar strategiyasining III-yo’nalishining 1-bosqichida ham soliqqa alohida e’tibor berilgan - Soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag’batlantiruvchi choralarni kengaytirish.
O‘tgan yillarda mamlakatimizda auditning normativ-huquqiy va uslubiy bazasi shakllantirildi, shuningdek, auditorlik faoliyatini litsenziyalashning soddalashtirilgan va muddatsiz tizimi joriy etildi, bu auditorlik xizmatlari bozorining shakllanishiga va mahalliy auditorlik tashkilotlari auditorlik kompaniyalarining yirik xalqaro tarmoqlariga kirishini ta’minlashga imkon yaratdi.
Shu bilan birga, qator muammolar va kamchiliklar auditorlik faoliyatining yanada rivojlanishiga, boshqarishga oid qarorlarni qabul qilish va korporativ boshqaruv sifatini oshirish uchun auditorlik xizmatlarining ahamiyatini oshirishga to‘sqinlik qilmoqda, xususan:
birinchidan, auditorlik tashkilotlariga ishonch darajasi past, shuningdek, auditorlik tekshiruviga moliyaviy hisobotning haqqoniyligini tasdiqlashning kafolati emas, balki ortiqcha va malol keladigan ma’muriy tartib-taomil sifatida qaralmoqda;
ikkinchidan, auditorlik tashkilotlarini tanlab olish bo‘yicha mavjud cheklovlar va tanlovlar o‘tkazish amaliyoti ko‘p hollarda insofsiz, shu jumladan narx borasida insofsiz raqobatni keltirib chiqaradi, buning oqibatida auditorlik xizmatlari sifati va auditorlik xulosalarining haqqoniyligi pasaymoqda;
uchinchidan, auditorlarni maxsus tayyorlash va ularning malakasini oshirishning amaldagi tizimi yuzaki tusga ega bo‘lib, professional tayyorgarlikning va auditorlik xizmatlari sifatining zaruriy darajasini, shu jumladan auditorlik faoliyatining xalqaro standartlariga mosligini ta’minlamayapti, bu esa auditor kasbi nufuzining pasayishiga olib kelmoqda;
to‘rtinchidan, auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazorat qilishning samarali tizimi mavjud emas, bu litsenziyalovchi organning huquqiy ta’sir choralari cheklangani sharoitida sifatsiz auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish hollariga va auditorlarning insofsiz xatti-harakatlariga nisbatan tezkor chora ko‘rish imkonini bermayapti;
beshinchidan, auditorlik faoliyatining milliy standartlari umume’tirof etilgan xalqaro audit standartlariga to‘liq mos emas, bu esa xorijiy investorlarda mahalliy korxonalar moliyaviy hisobotlarining haqqoniyligini tushunish ko‘nikmasining shakllanishini ta’minlamayapti.
2021-yil oxiriga buxgalterlarni sertifikatlash sohasidagi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda “Huquq” va “Soliqqa tortish” yo’nalishlari bo’yicha natijalari buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida qabul qilinadigan milliy malaka imtihonini o’tkazish tizimini joriy etish masalasini ko’rib chiqildi.
Buxgalter va auditorlar uchun xalqaro ta’lim standartini tan olish va respublikada qo’llash maqsadida buxgalterlarni sertifikatlash sohasidagi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish choralari ko’rildi
Do'stlaringiz bilan baham: |