TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT FAKULTETI “AUDIT VA IQTISODIY TAHLIL” KAFEDRASI IBODULLAYEV SAIDAXROR AZAMAT O‘G‘LI “PUL MABLAG‘LARI HARAKATINI TAHLILI VA UNI OPTIMALLASHTIRISH YO‘LLARI” 5230900 – “Buxgalteriya hisobi va audit (ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olish uchun yozilgan BITIRUV MALAKAVIY ISHI T A Q D I M O T I Bitiruv malakaviy ish mavzusning dolzarbligi Iqtisodiyotni modernizatsiyalasha sharoitida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan eng ustivor yo‘nalishlardan biri, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish, mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondlarini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish hisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyot negizlarini yaratish bo‘ldi. - Bitiruv malakaviy ish mavzusning dolzarbligi Iqtisodiyotni modernizatsiyalasha sharoitida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan eng ustivor yo‘nalishlardan biri, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish, mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondlarini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish hisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyot negizlarini yaratish bo‘ldi.
- Pul oqimini tahlilining uslubiy asosi va bosh vazifasi bevosita pul mablag‘larini butligi hamda ularni doimiy nazorat qilib turish qoidasi asosida qurilgan. Bugungi kunga kelib yangicha shakl va mohiyatga ega bo‘lgan sanoat xizmat ko‘rsatish korxonalarini tashkil etilishi tahlil tizimini mazmun, kuzatuv o‘rni, maqsadi va vazifalari yuzasidan ancha boyitdi. Natijada, Respublikamizda iqtisodiy tahlilni yanada takomillashtirish zarurati paydo bo‘ldi. Shu jihatdan ham har bir iqtisodiy davr o‘ziga xos farqlanuvchi jihat va o‘zgarishlarga ega. Shunday ekan tahlil tizimida ham islohotlar olib borishni tayominlagan holda, iqtisodiy jarayonlarga qayta o‘zgaruvchanlik va belgilov shakliga ega deb qarashni taqozo etadi. Shu sababli ham, Respublikamizda mustaqillik yillarida pul mablag‘larining harakatini tartibga solish, ularning nazoratini samarali tashkil etish, pul mablag‘larining yangi manbalarini izlab topish hamda ularning holatini muntazam tahlil qilib turish borasida bir talay ishlar amalga oshirishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |