TSitrus mevalar sharbatlari.
TSitrus mevalardan qand siropi qo’shib shirinlashtirilgan
tindirilmagan, yoki tabiiy sharbat ishlab chiqariladi. Mahsulotda quruq modda miqdori me’yorlanadi.
Tabiiy sharbatlar uchun 7-10%; shirinlashtirilgan sharbatlar uchun 14-16%. Umumiy kislotalilik 0,7-
2,0 va limon sharbati uchun 6%-ni tashkil etadi.
Meva yangi va pishgan bo’lishi kerak. Pishib yetilmagan xom ashyoda glyukozit naringin
mavjud bo’lib, u sharbatga achchiq ta’m beradi.
Mevalarning po’stlog’i efir moylariga boy, ulardan eng ko’pi d-limonen.
Konservalangan sharbatni saqlashda kislotalar ta’siri ostida d-limonen izomerlanadi, natijada
bitsiklik terpenlar, maslan, pinen hosil bo’ladi. Pinen mahsulotda skipidar hidini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |