O’rik sharbati.
O’rik sharbati suvda erimaydigan provitamin A – karotinni saqlab qolish
uchun eti bilan ishlab chiqariladi. Mahsulot takibidagi quruq modda 14%-dan kam emas, kislotaliligi
0,5-1,1%, et miqdori – 40%-gacha.
O’rikning Krasnoshchekiy, Ananasoviy, Nikitskiy, Vengerskiy krupniy, Aleksandr ranniy,
SHindaxlan navlaridan yaxshi sharbat chiqadi.
O’rik yuviladi, inspektsiyalanadi, yumshatish uchun unga bug’ bilan ishlov beriladi, simli
ishchi organli ishqalash mashinasida maydalanadi. Sim ishchi organlar o’rik danagini maydalay
olmaydi. YAxlit ishchi organli ishqalash mashinasi ishlatilganda valning aylanish chastotasi 650-700
dan 300-350 ayl/daqiqagacha kamaytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |