Olma sharbati.
Olma sharbati tabiiy holda etsiz, tindirilgan va tindirilmagan ko’rinishda
ishlab chiqariladi.
Kislotaliligi baland xom ashyoni ishlatganda (Pribaltika, Belorussiya olmalari) sharbatga 5%
miqdorda qand qo’shiladi. Olmadan tabiiy, qand yoki qand siropi qo’shilgan turdagi etli sharbatlar
ishlab chiqariladi. Olma sharbatini boshqa sharbatlar, xususan rezavorlar sharbati bilan kupajllash keng
qo’llaniladi.
Tabiiy olma sharbatida quruq modda miqdori (tovar naviga qarab) 9,0-11,0%-ni tashkil etadi,
qand yoki sirop qo’shilgan sharbatda -13-16%, yovvoyi olmalar mahsulotida – 8%-dan kam emas.
SHarbatning umumiy kislotaliligi 0,2-1,2%, yovvoyi olmalar sharbatida – 1,1-1,6%. Et miqdori 30%-
gacha bo’ladi, siropli sharbatda esa – massasidan 40%-ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |