Sabzavot sharbatlari.
Tabiiy tomat sharbati. Tomat sharbati pishgan tomatdan etli bir jinsli
konsistentsiyada olinadi. SHarbat tabiiy holda konservalanadi, ba’zan 0,6-1,0% osh tuzi solinadi.
Mahsulot asosan bevosita iste’mol qilish uchun ishlatiladi, ba’zan ayrim ichimliklarning tarkibiy
qismini tashkil etadi (masalan, “Aromatniy” ichimligi va hokazo.). Bundan tashqari, quruq modda
miqdori 40% bo’lgan kontsentrlangan tomat sharbati ishlab chiqariladi. Xom ashyo sifatida tomatning
tomat-pasta va tomat-pyure uchun qo’llaniladigan navlari ishlatiladi.
SHarbat ishlab chiqarish uchun saralangan pishgan tomatlar ishlatilishi kerak. Qand-kislota
indeksi 8 bo’lgan tomat sharbati yaxshi ta’mga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |