Tajriba mashgʻulotlarini bajarish vaqtida biror-bir koʻngilsiz voqea yuz
berganida birinchi yordam koʻrsatish tartibi
Tajriba mashgʻuloti oʻtkaziladigan labaratoriya xonasida meditsina aptechkasi
boʻlishi shart. Agar talabalarni biror joyi kesilsa, kesilgan joyiga yod yoki 3% li
vodorod peroksidi eritmasini surkash kerak.
Agar talabaning biror joyi kuysa, oʻsha yerni darhol kaliy permanganat eritmasi
yoki etil spirti bilan yuvish kerak.
Agar qoʻl va terining boshqa joylariga kontsentrlangan kislota sachrasa oʻsha yuzani
darhol sovuq suv bilan yuvish va soʻngra oʻsha yuzaga ichimlik sodasining kuchsiz
eritmasidan surtish kerak. Agar talabalarning terisini biror joyiga oʻyuvchi ishqor
toʻkilsa, oʻsha joyni darhol suv bilan yuvish va soʻngra sirka kislotasining past
kontsentratsiyali eritmasidan surtish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |