76
AMALIY MASHGʻULOTLARINI BAJARISHDA TALABALARNING RIOYA
QILISHI KERAK BOʻLGAN XAVFSIZLIK QOIDALARI
Talabalar labaratoriya mashgʻulotlarini bajarish jarayonida turli-tuman kimyoviy
moddalardan, elektr toki bilan ishlaydigan jixozlardan, gaz gorelkasi va shunga
oʻxshash kerakli asboblardan foydalaniladi. Shu sababli talabalar mashgʻulotlarni
bajarish davomida xushyor boʻlishlari, jixozlardan va kimyoviy moddalardan extiyotlik
bilan foydalanishi zarur.
«Meva va sabzavotlarni birlamchi qayta ishlash texnologiyasi» fanidan labaratoriya
mashgʻulotlarini bajarishni boshlashdan oldin birinchi darsda oʻqituvchi talabalarga
tajriba mashgʻuloti oʻtiladigan labaratoriya xonasida rioya qilish kerak boʻlgan
xavfsizlik qoidalarini tushuntiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: