Oʻzlashtirish uchun savollar:
1.Ombor turlari xaqida tushuncha bering
2.Sabzavotlar saqlanadigan omborlarning oʻlchamlari qanday boʻlishi kerak?
3.Oʻra va xandaqlar nimalarga asoslanib quriladi?
4. Handak va uyumlardagi mahsulotlar muzlamasligi uchun nima qilinadi?
5.Ildizmevalar necha kg li yashiklarga solib omborlarga joylashtiriladi?
13- AMALIY
Mavzu:
Sovutgich boʻlmalarini sovitish tizimi
Darsning maqsadi.
Talabalarga sifatli saqlash texnologiyasini tushuntirish.
Sovitish kameralari tizimi bilan tanishtirish.
Jixoz va materiallar.
Suv, oltingugurt gazi, turli xil mevalar namunalari
asosiy qism.
Bugungi kunda fan va texnologiya rivojlanib koʻplab yutuqlarga
erishilmoqda, ya’ni mahsulotlarni saqlash jarayonidagi sharoitlarni yaratish natijasida,
ularning tarkibini yangi uzulgan paytdagi holatigacha saqlashga erishilmoqda.
Meva- sabzavotlarni saqlashni tashkil etishda sovutish kameralarini ishga
tayyorlash muhim oʻrin tutadi. Bunda sovutish kameralarini tashqi muhitdan
izolyatsiyalanganligi, sovutish kamerasidagi muhitni ta’minlab beruvchi jihoz va
asboblarni toʻgʻri ishlashi va sanitariya holati nazoratdan oʻtkaziladi. Sovutish
kamerasiga mahsulotni joylashtirishdan oldin ularni kimyoviy moddalar eritilgan suv
109
bilan yaxshilab yuvilishi, fumigatsiya, ya’ni oltingugurt gazi bilan ishlov berilishi talab
etiladi. Bunda kameralar ichidagi turli xil zararli mikrobiologik zararkunandalar
tozalanadi.
Shuni ta’kidlab oʻtish kerakki meva yoki sabzavotlarni saqlash haroratlari turli xil
boʻlishidan tashqari, ularni bir kamerada saqlash ham tavsiya etilmaydi. Buning sababi
shundaki, mahsulotlarni saqlash paytida gaz ajralib chiqadi (gazni mutaxasisslar etilen
gazi deb atashadi), bunda bitta mevadan ajralib chiqqan gazga ikkinchi meva chidamsiz
boʻlishi mumkin, natijada mahsulotning saqlash muddati pasayib ketadi.
Quyida saqlash amaliyotida eng koʻp qoʻllanilib kelayotgan usulllarni, ularning
yutuqlari va kamchiliklarini tahlil qilib chiqamiz.
Sovutish kamerasining harorati xona harorati mahsulotlarni saqlashdagi
asosiy koʻrsatkichlardan biri boʻlib, harorat meva yoki sabzavotni kimyoviy
tarkibidan kelib chiqib tanlanadi. Mevalar uchun optimal harorat-1 dan +4°S gacha
boʻlsa, sabzavotlar uchun 0 dan +10°C oraligʻida boʻladi.
Shu sababli meva va sabzavotlarni saqlash uchun sovutish kameralari
loyihalanayotganda ular uchun qoʻllaniladigan jihozlar shu oraliqda sovutib beradigan
qilib tanlansa, ortiqcha xarajat sarfning oldini oladi.
Sovutish kameralarida haroratni yaratib beruvchi jihozlar generatorlardir,
ularning quvvati kameraning umumiy sigʻimidan kelib chiqadi. Masalan kameraning
umumiy sigʻimi 50 tonna boʻlganda generator quvvati 20 kVt/soat gacha boʻlishi
mumkin.
Sovutish kamerasidagi havoning namligi sovutish kamerasida nisbiy namlikni
yaratib berish va ushlab turish mahsulot tarkibidagi namlikni maksimal darajada ushlab
turishga yordam beradi.
Meva va sabzavotlar uchun havoning nisbiy namligi ularning kimyoviy
tarkibidan kelib chiqib, oʻrtacha 80-95% ni tashkil etadi.
E’tiborli tomoni shundaki, meva yoki sabzavot tarkibidagi umumiy suv mikdorini
5-6% gacha pasayishi uning sifatini buzilishiga olib keladi. Respublikamizda xonaning
namligini turli xil usullarda ushlab turish, ya’ni suvni pol va devorlarga sepish yoki
ochiq idishlarga solib qoʻyish bilan ushlab turish usullari boʻlgan, lekin mutaxasisslar
fikricha mintaqamiz iqlim sharoiti, ya’ni havoning nisbiy namligining pastligini
e’tiborga olinsa, bu usullar yaxshi natija bermaydi.
Sovutish kamerasidagi havo muhitini boshqarish bilan ishlaydigan sovutgichlar
zamonaviy texnologiyalardan biri boʻlib, bunda kameradagi havoning tarkibi
oʻzgartiriladi.
Bunda havo tarkibidagi kislorod miqdori 21%, karbonat angidrid miqdori 0,03%
boʻlsa, kislorod 2-5% gacha pasaytiriladi, karbonat angidrid mihdori 3-5% gacha
oshiriladi. Bu usulning mohiyati shundaki, sovutgichlarga keltirilgan meva va
sabzavotlar tarkibidagi mikroorganizm va turli xil jonzotlar odatda kislorod bilan nafas
oladi, xonadagi kislorod miqdorini pasaytirish bilan nafas olishi toʻhtatiladi, natijada
mahsulotni saqlash muddati uzaytiriladi.
Bugungi yangi texnologiyalar boʻyicha xonaning nis-biy namligini ushlab
turadigan turli xil rusumdagi namlagich jihozlari qoʻllanilmoqda, ular maxsus
avtomatlashtirilgan boʻlib, boshqaruv tugmalari kameradan tashqarida joylashgan
boʻladi va nisbiy namlikni masofadan boshqarish imkonini beradi.
110
Sovutish kameralari qanchalik zamonaviy boʻlsa, mahsulotning saqlanish
muddati shunchalik uzoq boʻladi, masalan olmani faqatgina harorati boshqariladigan
sovutish kameralarida saqlansa, uning saqlanish muddati2-3 oygacha boʻlsa, sovutish
kamerasida nafaqat harorat bundan tashqari nisbiy namlik va havoning tarkibini nazorat
qilish bilan olmaning saqlanish muddatini 8-10 oygacha yetkazish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |