O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi


§11. RADIATSION, KIMYOVIY VA BIOLOGIK FAVQULODDA



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/20
Sana13.01.2020
Hajmi0,84 Mb.
#33719
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi

§11. RADIATSION, KIMYOVIY VA BIOLOGIK FAVQULODDA 
VAZIYATLAR TASNIFI 
Reja: 
11.1. Tinch davrlarda atrof-muhitning zararlanish xavfi 
11.2. Ommaviy qirg’in qurollarining turlari va ularning ta’siri. 
11.3. Radiatsion holatlar va ularni baholash uslublari 
11.4. Radiatsion va kimyoviy razvedka asboblari 
Tayanch iboralar: xavfli inshoot, zararlanish maydoni, ta’sirchanlik, KTZM, ommaviy 
qirg’in  qurollari,  yadro  quroli,  havo  zarb  to’lqini,  yorug’lik  nurlanish,  singuvchi  radiatsiya, 
joylarni 
radioaktiv zaharlanishi, elektromagnit impuls, biologik vositalar, karantin, observatsiya. 
Foydalanilgan adabiyotlar. 
1. O’zbekiston Respublikasi «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli 
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida»gi Qonuni. Toshkent, 20 avgust 1999. 
2. O’zbekiston Respublikasi «Fuqaro muhofazasi to’g’risida» ga Qonuni. 26 may 2002. 
3. Akimov N.I., Ilin V.G. «Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish ob’ektlarida grajdan mudofaasi». 
Toshkent «Mehnat» 1989 
11.1. Tinch davrda atrof-muhitnng zararlanish xavfi 
Kimyoviy xavfli inshoot - xalq xo’jaligi korxonasi bo’lib, faoliyat ko’rsatish davrida sodir 
bo’lishi mumkin bo’lgan halokat tufayli odamlarning ommaviy tarzda zaharlanishi, kimyoviy 
zaharli moddalarning atrof - muhitga tarqalishi kuzatilishi mumkin. 
Kimyoviy zaharlanish maydoni-ma’lum o’lchovdagi zaharli moddalar bilan zaharlangan 
hududlar. Zararlanish manbai-kimyoviy xavfli inshoot joylashgan hududdagi halokat tufayli 
odamlarning, o’simliklarning, jonivorlarning zaharlanishi. 
Ta’sirchanlik-kimyoviy modda xossasi bo’lib, zaharlanishga olib kelishi mumkin bo’lgan 
modda miqdori bilan belgilanadi (kam zaharlanish, kuchli zaharlanish va boshqalar). 
Miqdori-miqdor o’lchov birligi, g/m

yoki mg/l larda o’lchanadi. Kimyoviy xavfli 
inshootlar  fuqaro  muhofazasi  nuqtai  nazaridan  ma’lum  turlarga  ajratiladi  -  miqdori,  ta’sir 
kuchi, 
saqlash qonun-qoidasi va boshqalar. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

O’zbekiston Respublikasida faoliyat ko’rsatadigan kimyoviy va radiatsion xavfli 
inshootlarning asosiylari "O’zbekkimyosanoat" uyushmasiga qarashli korxonalar bo’lib, ular 
Qo’qon, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Chirchiq, Olmaliq shaharlarida joylashgan. Bu 
korxonalardan tashqari kimyoviy zaharli moddalar bilan ishlaydigan "O’zgo’shtsut", 
"O’zbeksavdo",  "O’zqishloq  xo’jalik"  mahsulotlari  uyushmalari,  Bekobod  metallurgiya 
korxonasi, 
Mikond korxonasi, Toshkent lak-bo’yoq, to’qimachilik korxonalari, maishiy xo’jalik vazirligi 
inshootlari (suvni tozalash) va boshqa korxonalarni ko’rsatib o’tish mumkin. Hammasi bo’lib 
Respublika hududida 200dan oshiq kimyoviy xavfli inshootlar bor. Ularda ishlab chiqariladigan 
yoki  mahsulot  ishlab  chiqarish  uchun  olib  kelinadigan,  saqlanadigan  suyuq,  qattiq,  gaz 
holatdagi 
inson,  hayvon  sog’lig’i  uchun  zararli,  kuchli  ta’sir  ko’rsatuvchi  moddalar  turi  ko’p.  Bularga 
misol 
tariqasida ayrim moddalarni ko’rsatkichlarini quyida keltirilgan jadvaldan ko’rish mumkin. 
Hozirgi kunda mutaxassislar tahlil qilib aniqlagan ma’lumotlarga ko’ra kimyoviy xavfli 
inshootlarda bo’ladigan halokatlar tufayli tez ta’sir etuvchi zaharli moddalarni atrof - muhitga 
tarqalishiga quyidagi asosiy sabablarni ko’rsatib o’tish mumkin: 
• korxonadagi texnologik jihozlardagi nosozliklar; 
• foydalanilayotgan uskuna -jihozlarining eskirishi; 
• moddalarni ishlab chiqarishda, saqlashda, tashishda yo’l qo’yiladigan xatoliklar; 
• portlash, yong’in sodir bo’lishi, halokatlar tufayli; 
157 
• moddalar bilan ishlashda, ularni saqlashdagi texnika xavfsizligi qoidalarini buzilishi 
tufayli; 
• chetdan olib kelingan texnologik jarayonni xavfsizlik talablariga to’liq javob 
bermasligi; 
• korxonada mehnat intizomini pastligi; 
• mutaxassis va ishchilarning malakasi etarli emasligi; 
• mahsulot ishlab chiqarishda murakkab texnologik jarayon tizimini qo’llanilishi. 
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni 
zaharlash miqdori 
11.1-jadval 
Kuchli ta’sir etuvchi moddalar nomi O’rtacha zaharlovchi moddalar 
miqdori, mg-min/l 
Boshlangich 
o’limga olib keluvchi 
Atsetonitril 21,6 - 
Ftorli vodorod 4 7,5 
Xlorli vodorod 2 200 
Metilamin 4,8 - 
Azot oksidi 0,002 1,5 
Oltingugurt angidridi 1,8 70 
Kontsenetrlangan xlor kislotasi 2 30 
Oltingugurtli vodorod 16,1 30 
Ftor 0,39 - 
Uch xlorli fosfor 3 30 
Xlortsian 0,75 - 
Sinil kislota 0,2 1,5 
O’zbekiston Respublikasi hududining ayrim joylari (Navoiy va Toshkent viloyatlari), 
O’zbekiston  Fanlar  Akademiyasining  Yadro-fizikasi  instituti  va  radioaktiv  chiqindilar 
saqlanadigan 
joylar radioaktiv xavfli hududlar hisoblanadi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Yadro fizikasi instituti Toshkent viloyati 
Qibray tumani Ulug’bek shaharchasida. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida uning atrofida 3 ta 
hudud belgilangan: 
I. zaharlanish ehtimoli bor hudud (K = 1 km); 
II. sanitariya muhofazasi hudud (E = 3 km); 
III. kuzatish hudud (K= 15 km). 
11.2. Ommaviy qirg’in qurollarining turlari 
va ularning ta’siri 
Kuchli ta’sir qiluvchi zaharli moddalar, jangovor zaharli moddalar. Xalq xo’jaligi 
zarurati uchun ishlaydigan kimiyo zavodlarining halokatidan tashqari harbiy holatlar uchun 
kimyoviy zaharli moddalar bilan jihozlangan snaryadlar, bombalar, raketalar mavjudki, ular 
insoniyat, atrof muhit va hayvonot hamda o’simliklarga juda katta xavf tug’diradi. 
Zaharlovchi gazlar kontsentratsiyasi, ya’ni zaharlovchi moddalarning havo va suyuqlik 
hajmi birligidagi miqdori bilan xarakterlanib, mg/l va zaharlilik zichligi deb zaharli moddaning 
maydon nisbati miqdoriga aytiladi va g/m

o’lchanadi. Zaharlanganlik miqdori deb zaharli 
moddalar miqdorini oziq ovqat, kishilar va hayvonlar og’irligiga nisbatiga aytiladi va mg/kg da 
o’lchanadi. 
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarning atrof muhit va kishilarga ta’siri jihatdan quyidagi 
158 
ta’sir doiralarga ajratish mumkin: 
1.Xavfli 
2.O’ta xavfli. 
3. O’limga olib keluvchi. 
Zaharlovchi moddalarni gaz, suyuq va kristall (qattiq) holatlarda uchratish mumkin. 
Zaharlovchi moddalar saqlanuvchilik xossalarga ko’ra ikki turga, uzoq muddat saqlanadigan va 
tez 
parchalanadigan kimyoviy zaharli moddalarga bo’lish mumkin. 
Odam va hayvonlarni zaharlanishga olib keluvchi zaharli moddalarni toksik ta’siri jihatdan 
quyidagi guro’hlarga bo’lish mumkin: 
1.Asab-paralitik tizimini zaharlovchi gazlarga zarrin va zamon 
gazlari kiradi. Bu gazlarning 1l havodagi 0,02…0,05mg miqdori 
kishilarni 2-5daqiqa ichida o’limga olib keladi. 
2.Teridan uzoq vaqt ketmaydigan yaralarning bo’lishiga olib 
keluvchi gaz bu iprit bo’lib, bu gazlarning 1l havodagi 0,3mg 
miqdori kishilarni 2-5daqiqa ichida o’limga olib keladi. 
3.Umum zaharlovchi gazlar turiga sinil kislotasi va xlorisian gazni 
ko’rsatib o’tish mumkin. Sinil kislotasini 1l havodagi 0,4…0,8mg 
miqdori kishilarni 2-5daqiqa ichida o’limga olib keladi. 
4.Bo’g’ish, asosan nafas organlarini zaharlaydigan zaharli moddalar 
fosgen va difosgen kislotalari bo’lib har ikkalasi ham bir xil kuchga 
ega bo’lib 1l havodagi 1,5…3mg miqdori kishilarni 2-5daqiqa ichida 
o’limga olib keladi. 
5.Ruhiy ta’sir etuvchi BZ (bi-zet)gazlar psixotomimetik moddalar 
deb atalib, kishilarni o’lim darajasiga olib kelmay, balkim sezgi 
a’zolar, asab va ruhiy holat faoliyatini zaiflashtirishga olib keladi. 
Ularni ta’siri 30daqiqadan 1-3kungacha davom 
etishi mumkin. 
Kimyoviy zaharlanish bo’lganda odam organizmi uchun umumiy belgilar ko’z qorachig’i 
torayadi, yurak ayniydi, qusish va qon bosimi ko’tariladi. 
Zaharli moddalarni qo’llash belgilari. Zaharli moddalar tashlangan snaryad, raketalardan 
yadro qurolidagidek tovush eshitilmaydi. Portlagan joyda tuman singari, tutun yoki bug’ hosil 
bo’ladi. Samolyotdan tashlanganda chiziq hosil bo’ladi. Sekinlik bilan yerga tushib yer yuza 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

qismini, inshootlarni, o’simliklarni yog’simon, tomchi shaklida qoplaydi. Yashillikni rangini 
o’zgartirib yuboradi. 
11.1-rasm. Odamlarni zaharlanagan hududdan olib chiqib ketish yo’nalishlari 
Xavfli vaziyat bo’lishi mumkin bo’lgan hududda, sxemaga (11.1-rasm) asosan odamlarni 
xavfsiz joyga ko’chirish kerak bo’ladi. 
Kimyoviy zaharli moddalar joylar, odamlar, yem-xashak va suvni zaharlaydi. Zaharli 
moddalar o’simliklar, daraxtlarda uzoq vaqt saqlanadi. Zaharli moddalar tuman, bug’ holatida 
chorva  binolari,  turar  joylarning  teshiklaridan  o’tib  havosini  zaharlaydi.  Suyuq  zaharli 
moddalar 
qop  idish,  brezent,  tselofan  orqali  o’tadi.  Zaharli  moddalar  oziq-ovqatga  tushib  zaharlaydi. 
Suvga 
tushgan iprit, zarin, zamon, sinil kislotasi, azotli iprit tuzlari yaxshi eriydi va butun suvni 
159 
zaharlaydi
Yadro quroli portlashida hosil bo’luvchi zararlovchi omillar. Mavjud yadro, kimyoviy 
va  bakteriologik  (biologik)  hamda  boshqa  yalpi  qirg’in  qurollari  vositalaridan  himoyalanish, 
uning 
oqibatlarini bartaraf qilish bo’yicha ilmiy asoslangan tadbirlar o’tkazish va tashkil qilish uchun 
avvalo yalpi qirg’in vositalarinnng zararlovchi ta’siri to’g’risidagi bilimlar zarurdir. 
11.2-rasm Yadro quroli tuzilishi 11.3-rasm. Yadro qurolini zanjirli 
1-portlovchi qurilma; 2-yadro zaryadi reaktsiya natijasida portlashi 
3-qobiq 
Yadro quroli portlashi natijasida tashqi muhit ob’ektlariga quyidagi zararlovchi omillari 
bilan ta’sir ko’rsatadi: 
1.Havo zarb to’lqini. Yadro portlashi natijasida hosil bo’lgan havo sharidan hamma 
tamonga tovushdan tez tarqaladigan siqilgan havo to’lqini hosil bo’ladi. Juda kuchli 
momoqaldirokdek ovoz beradi, siqilgan havo ketidan siyraklashgan havo keladi, oxiri me’yoriy 
havo bosimi keladi. Qisilish hududning oldingi qismi zarb to’lqini fronti deyiladi. Havo zarb 
to’lqinidan himoyalanmagan odam va hayvonlarga ta’sir qiladi, daraxtlarni ildizi bilan sug’urib 
ketadi. Yer yuzasidagi inshootlar, aloqa tarmoqlari, texnika, o’simlik, o’rmonlar nobud bo’ladi. 
Yuqori  bosim  0,5  kg/sm

dan  baland  bo’lsa,  daraxtlarning  50%dan  ko’pi,  0,3  dan  0,5  kg/sm

30% 
shikastlanadi. Havo zarb to’lqinida ochiq joyda turgan odam va hayvonlar qattiq shikastlanadi, 
kontuziya  bo’ladi  va  o’limgacha  boradi.  G’oyat  og’ir  kontuziya  va  jarohatlar  odam  va 
hayvonlarda 
bosim 1 kg/sm

(100 kPa)dan ko’p bo’lsa sodir bo’ladi, chunki organlarning uzilib ketishi, suyak 
sinishi,  ichki  qon  ketishi  oqibatida  o’lim  yuz  beradi.  Yuqori  bosim  0,6  dan  1,0  kg/sm

(60-100 
kPa) 
gacha bo’lganida og’ir kontuziya sodir bo’ladi. 
2.Yorug’lik nurlanish- bu yadro quroli portlashi natijasida olovli shar va chaqnashdan 
hosil bo’ladigan ultrabinafsha va ultraqizil nurlar oqimidan iborat holat. Yadro portlashining 
quvvatiga bog’liq holda yorug’lik nurlanish 3 - 30 soniya davometishi mumkin. Yorug’lik 
nurlanishi ochiq joyda turgan odamlar va hayvonlarning ko’z tubi, teri qatlamlarining kuyishiga 
olib keladi, har xil buyumlarning yonib ketishini keltirib chiqaradi. Yorug’lik nurlanishi olov 
sharining shu’lalanish paytidagi energiyasi kal/sm

da o’lchanadi. Quvvati 20 Kt yadro 
qurilmasining portlashi natijasida kunduzi 60 km masofada ochiq, havoda (ko’rinish 40 km) ko’z 
tubi  kuyishi  sodir  bo’ladi.  1  Mt  yadro  quroli  60  km  balandlikda  portlatilganda  500  km 
uzoqlikdagi 
quyonlarda ko’z tubi kuyishi aniqlangan. Odamlar va hayvonlar yorug’lik nurlanishi bilan teri 
qatlamlarining  kuyishi,  tananing  portlashga  qaragan  tomonidagi  joylarda  sodir  bo’ladi. 
Yorug’lik 
nurlanishida turli materiallarning tez yonishi tufayli katta yong’inlar sodir bo’ladi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

160 
11.4-rasm. Yadro quroli portlashi natijasida zararlovchi omillarni ta’sir ko’rsatkichlari 
3.Singuvchi radiatsiya. Yadro portlashi jarayonida hosil bo’lgan gamma nurlari va 
neytronlar  oqimiga  o’tuvchi  radiatsiya  deyiladi.  Yadro  portlashining  quvvatiga  qarab  15-20 
soniya 
davomida  ta’sir  qiladi.  U  odamlar  va  hayvonlarda  asosiy  patologik  jarayon,  ya’ni  nur 
kasalligini 
keltirib  chiqaradi.  Texnikaga,  oziq-ovqat,  yem-xashakka  ta’sir  qilganda  neytronlar  hisobiga 
sun’iy 
radioaktivlikni  keltirib  chiqaradi.  Alfa  –nurlanish-  alfa  zarrachalarining  havodagi  harakat 
tezligi 
20000 km/soniya, harakat uzunligi 3-11 sm, biologik to’qimalarda 0,1 mm. Qog’oz varag’i alfa 
zarrachalarni butunlay ushlab qoladi. Gamma nurlanish- bu nurlar eng yuqori o’tkazuvchanlik 
qobiliyatiga ega. Bu nurlar havoda 3 km gacha tarqaladi. Singuvchi radiatsiya yadro portlashi 
joyidan  3-4  km  dan  uzoq  bo’lmagan  masofada  ta’sir  qiladi.  Kuchli  yadro  portlashlarida  zarb 
to’lqini 
va  yorug’lik  nurlanishi  o’tuvchi  radiatsiyaning  ta’sir  radiusini  esa  oshirib  yuboradi.  Ochiq 
joydagi 
odamlar katta va kuchli yadro portlashlari natijasida asosan shikastanishi va kuyishi mumkin. 
4. Joylarni radioaktiv zaharlanishi - yer usti va yer osti yadro portlashlari natijasida, yadro 
zaryadini  tashkil  qiluvchi  uran  va  plutoniy  parchalanayotganda  reaksiyaga  kirmay  qolgan 
qoldiqlari 
joylarni,  qurol  konstruktsiyasi  va  tuproq  elementlari  sun’iy  radioaktivlik  bilan  ifloslaydi. 
Portlash 
natijasida  hosil  bo’lgan  olov  shariniig  tovushi  bilan  sun’iy  radioaktivlikka  ega  uran 
parchalanishi 
qoldiqlari  va  kimyoviy  elementlar  erib,  zarrachalar  kondensatsiyasi  jarayoni  sodir  bo’ladi. 
Mana 
shularning  hammasi  shamol  yo’nalishida  havo  bilan aralashib  og’irlik kuchi  ta’sirida  portlash 
va 
undan ancha uzoq rayonlarda ham sigaret tutuni formatsida ko’zga ko’rinmaydigan radioaktiv 
moddalar asta-sekin yer yuzini qoplaydi. 
Odamlarning nurlanish kasalligi. Yengil darajadagi nurlanishda bosh og’riydi, quvvat 
ketadi,  qonda  ma’lum  darajada  leykotsitlar  kamayadi.  Yengil  darajadagi  kasallik  150-250  R 
miqdor 
olganda rivojlanadi. 
O’rta darajali nurlanishda asabning buzilishi, qayt qilish, leykotsitlarning qonda kamayishi 
bilan  ifodalanadi.  Asoratlar  bo’lmaganda  odamlar  bir  necha  haftada  tuzalib  ketadi.  O’rta 
darajadagi 
nurlanish kasalligi 250- 400 R miqdor olganda rivojlanadi. 
Nurlanish darajasining og’ir shakli 400-600 R miqdor olganda sodir bo’ladi. Bunda kuchli 
bosh ogrigi, aylanishi, ichdan qon ketish, teriga qon quyilishi, shilliq pardalarning nekrozi 
kuzatiladi. Organizmning himoya vositasi pasayib ketganligi sababli turli asoratlarni keltirib 
chiqaradi. Nurlanishning og’ir shakli 600 R bo’lganda kelib chiqadi va o’limga olib keladi. 
Radioaktivlikni atrof muhitga ta’siri. Cho’kindilarning 40% dan 90% gacha o’simlik 
161 
barglari  tutib  keladi.  Shamol  yoki  yomg’irdan  so’ng  radioaktiv  chang  yuvilib  ketadi  va 
radioaktivlik 
ancha pasayadi. O’simliklarning nurlanishga sezgirligi turlicha. Yuqori sezgirlikka loviya, 
makkajo’xori,  javdar,  bugdoy  ega  bo’ladi.  O’rta  sezgirlikka  no’xat,  yasmik,  so’li,  arpa, 
kungaboqar 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

ega.  Yadro  portlashlari  natijasida  suv  havzasining  chetlari  nurab,  suv  havzasi  zararlanadi. 
Ko’plab 
baliq va boshqa hayvonlar nobud bo’ladi. Radioaktiv moddalar berkitilmagan ovqatlarga, suvni, 
yem-xashakni zararlaydi. Ularga radioaktiv modda 5 sm gacha o’tadi. Yer osti, yer usti, suv osti 
portlashlarda changlar bino, inshootlarni, yem-xashakni, texnikalarni zararlaydi. 
Shamol yo’nalishi 
O’ta zararlangan Xavfli zaralangan Kuchli zaralangan Kuchsiz zaralangan 
G hudud V hudud b hudud A hudud 
Ekspozison 4000 r 1200 r 400 r 40 r 
doza 
Ekspozison 800 r/s 240 r/s 80 r/s 8 r/s 
doza quvvati 
11.5-rasm. Joylarni radioaktiv zaharlanish darajasi 
5. Elektromagnit impulsi (EMI) odamlar, hayvonlar, o’simliklar va qishloq xo’jalik texnikasiga 
ta’sir  ko’rsatmaydi.  EMI  yuqori  kuchlanishni  o’zgartirib  yuboradi,  u  aloqa  va  elektr 
tarmoqlarini, 
o’tkazuvchi  apparaturani  va  radioaloqani  ishdan  chiqaradi.  Elektron  hisoblash  mashinalari 
yozuvlari 
va boshqa yozuvlarni o’chiradi. 
Biologik vositalar (BV) turlari va ularning ta’siri. Biologik vositalar odam va tashqi 
muhitni  yalpi  zaharlaydi.  Biologik  vositalar  sifatida  kasal  chaqiruvchi,  bakteriya,  virus, 
toksinlar 
ishlab chiqariladigan zamburug’lar va rikkettsiyalardan foydalanadilar. 
Bularning barchasi yuqumlik(infektsiya)lar deyiladi. Zamburug’lar tomonidan kelib 
chiqadigan  kasalliklar  mikoz  deyiladi.  Odam  organizmiga,  hayvonlarga  nafas  organlari,  teri, 
oziqovqat 
va yaralardan o’tadi. Odam va hayvonlar uchun bir xususiyatli bo’lgan kasalliklar 
antropozoonozlar deyiladi. Bularga kuydirgi, mankab botulizm, parranda ulati va boshqalar 
kiradi.  Bir  qancha  kasalliklar  alohida  turlargagina  yuqadi.  Bular:  parranda  o’lati,  cho’chqa 
o’lati, 
vabo, toshma, terlama. 
Kasallik qo’zg’atuvchi ayrim mikroblarning bir nechtasi tushishi bilan kasal boshlanadi. 
Masalan  tulyaremiyada  30-50  mikrob  tushsa  kasallik  rivojlanadi.  Biologik  vositalar 
inshootlarni, 
bino va korxonalarni zararlamaydi, faqatgina tirik jonlarni zaharlaydi. 
Biologik vositalar qo’llanilganliligini quyidagi alomatlar orqali bilsa bo’ladi: 
• past ovozda portlash ovozi vujudga kelib tuman yoki tutun paydo bo’ladi; 
• samolyot past uchganda tuman yoki tutun hosil bo’ladi; 
• odamlar, uy hayvonlari, yovvoyi hayvonlar yalpi kasallanib o’ladi. 
Biologik vositalar qo’llanilganda ularni boshqa joyga tarqalmasligi uchun karantin e’lon 
qilinadi.  Karantin-zararlanish  o’chog’idan  yuqumli  kasalliklar  tarqalib  ketmasligi  uchun, 
hamda 
kasallikni  tugatish  uchun  o’tkaziladigan  kompleks  tadbirlardir.  Bu  yerga  kirish  va  chiqish 
mumkin 
emas. Karantin joylar favqulodda vaziyatning qat’iy nazoratiga olinadi va infektsiyani boshqa 
162 
joylarga tarkalib ketishini oldini olish uchun maxsus tadbirlar-observatsiyani amalga oshiradi. 
Observatsiya o’z ichiga quyidagilarni oladi: 
• kirish va chiqish nazoratga olish; 
• zararlangan o’chog’dagi narsalarni zararsizlantirish va olib chiqishni taqiqlash; 
• ovqatlar va suv ta’minoti ustidan meditsina nazoratini kuchaytirish va boshqalar. 
11.3. Radiatsion holatlar va ularni baholash uslublari 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

Radioaktiv nurlanishlarni o’lchash va aniqlash usullari. Radioaktiv moddalarning 
nurlanish darajasini maxsus usullar va asboblar yordamida aniqlananadi: 
• fotografik usul; 
• kimyoviy usul; 
• sintillyaytsiya (bo’lgan yorug’lik chaqnashlar) usul; 
• lyuminestsent usul; 
• ionlash. 
Radioaktiv nurlanishlarning o’lchov birliklari. Har qanday radioaktiv elementning atom 
yadrolari ma’lum vaqt ichida asta-sekin umumiy sonining bir qismi parchalanadi. Ma’lum 
radioaktiv  izotopining  istalgan  miqdori  uchun  qo’yidagi  qonuniyat  xarakterlidir:  radioaktiv 
atomlar 
yadrolari  umumiy  sonining  yarmi  har  doim  bir  xil  vaqtda,  yarim  parchalanish  davrida 
parchalanadi, 
Demak, ma’lum bir izotop uchun yarim parchalanish davri o’zgarmas kattalikdir. Yarim 
parchalanish davri qancha katta bo’lsa, parchalanish shuncha sekin bo’ladi, radioaktiv izotop 
radioaktiv nurlanishlar hosil qilib uzoq «yashaydi». Har xil izotoplar har xil yarim parchalanish 
davri bilan farqlanadi. Masalan yod-131ning yarim parchalanish davri 8,04 kunni, strontsiy-89 

51kun, kobalt-60 - 5,3 yil, strontsiy-90 - 28 yil, plutoniy- 239 24 000 yil, uran-235 - 710 mln yilni 
tashkil qiladi. 
Yarim parchalanish davri radioaktiv modda parchalanish tezligini belgilaydi, ammo uning 
miqdorini  aniqlamaydi.  Radioaktiv  elementning  miqdorini  o’lchash  massa  birliklarida  ancha 
qiyin, 
chunki radioaktiv izotoplar odatda radioaktiv emaslari bilan aralashma holda bo’ladi. Bundan 
tashqari  har  xil  izotoplar  bir  xil  massali  bo’lsalarda  turli  radioaktivligi  bilan  bir-biridan  farq 
qiladi. 
Shuning  uchun  radioaktiv  moddaning  miqdorini  uning  aktivligiga  qarab  baholash  qabul 
qilingan 
bo’lib, bu shunday vaqt birligi ichida parchalanadigan atomlar soniga tushuniladi, masalan, 1 
soniyada 100 parchalanish, 1 daqiqada 10 parchalanish va shu kabilar. 
Aktivlikning tizimsiz birligi bo’lib kyuri(Ki) hisoblanadi. Kyuri - bu radioaktiv modda ning 
shunday miqdoriki, bunda atom yadrolarining 37 mlrd parchalanishi 1 sek da (1 kyuri-37,109 
parch/sek) sodir bo’ladi. Bu birlikning hosilalari millikyuri-0,001 kyuri va mikrokyuri-0,000001 
kyuri hisoblanadi. Radioaktivlikning tizimli birligi bekkereldir (Bk). Bir bekkerel 1 sek da 1 ta 
parchalanishga  to’g’ri  keladi.  Tizimsiz  birliklar  sistemasi  birliklarga  ma’lum  koeffitsient 
yordamida 
o’tkaziladi (1 kyuri-37 mlrd Bk). 
Yuzalarning radioaktiv moddalar bilan ifloslanish darajasining parch/min sm

da 
ifodalanishi ifloslanishning zichligi deyiladi, mahsulot hajm birligidagi radioaktiv moddalar 
miqdori ularning kontsentratsiyasi deyiladi (Ki/kg, Ki/l). 
Radioaktiv ifloslanish darajasini gamma-nurlanish miqdor quvvati birliklarida (mR/s, 
mkR/s) o’lchanadi. Mana shu birliklarda yuzalar ifloslanishi mumkin bo’lgan darajalari, 
shuningdek, oziq-ovqat, yem-xashak va suvning ifloslanishi ifodalanadi. 
Ekspozitsion 
miqdorning 
tizimsiz 
birligi, 
rentgen 
hisoblanadi. 
Rentgen 
(R)-bu 
gammanurlanishning 
miqdori bo’lib, bunda 1 sm

quruq havoda 0° temperaturada va 760 mm simob ustuni 
bosimda, ulardan har birining zaryadi elektron zaryadiga teng 2,083 mlrd juft ion hosil qiladi. 1 

miqdorga 1 g havodagi 83 erg energiya yutilishi to’g’ri keladi; 1 g biologik to’qima 93 erg 1R = 
2,58 10
-4 
Kl/kg energiya yutadi. Rentgenning hosilalari - millirentgen (1 mR- 1,0
-3
R) va 
mikrorentgen (1 mkR-10
-6
R) dir. 
Gamma va rentgen nurlarining biologik effekti-yutilgan miqdorning kattaligiga bog’liq 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

bo’ladi. Nurlanishning yutilgan miqdor birligi 1 kg/ga djoul (Dj/kg) hisoblanadi. Standartga 
163 
muvofiq,  djoul  kg  ga  -1  kg  nurlangan  moddaga  uzatiladigan  massa  istalgan  tur  ionlovchi 
nurlanish 
bir  djoul  o’lchaydigan  nurlanish  energiyasidir.  Yutilgan  miqdorning  birligi  qilib,  xalqaro 
birliklar 
tizimida grey (Gr) qabul qilingan. 1 Gr-1 Dj/kg. 
Yutilgan miqdorning tizimsiz birlngi bo’lib rad (1 rad-100 erg/g=10
-2
Dj/kg) hisoblanadi. 
Ekspozitsion miqdorning quvvatini o’lchash birligi qilib 1 kg ga Amper qabul qilingai (A/kg). 
Tizimsiz birlik-1 sek da rentgen R/s; R/s = 2,58*10
-4 
A/kg. 
Zararlangan ob’ekt yuzasidan 1 m uzoqlikda o’lchangan miqdor quvvati radiatsiya darajsasi 
deb  ataladi.  Fuqaro  muhofazasi  tizimida  dalada  foydalaniladigan  asboblar  rentgen  soatlarda 
(R/s) 
yoki millirentgen soatda (mR/s) berilgan. Agar radiatsiya darajasi o’z vaqtida o’zgarmasa, 
radiatsiya  darajasi  kattaligi  nurlanish  davom  etish  vaqtiga  ko’paytirilsa  nurlanish  miqdorini 
beradi. 
Radiatsion sharoitga baho berishda radoaktiv bulut harakatining tezligi va yo’nalishlari; 
radoaktiv  zaharlanish  hudud-  larining  chegaralari;  evakuatsiya  marshrutlaridagi  fuqaro 
muhofazasi 
kuchlari  tez  harakatlanadigan  marshrutlardagi  va  qutqarish  ishlari  o’tkazilishi  kerak  bo’lgan 
xalq 
xo’jaligi ob’ektlaridagi radiatsiya darajasi; ishchilar, xizmatchilar fuqaro muhofazasi 
tuzilmalarining va boshqa aholining bo’lishi ko’zda tutaladi. 
11.4. Radiatsion va kimyoviy razvedka asboblari 
Joylarda radiatsiya darajasini aniqlashda DP–5A tipidagi asboblardan foydalaniladi. 
Ob’ekt tomonidan qabul qilingan nurlanish miqdori DP –22, DP – 24, ID–1 dozimetrik 
jamlanma  asboblari  bilan  o’lchanadi.  Asboblarning  ishlash  printsipi  havoda  tarqalgan 
radioaktiv 
nurlarni ionlash qobiliyatiga asoslangan. 
Bu asbob qabul qiluvchi, ko’paytiruvchi, o’lchovchi qurilmalar va uni ishlashni 
ta’minlovchi energiya ta’minlash manbalaridan iborat. 
11.6-rasm. DP –5 Dozimetrik asbobining umuiy tuzilishi 
1-zond; 2–tutashtiruvchi kabel; 3–asbob shkalasi; 4–kichik diapozonlar; 5–shkalani 
yorituvchi tumbler; 6–«Rejim» ruchkasi (rejimni yo’lga solib turuvchi potensiometr); 7– 
«Sbros» ko’rsatishni tezda uchiradigan tugmacha; 8–telefonlar. 
DP–5A, DP–5V, DP–5B joylardagi radioaktiv holatni, chiqayotgan nurlarni aniqlash 
uchun  mo’ljallangan.  Bu  asbob  -  40°S  dan  +  50°S  gacha  haroratda  va  65%  nisbiy  namlik 
bo’lganda 
ishlashi mumkin. 







164 
11.7-rasm. DP – 22V va DP –24 asbobi 
1  –  Qalamchali  dozimetrlar  jamlanmasi;  2  –  zaryadlovchi  qurilma;  3-  DKP-50  dozimetr 
qalamcha. 
Asbob zondini suvga 50 sm chuqurlikka tushurib ishlatish mumkin. Uning og’irligi 
qo’shimcha uskunasiz 2,8 kg keladi. Asbob bilan 0,05 mr/s - 200 r/s gacha bo’lgan nurlarni 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

o’lchash mumkin. 
Shaxsiy dozimetrlar. DP–22V, DP-24, ID–1 odamlar tomonidan olinadigan nurlanish 
miqdorini nazorat qilib turish uchun foydalaniladi. 
DP – 22V asbobida cho’ntakda olib yurishga muljallangan 50 ta DPK – 50A va DP – 24da 
5 ta dozimetrlar mavjud. Dozimetrli nurlanish miqdori 2 dan 50 r, miqdor quvvati 0,5 dan 200 
r/s 
gacha bo’lgan rentgenni o’lchash qobiliyatiga ega. Jamlanma –40 °S dan + 50° S gacha havoni 
nisbiy namligi 98 % gacha bo’lganda ishlash qobiliyatiga ega. 
11.8-rasm. Radiatsiya miqdorini o’lchovchi ID –1 jamlanmasi 
ID–1 asbobi cho’ntakda olib yurishga muljallangan bo’lib 10 ta dozimetrlar iborat va 
nurlanish miqdori 20–500 rad oralig’ida, nurlanish miqdori quvvati 10 dan 366000 rad / soniya 
gacha bo’lgan nurlarni o’lchash qobiliyatiga ega. 
VPXR asbobi havoda, texnikada, joylarda zarin, zamon, iprit, fosgen, difosgen, sinil kislota, 
xlortsian shuningdek Vx gazlarini havoda borligini aniqlashga mo’ljallangan. Asbob qopqoqli 
korpusda  o’rnatilgan,  unda  qo’l  nasosi,  o’tqazgich,  indikatorli  naychalar,  qogoz  qutichalar, 
tutunga 
qarshi filtrlar, himoya qalpoqchalari, isitgich, elektrofonar, korpus va unga qo’yiladigan 
patronlardan tashkil topgan. Undan tashqari jamlanmaga namuna olish uchun belkurakcha, 
instruksiyalar va pasport kiradi. Asbobni olib yurish uchun yelkadan o’tkaziladigan tasma bor. 
Jamlanmaning og’irligi 2,2 kg. 
165 
11.8-rasm. Harbiy kimyoviy razvedka asbobi (VPXR) 
1–nasos; 2–yelka tasmasi; 3 – himoya qalpoqchalari; 4–nasos o’tkazgichi; 5 – tutunga qarshi 
filtrlar; 6–isitgich patronlari; 7–elektr fonar; 8–belkurak; 9–qizdirgich; 10–shtir; 11 – 
indikatorlarning kog’oz qutisi. 
Qo’l nasosi zaharlangan havoni indikatorli naychada joylashgan reaktiv orqali so’rish uchun 
xizmat qiladi, naycha nasosni bosh qismidagi teshikka o’rnatiladi. Nasos ruchkasida 2 ta shtir 
(bigiz) – ampula ochgich bo’lib, ular yordamida indikatorli naychalarga reaktivli ampulalar 
sindiriladi. Indikatorli naychalarni uchlarini sindirish va yo’nish uchun nasosning bosh qismida 
moslama o’rnatilgan. 
O’tqazgich yordami bilan har xil predmetlarda sepuvchi materiallarda (himoya 
qalpoqchalaridan foydalanilgan holda) va tutunli havoda bo’lgan (tutunga qarshi filtrlardan 
foydalanilgan holda) zaharli moddalarni aniqlasa bo’ladi. 
Indikatorli naychalar zaharli moddalar miqdorini aniqlash uchun mo’ljallangan va 
kavsharlangan shisha naychalardan iborat bo’lib, ularning ichida to’ldirgich va reaktivli shisha 
ampulalar  joylashgan.  Naychalar  rangli  halqalar  ko’rinishdagi  belgilarga  ega:  bitta  qizil 
halqali va 
qizil nuqta-zarin, zamon va Vx gazlarni; uchta yashil halqali-fosgen, difosgenni aniqlash uchun 
mo’ljallangan. Reaktivlar ma’lum vaqt saqlangandan keyin ularni yangilari bilan almashtirish 
kerak.  Bir  xil  belgili  indikatorli  naychalar  10  tadan  qogoz  kassetaga  joylashtirilgan. 
Kassetalarda 
reaktiv  tayyorlangan  vaqti  va  nasos  bilan  necha  marta  tortishligi  ko’rsatilgan  bo’lib, 
to’ldiruvchi 
modda rangi havoda zaharli moddalarni bor yoki yo’q bo’lganda qanday bo’lishi ko’rsatilgan. 
Tutunga qarshi filtrlar maxsus kartondan qilingan plastinkalar bo’lib, havodan nordon 
bug’lar miqdorini tutundan, tuproqda va sochiluvchi materiallarda zaharli moddalarni aniqlash 
uchun foydalaniladi. Himoya qalpoqchalar ko’rinishi konusssimon o’tqazgichning ichki yuzasi 
o’rnatilgan har-xil sepuvchi materiallar zaharli moddalar bilan zaharlanganda aniqlash uchun 
ishlatiladi. 
Isitgich-havo harorati 10°S dan past bo’lganda indikator naychalarni qizdirish uchun 
mo’ljallangan. 
Havodagi zaharli moddalarni aniqlash. Havoda iprit borligini aniqlash uchun bitti sariq 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

halqali  indikatorli  naycha  uchlari  sindirilib,  nasosga  qo’yiladi  va  nasos  bilan  60  marta 
so’riladi. Bir 
daqiqadan so’ng qog’oz kassetadagi etalonga qarab ipritni borligini topamiz. Iprit bor bo’lsa, 
to’ldirgich jigarrangga kiradi. 
Zaharli moddalarni tuproq va sochiluvchi materiallarda aniqlash. Buning uchun 
indikatorli  naychani  olib  nasos  boshiga  qo’yiladi  va  o’tqazgich  nasos  moslamasi  qo’yilib, 
himoya 
qalpoqchasi varonkaga kiygiziladi. Zararlanishda gumon qilingan yerdan kurakcha yordamida 
166 
tuproqning  yuqori  qatlami  olinib,  uni  himoya  kalpokchalari  chetlariga  sepiladi.  Varonkaga 
tutunga 
qarshi filtr o’rnatilib mahkamlanadi va talab etiladigan miqdorda nasos bilan ifloslangan havo 
so’riladi. Keyin tutunga qarshi filtrdan na’muna va qalpoqcha olinib indikatorli naycha chiqarib 
olinib zaharli moddalar kog’oz kassetadagi etalon to’ldirgich rangi bilan solishtirib aniqlanadi. 
Nazorat uchun savollar. 
1. Xavfli inshoot deganda nimani tushunasiz? 
2. Zaharlanish va zaralanish maydoni nima va qachon vujudga keladi? 
3. Respublikada qaysi turdagi xavfli ishlab chiqarish korxonalarini bilasiz? 
4. Qaysi turdagi kuchli ta’sir etuvchi zaharli gazlarni bilasiz? 
5. Ommaviy qirg’in qurollar deganda nimani tushunasiz va qaysi turdagi FV kiradi? 
6.  Kimyoviy  qurollar  ta’siri  natijasida  yuzaga  keluvchi  xavli  omillar  turi  va  ularni  insonga 
ta’siri 
nimadan iborat? 
7. Yadro quroli portlashida hosil bo’luvchi zararlovchi omillar nimalardan iborat? 
8. Radiatsion va kimyoviy holatlar deganda nimani tushunasiz? 
9. Radiatsion va kimyoviy holatlarni baholash uslublari nimadan iborat? 
10. Odamlarni zaharlanagan hududdan olib chiqib ketish usulini tushuntirib bering. 
11.  Joylarda  radiatsiya  darajasini  va  kimyoviy  zaharlanishni  aniqlovchi  asboblar  turlari  va 
ularni 
ishlash printsipini tushuntirib bering. 
167 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish