O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi


§ 14. QUTQARUV VA SHOSHILINCH TUZATISH-TIKLASH



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/20
Sana13.01.2020
Hajmi0,84 Mb.
#33719
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi

§ 14. QUTQARUV VA SHOSHILINCH TUZATISH-TIKLASH 
ISHLARINI TASHKIL QILISH VA OLIB BORISH 
Reja: 
14.1. Qutqaruv va shoshilinch tuzatish-tiklash ishlarini olib borish va tashkil qilishdan maqsad. 
14.2. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishning kuch va vositalari. 
14.3. Qutqarish ishlarini tashkil qilish bo’yicha fuqaro muhofazasi boshlig’i va shtabining 
vazifalari. 
14.4. Zilzila, suv toshqini va boshqa tabiiy ofatlarda, hamda texnogen- falokatlarda qutqarish 
ishlari 
Tayanch iboralar: qutqarish ishlari, zararsizlantirish, fuqaro muhofazasi qo’shinlari, 
qidiruv qutqaruv markazi, maxsus harbiylashtirilgan qidiruv qutqaruv qo’shinlari, davlat suvda 
qutqaruv xizmati, 050 xizmati. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. O’zbekiston Respublikasi «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli 
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida»gi Qonuni. Toshkent, 20 avgust 1999. 
2. O’zbekiston Respublikasi «Fuqaro muhofazasi to’g’risida» ga Qonuni. 26 may 2002. 
3. Akimov N.I., Ilin V.G. «Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish ob’ektlarida grajdan mudofaasi». 
Toshkent «Mehnat» 1989. 
14.1. Qutqaruv va shoshilinch tuzatish-tiklash ishlarini olib borish va tashkil qilishdan 
maqsad 
Qutqaruv va shoshilinch tuzatish - tiklash ishlari murakkab sharoitlarda kuchli 
vayronagarchilik va nurab tushish ehtimoli bo’lgan hollarda; kimyoviy va bakteriologik 
zararlanganda; kuchli yong’inlarda; baxtsiz hodisa yuz berganda o’tkaziladi. 
Yalpi qirg’in qurollarining oqibati, qurolning turiga, qo’llanilishiga, ob’ektning portlash 
o’chog’idan uzoq yaqinligiga, relefga, ob’ektlarning chidamliligiga bog’liq bo’ladi. 
Agar favqulodda vaziyatlar yoz vaqtida vujudga kelsa, katta ekinzorlar, chorva mollari, suv, 
suv  havzalari  va  boshqalar  radioaktiv  modda  bilan  zaharlanishi  mumkin.  Zararlangan 
o’choqlarda 
qutqaruv ishlarini olib borish uchun razvetka ishlari olib boriladi. Aholi punktlari hududni 
zararsizlantirish,  radiatsiyaga  qarshi  pana  joylarni,  omborxona  va  boshqa  imoratlarni,  suv  va 
suv 
xavzalarini zararlanishdan qo’riqlash va himoya qilish kerak bo’ladi. Bunday ishlar har qanday 
sharoitda odamlarni qutqarish va shikastlanganlarga yordam berish maqsadida olib boriladi. 
Maqsad moddiy boyliklarni qutqarish, himoya qilish, keyinchalik ob’ektlarning ishlab chiqarish 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

sharoitlarini tiklash. 
Qutqaruv ishlarini muvaffaqiyatli o’tishi uchun razvetka ishlarini o’z vaqtida tashkil etish, 
bor kuch va vositalarni tezlik bilan ishga hozirlash, shaxsiy tarkibni jismoniy va psixologik 
tayyorgarligini  kuchaytirish,  shikastlanganlarga  birinchi  yordamni  ko’rsatish,  hamda  aholini 
faol 
ishtirokini ta’minlashdan iborat. 
Qutqaruv ishlarini muvaffaqiyatli bajarish maqsadida FM boshlig’i, shtab xodimlari, 
xizmatchilar,  guro’h  qo’mondonlari  guro’hlarning  ish  olib  borish  harakati  va  marshrutini 
oldindan 
bilishi kerak. Razvetka uyushtirish bu FM boshlig’i, shtab boshlig’i bo’linma boshliqlarining eng 
birinchi vazifasidir. Razvetka vazifalarini FM boshlig’i belgilaydi. 
14.2 Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda 
kuch va vositalar 
Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda, sodir bo’lgan favqulodda vaziyatning 
182 
turi, xususiyatiga muvofiq maxsus kuchlar jalb qilinadi. Bunday vaziyatlarda favqulodda 
vaziyatning vaqti, qamrab olgan hududi, aholi punkti va boshqa xususiyatlariga alohida e’tibor 
berilib zudlik bilan ishga kirishiladi. Respublikamiz hududlarida sodir bo’ladigan favqulodda 
vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga jalb qilinadigan kuchlarni Vazirlar Mahkamasining 
qarorlariga muvofiq quyidagi turlari mavjud: 
• fuqaro muhofazasi qo’shinlari; 
• favqulodda vaziyatlar vazirligaga bevosita hamda tezkor bo’ysinuvchi respublikamiz 
ixtisoslashtirilgan tuzilmalari; 
• vazirliklar va idoralarning harbiylashtirilgan hamda malakali ixtisoslashtirilgan 
halokat-qutqaruv va halokat-tiklash bo’linmalari; 
• mahalliy hokimiyat organlarining maxsus qutqaruv guro’hlari; 
• oyektlarning ixtisoslashtirilgan tuzilmalari; 
• hududiy va ob’ektlarning harbiylashtirilmagan umumiy va maxsus maqsadlardagi 
tuzilmalari; 
• Qizil Yarim Oy jamiyatining ko’ngillilar otryadlari; 
• Vatanparvar mudofaaga ko’maklashuvchi tashkiloti; 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, qayd qilingan maxsus kuchlardan tashqari har bir 
tashkilotning qoshida, tashkilot yo’nalishidan kelib chiqib maxsus halokatdan qutqaruv va tezkor 
harakat  qilish  guro’hlari  tashkil  etilgan.  Ularning  harakati  ,  mujassam  bo’lgan  tashkilot 
doirasidadir. 
Umumiy holatda O’zbekiston Respublikasidagi favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf 
etish uchun yo’naltirgan kuchlarni, shu sohaga tegishli qoida va qarorlarni tahlil qilar ekanmiz, 
ularni uch yirik toifaga ajratish mumkin:. 
• Favqulodda vaziyatlar vazirligiga to’g’ridan to’g’ri bo’ysunuvchi kundalik vazifasi, 
maqsadi faqat favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga, tezkor harakat 
qilishga mo’ljallangan kuchlar; 
• turli Vazirlik, tashkilotlar qoshida mujassam bo’lgan o’z faoliyatlarini 
(mutaxassisligi bo’yicha) ishlab chiqarish, kundalik vazifalarini bajarishda davom 
ettiradigan, lekin favqulodda vaziyat sodir bo’lib ularga ehtiyoj sezilgudek bo’lsa, 
Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tezkor bo’ysunuvchi kuchlar; 
• turli korxona, idora va ishlab chiqarish tarmoqlarida, jamoatchilik asosida tashkil 
etilgan, noxush vaziyatlar sodir bo’lsa, shoshilinch ishga kirishuvchi mahalliy 
miqyosda faoliyat ko’rsatuvchi kuchlar. 
Quyida har uch turga mansub kuchlarning vazifalari va ular hal etadigan muammolar 
to’g’risida batafsil to’xtalamiz. 
Barinchi guro’hga kiruvchi kuchlar: 
• Respublika qidiruv - qutqaruv markazi "Najotkor" (RQQM); 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

• Maxsus harbiylashtirilgan qidiruv - qutqaruv qismi "Xaloskor" (MHQQQ); 
• Qidiruv - qutqaruv qismi «Qutqaruvchi» (QQQ); 
• Davlat suvda qutqaruv xizmati (DSQX); 
• Qutqarish xizmati "050"; 
• Qidiruv - qutqaruv guro’hlari (Qoraqalnog’iston, viloyatlar va Toshkent shahri 
boshqarmalari qoshidagi); 
• "Qamchiq" qidiruv - qutqaruv otryadi. Mazkur kuchlar qayerda joylashganligidan 
qat’iy nazar mushtarak vazifalarni bajarish maqsadida tashkil etilgan. 
Garchi ularning faoliyati bir-biriga o’xshash bo’lsada, umumiy holatda quyidagi vazifalarni 
bajarish maqsadida tashkil etilgan: 
• turli xususiyatda nomoyon bo’luvchi favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf 
etishga doimiy tayyor turish; 
• favqulodda vaziyat sodir bo’lgudek bo’lsa, tezkorlik bilan etib borish, vaziyatni 
baholash va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tezkor ma’lumot berish; 
• favqulodda vaziyatlar ko’lamini chegaralash, shikastlanganlarga birlamchi yordam 
ko’rsatish, moddiy va madaniy boyliklarni asrash. 
183 
Keltirilgan vazifalar har bir guro’h - kuchlarning kundalik faoliyatini belgilash bilan birga, 
ularni aholi va hududlarni turli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasidagi burch va 
mas’uliyati nechog’li yuqori ekanligini ham ko’rsatadi. 
Qidiruv - qutqaruv bo’linmalarining favqulodda vaziyatlarga doim shay turishi va tezkor 
harakat qilishga erishishda Vatanimiz hukumati tomonidan tasdiqlangan maxsus taktik - o’quv 
mashqlarining o’tkazilib turishi alohida e’tiborga molik. Bunday tadbirlardan ko’zlangan asosiy 
maqsad, tabiiy va texnogen xususiyatda namoyon bo’ladigan favqulodda vaziyatlarda aholi 
muhofazasini  ta’minlash,  ishlab  chiqarish  ob’ektlarida  sodir  bo’lishi  mumkin  bo’lgan 
halokatlarni 
oldini olish, xalq xo’jaligi faoliyatida barqarorlikka erishish, moddiy talofotini kamaytirishdan 
iboratdir. 
Qoraqalpog’iston, viloyatlar va Toshkent shahari boshqarmalari qoshidagi qidiruv - 
qutqaruv guro’hlarining faoliyati va kundalik vazifasi har bir viloyatning tabiiy sharoiti unda 
mujassam bo’lgan ishlab chiqarish tarmoqlari xususiyatiga muvofiq hududiy miqyosda uzluksiz 
faoliyat  ko’rsatishadi.  Bunda  asosiy  talab  favqulodda  vaziyatlarning  xususiyati  bo’yicha 
qutqaruv 
ishlarini  olib  borishga  qaratilgan  bo’ladi.  Masalan,  tog’li  va  tog’  oldi  viloyatlarida  nisbatan 
geologik 
xavfli hodisalar, ko’chki, sel, toshqinlar bo’lsa, tekislik, yo’l hududlaridagi viloyatlarda kuchli 
shamol, eroziya, toshqinlar ko’proq bo’ladi. Texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar shu 
hududdagi  zavod  va  fabrikalarga  bog’liq  va  qutqaruvchilar  har  qanday  favqulodda  vaziyatga 
doimi 
shay turishlari shart. 
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy vositalar zaxiralari 
oldindan, favqulodda vaziyatlar ro’y bergan taqdirda shoshilinch tarzda jalb etish maqsadida 
yaratiladi. 
Moliyaviy va moddiy vositalar zaxiralarini yaratish, ulardan foydalanish va ularni to’ldirish 
tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga 
zaxiradagi  moliyaviy  jamg’armasi  va  favqulodda  vaziyatlarni  tugatish  chog’ida  birinchi 
navbatdagi 
ishlarni amalga oshirish uchun yig’iladigan moddiy vositalar zaxiralari quyidagi manbalardan 
amalga oshiriladi: 
• Respublika byudjeti mablag’lari hisobidan; 
• idoraviy moliyaviy va moddiy vositalar zaxirasi-vazirliklar va idoralar mablag’lari 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

hisobidan; 
• mahalliy hokimiyat organlarining moliyaviy va moddiy vositalari zaxirasi - mahalliy 
byudjet mablag’lari hisobidan; 
• ob’ektlarning moliyaviy va moddiy vositalari zaxirasi korxonalar, muassasalar va 
tashkilotlarning o’z mablag’lari hisobidan; 
• Qizil Yarim Oy Jamiyatining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy 
va moddiy vositalar zaxiralari nomenklaturasi va xajmlari ularni tashkil etgan organ 
tomonidan belgilanadi. 
Fuqaro muhofazasini moliyalash ijtimoiy fondlarning mablag’lari, fuqarolarning ixtiyoriy 
badallari va boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi mumkin. 
Kuch va vositalarning harakati maxsus hay’atining yo’riqnomasi asosida olib boriladi. Ya’ni 
favqulodda vaziyat sodir bo’lsa; bunday vaziyatni bartaraf etish hay’ati tuziladi. Favqulodda 
vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishdagi barcha jarayon shu hay’at yo’riqnomasi asosida olib 
boriladi. 
14.3. Qutqarish ishlarini tashkil qilish bo’yicha fuqaro 
muhofazasi boshlig’i va shtabining vazifalari 
Fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish. O’zbekiston Respublikasn fuqaro muhofazasiga 
umumiy rahbarlikni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. O’zbekiston 
Respublikasi  Bosh  vaziri  mamlakat  fuqaro  muhofazasining  boshlig’idir.  O’zbekiston 
Respublikasi 
fuqaro muhofazasini boshqarish O’zbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirlign 
184 
zimmasiga yuklanadi. 
Qoraqalpog’iston Respublakasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hududlarida fuqaro 
muhofazasiga rahbarlik qilishni tegishlicha lavozimiga ko’ra fuqaro muhofazasnning boshlig’i 
bo’lgan  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi  raisi,  viloyatlar,  tumanlar  va 
shaharlar 
hokimlari amalga oshiradilar. 
Vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilishni ularning 
lavozimiga  ko’ra  mazkur  organlar  va  tashkilotlar  fuqaro  muhofazasinng  boshlig’i  bo’lgan 
rahbarlari 
amalga oshiradilar. 
Fuqaro muhofazasi boshliqlarining aholini va hududlarni muhofaza qilish masalalari 
bo’yicha direktivalari, buyruqlari, qarorlari va farmoyishlari barcha tashkilotlar, shuniigdek 
mansabdor  shaxslar  va  fuqarolar  uchun  bajarilishi  majburiydir.  O’zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi fuqaro muhofazasi sohasidagi yagona davlat siyosati o’tkazilishini ta’minlaydi va 
fuqaro muhofazasi rejasini tasdiqlaydi, tinchlik davrida va urush davrida, davlat iqtisodiyoti 
faoliyat  ko’rsatishi  barqarorligini  ta’minlash  tadbirlari  ishlab  chiqilishiga  va  o’tkazilishiga 
rahbarlik 
qiladi, fuqaro muhofazasi tizimini urush sharoitiga o’tkazish, evakuatsiya tadbirlarini amalga 
oshirish tartibini belgilaydi, himoya inshootlarini va fuqaro muhofazasi boshqa ob’ektlarini 
barpo etish tartibini, shuningdek yakka muhofazalanish vositalari, moddiy-texnika, oziq-ovqat, 
tibbiy va boshqa xil vositalar zaxiralarini to’plash, saqlash va ulardan foydalanish shartlarini 
belgilaydi. 
Fuqaro muhofazasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi O’zbekiston 
Respublikasi  Favqulodda  vaziyatlar  vazirligidir.  O’zbekiston  Respublikasi  Favqulodda 
vaziyatlar 
vazirligi  o’z  vakolati  doirasida  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari,  tashkilotlari, 
mansabdor 
shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar qabul qiladi, harbiy qismlar 
va 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

fuqaro muhofazasi tuzilmalari boshqarilishini tashkil etadi, xabar berish tashkil etish va fuqaro 
muhofazasi tizimini shay holatga keltirish bo’yicha direktiv hujjatlar ishlab chiqadi, fuqaro 
muhofazasi  kuchlari  va  vositalarining  jangovarlik  hamda  safarbarlik  tayyorgarligini 
ta’minlaydi, 
shaxsiy tarkib va aholi fuqaro muhofazasi sohasida o’rgatilishini tashkil etadi. 
14.4. Zilzila, suv toshqini va boshqa tabiiy ofatlarda, 
hamda texnogen- falokatlarda qutqarish ishlari 
Tabiiy ofat-bu tabiatning harakatga keltiruvchi hodisalari bo’lib, u aholining hayotini 
to’satdan izidan chiqishiga, moddiy boyliklarni vayron bo’lishiga va hatto odamlarni halok 
bo’lishiga olib keladi. 
Tabiiy ofatlar favqulodda, to’satdan ro’y berishi bilan xarakterlanadi. Favqulodda holatlarga 
yer qimirlash, suv toshqini, sel, do’l, ko’chkilar, qor bosish, vulqon, tog’ qulashi va boshqalar 
kiradi. Bu hodisalar ishlab chiqarishni ishdan chiqaradi, xo’jalikning ayrim tarmoqlari vayron 
bo’ladi,  odamlar  qurbon  bo’ladi,  xalqning  boyliklari  yo’qoladi.  Bu  holatni  oldini  olish  yoki 
ma’lum 
darajada kamaytirish mumkin, agar oldindan ogohlantiruvchi choralar ko’rilgan bo’lsa. 
Tabiiy ofat, xususan, toshqin qanchalik qisqa vaqtni qamrab olmasin, ma’lum talafotlar 
keltirishga sababchi bo’ladi. Shu jarayon bo’lib o’tgandan so’ng qanday ishlarni birinchi galda 
amalga oshirish kerak. Quyida shular to’g’risida to’xtalamiz. 
Avvalo, har qanday tabiiy ofat yuzaga kelgan maydon va hududda o’ziga yarasha 
antisanitariya  holati  yuzaga  keladi.  Buning  oqibatida  odamlar  va  tirik  organizmlar  o’rtasida 
yuqumli 
zararlanish  holati  tarqaladi.  Shu  vaziyatdan  chiqish  uchun  ma’lum  muddatgacha  faqat 
qaynatilgan 
suv iste’mol qilish va quruq oziq - ovqatlar bilan chegaralangan ma’qul. Zarurat tufayli uy - 
joylardan boshqa yerga o’tilgandan so’ng qaytib kelinganda uyning holatini, atrof yo’laklarni 
sinchiklab ko’zdan kechirish kerak. Hech vaqt uyga kirishga shoshilmang. 
Yog’ingarchilik o’tib ketgandan so’ng vodiyga tushishga xech vaqt shoshilish kerak emas, 
chunki birinchi sel oqimidan so’ng keyingilari takrorlanishi mumkin. 
Odatda sel oqimlarining davriyligi 3 - 5 soat davom etadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, 
sellarning  yana  bir  xususiyati  ular  qo’shni  davlatlar  hududida  boshlanib  boshqa  davlat 
hududiga 
185 
katta talafotlar keltirishi mumkin. Masalan, Farg’ona vodiysining daryolarida, Zarafshon 
daryosining yuqori qismlarida xuddi shunday manzara yuzaga kelishining bir necha bor guvohi 
bo’lganmiz.  Albatta,  bunday  holatlarda  xam,  oldindan  sel  oqimlari  keladigan  yo’nalishlar 
bo’yicha 
sel  omborlari,  ularni  yo’naltiruvchi,  tarqatib  yuboruvchi  maxsus  gidroinshootlar  qurilishiga 
katta 
e’tibor berilishi lozim. 
Kezi kelganda shuni aytish mumkinki, sel xavfi bor joylarda bo’lgan tumanlarda yirik 
masshtabdagi,  ayniqsa  kichik  xo’jaliklarda  1:5000  va  1:10000  masshtabdagi  xaritalar  bo’lishi 
kerak. 
Topografik xaritalar orqali sel oqimlariga qarshi kurashish, oldini olish, bashoratlash va ular 
oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqish va aholini xamma tabaqalari o’rtasida 
targ’ibot ishlarini yo’lga qo’yish zarur. Vatanimizning qaysi hududlarida sel oqimlari paydo 
bo’lmasin,  ularning  tarkibiy  qismi,  yo’nalishi  va  ulardan  keladigan  zarar  deyarli  bir  xilda 
namoyon 
bo’ladi. Shuning uchun hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan ijobiy tadbirlarda barcha 
fuqarolar faol ishtirok etishlari, ularni tezroq hayotga tadbiq etishlari va xavfsizlik chora - 
tadbirlarini  amalga  oshirishda  har  birimiz  mas’ul  bo’lishimizni  davrning  o’zi  taqozo  etib 
turibdi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

Toshqin tufayli uylarning devorlari zah tortishi, namgarchilik me’yoridan ortib ketishi 
oqibatida inshootlar bardoshligi zaif bo’lib qoladi, natijada uncha katta bo’lmagan tashqi kuch 
ta’sirida  binolar  qulab  ketishi  mumkin. Suv to’planib  qolgan joylardan  alohida  yo’laklar  hosil 
qilib 
yurish joylarini tashkil etish kerak. Xonalarni diqqat bilan ko’zdan kechirib chiqilgandan so’ng 
eshik va derazalarni mustahkamligiga ishonch hosil qilganingizdan keyin ularni ochib qo’ying. 
Xona 
ichida 
qolgan 
oziq-ovqatni 
iste’mol 
qilishdan 
o’zingizni 
saqlang. 
Mavjud 
asbobuskunalardan, 
ayniqsa elektr asboblaridan foydalanishda nihoyatda ehtiyot bo’ling. Chunki to’liq 
qurimagan asboblar boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishiga sababchi bo’lib, qo’shimcha 
noxushliklarni  olib  keladi.  Bundan  tashqari  har  qanday  tabiiy  ofatni  bartaraf  qilishda  ham 
o’ziga 
yarasha  talab  va  qoidalari  mavjud.  Xususan,  toshqindan  so’ng  uni  bartaraf  qilishda  keng 
miqyosda 
aholi tomonidan qanday ishlar amalga oshirilishi lozim? 
Avvalo, yuqorida ta’kidlanganidek atrof sinchiklab o’rganilgandan so’ng, suv bosgan joylar 
ortiqcha turli materiallardan xalos qilinib quritish ishlari amalga oshiriladi. Inshootlarda yarim 
o’pirilgan, qayta tiklab bo’lmaydigan joylar aniqlansa, tezda buzib tashlanishi va u joylar 
tozalanishi kerak. 
Binolarning pastki, pastqam joylarida suv to’planib qolgan bo’lsa, texnik asboblar 
yordamida suv chiqarib tashlanadi. Toshqin natijasida shikastlangan maishiy - energetika 
tarmoqlari, yo’llar, ko’priklar va boshqa inshootlarni ta’mirlashga kirishiladi. 
Yuqorida qayd qilinganidek, toshqin va sellarning paydo bo’lishida respublikamiz 
hududlaridan  tashqarida  bo’lgan  tabiiy  suv  omborlari,  gidrotexnik  inshootlar  ham  o’ziga 
yarasha 
xavf tug’diradi. Bizning nazarimizda bunday ob’ektlarning joylashgan o’rni, xavflilik darajasi, 
ko’lami to’g’risida batafsil ma’lumot berilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Aksariyat ko’p hollarda 
favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda aholi o’rtasida ma’lumot yo’qligidan sarosimaga tushish 
oqibatida talafot ikki -uch barobar ko’payib ketishiga olib keladi. 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Respublikamiz hududlaridan tashqarida bo’lgan xavf 
"o’choq"lari (tabiiy) to’g’risida Prezidentimiz I.A.Karimov o’zlarining "O’zbekiston XXI asr 
bo’sag’asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari"  (1997) 
kitobida 
batafsil  to’xtalib  o’tganlar.  Xususan,  tashqi  xavf  to’g’risida:  "Moyli  suv  daryosining 
(Qirgiziston) 
qirg’oqlari yoqasida 1944 yildan to 1964 yilgacha uran rudasini qayta ishlash chiqindilari 
ko’milgan.  Hozirgi  vaqtda  qoldiqlar  saqlanadigan  23  ta  joy  mavjud.  Bu  yerlarda  selni 
to’sadigan 
to’g’onlarni 
mahkamlash 
hamda 
ko’chki 
xavfi 
bo’lgan 
joylardagi 
qiyaliklarning 
mustahkamligini 
ta’minlash lozim" -deb mahalliy hukumat rahbarlari, ilmiy va ishlab chiqarish korxonalari 
rahbarlari oldiga muammoning yechimini topish yo’llarini, xavfli hududlarga mas’uliyatni va 
javobgarlikni  oshirish  lozimligini  uqtirsalar,  keng  jamoatchilikni  bunday  xavflardan  ogoh 
bo’lishga 
chaqiradilar. 
Ziziladan so’ng: 
186 
• qutqaruv xizmati. Malakali mutaxassisga ega bo’lgan xizmat ko’rsatish bo’limlari 
shikastlanganlarga tez yordam ko’rsatishi, yong’inni nazorat qilishi, jamoat tartibini 
saqlashi va me’yoriy turmush tarzini tiklashlari shart. 
• insonlarning mustaqil harakati. Har bir kishi nafaqat o’zi to’g’risida, balki boshqalar 
to’g’risida ham qayg’urishi va yordam berishi lozim. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

• qurilish tashkilotlari. Tegishli tashkilotlar elektr manbai, suv tarmog’i, transport 
harakatini tiklash bo’yicha keng ko’lamli ishlarni amalga oshirishlari lozim. 
• moddiy yordam. Zilzila talafotidan aziyat chekkan insonlar, aholi o’rtasida hukumat 
yordami bir xilda bo’lishini ta’minlashga erishish lozim. 
• ijtimoiy yordam va ahloqiy tavsiya. Jamoat tashkilotlari ayrim yoki bir guro’h 
shikastlanganlarga yordam ko’rsatish, kuchli qo’rquv va vahima holatiga tupshb qolgan 
insonlarga yaqindan maslahat va tavsiya berishlari shart. 
Shuni unutmasligimiz kerakki, hukumat tomonidan qanchalik dolzarb qarorlar qabul 
qilinmasin, "qutqaruv xizmati" malakali mutaxassislar, zamonaviy texnika bilan ta’minlanmasin, 
fuqaro muhofazasi siyosatiga, Respublika aholisi, ayniqsa vazirlik, idora, tashkilot rahbarlari 
yoppasiga tayyorgarlikdan o’tmasa, bu tadbirlardan kutilganidek natija va eng muhimi xavfning 
oldini olish, undan keladigan zararni kamaytirish juda mushkuldir. 
Ayniqsa radioaktiv zararlangan joylarda qutqarish ishlarini olib borilishi uchun eng 
murakkab  joylar  bo’ladi.  Odamlar,  hayvonlar,  moddiy  boyliklar  bor  joyda  navbatdagi 
yonginlarga 
yo’l kuymaslikka harakat qilinadi. Eng muhim joylar, aholi punktlari, ferma, omborxonalar, 
evakuatsiya qilish yo’llarida yong’in bo’lsa darhol o’chiriladi. Himoya inshootlariga olib 
boriladigan yullar tozalanadi. Vayrona uyumlari tagidan shikastlangan odamlarni olib chiqish 
uchun  vayronalar  tepasi  tozalanadi.  Qulay  tomondan  yo’l,  teshik  ochiladi.  Ish  2-4  kishidan 
iborat 
guro’hda olib boriladi. 1-guro’h uyumni ajratadi, yul ochib uni mustahkamlaydi. 2-guro’h 
materiallarni  tayyorlaydi  va  olib  kelib  turadi.  3  guro’h  siniqlarni  yig’ishtirib  chetga  olib 
tashlaydi. 
Keyingilari  shikastlanganlarni  olib  chiqadi  va  ularga  birinchi  yordamni  ko’rsatadi.  Albatta 
qutqaruv 
ishlarini radioaktiv  zararlangan joylarda olib borishdan oldin, FM shtabining boshlig’i, tuman 
FM 
bergan ma’lumotlarga asolanib, bo’lgan radiatsion sharoitni baholaydi va zarar oqibatlarini 
tugatish to’g’risida qaror qabul qiladi. 
Odamlar va hayvonlar sog’lig’i uchun o’ta zarali bo’lgan nurlanish miqdori, zararlangan 
hududda  ishlarni  boshlash  vaqti,  aholini  himoya  qilish  rejimi,  chorva  mollarini  saklash 
sharoitlarini 
bilish lozim. FM boshlig’i birinchi navbatda e’tiborni qishloq xo’jaligi hayvonlarini, ekinlar va 
ularning  mahsulotlarini,  suv  manbalari  zararlanishinib  radioaktiv  moddalarning  organizmga 
havo, 
oziq-ovqat, yem, suv bilan kirish orqali zaharlanishini kamaytiruvchi omillarga qaratishi kerak. 
Nazorat uchun savollar 
1. Qutqaruv va shoshilinch tuzatish-tiklash ishlarini deganda nimani tushunasiz? 
2. Qutqaruv va shoshilinch tuzatish-tiklash ishlarini olib borish va tashkil qilishdan maqsad 
nima? 
3. Qutqaruv va shoshilinch tuzatish-tiklash qachon va kim tomonidan amalga oshiriladi? 
4. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishdagi kuch va vositalari nimalardan tashkil 
topadi? 
5. Qutqarish ishlarini tashkil qilish bo’yicha fuqaro muhofazasi boshlig’i va shtabining 
vazifalari nimadan iborat? 
6. Zilzila, suv toshqini va boshqa tabiiy ofatlarda, hamda texnogen- falokatlarda qutqarish 
ishlari tartibini aytib bering. 
187 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish