O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi


§ 9. FAVQULODDA VAZIYATLAR. ULARNING UMUMIY



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/20
Sana13.01.2020
Hajmi0,84 Mb.
#33719
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi

§ 9. FAVQULODDA VAZIYATLAR. ULARNING UMUMIY 
TAVSIFI VA GURO’HLANISHI 
Reja: 
9.1. Favqulodda vaziyatlar to’g’risida asosiy tushunchalar. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

9.2.  Favqulodda  vaziyatlarning  turlari,  yuzaga  va  harakatga  keltiruvchi  kuchlar  hamda 
tarqalish 
tezligi . 
9.3. Favqulodda vaziyatlarda yuzaga keladigan zararlanish o’chog’lari, 
ularning turlari. 
Tayanch iboralar: Favqulodda holat, geofizik, geologik, gidrogeologik omillar, zilzila, 
Rixter shkalasi, yer ko’chishi, sel, toshqin, tuproq yemirilishi (erroziya), texnogen halokatlar, 
gidrodinamik falokat, yong’in falokati, transport energetika, kommunal tizim, kimyoviy va 
radiatsion xavflar va falokatlar, halokat, katastrofa. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. O’zbekiston Respublikasi «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli 
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida»gi Qonuni. Toshkent, 20 avgust 1999. 
2. O’zbekiston Respublikasi «Fuqaro muhofazasi to’g’risida» ga Qonuni. 26 may 2002. 
3. Akimov N.I., Ilin V.G. «Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish ob’ektlarida grajdan mudofaasi». 
Toshkent «Mehnat» 1989 
9.1. Favqulodda vaziyatlar to’g’risida asosiy tushunchalar 
Favqulodda vaziyat (FV) - odamlar qurbon bo’lishiga, ularning sog’lig’i yoki atrof-tabiiy 
muhit  zarar  ko’rishiga,  anchagina  moddiy  talafotga  va  insonlarning  hayot  faoliyati  izdan 
chiqishiga 
olib kelishi mumkin bo’lgan yoki olib kelgan halokat, xavfli tabiat hodisasi, tabiiy va boshqa ofat 
oqibatida muayyan hududda yuzaga kelgan sharoit. 
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish - oldindan o’tkaziladigan va favqulodaa vaziyatlar 
yuzaga  kelish  xavfini  iloji  boricha  maksimal  darajada  kamaytirishga,  shuningdek  bunday 
vaziyatlar 
yuzaga kelgan taqdirda odamlar sog’lig’ini saqlab qolishga, atrof tabiiy muhitga etadigan zarar 
va 
moddiy talafot miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi. 
Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatish - favquloda vaziyatlar yuzaga kelganda 
o’tkaziladigan  hamda  odamlar  hayoti  va  sog’lig’ini  saqlab  qolishga,  atrof  tabiiy  muhitga 
etadigan 
zarar va moddiy talafot miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyat hududlarini 
cheklash  va  xavfli  omillar  ta’sirini  to’xtatishga  qaratilgan  halokat  -  qutqaruv  va  boshqa 
shoshilinch 
ishlar kompleksi. 
Favqulodda vaziyatlarni oldindan prognoz qilish. Favqulodda vaziyat yuzaga kelishining 
ehtimol bo’lgan sabablarni, uning ilgarigi va hozirgi manbaini tahlil qilish asosida favqulodda 
vaziyat yuzaga kelishi ehtimolini va rivojlana borishini oldinroq aks ettirish. 
Favqulodda vaziyatlardan ogoh bo’lish - atrofdagi tabiiy muhit va potentsial xavfli 
ob’ektlarning, favqulodda vaziyat manbalari paydo bo’lishini oldindan prognoz qilish va 
profilaktika qilishning ahvolini kuzatish va nazorat qilishni tashkil etilishiga, shuningdek 
favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko’rishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, 
muhandislik-texnikaviy, ekologiya-muhofaza, sanitariya- gigiyena, sanitariya-epidemiologik va 
maxsus tadbirlar kompleksidir. 
Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko’rish - muayyan hudud yoki potentsial xavfli 
ob’ektda aholini va moddiy boyliklarni favqulodda vaziyat manbalarining shikastlovchi omillari 
va 
ta’siridan muhofaza qilish uchun, shuningdek favqulodda vaziyatlarni tugatishda boshqaruv 
organlari,  kuch  va  vositalarining  samarali  faoliyatini  ta’minlash  uchun  sharoit  yaratuvchi 
oldindan 
o’tkaziladigan tadbirlar kompleksi. 
Aholini evakuatsiya qilish - favqulodda vaziyat hududlaridan yoki ehtimol bo’lgan 
140 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

favqulodda vaziyat hududlaridan aholini piyoda va transportda uyushqoqlik bilan olib chiqish, 
shuningdek evakuatsiya qilinganlarni joylashtirish manzillarida turmush kechirishini ta’minlash 
tadbirlari kompleksi. 
Vatanimiz hududlarida tabiiy ofatlarning ko’proq uchrab turishi uning tabiiy tuzilishi bilan 
bog’liqdir. Har bir tabiiy ofat sodir bo’lish joyi, sababi, ko’lami, u bilan bog’liq bo’lgan moddiy 
zarar va boshqa xususiyatlari bilan ajralib turadi. 
Hozirgi vaqtning eng muhim vazifalaridan biri tabiiy ofatlarni hosil bo’lishi va rivojlanishini 
prognoz  qilish,  oldindan  davlat  organlari  va  aholini  yaqinlashib  kelayotgan  ofatdan  ogoh 
etishdan 
iboratdir. 
9.2. Favqulodda vaziyatlarning turlari, yuzaga va harakatga 
keltiruvchi kuchlar hamda tarqalish tezligi 
Respublikamiz hududlarida uchraydigan tabiiy ofatlarning hosil bo’lishida geofizik, 
geologik,  gidrogeologik,  atmosfera  va  boshqa  omillar  asosiy  o’rinni  egallaydi.  Ular  oqibatida 
hayot 
xavfsizligi  buziladi,  insonlar  nobud  bo’ladi,  xalq  xo’jaligi  ob’ektlariga  turli  darajada  moddiy 
zarar 
etkaziladi. 
Geofizik omillar - yerning fizik xususiyati (magnit, elektr, gamma faollik, issiqlik va b.) 
natijasida yuzaga keladigan turli noxush vaziyatlar majmuasini sodir etadi. 
Geologik omillar - yerning paydo bo’lishi bilan bog’liq yechimlarini ta’minlab beradi. 
Gidrogeologik omillar - yer ichki va yuzasidagi suvlar (gidrosfera) ta’sirida bevosita 
yuzaga keladigan noxush vaziyatlar tushuniladi. 
Atmosfera omillari - yerning atmosfera qatlamidagi o’zgarishlar (iqlim, ob - havo, 
ifloslanish, ozon qatlami va b.) natijasida xavfli holatlar paydo bo’lishiga olib keladi. 
Favqulodda vaziyatlarning vujudga kelish sabablari va ularni oqibatlari jihatidan asosan 
quyidagi asosiy uch guro’hga bo’lish mumkin: 
1 tabiiy omillar oqibatida vujudga keladigan favqulodda holatlar; 
2 texnogen va antropogen oqibatlar tufayli vujudga keladigan 
favqulodda holatlar; 
3 ekologik omillar oqibatida vujudga keladigan favqulodda holatlar. 
Respublikamiz hududlarida har uchchala guro’hga taalluqli xavfli halokat va jarayonlar 
uchrab turadi. Ayniqsa respublikamiz hududlarida zilzila, ko’chki, o’pirilish, suv bosish va sellar 
kabi tabiiy ofatlar ko’proq uchraydi. 
Zilzila - tabiatda sodir bo’ladigan eng xavfli hodisalarning biridir. YuNESKO ma’lumotiga 
ko’ra  zilzila-yuzaga  keladigan  iqtisodiy  zarar  va  insonlar  halokati  bo’yicha  tabiiy  ofatlarning 
ichida 
birinchi o’rinni egallaydi. 
Zilzilaning hosil bo’lish sabablari turlicha bo’lib, hozirgi vaqtda mukammal o’rganilgan 
bo’lishiga qaramay, zamonaviy ilm-fan taraqqiyoti qachon, qayerda, qanday kuchlanishda yer 
silkinishi bo’ladi degan savolga hamon to’liq javob beraolmayapti. 
Yer ko’chishi – surilma. Respublikamizning tog’li, tog’ oldi, daryo bo’ylari hududlarida 
yashaydigan aholi va xalq xo’jaligi ob’ektlariga katta xavf tabiiy ofatlardan biri yer ko’chishi - 
surilmadir. 
Yer ko’chishi - yer yuzasi bo’lagining yonbag’ir bo’yicha gravitatsion kuch ta’sirida 
surilishi, siljishiga aytiladi. 
Sel -suvning mexanik faoliyatidan yuzaga keladigan murakkab jarayon bo’lib, turli 
omillarning (iqlim, gidrologik, geomorfologik, geologik va b.) o’zaro ta’siri natijasida vujudga 
keladi. Uning tarqalishida mahalliy sharoit alohida o’rin egallaydi. Sel vujudga keladigan yoki 
sodir 
bo’lish  ehtimoli  yuqori  bo’lgan  joylarni  sel  o’chog’i  deb  yuritiladi.  Sel  o’chog’i  paydo 
bo’lishining 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

asosiy ko’rsatkichi gidrometeorologik sharoit hisoblanadi. Uzoq muddatli jala yog’ishi va 
muzliklarning qisqa muddatda kuchli erishi oqibatida daryo o’zanlaridagi suv miqdori keskin 
ko’payib  ketadi.  Natijada  suv  bilan  aralashgan  (qum,  shag’al,  dag’al  bo’lakli  jinslar)  oqim 
paydo 
bo’lishi natijasida maydonning quyi qismlarida katta kuchga ega bo’lib ko’pgina qo’poruvchilik 
141 
ishlarini amalga oshiradi. 
Toshqin bu tabiiy ofatlar ichida katta talafotlar keltiradigan, aholini og’ir tahlikaga 
soladigan va qisqa vaqt ichida shiddatli bo’ladigani suv toshqinlaridir. 
Toshqin - daryolar, soylar, dengizlar, ko’llarda suv satxining keskin ko’tarilishi oqibatida 
yuzaga kelib, yer yuzasining katta maydonlarini vaqtincha suv bosishidir. 
Selli toshqinlar odatda qisqa vaqtda paydo bo’lib, asosiy xususiyatlaridan biri shitob bilan 
suv kelishi oqibatida suv inshootlari atrofini, qirg’oqlarni, ba’zan to’g’on va ko’priklarni yuvib 
ketadi. 
Tuproq yemirilishi. Tabiiy ofatlarni yana biri turi bu tuproq yemirilishi, yuvilishi 
oqibatida yer yuzasining biologik xususiyati yo’qolib borishi oqibatida yerlarni cho’lga aylanish 
jarayonidir. 
Dunyo miqyosida tuproq yemirilishi yerlarni tabiiy ravishda cho’lga aylanishi XX asrning 
oxirlariga kelib inqiroziy holatni namoyon etmoqda. Buning asosiy sababchisi yer ichki qismi va 
yuzasida  bo’layotgan  o’zgarishlar,  harakatlar  natijasi  bo’lsada,  ayrim  davlatlar  hududlarida 
tabiiy 
tuproq hosil bo’lish jarayonining juda sust borayotganligidadir. 
Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar. Ma’lumki so’nggi yillarda insonlar faoliyati 
bilan bog’liq bo’lgan texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarning turi va miqdori oshib 
bormoqa.  Bunday  favqulodda  vaziyatlar  to’g’risida  to’liq  tasavvurga  ega  bo’lishga,  imkon 
darajada 
oldini olishga, ayanchli oqibatlarni keltiradigan zararini iloji boricha kamaytirishga va 
fuqarolarimizni samarali muhofazalash chora-tadbirlarini topishga erishishimiz kerak. 
Suv omborlaridagi, daryolardagi, kanallardagi gidrotexnik inshootlarning buzilishi, baland 
tog’ ko’llarining urib ketishi natijasida suv bosishi gidrotexnik halokatlar va falokatlarni sodir 
bo’lishiga  olib  keladi  hamda  odamlarni  qurbon  bo’lishiga,  sanoat  va  qishloq  xo’jalik 
ob’ektlarini 
ishini izdan chiqishiga, suv bosgan hududdagi aholining hayot faoliyatini izdan chiqishiga sabab 
bo’ladi. Sun’iy to’g’onlar, yuqori diametrli gaz va neft o’tkazgichlar, maxsus neft mahsulotlarini 
saqlaydigan inshootlarni inson o’z ehtiyojlari uchun barpo etadi. 
Gidrodinamik falokatlarning sabablari va turlari. Markaziy Osiyo hududida quyidagi 
gidrotexnika  inshootlari  mavjud  Qayroqqum,  Chordara,  Toxtagul,  Andijon,  Karkidon, 
Tolimarjon, 
Nurek,  Ragun  va  boshqalar.  O’zbekiston  Respublikasida  hozirgi  paytda  18,9mlrd.700  mln. 
m
3
suv 
sig’dira oladigan 53 ta suv ombori, daryo suvlarini viloyat va tumanlarga taqsimlab beruvchi 
150dan ortiq suv to’g’onlari, 28122 km uzunlikdagi magistral kanallar va boshqa zarur suv 
inshootlari mavjud. Harbiy sharoitda yoki favqulodda vaziyat jarayonida ular ma’lum xavf 
tug’diradilar. Gidrotexnik xavfli inshootda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda 
vaziyatlarning shikastlovchi omillari va ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat: 
• to’g’onni urib ketgan to’lqinning balandligi 20m va tezligi 3-100 km/soat gacha; 
• to’g’onni urib ketgan to’lqin cho’qqisi va old tomonining etib kelish vaqti (to’lqin tezligiga 
va joyning qancha oraliqda ekaniga qarab); 
• suv bosish hududining chegaralari (yer yuzasi relyefi qandayligiga qarab); 
• suv bosishning maksimal va amaldagi chuqurligi (relyefning qandayligiga, to’g’onni urib 
ketgan to’lqinning balandligi qandayligiga qarab); 
• suv bosish qancha davom etishi (bir necha soatdan bir necha kecha kunduzgacha)dan iborat. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

Texnogen tusdagi xavfli holatlardan yana biri, yong’in chiqish va portlash xavfi bor xavfli 
bo’lgan __________ob’ektlardagi falokatlar va halokatlar. 
Yonish va portlashlar o’zaro uzviy bogliqligi sababli barcha tashkilotlarda sodir bo’ladigan 
yong’inlar  natijasida  portlashlar  ham  bo’lishi  mumkin  yoki  aksincha  portlash  natijasida 
yong’inlar 
sodir bo’lishi mumkin. 
Portlash-bu qisqa vaqtning o’zida chegaralangan hajmdagi, katta miqdordagi quvvatning 
ajralib  chiqishidir.  Portlash,  gazlarning  qattiq  qizishi  oqibatida  yuqori  bosim  ta’sirida  sodir 
bo’ladi. 
Portlashlar asosan yong’in va portlash xavfi bor tashkilotlarda sodir bo’lib, uning oqibatida 
yong’inlar kelib chiqishi mumkin. 
Portlash-suyuqliklarning, portlovchi moddalarning kuch yoki issiqlik ta’sirida o’zi 
joylashgan hajmga sig’may qolishi tufayli chiqishidir. 
142 
Transport, energetika va kommunal tizimlardagi falokatlar va halokatlar
1. Transportdagi falokatlar va halokatlar: 
• havo transportidagi halokat va halokatlar; 
• temir yo’ldagi halokat va halokatlar; 
• avtotransportlardagi halokatlar (shu jumladan, yo’l transport hodisalari) ko’rinishi; 
• metropoliten stantsiyalarida bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlar; 
• magistral quvur tarmoqlarida, neft va gaz burg’ulash maydonlaridagi bo’lishi mumkin 
bo’lgan halokatlar. 
2. Energetika tizimidagi halokatlar: 
• gidroelektrostantsiya (GES)larida; 
• issiqlik elektr markaz (TES)larida; 
• shahar, tuman elektr tarmoq GRESlarida; 
• elektr tarmoqlarida, issiqlik markazlarida; 
• issiqlik qozonlarida; 
• kompressorlarda; 
• gaz taqsimlash stantsiyalarida va energetika tizimining boshqa ob’ektlarida sodir bo’ladigan 
halokatlar kiradi. 
3.Maishiy xizmat tarmoqlaridagi halokatlar: 
• Gaz tarmoqlari, suv saqlagichlar, suv tarmoqlari, kanalizatsiyalar; 
• gaz tozalash, biologik tozalash inshootlari va maishiy xizmat tarmoqlariga kiruvchi barcha 
ob’ektlar; 
• atmosferani, yerni ustki qismini, yer osti va yer usti suvlarini zaharlash, aholi salomatligiga 
salbiy ta’sir ko’rsatish darajasida namoyon bo’ladigan halokatlar. 
4.Kimyoviy va radiatsion xavfli ob’ektlardagi halokatlar: 
• kimyoviy va radiatsion xavfli inshootlardagi halokatlar deganda kuchli ta’sir qiluvchi 
zaharli moddalarning atrof - muhitga tarqalishi, radioaktiv moddalardan foydalanish va 
saqlash tartiblariga rioya qilmaslik tufayli favqulodda vaziyat vujudga kelishi tushuniladi. 
Favqulodda vaziyat natijasida zaharli va zararli moddalar ta’sirida odamlar, hayvonlar, 
o’simliklar ko’plab shikastlanadi. 
9.1-rasm. Atom elektorostantsiyasi tuzilishi 
1- yadroviy zanjirli reaksiya sarkafagi 2-haydash va so’rish nasoslari; 3-suv ta’minot tizmi; 4- 
bug’ turbinalari xonasi; 5-generator 
143 
Mahsulot tayyorlashda ishlatiladigan mashinalar, jihozlar, texnologik tizimdagi uskunalar 
majmuasidagi nosozlik, elektr bilan ta’minlashdagi nosozlik, binolar, qurilmalardagi nosozliklar 
tufayli vujudga keladigan voqeaga – halokat (avariya) deyiladi. 
Transport turlarining o’zaro to’qnashuvi, korxonadagi texnologik nosozliklar, moddalarni 
saqlashda yo’l qo’yilgan xatoliklar, terrorchilar harakati tufayli sodir bo’ladigan halokatlar 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

natijasida tez ta’sir etuvchi zaharli moddalar atrof - muhitga tarqalishi mumkin. 
Katastrofa-halokat bo’lib, halokatdan farqli holda halokat qamrovi kengroq va odamlar 
halok  bo’lishiga  olib  kelgan  voqeaga  aytiladi.  Poyezdlarning  o’zaro  to’qnashishi,  samolyot 
halokati, 
sanoat korxonasida sodir bo’lgan halokatlar tufayli atrof - muhitning yomonlashuvi, insonlar 
qurboni, talafot darajasining ortib borishi -hammasi bu turdagi halokat turiga xos xususiyatdir. 
Misol tariqasida Chernobilda 1986 yili 26-aprelda sodir bo’lgan halokat natijasida vujudga 
kelgan favqulodda vaziyatni keltirish mumkin. Ya’ni matbuotda yozilishicha, Chernobil hodisasi 
tufayli  ana  shu  shaharchada  falokatning  dastlabki  daqiqalarida  30000  kishi  hayot  bilan 
vidolashdi. 
Radiatsiya  asorati  keyinchalik  yana  30  ming  kishining  o’limiga  olib  kelgan.  Radioaktiv 
zarrachalar 
Ukrainaning 11 viloyatiga tarqalgan. 
9.3. Favqulodda vaziyatlarda yuzaga keladigan 
zararlanish o’chog’lari, ularning turlari 
Respublikamiz hududlarida ko’chki jarayoni tarqalgan eng ko’p ko’chki maydonlari 
Surxondaryo,  Qashqadaryo,  Toshkent,  Fargona,  Samarqand  va  Namangan  viloyatlari 
hududlariga 
to’g’ri keladi. 
Uzoq muddatli jala yog’ishi va muzliklarning qisqa muddatda kuchli erishi oqibatida daryo 
o’zanlaridagi suv miqdori keskin ko’payib ketadi. Natijada suv bilan aralashgan (qum, shag’al, 
dag’al bo’lakli jinslar) oqim paydo bo’lishi natijasida maydonning quyi qismlarida katta kuchga 
ega 
bo’lib ko’pgina qo’poruvchilik ishlarini amalga oshiradi. Ko’rinib turibdikii sel o’chog’i paydo 
bo’lishining asosiy ko’rsatkichi gidrometeorologik sharoit hisoblanadi. 
Yer ko’chishi yonbag’irning qiyalygiga, tog’ jinsi tarkibiga, atmosfera yog’inlari miqdoriga 
bog’liq  holda  rivojlanadi.  Yonbag’ir  qiyaligi  qanchalik  katta  bo’lsa,  ko’chkining  tezligi 
shunchalik 
katta  bo’ladi.  Ko’p  hollarda  ko’chki  ekzogen  jarayonlardan  sel,  jarlanish,  cho’kish  hodisalari 
bilan 
uyg’unlashib ketadi. Yer ko’chishi oqibatida aholi yashaydigan hududlar va qishloq xo’jaligi 
ekinlari  dalalari  zaralanadi  va  nobud  bo’ldi.  Kommunikatsiya  va  ta’minot  tizimi  izdan 
chiqishiga 
olib keladi. Tuproqning hosildor qatlami zararlanadi. 
Bundan tashqari suv havzalari atrofidagi yonbag’irlarda ko’chki sodir bo’lishi qoyalardan 
tog’ jinslari o’pirilishi bilan xavzadagi suv toshib chiqishi va to’g’onlarning bexosdan buzilib 
ketishi  oqibatida  toshqinlar  sodir  bo’lishi  mumkin.  Odatda  bunday  toshqinlar  juda  xavfli 
bo’ladi. 
Toshqinlarning  yana  bir  turi  shamolning  katta  tezligi  bilan  bogliq  bo’lib,  dengiz  suvini 
qirg’oqlarga 
ma’lum  balandlikda  bostirib  kelishidan  paydo  bo’ladi.  Selli  toshqinlar  odatda  qisqa  vaqtda 
paydo 
bo’lib, asosiy xususiyatlaridan biri shitob bilan suv kelishi oqibatida suv inshootlari atrofini, 
qirg’oqlarni, ba’zan to’g’on va ko’priklarni yuvib ketadi. 
Halokatli suv bosishning shikastlovchi omillari va ko’rsatkichlari suv omborining 
o’lchamlariga, to’g’onning balandligiga, urib ketgan to’lqinning tezligi va balandligiga, yer 
yuzasining relyefiga va boshqa sharoitlarga ham bog’liq bo’ladi. 
Ayniqsa zilzila tufayli vujudga keladigan favqulodda holat o’chog’lari eng xavli va og’ir 
vaziyatlardan biri bo’lib, uning natijasida nafaqat vayronagarchilik va aholini nobud bo’lishini 
kuzatish mumkin, balkim zilzila tufayli vujudga keladigan ikkilamchi favqulodda vaziyat 
o’chog’ini  ko’rish  mumkin,  ya’ni  bunga  turli  kassaliklar  o’chog’ini  vujudga  kelishi,  ishlab 
chiqarish 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

vositalari ishlamasligi va yo’llar vayronagarchiligi tufayli oziq-ovqat tanqisligi, zaharli va xavli 
ob’ektlarda shikastlanishlar tufayli turli zararli moddalarni atmosferaga tarqalishi va h.k.. 
Ayniqsa kimyoviy va radiatsion xavfli inshootlardagi halokatlar natijasida radioaktiv va 
kuchli  ta’sir  qiluvchi  zaharli  moddalarning  atrof  -  muhitga  tarqalishi,  tufayli,  turli  xavfli 
o’choqlarni 
144 
vujudga kelishiga sabab bo’ladi. 
Radiatsion, kimyoviy va biologik vositalardan foydalanadigan ishlab chiqarish korxonalari 
hududlarida vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya nazorati olib borish lozim va ko’riladigan 
talafotlarning oldini olishga, moddiy zararni qisman bo’lsa ham kamaytirishga erishish mumkin. 
Odamlarni vujudga kelgan xavf oldida aniq, tez harakat qilishga, qutqarish ishlarini unumli 
o’tkazish uchun barcha yoshdagi fuqarolar, o’z ishlash faoliyatlaridan qat’iy nazar muhofaza 
tadbirlarini bilish uchun o’qitilishi, kerak bo’lsa malakasini oshirib borishi lozim. Shu sababli 
yuqorida  ko’rib  o’tilgan  kimyoviy  va  radiatsion  xavfli  inshootlarda  sodir  bo’lishi  mumkin 
bo’lgan 
halokatlarning  kelib  chiqishi  sabablarini  tahminlash  va  baholash  to’g’risidagi  ma’lumotlarni 
tahlil 
qilish  natijasida  kerakli  chora  -  tadbirlar  ishlab  chiqish  va  aholi  o’rtasida  o’quv  mashqlarini 
reja 
asosida tashkil etish o’z samaradorligini beradi. 
Nazorat uchun savollar 
1. Favqulodda vaziyatlar deganda nimani tushunasiz? 
2. Favqulodda vaziyatlarni vujudga kelish sabablari nimadan iborat? 
3. Qanday turdagi favqulodda vaziyatlarni bilasiz? 
4. Favqulodda vaziyatlarni oldini olish mumkinmi? 
5. Favqulodda vaziyatlar vazirligi vazifalari nimadan iborat? 
6. Tabiiy ofat, texnogen va antropogen halokatlar deganda nimani tushunasiz? 
7. Halokat va katastrofalar deganda nimani tushunasiz? 
8. Halokat va katastrofalarni vujudga kelish sabalari? 
9. Radioaktiv zaharlanish to’g’risida nimalarni bilasiz? 
10. Radioaktiv zaharlanish omillari va sabalari nimadan iborat? 
11. O’zbekiston hududida vujudga keladigan va kelishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlar 
turini aytib bering. 
145 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish