12.2. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari va daromadlarini ifodalovchi ko,satkichlarni hisoblash va statistic tahlil qilishi
Hozirgi vaqtda qishloq xo’jalik mahsulotini ifodalovchi ko’rsatkichlar bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
1Qishloq xo’jaligining yalpi ishlab chiqarishi hajmi;
2.Qishloq xo’jaligining sotilgan mahsuloti hajmi;
3.Qishloq xo’jaligining yalpi qo’shilgan qiymati;
4.Qishloq xo’jaligining sof qo’shilgan qiymati;
Qishloq xo’jaligi yalpi ishlab chiqarishining hajmini quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin:
Bu yerda, qishloq xo’jalik korxonalarida yalpi ishlab chiqarilgan mahsulotlar qiymati;
boshqa tashkilotlar tarkibidagi yordamchi xo’jaliklarda ishlab chiqarilgan qishloq xo’jalik mahsulotlar qiymati;
qishloq xo’jaligiga xizmat qiluvchi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan xizmatlar hajmi.
Yalpi qo’shilgan qiymat qanday aniqlanadi? Bu yalpi ishlab chiqarish hajmidan oraliq iste’mol hajminichegirib tashlash orqali aniqlanadi:;
- qishloq xo’jaligining yalpi ichki mahsulotidir.
Sof qo’shilgan qiymat qanday aniqlanadi?Qishloq xo’jaligida yaratilgan yalpi qo’shilgan qiymatdan asosiy kapital iste’moli hajmini (amortizasiyasini) chegirib tashlash orqali sof qo’shilgan qiymat hajmi aniqlanadi; :
bu yerda asosiy kapital amortizasiyasi.
Sof qo’shilgan qiymat qishloq xo’jaligining sof ichki mahsuloti bo’lib hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligi yalpi foydasi qanday aniqlanadi?Yalpi foydani aniqlash uchun yalpi ichki mahsulot qiymatidan mehnat haqi , ishlab chiqarishga va importga xisoblangan soliqlarni chegirib tashlash kerak: .
Qishloq xo’jaligi sof foydasi qanday aniqlanadi?Yalpi foydaga mahsulot ishlab chiqarish va sotishga berilgan subsidiyani qo’shib, asosiy vositalar amortizasiyasini ayirib tashlash orqali sof foyda aniqlanadi:
Qishloq xo’jalik mahsulotlari dinamikasining statistik tahlili indeks usuli yordamida amalga oshiriladi. Tahlilda quyidagi 3-ta umumiy indeksdan foydalaniladi:
1. Mahsulotlar hajmi umumiy indeksi:
2. Mahsulotlar fizik miqdori umumiy indeksi:
3. Mahsulotlar bahosi umumiy indeksi:
Har bir mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda qo’shilgan qiymatning bir qismi bo’lib hisoblanadi va u sotilgan mahsulot qiymati bilan ishlab chiqarish tannarxi orasidagi farq tariqasida aniqlanadi. Buni hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalanamiz: .
Bunda, q-sotilgan mahsulotning fizik miqdori., p-o’rtacha sotish bag’osi., z-sotilgan bir birlik mahsulot tannarxi.
Yalpi foyda dinamikasining nisbiy o’zgarishini yalpi foyda umumiy indeksi orqali aniqlanadi:
Ushbu o’zgarish uch omil hisobiga sodir bo’ladi. Ushbu omillarning yalpi foydaning o’zgarishiga ta’sirini quyidagi uch indeks orqali aniqlash mumkin:
1.Sotilgan mahsulot fizik miqdori umumiy indeksi:
2.Baho umumiy indeksi:
3.Tannarx umumiy indeks:
Sotilgan mahsulotlar rentabelligining statistik tahlili.
Sotilgan mahsulot rentabelligining statistik tahlilini quyidagi indekslar yordamida amalga oshirish mumkin:
1.Sotilgan mahsulot rentabelligi dinamikasi indeksi:
2. Sotilgan mahsulot tannarxi indeksi:
3. Sotilgan mahsulot foydasi indeksi:
Bu yerda, mos holda bazis va hisobot yillarida sotilgan bir birlik mahsulot tannarxi;
mos holda bazis va hisobot yillarida bir birlik mahsulotni sotishdan olingan foyda.
Nazorat savol va topshiriqlar
1.Qishloq xo’jaligi qo’shilgan qiymati qanday hisoblanadi?
2. Mahsulotlar hajmi umumiy indeksining mazmunini tushuntiring
3. Qishloq xo’jaligida yalpi ishlab chiqarishining hajmi qanday hisoblanadi?
Mustaqil ish topshiriqlari
Qishloq xo’jaligi yalpi foydasini aniqlang:
a) Qishloq xo’jaligi yalpi ichki mahsulot qiymatidan mehnat haqini chegirib tashlash kerak
b) Qishloq xo’jaligi yalpi ichki mahsulot qiymatidan ishlab chiqarishga xisoblangan soliqlarni chegirib tashlash kerak
v) Qishloq xo’jaligi yalpi ichki mahsulot qiymatidan ishlab chiqarish xarajatlarini chegirib tashlash kerak
g) Qishloq xo’jaligi yalpi ichki mahsulot qiymatidan mehnat haqi, ishlab chiqarishga va importga xisoblangan soliqlarni chegirib tashlash kerak
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1.Abdullayev Yo.,Qudratova O. – Statistika.Darslik . T.: 2011.
2..Qudratov T. –Qishloq xo’jalik statistikasi. Darslik.. Samarqand -2013..
3..Qudratov T. –Qishloq xo’jalik statistikasi. Maruzalar matni. Samarqand -2012.
4.Qudratov T.,Dehqanov S. Qishloq xo’jalik statistikasi. O’quv qo’llanma. T. : 2004.
Do'stlaringiz bilan baham: |