So’z boshi
Mamlakat taraqqiyotida bilimli,malakali va yuqori ma,naviy-ma,rifiy saviyaga ega bolgan kadrlar muhim ro,l o,ynaydi. Shuning uchun ham zamon talabiga to’liq javob beradigan sifatli kadrlar tayyorlash masalasi mamlakatimiz oldida to’rgan eng dolzarb muommolardan biridir. Ushbu moummoni samarali hal qilish uchun tayyorlanadigan kadrlarni (talabalarni) darslik, o’quv qo,llanma va boshqa uquv-uslubiy adabiyotlar bilan yetarli darajada taminlash zarur. Shular jumlasiga yangi pedagogik texnalogiya metodini qo’llash asosida tayyorlangan ma,ruza kursi ham kiradi.
Ma,ruza matnlari iqtisodiyotda bo’lgan yangilik va o’zgarishlarni hisobga olgan holda talabarni o’qitishda muhim ta’lim vositasi bo’lib hizmat qiladi. Ma,ruza matnlari bilan talabalarni ta’minlash fanni o’zlashtirish darajasini oshirishda va bilimini mustahkamlashda muhim rol o’ynaydi. Ushbu zaruriyatdan kelib chiqqan holda “Fermer xo,jaligini boshqarish” yo’nalishi bo’yicha o’qiyotgan talabar uchun “Korxonalar faoliyatining tahlili va statistika asoslari ” fani bo’yicha maruzalar kursi tayyorlandi. Ma’lumki, iqtisodiy tahlil xo’jalik faoliyatida mavjud bo’lgan imkoniyatlarni aniqlashda hamda ularni faoliyatga jalb yetishda,statistika esa faoliyatni ifodalovchi ko,rsatkichlarni hisoblash va statistic tahlil qilishda muhim boshqaruv vositasi bo’lib hizmat qiladi. Shuning uchun bulgusi mutaxassislar ushbu fanlarning asoslarini yahshi va puxta o,zlashtirib-egallab olishi zarur. Shundagina ular iqtisodiy-statistik tahlilni samarali tashqil qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Ma,ruza kursi OO’MTV tomonidan 2012 yil 13 avgustda tasdiqlangan “Korxonalar faoliyatining tahlili va statistika asoslari” fani o’quv dasturiga mos holda tayyorlandi.
1-mavzu.Korxonalar faoliyati tahlil va statistika asoslari fanining predmeti va usullari
Dars o’quv maqsadi. Mavzu bo’yicha darsning o’quv maqsadi bo’lib, korxonalar faoliyati tahlili va statistika asoslari fanining predmeti va uni o,rganishda qo,llaniladigan usullarining mazmun-mohiyatini talabalarga o,gatish hisoblanadi
Tushunchalar va tayanch iboralar Statistika. Ijimoiy hodisalar.Ijtimoiy jarayonlar.Statistik ko’rsatkichlar
Statistik kuzatish. Statistik guruhlash.Tahlil. Natija.Omil. Ob ektiv omillar.Sub,ektiv omillar Iqtisodiy tahlil predmeti Iqtisodiy tahlil metodi
Maruzani o’tish metodi.Maruzani “Bilaman,bilishni xohlayman,bilib oldim”,blis so’rov va aqliy hujum metodlarini qo’llagan holda o’tish ko’zda tutiladi
Asosiy savollar:
1.Statistika to,g,risida tushincha, uning tarixi va ahamiyati
2. Statistikaning predmeti va usullari
3. Statistikaning boshqa fanlar bilan bog,liqligi
4.Tahlil fanining shakllanishi va rivojlanish tarixi
5. Tahlilining predmeti,maqsadi va vazifalari
6.Tahlilining metodi va unda qo,llaniladigan usullar
Ctatistika deganda nima tushuniladi? Ctatistika lotincha so’zdan olingan,yani “Stato” davlat, “Statusta”-davlat bilimdoni degan manoni bildiradi.Demak, “Statustika” davlat to’g’risidagi muayyan bilim, malumotlar yig’indisi to’g’risidagi tushunchalarni ifodalagan. Statistika ko’p asrlik tarixga ega.Ayrim malumotlarga ko’ra,eramizdan 3500 yil ilgari Misrda aholi ro’yxatga olingan1. Demak,shu davrdan boshlab statistika paydo bo’lgan.Lekin u XVII asrning oxirlariga kelib,fan sifatida shakllana boshlagan. Shu asrda Angliyada “Siyosiy arifmetika”degan fan vujudga keldi.Hozirgi kunda u to’liq shakllangan mustaqil ijtimoiy fan bo’lib hisoblanadi.Statistika aholining turmush darajasini hamda iqtisodiyot va uning barcha tarmoqlarining rivojlanish bilan bog’liq bo’lgan o’sish darajasini tahlil qilishda va kelajak istiqbolini belgilashda muhim rol o’ynaydi, chunki statistika malumotlarisiz ushbu jarayonlar qonuniyatlarini ochib va baho berib bo’lmaydi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 1996 yil martda Rossiyalik jurnalistlar bilan bo’lgan uchrashuvda «Statistikasiz biror-bir narsani belgilab bo’lmaydi. Odamlar statistika tayyorlab bergan tahliliy materiallar asosidagina istiqbolni belgilash bilan shug’ullanadi» deb aytgan so’zlari fikrimizning isbotidir.
1.2. Statistikaning predmeti va usullari
Statistikaning predmeti bo’lib nima hisoblanadi? Statistikaning predmeti bo’lib,sodir bo’lgan va bo’layotgan ommaviy ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlar va xodisalar hisoblanadi. Ushbu tarifdan ko’rinib turibdiki., u o’zida quyidagi xususiyatlarni mujassamlashtirgan:
1.Uommaviy ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni va hodisalarni o’rganadi.Shuning uchun ham u ijtimoiy-iqtisodiy fanlar tarkibiga kiradi.,
2.U ommaviy ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni va hodisalarni miqdoriy tomonlarini o’rganadi.,
3. U ommaviy ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarning miqdor tomonlarini sifat tomonlari bilan uzviy bog’lagan holda o’rganadi.,
4. U ommaviy ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni miqdor tomonlarini sifat tomonlari bilan uzviy bog’lagan holda aniq zamon va makon miqyosida o’rganadi.
korxonalar faoliyatida sodir bo’lgan va bo’layotgan ommaviy ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni miqdor tomonini sifat tomoni bilan uzviy bog’langan holda o’rganishda qo’llaniladigan usullar yig’indisi statistikaning metodi bo’lib hisoblanadi.
Predmetni o’rganishda qo’llaniladigan usullar o’z navbatida uch turga bo’linadi:
1.Statistik kuzatish usuli;2.Statistik jamlash va guruhlash usuli; 3.Statistik tahlil qilish usullari.
1.3. Statistikaning boshqa fanlar bilan bog,liqligi.
Statistika iqtisodiy nazariya, falsafa, makro-mikroiqtisodiyot,qishloq xo’jalik iqtisodiyoti,buxgalteriya hisobi,iqtisodiy tahlil,matematika kabi fanlar bilan uzviy aloqa va bog’liqlikda bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |