O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Samarqand qishloq xo’jalik instituti


-mavzu. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi va ularning o,zgarishiga ta,sir etuvchi omillar tahlili



Download 444,35 Kb.
bet17/24
Sana24.02.2017
Hajmi444,35 Kb.
#3236
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24

13-mavzu. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi va ularning o,zgarishiga ta,sir etuvchi omillar tahlili



Dars o’quv maqsadi. Ushbu mavzu bo’yicha darsning o’quv maqsadi bo’lib, Qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish ko’rsatkichlarini hisoblash va ularning o’zgarish sabablarini omilli tahlil qilish hisobiga aniqlash usullarini talabalarga o’rgatish hisoblanadi.

Tushunchalar va tayanch iboralar.Ishlab chiqarish. Ishlab chiqarish omillari. Mahsulot miqdori .. Miqdoriy omil. Sifatiy omil. Sof pul tushumi.. Tannarx. Mahsulot birligi tannarxi. Hosil dorlik. Maxsuldorlik.

Maruzani o’tish metodi.Maruzani “Bilaman,bilishni xohlayman,bilib oldim”, blis –so’rov va aqliy hujum” metodlarini qo’llagan holda o’tish ko’zda tutiladi

Asosiy savollar:

1.O’simlikchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo,yicha biznes-reja ko,rsatkichlari bajarilishining tahlili

2. ChorvachilikMahsulotlarini ishlab chiqarish ahvolining tahlili

3.Mahsulot sotish dinamikasini tahlil omilli tahlili



13.1. O’simlikchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo,yicha biznes-reja bajarilishining tahlili



O’simlikchiliklda ishlab chiqarilgan mahsulot biznes-rejasi bajarilishini tahlil etishda solishtirish, farqlash, zanjirli bog’lanish, balansli bog’lanish, guruhlash kabi usullardan foydalaniladi.

Solishtirish usuli orqali ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori va hajmining o’zgarishi (oshgan yoki kamayganligi) aniqlanadi, masalan buni paxta yalpi hosili misolida ko’rsatamiz. Hisobot yilidagi paxta yalpi hosilini rejadagi yoki bazis yilidagi yalpi hosiliga solishtirib, o’zgarishi aniqlanadi. ∑M1 X1 – ∑M0 X0 = ± ∆ mx

Ishlab chiqarilgan paxta yalpi hosili miqdori (natija) bevosita ikkita omil ta’siri ostida o’zgaradi:

1.paxta maydonining o’zgarishi;

2. paxta xosildorligi darajasining o’zgarishi.

Biz bu yerda “Farqlash” usuli yordamida aniqlash tartibini keltirdik:

Paxta yalpi hosili o’zgarishiga paxta maydoni o’zgarishining ta’siri;

(M1- M0). Ho =± ∆m

Paxta yalpi hosili o’zgarishiga xosildorligi darajasi o’zgarishining ta’siri: (H1- H0)× M1 =±∆x

Omillar ta’sirlarining yig’indisi natijaning umumiy o’zgarishiga teng kelishi kerak:

O’simlikchilikda yetishtirigan boshqa mahsulotlar(g’alla, sabzavot kabi mahsulotlar) miqdori o’zgarishini tahlil etish usuli paxtanikidan farq qilmaydi.Shuning uchun yuqorida keltirilgan usuldan foydalanib, tahlilni hurmatli o’quvchi amalga oshirishingiz mumkin.

13.2. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish ahvolining omilli tahlili

Chorvachilikda yetishtirigan mahsulotlar miqdori o’zgarishini tahlil etish usuli o’simlikchiliknikiga o’xshaydi,faqat ko’rsatkichlarni ifodalanishi farq qiladi. Bu yerda quyidagi formuladan foydalanib, tahlilni amalga oshirish zarur:

∑S1R1-∑ SORO

Bunda, S1,SO – mos holda hisobot va bazis yillaridagi chorva mollari o’rtacha soni.,

R1,RO - hisobot va bazis yillaridagi mahsuldorligi darajasi.

Omillar tasirini zanjirli bog’lanish usulidan foydalanib aniqlash usulini keltirdik:



  1. Mahsulot miqdori o’zgarishiga mollar o’rtacha soni o’zgarishining tasiri:

∑S1R0-∑ SORO

  1. Mahsulot miqdori o’zgarishiga mahsuldorlik o’zgarishining tasiri:

∑S1R1-∑ S1RO

13.3.Mahsulot sotish dinamikasini tahlil omilli tahlili


Sotilgan mahsulot miqdorining o’zgarishiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori (Q) bilan tovarlilik darajasi (T) o’zgarishi ta’sir qilganda, ularning ta’sirini solishtirish, farqlash, qayta hisoblash, zanjirli bog’lanish usularidan foydalanib aniqlash mumkin. Biz “Zanjirli bog’lanish” usuli orqali amalga oshirish tartibiga to’xtaldik. Sotilgan mahsulot miqdorining umumiy o’zgarishi: Q1 T1 – Q0 T0 = ∆qt

Sotilgan mahsulot miqdorining o’zgarishiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori o’zgarishining ta’siri: Q1 T0 - Q0 T0 = ∆q

Sotilgan mahsulot miqdorining o’zgarishiga tovarlik darajasi o’zgarishning ta’siri: Q1 T1 – Q1 T0= ∆t

Agar sotilgan mahsulot miqdoriga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, yil boshi va yil oxiriga qolgan mahsulotlar miqdori hamda har xil chiqimlar miqdori ta’sir qilgan taqdirda balansli bog’lanish usulidan foydalanib tahlil etish maqsadga muvofiq bo’ladi.



Mahsulotlarni sotishdan olingan sof pul tushumi hajmining tahlili.

Biz bu yerda omillar ta’sirini “Farqlash” usuli orqali aniqladik.

Sof pul tushumining umumiy o’zgarishi:

Ushbu o’zgarishga omillar ta’sirini aniqlash:



  1. Sof pul tushumi hajmining o’zgarishiga sotilgan mahsulot miqdori o’zgarishining ta’siri:

)

2Sof pul tushum hajmining o’zgarishiga o’rtacha sotish bahosi o’zgarishining ta’siri:



Nazorat savol va topshiriqlar

1 O’simlikchilik natura mahsulotlari miqdori o’garishini tahlili qaysi usullar orqali amalga oshiriladi?Tushuntiring.

2.Paxta yalpi hosili dinamikasining tahlilini “Farqlash“ usulidan foydalanib bajaring

3.Sutni sotishdan olingan sof pul tushumi hajmining tahlilini“Indeks“usuli yordamida amalga oshiring



Mustaqil ish topshiriqlari

Sabzavot yalpi hosili miqdori hisobot yilida bazis yiliga nisbatan 3.5 foizga kamaygan.Bazis yilida yalpi hosil 13800 s.ni tashkil bqilgan.

Ushbu malumotlar asosida aniqlang:

1.Sabzavot yalpi hosili indeksini.,

2. Hisobot yilidagi yalpi hosili miqdorini.,

3. yalpi hosilning mutlaq va nisbiy o’zgarishini.,



Tavsiya etiladigan adabiyotlar

1.Qudratov T.K., Ibragimov M. – «Iqtisodiy tahlil». O’quv qo’llanma.T.: «Ilm ziyo»-2005 -2012 yillar (besh marta nashr qilingan)

2..Qudratov T.,Fayziyeva N. Qishloq xo’jalik korxonalari faoliyatining tahlili. Darslik. Samarkand-2010yil.

3. Korxonalari faoliyatining tahlili va nazorati.. Darslik. T.:”Voris” nashriyoti,2012 yil



Download 444,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish