16.1. Asosiy ishlab chiqarish vositalaridan foydalaishni tahlilining ahamiyati,maqsadi va vazifalari
Qishloq xo’jalik korxonalari (shirkat xo’jaligi, fermer xo’jaligi va boshqalar)da ishlab chiqarishni zamon talabiga mos holda rivojlantirish ko’p jihatdan asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan ta’minlanish xolatiga va ayniqsa, ulardan samarali foydalanish darajasiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham xo’jalikning asosiy fondlar bilan ta’minlanish darajasini hamda uning ulardan foydalanish ahvolini o’rganish va iqtisodiy tahlil qilish katta ahamiyatga egadir, chunki tahlil tufayli asosiy fondlar bilan ta’minlanish darajasini yaxshilash va ulardan samarali foydalanish darajasini oshirish imkoniyatlari aniqlanadi.
Tahlilning maqsadi bo’lib nima hisoblanadi? Tahlilning maqsadi bo’lib, asosiy ishlab chiqarish fondlarining xolatini o’rganish asosida ular bilan ta’minlanish darajasini yaxshilash va ulardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish imkoniyatlarini aniqlash hisoblanadi.
|
Tahlilning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1.Asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan xo’jalikning ta’minlanish darajasini o’rganish va baho berish;
2.Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish smaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlarni o’rganish va baho berish;
3.Asosiy fondlardan foydalanish smaradorligi o’zgarishiga omillar ta’sirini aniqlash va baho beri
4.Asosiy fondlar va ulardan foydalanish darajasi o’zgarishining ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga ta’sirini o’rganish;
5.Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash va jalb qilish bo’yincha takliflar berish.
16.2. Asosiy ishlab chiqarish vositalari bilan ta,minlanish va qurollanich ko,satkichlarining tahlili
Xo’jalikning asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan ta’minlanish ko’rsatkichlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
1.Fondlar bilan ta’minlanish koeffisiyenti– bu ko’rsatkich asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik qiymatini (AIF) qishloq xo’jalik yerlari maydoni (M) hajmiga bo’lish orqali aniqlanadi.
Energetik resurslar bilan ta’minlanish koeffisiyenti (ET) – bu xo’jalikdagi mavjud energetik resurslar quvvatlarining (ot kuchi hisobidagi) (EQ) jamini qishloq xo’jalik yerlari maydoniga(M) bo’lish orqali aniqlanadi
Ushbu ko’rsatkich 1 gektar hisobiga to’g’ri keladigan energetik resurslar quvvatini ifodalaydi..
Xo’jalikning asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan ta’minlanish koeffisiyentining tahlilini uslubiga to’xtalamiz
Hisobot yilidagi fondlar bilan ta’minlanish koeffisiyentidan bazis yilidagi ta’minlanish koeffisiyentini chegirish orqali uning umumiy o’zgarishi aniqlanadi:
Ushbu o’zgarishga qishloq xo’jalik yerlari maydoni hajmi o’zgarishining ta’siri:
Fondlar bilan ta’minlanish koeffisiyentining o’zgarishiga asosiy fondlarning o’rtacha yillik hajmi o’zgarishining ta’siri:
Ushbu ikki omil ta’sirlarining yig’indisi fondlar bilan ta’minlanish koeffisiyentining umumiy o’zgarishiga teng kelishi kerak..
16.3. Asosiy ishlab chiqarish vositalaridan foydalaish ko,satkichlarini hisoblash va tahlili qilish usullari
Asosiy fondlaridan foydalanish samaradorligi Fond kaytimi, Fond sigimi va Fond rentabelligi ko’rsatkichlari bilan ifodalanadi.
1. Fond qaytimi (FQ) – bu yalpi mahsulot hajmini (YM) asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik qiymatiga (AIF) nisbati tariqasida aniqlanadi:
2. Fond sig’imi (FS) – fond qaytimini aksini ifodalovchi ko’rsatkichdir:
Bu ko’rsatkich 1 so’mlik yalpi mahsulot hajmiga to’g’ri keladigan asosiy ishlab chiqarish fondlari summasini bildiradi.
3. Fond rentabelligi (FR) – sof foydani (SF) asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik hajmiga (AIF) bo’lish orqali aniqlanadigan ko’rsatkich:
Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlarining omilli tahlili solishtirish, zanjirli bog’lanish vaindeks usullari yordamida amalga oshiriladi.
Nazorat savol va topshiriqlar
1.Asosiy vositalar bilan ta’minlanish va qurollanish deganda nimalar tushuniladi?
2. Asosiy vositalardan foydalanish samaradorlik ko’rsatkichlari necha turga bo’linadi va ular qaysilar? Ularni hisoblash tartibini tushuntiring
3. Asosiy vositalar qaytimi dinamikasining o’zgarishini Indeks usuli orqali tahlil qiling
Mustaqil ish topshiriqlari
1. Asosiy vositalar qaytimini aniqlang:
a) Yalpi mahsulot hajmini jami asosiy vositalar hajmiga bo’lish orqali aniqlanadi:
b) Yalpi mahsulot hajmini asosiy ishlab chiqarish vositalarining o’rtacha yillik hajmiga bo’lish orqali aniqlanadi
v) Yalpi mahsulot hajmini uzoq muddatli aktivlar hajmiga bo’lish orqali aniqlanadi
g) ) Yalpi mahsulot hajmini aktivlarning jami hajmiga bo’lish orqali aniqlanadi
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
2.Qudratov T.K., Ibragimov M. – «Iqtisodiy tahlil». O’quv qo’llanma.T.: «Ilm ziyo»-2005 -2012 yillar (besh marta nashr qilingan)
3 Qudratov T.K., Qudratova O., Fayziyeva N. Qudratova I. «Qishloq xo’jalik korxonilari faoliyatining taxlili» O’quv qo’llanma. Samarqand 2008 yil.
4.Qudratov T.,Fayziyeva N. Qishloq xo’jalik korxonalari faoliyatining tahlili. Darslik. Samarkand-2010yil.
5 Qudratov T.,Fayziyeva N. Korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati.. Darslik. T.:”Voris” nashriyoti,2012 yil
17-mavzu. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish xarajatlari va tannarxini tahlili
Dars o’quv maqsadi. Ushbu mavzu bo’yicha darsning o’quv maqsadi bo’lib, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotlar tannarxini tarkibi,tarkibiy tuzilishi va o’zgarishini omilli tahlil qilish usullarini hamda ularni kamaytirish imkoniyatlarini aniqlash yo’llarini talabalarga o’rgatish hisoblanadi..
Tushunchalar va tayanch iboralar Ishlab chiqarish xarajatlari. Doimiy xarajatlar.O’zgaruvchan xarajatlar.Shartli doimiy xarajatlar.Tannarx. Mahsulot birligi tannarxi. 1 ga xarajati. 1 bosh mol xarajati.Hosil dorlik. Maxsuldorlik . Yalpi sut.Sut mahsuldorligi.
Maruzani o’tish metodi.Maruzani “Bilaman,bilishni xohlayman,bilib oldim”, blis –so’rov va aqliy hujum” metodlarini qo’llagan holda o’tish ko’zda tutiladi
Asosiy savollar:
1.Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish xarajatlari va tannarxini tahlilining ahamiyati va vazifalari
2. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish xarajatlari hajmining tahlili
3. Qishloq xo’jalik mahsulotlari tannarxining tahlili.
Do'stlaringiz bilan baham: |