O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi samarqand qishloq xo‘jalik instituti qo‘lyozma huquqida udk: 37. 5: 614.


Go‘sht va go‘sht mahsulotlarida mikroorganizmlarning borligini



Download 94,09 Kb.
bet19/23
Sana13.05.2022
Hajmi94,09 Kb.
#602822
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
qoramol goshtining tarkibidagi salmonella guruhiga kiradigan mi

2.4. Go‘sht va go‘sht mahsulotlarida mikroorganizmlarning borligini


tekshirish.

Veterinariya laboratoriyalariga tekshirish uchun yuborilgan material laboratoriyaga olib kelinishi bilan u materialning yo‘llanma dasturi sinchiklab o‘rganiladi, so‘ngra yashikning tashqi tomoniga e’tibor berilib, yashik ochiladi. Keyin esa yashikni ichidagi namunalarning ro‘yxati, yo‘llanma dasturiga solishtiriladi. Namunalarni patologoanatomik va organoleptik belgilari aniqlanadi. Namunalarning chuqur qatlamidan surtma tayyorlanadi va oddiy, elektiv, boyitilgan


59

oziq muhitlariga ekiladi. Kuydirgi kasalligiga gumon qilinsa elektiv va boyitilgan muhitlarga ekilmaydi.


Go‘shtni bakteriologik tekshirish. Tekshirishga yuborilgan namunalardagi patologoanatomik o‘zgarishlarning tabiati va taxminiy qo‘yilgan diagnoz hisobga olinib, namunalardan 2-10 tagacha surtma tayyorlanadi. Tayyorlangan surtmalar havoda kuritilib, fiksatsiya qilinadi, bir vaqtning o‘zida Gram usuli bo‘yicha va 2 foizli safranin yoki Rebiter eritmalari bilan ham bo‘yaladi. Surtmalar mikroskopning ostida tekshirilayotganda, avvalombor kuydirgi kasalligining qo‘zg‘atuvchisiga e’tibor beriladi. Agar surtmada chekkalari kesilgan grammusbat tayoqchalar aniqlansa, yoki 2 foizli safranin eritmasi bilan bo‘yalgan surtmalarda tayoqchalar, kapsulali zanjirchalar borligi, ko‘pincha cho‘chqalarning limfa tugunlaridan tayyorlangan surtmalarda aniqlansa, u vaqtda laboratoriya oldindan bakterioskopiya natijalarining xulosasi asosida kuydirgi kasalligining qo‘zg‘atuvchisi aniqlanganligi haqida xabar beradi. Agar ayrim paytlarda qoramol va cho‘chqaning limfa tugunlaridan yoki boshqa to‘qimalaridan tayyorlangan surtmalarda kuydirgining qo‘zg‘atuvyaisiga xos mikroblardan tashqari, grammanfiy shakllari o‘zgargan batsillalar aniqlansa, bu vaqtda bakterioskopiyadan tashqari, pretsipitatsiya reaksiyasi qo‘yiladi.


Aeroblarni aniqlash usullari. Kuydirgining batsillasini aniqlash (tayoqcha shaklidagi mikrob) kuydirgi kasalligini chaqiruvchi tayoqchasimon (batsilla) shakldagi mikroblarni aniqlash usulining mohiyati shundan iboratki, ya’ni bu mikroblarning oziq muhitlarida o‘sishi, morfologiyasi va laboratoriya hayvonlarini zararlantirishi (oq sichqon) o‘ziga xos. Kuydirgi tayoqchalari harakatsiz bo‘lib, organizmda kapsula, tashqi muhitda 12-42o haroratda, kislorod ishtirokida spora hosil qiladi. Patologik materialdan tayyorlangan surtmalar mikroskopning ostida qaralganda shakli katta gram musbat tayoqchalar kalta zanjiriga birlashgan holatda, ayrim paytda zanjirchalarning shakli «bambuk» tayog‘ini eslatadi. Kuydirgi batsillalari 2 foizli safronin eritmasi bilan bo‘yalganda batsillalarning rangi qizil-g‘isht rangida, kapsulalari esa tiniq-sariq bo‘yaladi. Rebiger eritmasi bilan bo‘yalganda batsillalar qoramtir-binafsha, kapsulalar esa qizil-binafsha rangida

60
bo‘yaladi. GPA da o‘sayotgan batsillar 16-24 soatdan keyin keng, qirralari «popuk» jiyakli kulrang-oq koloniyalar hosil qiladi. Bunday koloniyalarga lupa bilan sinchiklab qaralganda, koloniyalar «meduzaning» boshini eslatadi. Gumon qilingan koloniyalar ajratilib, ulardan GPB li probirkalariga ekiladi.


Kuydirgi batsillalari GPA da pag‘a-pag‘a ko‘rinishda o‘sadi va birinchi stukaning oxirida probirkalarning tubida cho‘kma hosil qiladi, bu cho‘kma yumaloqlangan paxtani eslatadi. Bulonning kulturasidan «ezilgan» yoki «osilgan» tomchi preparati tayyorlanadi. Tayyorlangan preparat mikroskopning o‘rta kattaligida ko‘riladi va harakatsiz kuydirgi tayoqchalari aniqlanadi. Ayrim paytlarda kuydirgi batsillalarini juda o‘xshash saprofit batsillalaridan farqlashga to‘g‘ri keladi. Bunday paytlarda GPA yoki GPB o‘stirilgan toza kulturasi tekshiriladi: ya’ni kapsula hosil qilish xususiyati (in vitro), gemolitik faolligi va kuydirgi fagiga sezgirligi aniqlanadi.





Download 94,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish