bo'lsa o'zini shariatpanoh deb e ’lon qilib, muqaddas urush jam g'ar-
masi uchun oltin tanga zarb qilaboshladi. Amir o'zining
tahriri
ostida Kobulda muqaddas urush - jihod haqida kitob chiqargan.
Yaqinda
Panjakent
uchastkasida
qandaydir
afg‘on
fuqarosi
qo'lga olingan va u o'lkaga kelish sabablarini ataylab yashirgan.
Avliyootada esa qirg‘izlar hech qanday asossiz ruslaming ikki nafar
quyi darajadagi zobitiga gap otib, janjal chiqarganlar. Buxoroda esa
bir mulla temir y o i qorovuli - rus fuqarosini g'azovot yo'lida oMdir-
gan. U yana boshqa bir rusni o'ldirmoqchi boMganida q o ig a olingan
va aybiga to'la iqror bo'lgan. 0 ‘limi oldidan xalqqa qarata dini
islom uchun
shahid ketayotganini aytib, u odamlami g'azovotga
chorlovchi otashin nutq so'zlagan. Toshkentda esa yerli aholi ruslami
ko'rganda yerga tuflab, o ‘z nafratini izhor qilmoqdalar»1.
Ana shunday sharoitda obro'li va e ’tiborli shaxs - Muhammad
Ali eshonning paydo b o iish i tasodifiy emas edi. Muhammad Ali
eshonning dunyoqarashi, obro'si va uddaburonligi hisobga olinsa,
u boshlagan qo‘zg‘alonning puxta tayyorlanmaganligi va bemavrid
ko'tarilgani tadqiqotchilarda asosli shubha uyg'otdi
va bu narsa
ig'vogarlik bobida ustasi farang rus siyosiy polisiyasining ishi
ekanligi, deyishga asos boiadi. Mustamlakachilarga xalqni qo‘r-
qitish va qatag'on boshlash uchun zo‘r bir dastak kerak edi. Bir
necha rus askarini qurbon berish evaziga minglami qirish hamda
ularning yerlarini rus kelgindilariga bo'lib berish imkoniyati tug'ilar
edi. Amalda shunday boMdi. Fozilbek Otabek o'g'lining yozishicha,
«kimligidan qat'i nazar, oq do‘ppi kiygan b o isa , rus soldatlari:
«Seniki eshon» deb tutib urar edilar... Shuning uchun shahar
mehnatkashlari va fuqaro salla o'rab bozorga chiqolmay qoldi. Oq
do'ppi degan narsaning urug'i qolmadi. Kimda bo'lsa, kuydirib
yo'qotdi. Mingboshilarning dunyoparastligi qo‘zg‘alib,
shaharda
kimning joyi bo'lsa, kechasi chaqirib borib: «Seni tutib beraman,
eshonning hovlisiga borgan eding», deb siyosat qilib. bor-yo‘g ‘ini
shilib oldilar. Poraxo‘rlik amaddorlar ichida nihoyatda avj oldi» 2.
Rus amaldorlari ham odamlami talashda mingboshilardan qolish-
madi. «Bir kishini eshonga qarashli deb qamab qo‘ysalar, - deb
yozadi Fozilbek Otabek o 'g 'li, - yuqoriga raporti chiqqanda, eshon
hodisasi zulmga katta bahona bo'lgani ko'runib, ko'b yillar Sibirga
haydalar edi. Bechorani ajratib
olmoq payiga tushgan qavm-
qarindoshlari tamom bor-yo‘g'ini sarflab, hatto yer va mulklarni
O 'z R M D A . 1-jam g‘arm a, 3 1 -ro ‘yxat, 91-ish, 10-varaq.
2Fozilbek Otabeko'g'li.
K o 'rsatilg an asar, 30-bct.
9-1796
257
www.ziyouz.com kutubxonasi
sotib, tergovchilarga рога deb bersalar, natijada yana o ‘zlarini osish,
yo Sibirga yuborishga qaror bo ‘lar edi»1. Bu faktni o ‘lkaning nufuzli
amaddori V. P. Nalivkin ham tasdiqlaydi: «...1902 yilda javobgar-
likka tortilgan bir necha amaldor ishi ommaviy tus olgan qabix-
liklar yashiringan pardani qiya ochdi, xolos. M a’muriy beboshlik
hech qaerda 90-yillar oxiri va 1900 yillarda
Andijon nohiyasida-
gidek keng avj olmagan» 2.
Bu beboshliklarga o ‘lka boshlig‘i infanteriya generali S.M. Du-
xovskoyning o ‘zi bosh bo ‘lgan edi. U Andijonga kelganida Eski
shahar aholisi uni qanday kutib olgani va u xalq bilan qanday
muomalada bo‘lganining jonli guvohi sifatida shunday hikoya
qiladi: «Yarim podshoh keladilar, deb hamma ko‘chalarga bayroq
tutib, shaharni necha kunlar ziynat berib,
hamma maktab bolalarini
vokzalga olib chiqib, qator qilindi. U vaqtlarda kamina ham tuzem-
noy shkolda o ‘qur edim. Fuqarolar kumush taboqda non, tuz tutub
turg‘on edilar. Uezd hokimi fuqarolarga xitob qilib, yarim pod
shoh kelib vagondan tushgan hamon hammalaringiz ta’lim olg‘on-
laringizdek barobar engashib, yerga qarab turasizlar!
Boshlari-
ngizni k o ‘taringlar, desam ham ko‘tarmay turinglar!» deb o ‘rgatdi.
Istansaga chiqqan xalq 2 soat ko'broq intizorlik tortdi. Shundan
so’ng birdan poezd ko‘runib qoldi va vagonlari nihoyat ziynatlangan
holda kelib to ’xtadi va soldatlar tushub, qator b o ‘lgandan so ‘ng
yarim podshoh... qattiq g ‘azab bilan vagondan chiqib, pastga
tushgan zamon bechora xalq va maktab bolalari hammasi engashib,
ruku‘ qilib turdi... Yarim podshoh hokimdan: «Nima
uchun xalq
bunday engashib turadir», deb so'radi. «Janob imperatori a ’zamga
yurtimizdan chiqqan bir eshon jinni bo'lib bilmasdan osiylik qil-
gani uchun biz xijolat bo'lub, ulug‘ va baland darajali bosh
hokimimizning yuzlariga qaysi betimiz bilan qaraymiz, bizlami
marhamat etib, avf qilib podshohi a ’zamdan gunohimizni so‘rab
olmasalar, muborak betlariga kamoli xijolatdan qaray olmaymiz,
deydilar», deb javob qaytardi. Yarim podshoh: «Gunohni qilib
qo‘yib, emdigi xijolat nimadir? Farg'ona muzofotidan Andijondek
bir shahaming tuprog‘ini osmonga sovumb yubormoq bilan pod
shohi a ’zam mamlakatlariga hech nuqs yetmaydir!».
Keyin fuqaroga
qarab: «Sizlar hali osiy va gunohkorsizlar. Sizlaming non-tuzingizni
qabul qilib b o ‘lmaydir!» dedi va bir to ‘p hind va yahudiylar ham
non-tuz ushlab turgan edilar, shulaming oldiga borib, non-tuzlarini
1
Do'stlaringiz bilan baham: