7. TURKISTONDA IMPERIYASI DAVLATCHILIGINING
JORIY ETILISHI
0 ‘rta Osiyo istilosidan so‘ng, Rossiya, Pyotr I vasiyatini baja-
rib, jahonning eng yirik imperiyalaridan biriga aylandi. Yevropaning
ilg‘or jamoatchiligi XIX asr oxirida Rossiyani «beadad miqdordagi
mulk o ‘g ‘risi», deb ta’riflab, «hisob-kitob vaqti kelganda, u bu
mulklarni o ‘z egalariga qaytarishga majbur bo'ladi», deb bashorat
qilgan edi.
Rossiya imperiyasi jahonning qudratli davlatlari Buyuk Brita-
niya, Fransiya va Germaniya imperiyalari qatori katta mustamlaka
chi davlat bo‘lib qoldi 77. Boltiq b o ‘ylaridan Kavkaz togiarigacha,
Ukraina dashtlaridan Uzoq Sharq va 0 ‘rta Osiyo hududlarigacha
cho‘zilgan yerlarda imperiyaning ikki boshli burgut tasviri tushi-
rilgan oq-yashil bayrog‘i o ‘matilib, Rossiya Polsha, Finlyandiya,
Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Kavkaz o ‘lkasi, Boshqirdiston, Sibir va
qalmoqlar yurti uning taxti tasarrufiga muhrlandi. 0 ‘z mustamlaka-
lari hududi jihatidan endi Rossiya Buyuk Britaniya, Fransiya va
Germaniyani orqada qoldirib ketdi. Angliya mustamlakalari 13 mil
lion kvadrat kilometr, Fransiyaniki 11 million kvadrat kilometmi
tashkil qilsa, Rossiyaning birgina Sibir mustamlakasi hududi 13
million kvadrat kilometmi tashkil qilardi. Rossiyaning Turkiston
general-gubematorligi hududi esa kengligi jihatidan Fransiya, Ger
maniya va Avstro-Vengriya imperiyalari maydoniga teng b o ‘ldi.
Turkiston m a’muriyati imperiyaning boshqa o ‘lkalari boshqa-
mvidan o ‘zining keskin harbiylashgani bilan alohida ajralib turgan.
Rossiya hukumatining Turkiston uchun 1865-1916 yillar davomida
ishlab chiqqan va amalga tatbiq etilgan o'nta qonun loyihasi (1865,
1867, 1871, 1873, 1882, 1884, 1886, 1908, 1912, 1916)gava uning
moddalariga adliya, moliya, harbiy, ichki ishlar va boshqa vazirliklar
kiritgan o ‘zgartirishlarda ana shu holat o ‘z aksini topgan. Turkiston
o ‘lkasi siyosiy tizimida Sankt-Peterburg oliy harbiy-siyosiy doira-
larining niqoblangan va jahon afkor ommasini chalg‘itishga qara
tilgan nayranglari ham ro‘y-rost gavdalangan. Harbiy vazirlikning
Bosh shtabi Osiyo bo‘limi, Ichki ishlar vazirligi polisiya departa-
menti, «imperator hazrati oliylarining o ‘z mahkamasi», Vazirlar
qo‘mitasi va Vazirlar Kengashining Turkiston idorasiga oid hujjat-
larida Rossiya hukumati Turkiston xalqlarining «xohish-irodasi
va roziligiga qarab qolmasligi» hamda «o‘z faoliyatida to ‘la erkin
bo‘lishlari zamrligi» alohida uqtirilgani bejiz emas. Ana shu hujjat-
larda aholi «amaldorlarga to'lanadigan maoshni o ‘zlari berayotga-
229
www.ziyouz.com kutubxonasi
nidan voqif boim asliklari hamda bu ishni hukumat marhamati»
deb tushunishlari uchun zarur choralar k o ‘rish ham ta ’kidlangan.
O ik a boshqaruvi zoiav o n lik k a asoslangan va u doimiy usul
sifatida saqlanib kelgan. Oqsuyak rus zodagonlaridan biri baron
A.B.Vrevskiy ham shu zaylda fikr yuritib, «Turkiston xalklari o ‘z-
larini boshqaruvchi va sud qiluvchi yagona hokimiyatga k o ‘nik-
kan», deya o ik a d a qattiqqo‘1 mustabid idora zarurligiga ishora
qilgani ham tasodifiy emas.
Turkistonda imperiyachilik boshqaruvining mustamlakachilik
tamoyili rasman Turkistonning birinchi general-gubematori fon
Kaufmanning 1868 yil 22 yanvarda Toshkent shahri aholisi bilan
b o ig a n uchrashuvda so‘zlagan dasturiy nutqida o ‘zining yaqqol
ifodasini topgan edi. U mazkur nutqida m slam i 0 ‘rta Osiyo
xalklarining katta og‘asi deb atab, Turkistonda bu hokimiyatning
qat’iy va doimiy o ‘mashganligini alohida uqtirgandi.
Fon Kaufmanning Turkiston general-gubematori etib tayinlani-
shi tasodifiy emas edi. Romanovlar sulolasi podshohlikning ishonchli
xizmatkorlarini tanlashda hamma vaqt xorijdan yollanganlarga katta
e ’tibor bergan. Birinchi navbatda, nemis dvoryanlariga b o ig a n
ishonch kuchli edi. Fon Kaufman shunday ishonchni qozongan,
sinalgan, hamma lavozimlarda podshoh siyosatini k o ‘ngildagidek
amalga oshirganlardan biri edi. Shuning uchun ham unga kuchli
va qudratli hokimiyat podshoh Aleksandr II tomonidan oltin yorliq
tarzida (vakolat y o rlig inin g muqovasi oltindan b o ig a n i uchun
yorliq shunday atalgan) in ’om etilgan edi.
Kaufmanning cheklanmagan k o ia m d a faoliyat k o isa tish stra-
tegiyasi 1868-1876 yillardagi harbiy yurishlarda amalga oshirildi.
Bu yurishlar uning nomini Rossiyada Turkiston o ik asining omadli
generali va istilochisi sifatida mashhur qildi.
Kaufman hukmronligi davrida Turkistonda general-gubemator-
lik boshqamvi uning jilovlanmagan istibdodi asosida amalga
oshirilgan. Maxfiy maslahatchi F. Girs qayd etganidek, «general-
gubem atom ing hokimiyati qonun b o ‘y k h a ish yuritilishini taqoza
etgan b o isa-d a, amalda, o‘zi xohlagancha ish tutdi. General-
gubem ator o ik a hokimiyatining yagona boshqamvchisiga aylangan
edi. Hokimiyatni bir y o ia markazlashtirish oqibatida barcha ish
qonun asosida emas, aksincha, general-gubematoming k o isatm asi
asosida amalga oshirildi.
Toshkent shahri q o ig a olinganidan (1865) keyin, mustamlaka
sharoitidan kelib chiqqan holda, Sirdaryo hududi hamda 1864 va
1865 yillarda bosib olingan yerlar hisobiga, Orenburg general-
230
www.ziyouz.com kutubxonasi
gubematoriga bo‘ysundirilgan Turkiston viloyati tashkil etildi.
Turkiston viloyatini boshqarish uchun 1865 yil 6 avgustda «Muvaq-
qat nizom» e ’lon qilindi. Uning asosiy maqsadi, Rusiyaning yangi
bosib olingan erlarda, boshqaruvning umumiy asoslarini belgilash
orqali, tinchlik va xavfsizlikni ta ’minlash b o ig a n . Joylarda butun
hoki-miyat harbiy boshliqning q o iid a b o ig a n , m a’muriy organlarga
esa mahalliy xalq ustidan nazoratni o ‘matish vazifasi yuklatilgan.
1865 yilda imperator Aleksandr II ning azmi qaroriga ko‘ra,
Orenburg va G ‘arbiy Sibir general-gubernatorligi hamda Turkiston
viloyati aholisining turmushi va umumiy ahvolini o ‘rganish uchun
«Dasht komissiyasi» tuziladi.
Dasht hay‘ati tomonidan ishlab chiqilgan «Ettisuv va Sirdaryo
viloyatlarini boshqarish haqidagi qoidalar loyihasi» b o ‘yicha Vazirlar
mahkamasi qabul qilgan qarorda quyidagilar qayd etiladi:
1. Loyihada k o ‘rsatilgan hududlarda Yettisuv va Sirdaryo
viloyatlari tarkibida Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilsin.
2. General-gubematorga o ik a n i boshqarish uchun loyihada
nazarda tutilgan shtatlardan kelib chiqqan holda, boshqarish uchun
amaldorlar olishga imkoniyat berilsin.
3. General-gubematorga loyihada ko‘rsatilgan yerlarda, o ik a -
dagi mahalliy sharoit, tuzem xalqlaming ehtiyojlarini hisobga olgan
holda, so‘nggi marta qonuniy tartibda ko‘rib chiqish va qabul qilish
uchun uning qismlari bo'yicha va yaxlit holda o ‘zining xulosasini
berish topshirilsin. Ungacha, loyihada ko‘rsatilgan holatlami asos
sifatida qabul qilib, oikatuzilishi uchun favqulodda muhim va foy-
dali deb hisoblangan hamma choralami ko‘rish topshirilsin».
1873 yil boshida Turkiston o ‘lkasidagi viloyatlaming barcha
boshliqlari ishtirokida loyihadagi qoidalar qayta ko‘rib chiqilgan-
dan keyin qonun loyihasi harbiy vazirlikka yuboriladi.
Fon Kaufman loyihasining tahrir etilgan nusxasida Rossiyaning
boshqa oikalaridagi general-gubematorlamikidan farqli o ia ro q , Tur
kiston general-gubematorining huquq va imtiyozlarini kengaytirish
ko‘zda tutilgan. Jumladan, u Turkiston o ik asid a harbiy vazirlikka
bevosita bo ‘ysundirilgan barcha vazirliklar organlarini ta’sis etishni
taklif etgan edi.
1878 yil o ‘rtalarida harbiy vazirlik Turkiston general-guber-
natoriga vazirliklaming taklif va mulohazalarini, shuningdek, Far
g'ona viloyati va Amudaryo b o iim in i hisobga olgan holda, loyihani
to id irish va qayta ishlashni taklif etdi.
1881 yilda harbiy vazirlikda Turkiston general-gubernatorligi
sarf-xarajat smetasi ko‘rib chiqilayotganda boshqarish bo'yicha
231
www.ziyouz.com kutubxonasi
xarajatlami qisqartirish va uning daromaddarini oshirish zarurligiga
e ’tibor qaratildi.
Turkiston general-gubematori etib tayinlangan general-leytenant
M.G.Chemyaev (1882-1884) taklifi bilan 1882 yil 8 mayda impe-
ratom ing Turkiston general-gubernatorligini taftish qilish to ‘g ‘ri-
sidagi farmoni e ’lon qilindi. Taftish ishlarini olib borishga rahbar etib
Ichki ishlar vazirligi kengashi a ’zosi, Dasht komissiyasining sobiq
raisi, maxfiy maslahatchi F.K.Girs tayinlandi. Girs 1883 yilda taftish
ishlarini tugallab, imperatorga general-gubernatorlik va unga qarashli
tashkilotlaming ahvoli to'g'risidagi hisobotni, « O ik an i boshqarish
to ‘g ‘risidagi nizom loyihasi»ni tushuntirish xati bilan birga taqdim
etdi. 1884 yil 21 yanvarda imperator Aleksandr III ning ko'rsatm asi
bilan Davlat Kengashi a ’zosi, general-ad‘yutant, graf N.Ignatev
raisligida «Turkiston o ‘lkasini boshqarish to ‘g ‘risidagi nizom»ning
qayta ishlangan so‘nggi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha komissiya
tashkil etildi.
G raf Ignatev komissiyasi tarkibiga Girs boshchiligidagi hay'at
a ’zolari, 1881 yilgi loyihani tuzganlar, Osiyo departamenti maxfiy
maslahatchisi Kobeko, Bosh shtabning Osiyo b o iim i b o sh lig i
polkovnik Ivanov, general-mayor A.N. Kuropatkin (b o iajak harbiy
vazir) va boshqa yuqori martabali shaxslar a ’zo boidilar. Komissiya
kengashida
general-leytenant
Chemyaev
o ‘miga
tayinlangan
Turkiston general-gubematori, general-ad'yutant N.O. Rozenbax
(1884-1889) ham ishtirok etadi.
Chorizmning oliy doiralari tomonidan tuzilgan komissiyaning
asosiy vazifasi « O ik an i Rossiyaga qat’iy qaram qilib qo‘yish
maqsadlari va uni boshqarishda xarajatlarni kamaytirish, daromadlami
esa oshirishga, shuning bilan birga, fuqarolami boshqarish talablariga
va joylam ing shart-sharoitlariga to ‘g ‘ri keladigan nizom» tuzilishini
amalga oshirishdan iborat edi.
Komissiya o ‘z ishiga Girs tomonidan ishlab chiqilgan Turkis
ton o ik a sin i boshqarish to 'g iisid a g i va general-leytenant Kolpa
kovskiy rahbarligidagi Toshkent kotnissiyasiga takdim etilgan 1881
yilgi nizom loyihasini hamda Turkiston m a’muriyatining oldingi
barcha loyihalarining xulosalarini asos sifatida qabul qiladi.
G raf Ignatev komissiyasining «Turkiston o ikasin i boshqarish
to 'g iisid a g i nizom loyihasi» o ik a n i boshqarish bo‘yicha tuzilgan
oltinchi loyiha edi.
Imperator tomonidan «Turkiston o ik asini boshqarish to ‘g ‘risi-
dagi Nizom» 1886 yil 12 iyunda tasdiqlangandan keyin ham m a’-
muriy qurilish bo‘yicha e ’tirozlar davom etdi. Ammo imperator
www.ziyouz.com kutubxonasi
Turkiston o lk asid a sobiq general-gubernatorlik boshqaruvining
asosiy tamoyillarini saqlab qolgan holda unga ba’zi o ‘zgartishlar
kiritdi.
«Turkiston o ik asin i boshqarish to ‘g ‘risidagi nizom» bo‘yicha
Turkistonning viloyatlarga bo'linishi, harbiy vazir fikricha, aholi-
ning etnografik, maishiy va iqtisodiy shart-sharoitlarini o ‘rganish
asosida emas, balki o ik a n i bosib olish jarayoni bilan bog‘liq
holda amalga oshirildi. Uezdlarga b o linish esa aholining Rusiya
bosqinigacha b o ‘lgan markazlarida tashkil etilgan edi. «Turkiston
o ’lkasini boshqarish to‘g ‘risidagi nizom»da ko‘rsatilganidek, sud
hokimiyatini m a’muriyatdan to iiq ajratish tamoyili Turkiston
general-gubematori baron Vrevskiyning fikricha, «Yangi Yevropa
qonunchiligining natijasi bo‘lib, uni Rossiya aholisiga ham,
shuningdek o ‘z hukumatining qullik zulmidan xoli bo ‘lgan O 'rta
Osiyo xalqlariga ham tadbiq etib boim aydi».
Shunday qilib, Turkiston o ‘lkasida Rossiya hukmronlik qilgan
yillarda qonun loyihalari doimo to'ldirilib, o ‘zgartirilib turildi. Buning
siri juda oddiy edi. Chor Rossiyasining qonun loyihalari Turkistonni
Rossiya imperiyasining markazlashgan boshqaravi tizimiga kiritib,
uni rus burjuaziyasi va dvoryan-pomeshchiklar mulkiga aylantirishga
qaratilgan edi. Imperiya asoschisi Pyotr I ning armonini qondirgan
holda o ‘zbek xonliklaridagi ming yillik davlatchilik zaminlarini
qo'porishni ko‘zlagan edi. Asosiy maqsad butun jahonga tanilgan
Amir Temur saltanati vorislarini tobe qullarga aylantirish, xalqlarini
esa sekin-asta ruslashtirish jarayoniga tortib, k o im a Turon zaminni
imperiyaning chekka gubemiyalaridan biriga aylantirish edi.
Imperiyachilar qachonlardir, aniqrog‘i XIV asr oxirida sohibqiron
Amir Temur rus knyazliklarini o ‘ziga lobe qilib, Moskva ostonasida
barchaga dahshat solganini sira unutishmagan. Rus solnomalarida
muhrlangan bu dahshat ularda adovat cho‘g ‘ini alangalatgan.
Q o‘sh boshli burgut ramzi tushirilgan Rossiya imperiyasi
tug'i Amir Temur vatani zaminiga qadalgach, imperiyachilar asriy
orzularini amalga oshirishga qatiyan kirishdilar.
Sankt-Peterburgning siyosiy doiralari harbiy-mirshablik tar-
tiblarini o ik a d a qo'llashlari zamratligini quyidagicha izohlaganlar:
«Turkiston tuzem aholisi hali juda quyi aqliy taraqqiyot bosqichidadir.
Ular xuquq, m a’muriyat, qonun nimaligini bilishmaydi. Jamiyat
qonun tomonidan beriladigan huquqdan foydalanishni bilmaydi, bu
huquq uning zarariga xizmat qiladi». Ana shunday kalondim oglik
va mensimaslik nuqtai nazaridan kelib chiqilgan holda Turkiston
general-gubematorligi boshqaruv tizimi yuzaga kelgan edi. O lk a
233
www.ziyouz.com kutubxonasi
idorasi markaziy, viloyat, tuman (uezd), jabha (uchastka), qishloq va
shahar boshqaruvi shaklida tashkil topdi.
Binobarin, Markaziy o ik a boshqaruvi general-gubemator, uning
kengashi va mahkamasidan iborat b o ig an .
Quyida chorizmning Turkistonda amalga oshirgan hukm-
ronlik boshqaruv tizimi maxsus jadvallarda berildi. Ular tadqiqot
materiallari tahlili asosida tuzilgan b o iib , mualliflaming ilmiy
xulosalari natijasidir:
Do'stlaringiz bilan baham: |