O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

1Бартольд В.
Г еок-тепе. И зб. произв. в 9-том ах. М .. 1995, 3-том, стр. 399.
- В оенн ы й сборн и к. С П б , 1882, № 6, стр. 27.
218
www.ziyouz.com kutubxonasi


qiladi: «Janob Marvin bilan suhbat chog‘ida general Skobelev 
0 ‘rta Osiyoni bo ‘ysundirish haqida o ‘z qarashlarini ochiqdan-ochiq 
quyidagicha ifodaladi: «Gap shunday, janob Marvin. Faqat bulami 
gazetangizda bosib chiqara ko‘rmang. Jahon jamoasi nazarida 
g ‘irt yovvoyiga aylanib qolishni istamayman. Mening aqidam 
shunday: Osiyoda osoyishtalik o ‘matish masalasi to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri 
odamlaming qancha ko‘p qirilishiga bog‘liq. Zarba qanchalik kuchli 
bo‘lsa, dushman shunchalik tez bo‘ysunadi. Biz K o‘ktepada 20000 
turkmanni o ‘ldirdik. Tirik qolganlar bu saboqni bir umr unutmaydi- 
gan b oiadi». So‘ng ikki o ‘rtada boshqacha suhbat b o id i. Marvin: 
«Umid qilamanki, bu aqidalaringizning bosib chiqarilishiga ruhsat 
berasiz. Rasmiy axborotingizda Siz hujum va ta ’qib paytida har 
ikki jinsga mansub 8000 dushman o id irildi, deb yozgansiz. Shu 
to‘g ‘rimi?»
General Skobelev: «To‘p pa-to'g‘ri. Ulami sanashganda roppa- 
rosa 8000 odam chiqdi».
Marvin: «Bu m aiu m ot Angliyada juda ko‘p shov-shuvga sabab 
b o id i, sababi, Sizning askarlaringiz erkaklar bilan bir qatorda 
ayollami ham oidirishgan ekan».
General Skobelev: «Bu ham mutlaqo to‘g ‘ri, o ig a n lar orasida 
ko‘plab ayollar bor edi. Yolg‘on gapirish tabiatimga to ‘g ‘ri kelmaydi. 
Shuning uchun axborotimda har ikki jinsga mansub deb ochiq 
yozganman».
Marvin so‘zida davom etib mana bulami yozadi: «Bu xususda 
shuni aytishim lozimki, Skobelev men bilan suhbat ch o g id a 
«K o’plab ayollar o idirildi. Askarlar duch kelgan odamni qilich bilan 
chopib tashlayverishdi», deb tan olgan edi. Boshqa diviziyadagilar 
hech kimga shafqat qilishmadi: askarlar xuddi mashinadek ishlab, 
xalqni qilich bilan rosa burdalashdi». Kapitan Maslov: «Axaltakaning 
bo‘ysundirilishi» nomli asarida hujum boiad ig an kuni erta tongda 
hech kimni asir olmaslik haqida buyruq b o ig a n edi», deb guvohlik 
beradi. U chor askarlarining yovuzliklarini o ‘ta «maydalashtirib» 
koisatadi». Ular qarshilik ko‘rsatayotgan yoki jonini asrash uchun 
qochib ketayotganlaming qovurg‘asiga, qomiga nayza sanchdilar, 
tikkasiga otishar, yo boshiga qo‘ndoq bilan tushirishar,... hatto 
ko‘pchilik miltiqlaming qo‘ndog‘i yorilib ketgan edi...»
General Skobelev dahshatli q irg in b o iish in i oldindan yaxshi 
bilgan va bunga puxta tayyorgarlik ko'rgandi. U yurishga otlanishdan 
avval imperator huzurida b o ia d i va Aleksandr II dan: «Bironta ham 
jurnalist safarda qatnashmasligi kerak», - deb qattiq iltimos qilgan-
219
www.ziyouz.com kutubxonasi


di. Aleksandr 11 «На, mayli, shunday b o isin » deb general Skobelev 
iltimosini m a’qullagan1.
A.N.Kuropatkin yozadi: «Q al'a ichiga nazar tashlash dahshatli 
edi. Behisob oMiklar bir necha kundan beri uyilib yotardi. Ba’zi 
kul-balar murdalarga to'lib ketgandi». Turkman xalqim «Er yuzi- 
dagi qora dog‘» deb hisoblagan kalondimog‘ zobit N.I. Grodekov 
qo'-shim cha qiladi: «Dushman qamal paytida miltiq va zambarak 
o'kdaridan qay darajada dahshatli talafot ko'rganini q al’ani egal- 
laganimizdan keyin bildik. Q al’a ichidagi b a ’zi uylarda hatto o il 
beshtagacha o iik yotar edi...»: .
Jang arafasida Skobelev: «To'kilgan har tomchi rus qoni 
uchun dushman qonini daryodek oqizaman», - deb maqtangan edi. 
U Ko'ktepada jon berayotgan mullaning «8000 begunoh odamni 
o'ldirganing uchun vijdon azobida qolmaysanmi?!» - deb bergan 
savoliga yuzsizlik bilan. «Yo'q! 80000 boim aganiga achina- 
man!» - deb javob bergan edi. U hatto shunday gaplarni ham aytgan 
edi: «O chig'ini aytsam, urushni yaxshi ko‘raman. Har bir millat o ‘z 
hududini tabiiy chegaralargacha kengaytirish huquqiga ega va bu 
qonuniydir. Biz slavyanlar, albatta, Bosfor va Dardanelni egallashi- 
miz zarur, aks holda har qanday «tarixiy ahamiyatimizni» yo'qota- 
miz. Agar q o iim iz bu bo'g'ozlargacha yetmasa, yerlarimiz qancha- 
lik cheksizligiga qaramay, biz halok boiam iz».
«...Men buni k o iib . his qilib turibman. Bashorat qilib aytaman- 
ki, slavyanlar bir kuni Germaniyani ham eydi»3.
General Skobelev o'taketgan shovinist odam edi. Mana uning 
orzulari: «Nemislarga aslo toqat qila olmayman», «Buyruq b o isa , 
xuddi taka-turkmanlami qanday o id irg an b o isam , ryazanlik mujik- 
lami ham shunday xotirjamlik bilan otib tashlayveraman».
«Rossiya bosqini toshqin daryodek oqib, quturib, hamma yoqni 
toptab bormoqda. Asriy saltanatlar emirilmoqda: bir tomonda Eron, 
bir tomonda Turkiya qaltirab turibdi. Bu qudratli bosqinni to ‘xtata 
oladigan m o'jizaviy bir kuch olamda bormikan?»
Mana, oradan bir asrdan ziyod vaqt o ‘tdi. Ammo «karomatgo‘y» 
general Skobelevning bu «orzulari» amalga oshmadi. Turkiya, Eron, 
Afg'oniston, Hindistonni bosib olishga chor Rossiyasining «qud­
ratli» kuchi yetmadi. Aksincha, uning iflos kirdikorlari jahon afkor
'Kostin V.
Skobelev. 18 4 3 -1 8 8 2 . М ., «P atriot», 1990, 153-bet.
2Q a r a n g: 
Karimov Sh., Shamsutdinov R.
T urkiston R usiya bosqini davrida, 
4 2 -4 3 -b etla r.
'« S h a rq yulduzi», 1992 yil, 6-son, 148-149-betlar.
220
www.ziyouz.com kutubxonasi


ommasi orasida sharmanda bo'ldi. Qilich va zambarak bilan o ‘ma- 
tilgan yovuzlik imperiyasi chok-chokidan so‘kilib ketdi. Slavyanlar 
Gennaniyani ham «eb» yubora olmadi. Bugungi kunda hatto 
nemis kuxarkalari ham qudratli Rossiyaning vorislariga - Moskva 
qashshoqlariga xaym sadaqa ulashmoqdalar. Har bir narsaning o ‘z 
ibtidosi va intihosi bor...
1884 yilda chor qo'shinlari Marv vohasida o ‘z hukmronligini 
o ‘matdilar va shu bilan amalda Turkiston hududining Rossiya 
tomonidan bosib olinishi asosan yakunlandi. Biroq rus qo‘shinlari 
1895 yilga qadar Turkistonning janubiy hududlarida bosqinchilik 
urushlarini olib bordilar. Bir necha bor A fgbomston qo‘shinlari 
bilan chegara to'qnashuvlari b o iib o ‘tdi. Faqat 1895 yilda tuzilgan 
bitimlardan so'nggina mojarolarga chek qo'yildi. Tojiklar yashaydi- 
gan hududlarning Panj daryosining o'ng q irg'o gig acha b o ig an
qismi, Turkmanistonning Kushka daryosigacha, Pende vohasidagi 
Kushka, M urg‘ob va Tajanning quyi oqimidagi yerlar Rossiya 
ixtiyoriga o4di. Shunday qilib, Rossiyaning 1864-1885 yillarda 
Turkiston hududida yigirma yildan ziyod vaqt mobaynida olib bor- 
gan dahshatli, qirg‘in-barot urushlari natijasida Vatanimiz xalqlari 
o ‘z gardanlariga o g ir, sharmandali mustamlakachilik bo‘yinturu- 
g ‘ini ilishga majbur boidilar. Bu urushlar oqibatida Rossiya 
1583255 kvadrat kilometrdan iborat, yoki Fransiya, Germaniya. 
Avstro-Vengriya hududlarini birga qo‘shib hisoblaganda teng 
k e l a d i g a n y e r l a r n i e g a l l a b o l d i . 0 ‘ l k a d a c h o r i z m n i n g m u s i b a t l i v a
dahshatli mustamlakachilik siyosati davri boshlandi.

Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish