O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

5. KO KTEPA MUDOFAASI
Q o'qon xonligi tugatilib, davlat viloyatga aylantirilgach. Far- 
g'onadan xotirjam bo'lgan urushqoq rus generallarining nigohi 
Kaspiy ortiga qaratildi. 1877 yili Axaltaka vohasidagi yirik manzilgoh 
Qizil Arvat chor qo'shinlari tomonidan egallandi. 1879 yili esa 
general Lazarev qo'mondonligidagi qismlar Ko'ktepaga hujum qil­
dilar. Ammo mard va erksevar turkmanlar bosqinchilarga shiddatli 
zarba berdilar. Dushman katta talafot ko'rib, orqaga chekinishga 
majbur bo'ldi. General Lazarev ekspedisiyasining mag'lubiyati 
bosqinchilarga qarshi kurashayotgan xalqning ruhim ko’tardi. Rus 
qo'mondonligi esa bu m agiubiyat sabablarini qo'shinlar ta ’minotini 
yaxshilash uchun zarur bo'lgan temir yo'l yo'kligidan ko'rdilar. Shu 
bahonada. Rossiya bu yerda temir y o i qurishga qaror qildi. «Sahro- 
dagi m o 'jiz a » deb nom olgan Kaspiyorti temir yo'li qurilishiga ge­
neral Annenkov rahbarlik qildi. Harbiy-strategik inaqsadda boshlan­
gan bu temir yo'l qisqa muddatda qurib bitirilishi va Marv vohasini 
egallash uchun tayyorlanayotgan yangi ekspedisiyani o'qdori. askar 
va oziq-ovqat bilan ta'm inlashga xizmat qilishi kerak edi.
Bosqinchilaming yangi kuchlariga 1877-1878 yillardagi Ros- 
siya-Turkiya urushida «Milliy qahramon», «Bolgariya xaloskori» 
deb ulug'langan general-leytenant M.D.Skobelev boshliq qilib 
tayinlandi. Farg'onada istiqlolchilar, Shipka dovonida turklar qonini
Putyata D. V.
K itay. SPb. 1895, 227-bet.
217
www.ziyouz.com kutubxonasi


beayov to ‘kkan bu general o ‘zining kasbdoshi general N.I.Grodekov 
singari turkmanlarni «er yuzidagi qora dog‘» deb hisobladi.
General Skobelev ekspedisiyasi bilan turkmanlar o ’rtasida 1881 
yil yanvar oyida hal qiluvchi jang b o ‘ldi. Rusiya qo‘shinlari hech 
qachon K o‘ktepa ostonasidek keskin qarshilikka duch kelishmagan 
edilar. Buni voqealaming guvohlari hamda muarrixlar tan olishadi. 
Turkman vatanparvarlariga jasur Tiqma sardor boshchilik qilgan.
Bosqinchilar boylik, martaba va shon-shuhrat uchun, turkmanlar 
esa o ‘z ona tuproqlari, erk va ozodliklari uchun jang qilishadi. Taniqli 
muarrix akademik V.V.Bartold bu tarixiy voqeani haqqoniy yoritadi: 
«Chor qo‘shini 8000 kishidan iborat b o ‘lib, ulaming ixtiyorida 70 dan 
ortiq zambarak bor edi. Yigirma kunlik qamaldan so‘ng, 1881 yilning 
12 (24) yanvarida K o'ktepa qal’asi shturm bilan ishg‘ol qilindi, 
so‘ng talon-toroj qilish uchun askarlar ixtiyoriga to ‘rt kun muhlat 
berildi. Q al’ani qamal qilish va zabt etish chog‘ida 6000-8000 kishi 
halok b o id i. Buni 0 ‘rta Osiyodagi boshqa janglarga qiyoslasak, chor 
qo‘shinlari katta qurbonlar evaziga g ‘alaba qozonganini ko‘ramiz. 
Ular o ‘lgan va yaradorlami birga hisoblaganda, 10000 dan ortiq 
odamini yo‘qotdi. Bundan tashqari, K o‘ktepa jangida Turkistonda 
birinchi marta istilochilaming bayrog‘i va zambaragi o ‘lja olindi»1.
Axaltakada bo’lgan urushning bevosita qatnashchisi, rus zobiti 
K. Geyns K o‘ktepadagi dahshatli manzarani ko‘z o ‘ngimizda yanada 
yorqinroq gavdalantiradi: «Q irg‘in boshlandi. Charchash nimaligini 
bilmaydigan dragunlar birinchi uzun hovlini turkmanlar qoniga g ‘arq 
qildilar. Olishuv uzoqqa cho'zilmadi. Dushman qattiq kurashsa- 
da, oxiri dosh berolmadi: qarama-qarshi tomonga, baland devor 
yoqalab Ichki qal’aga qarab chekindi. Ammo fursat boy berilgandi. 
Otryadimizda mardligi bilan nom chiqargan knyaz Golisinning 
kazaklari va pomchik Naxichevanskiyning 1-eskadroni dragunlari 
jarlikdan chiqib, ulaming y o ‘lini to ‘sdilar. Chorasiz ahvolda 
qolganlarini sezgan taka-turkmanlar qoilaridagi yatog‘onlarini 
o ‘ynatib... raqibi ustiga tashlandilar. Ammo devor orqasidan deyarli 
yonma-yon turib otilayotgan miltiq o ‘qiga uchrab, ketma-ket qulay 
boshladilar. Q al’a bilan paxsa devor orasi murdaga to ‘lib ketdi»2.
Rad etib boim aydigan dalil va hujjatlar general Skobelevning 
turkman qardoshlarimizning jallodi boiganligini yana bir marta 
isbotlaydi. Genera! Skobelevning yaqin xeshlaridan b o ig a n Adam 
Julett Lamber «General Skobelev» kitobida quyidagicha hikoya

Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish