dalanish maqsadida ilmiy-tadqiqot markazlarini, buro va labo-
ratoriyalarini tashkil qilish;
— firma yoki ishlab chiqarish korxonalaming iqtisodiy va ilmiy-
texnikaviy k o ‘rsatkichlarini samaradorligini
oshirish maqsadida
tajribalar o'tkazish;
— ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish sohasida xorij
tajribalarini birgalikda o'rganish;
— ilmiy-texnikaviy siyosat masalalari bo'yicha joriy muvo-
fiqlashtirish va maslahatlar berish;
— malakali tadqiqotchi kadrlar tayyorlashni tashkillashtirish.
Jahon iqtisodiyotida ilm iy-texnikaviy ham korliklar uchun
uning samaradorligini tahlil qilish juda muhim sanaladi.
Olingan
ilm iy-tadqiqot natijalarining samaradorligi bir necha jih atd an
qarab chiqiladi, ya’ni ularning nazariy, texnik va amaliy qiymati
bilan aniqlanadi.
10.3. Integratsion jarayonlarning milliy iqtisodiyotga ta’siri
Bizga m a’lumki, integratsion birlashmaga qo'shiluvchi
davlat
iqtisodiyoti o'zaro aloqalar olib boruvchi hamkorlarga xos umumiy
jarayonlarni boshidan kechira boshlaydi. Bu jarayonlar ko'pchilik
hollarda ijobiy ta’sir ko'rsatsa-da, ba’zi-bir salbiy jihatlarga ham ega.
Milliy xo'jalik uchun integratsiyaning ustunlik tom onlariga
quyidagilami kiritish mumkin:
— bozor miqyosining kengayishi, bunda taklifning ko'payishi
natijasida kapital aylanmada tezlik ortadi, bu esa o'z navbatida milliy
bozori cheklangan kichik va o'rta mamlakatlar uchun, ayniqsa,
katta
ahamiyat kasb etadi;
— ishtirokchi mamlakatlar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish
infratuzilmasining rivojlanishi;
— integratsion blok a ’zosi o b ro '-e’tiborining oshishi, bu o 'z
navbatida davlatlarga turli savdo-iqtisodiy muzokaralarda yaxshi
mavqega ega bo'lishini ta ’minlaydi;
— axborot-texnologiyalar ayirboshlash sur’atlarining tezla-
shishi, bu eksport m ahsulotining tannarxini kamaytirish,
sifati va
raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi;
— ijtimoiy-iqtisodiy m uam m olarni tartibga solish imkonini
beruvchi mamlakatlar o'rtasidagi migratsiya aylanmasini oshishi.
Jahon iqtisodiyotida integratsiyaning yaqqol ko'zga tashlanuvchi
salbiy oqibatlari ichida quyidagilami ajratib ko'rsatish mumkin:
75
— iqtisodiyoti kuchsizroq bo'lgan mamlakatlardan resurslarning
kuchli ham korlar tom on oqib o ‘tishi;
— kompaniyalar o'rtasida oshkor bo'lmagan kartel bitimlar va
o'zaro birlashishlar natijasida milliy monopoliyalar ahamiyatining
kuchayishi, bu «sog'lom»
bozor raqobatini cheklaydi;
— integratsion blokning burokratik institutlari faoliyati natijasida
katta miqdordagi xarajatlaming vujudga kelishi.
Ko'plab chop etilgan milliy va xorijiy iqtisodchilaming asarlarida
shu holat to 'g 'ri ko'rsatiladiki, ya’ni integratsion guruhda u yoki
bu mamlakatning ishtirok etishi ijobiy yoki salbiy jihatlarini baholash
juda murakkabdir. Biroq o 'z-o 'zid an tushunarliki, integratsiyadan
ichki bozori kichik, resurslarga kambag'al,
jahon Y alM da kam
ulushga ega bo'lgan davlatlar ko'proq iqtisodiy samara olishadi.
Bunday natijaga turli integratsion tashkiiotlarni, xususan, Yelning
rivojlanish bosqichini tahlil qilish asosida kelingan edi.
1. Xalqaro ishlab chiqarish hamkorligi deganda, nimani tushunasiz?
2. Xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik degandachi?
3. Integratsion jarayonlaming milliy iqtisodiyotga ijobiy ta’siri nimalarda
namoyon bo'ladi?
4. Integratsion jarayonlaming milliy iqtisodiyotga salbiy ta’siri haqida
nima deya olasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: