O'zbekiston respublikasi oliy ya o'rta maxsus ta’lim vazirligi o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi g. G‘. Nazarova, H. X. Xalilov, A. A. Eshtoyev



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/99
Sana29.11.2022
Hajmi4,02 Mb.
#875016
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   99
Bog'liq
afd2f46f1663bdf50a37a13bd82c9f80 Jahon iqtisodiyoti

ukladlilik
xarakterini
kasb etishi;
— rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarish kuchlarini 
rivojlanishining past darajada ekanligi, sanoat, qishloq xo'jaligi va 
ijtimoiy 
infratuzilmasining qoloq ekanligi
(birinchi guruh «yuqori 
qutb» mamlakatlarini hisobga olmaganda);
— ulaming iqtisodiyoti jahon xo'jaligi tizimiga bog'liq ekanligi, 
kapitalizmning pereferik xarakter kasb etishi;
88


Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti ko‘p ukladli ijtimoiy- 
iqtisodiy xo'jalik tarkibga asoslangan bo'lib, bir qator rivojlanayotgan 
mamlakatlarda kapitalistik xo'jalik ukladi bilan bir qatorda hamon urug'- 
aymoqchilik va patriarxal islilab chiqarish munosabatlar ham mav­
judligini ko'rishimiz mumkin. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqti­
sodiyotida 
davlat monopolistik va xususiy mulkchilik xo'jalik ukladlari
muhim rol o'ynaydi. Davlat sektorini rivojlantirish bosqichi, kapitalistik 
ishbilarmonlikni kengaytirish siyosati bilan olib boriladi. Buning 
natijasida esa 
davlat monopolistik kapitaliz/ni
paydo bo'ladi va rivojlanadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida ko'p ukladli xo'jalik 
haqida fikr yuritilganda shuni alohida ta ’kidlab o'tish lozimki, ular, 
asosan, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining mavqeyi ancha yuqori 
bo'lganligi uchun ham, ushbu mamlakatlar, asosan, qishloq x o '­
jaligi mamlakatlari hisoblanadi. Ushbu mamlakatlarda kichik tovar 
xo'jaligi bevosita patriarxal va natural ishlab chiqarish munosa­
batlam ing keng tarqalganligi bois, qishloq xo'jaligida yuqori aha­
miyatga egadir. Ozodlikka erishgan mamlakatlarda amal qiluvchi 
xususiy kapitalistik xo'jalik ukladi o 'z ichiga kapitalistik mulk­
chilikning turli shakllarini qamrab oladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar bir-biridan xususiy kapitalistik 
munosabatlaming rivojlanish darajasi bo'yicha farq qiladi. Iqtisodiy 
jihatdan ancha ilgarilab ketgan rivojlanayotgan mamlakatlaming 
kapitalistik bozor munosabatlari sistemali tuzilish alomatlarini kasb 
etadi. Shuningdek, bir qator mamlakatlarda davlat monopolistik 
kapitalizmi alomatlarining shakllanishi ro'y beradi. Nisbatan past 
darajada rivojlanayotgan mamlakatlar guruhlarida milliy xususiy 
kapitalistik uklad endigina shakllanish pallasida turibdi.
Jahon iqtisodiyotida milliy xususiy kapitalistik xo'jalik ukladi 
alomatlarining rivojlanishi va shakllanishi, jamg'arish muammolari 
(ya’ni, pul resurslarining yetishmovchiligi bilan) va jamg'arilgan 
mablag'lar asosan savdoga, (ichki va tashqi), ko'chmas mulklarni 
sotib olishga, mashinalami ta’mirlashga sug'urtalashga, benzin quyish 
va boshqalar, shuningdek, sarmoyalaming katta qismi aylanadigan 
joylarga yo'naltiriladi. Ishlab chiqarish sohasida kapital faqatgina qulay 
shart-sharoitlami yaratish maqsadida sarf qilinadi. Ammo aksariyat 
hollarda ozodlikka erishgan m am lakatlar iqtisodiyotida xorijiy 
sarmoyalar asosiy mavqeni egallagan bo'lib, ular, odatda, mahalliy 
tadbirkorlarga nisbatan yon berishni istashmaydi.
Milliy mustaqillikka erishgan m am lakatlam ing ko'pchiligida 
paydo bo'ladigan va rivojlanib boradigan kapitalizm periferik
89


xarakter kasb etadi. Bu shuni anglatadiki, u sanoati rivojlangan 
kapitalistik mamlakatlardan nafaqat rivojlanish darajasi bo'yicha, 
balki eng muhimi, ishlab chiqarish usullarining modeli va moddiy 
ne’matlar taqsimoti bo'yicha ham tubdan farq qiladi. Kapitalistik 
ishlab chiqarish markazlari jamg'arishning organik va o'zaro alo­
qador doimiy o'sish jarayonida, milliy zaminda paydo bo'ladi va 
rivojlanadi. Bu yerda intensiv elementlar rivojlanishidagi bog'liqlik 
mavjud emasdir. Moslashuvchanlik (imitatsiya) aholining boy 
qatlamlari o'zlari uchun zaruriy bo'lgan barcha narsalami qo'lga 
kirita oladigan maxsus bozorlarning tashkil topishidan boshlanadi. 
Bunday vaziyat aholining asosiy qismini kambag'allikka mahkum 
etib, ularni bozorlarda erkin muomalada bo'lish imkoniyatidan 
mahrum etadi.
M a’lumki, jahon iqtisodiyotida transm illiy korporatsiyalar 
tomonidan joriy qilingan yangi texnikalar, odatda, kechagi kunga 
mos kelsa-da, ammo ulaming bozor narxlari juda yuqoriligicha qolishi 
mumkin. Periferik kapitalizmining rivojlanishi asinxronik, ya’ni 
noteng holatda amalga oshadi. Iqtisodiy o'sish va siyosiy demokratiya 
paralell ravishda rivojlanmay, balki ko'pincha teskari holatda ham 
sodir bo'lib, bir-biridan sezilarli darajada uzoqlashib boradi. Ba’zi 
bir rivojlanayotgan mamlakatlar periferik kapitalizm modelini joriy 
qilar ekan, ko'pchilik hollarda uni chetlab o'tish maqsadida o'ziga 
xosliklami hisobga olib, ichki kuchlar va mablag'larni topish orqali 
taraqqiyotning yuqori cho'qqilari tomon harakat qilishmoqda.
Rivojlanayotgan mamlakatlaming ko'pchiligini bir-biriga o'x­
shash tomonlari ulaming iqtisodiy qashshoqligi, aholisining qo- 
loqligi, ishsizlik darajasining yuqoriligi, sanoati rivojlangan m am ­
lakatlardan katta miqdorda qarzdorligi hisoblanadi. K o'pchilik 
rivojlanayotgan m am lakatlar o'zining to'laqonli ijtim oiy-iqti- 
sodiy, siyosiy va madaniy rivojlanishi bilan, shuningdek, aholisi­
ning turmush tarzi bo'yicha sanoatlashgan ilg'or mamlakatlardan 
20—50 marotaba orqada qolmoqda.

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish