4.3. Jahon xo'jaligida transport va aloqani xalqaro
tartibga solinishi
Jahon iqtisodiyotida transport va aloqani iqtisodiy nuqtayi
nazardan tartibga solish turli daraja va shakllarda (hukumatlararo
miqyosda, kompaniyalaming iqtisodiy munosabatlari miqyosida)
amalga oshirilm oqda. Hukum atlararo
va xususiy monopolistik
miqyosdagi hamkorliklar, asosan, ikki tomonlama amalga oshirilishi
bilan bir qatorda ko‘p tom onlam a asosda ham amalga oshirilishi
mumkin. Jahon iqtisodiyotida transport va aloqani xalqaro tartibga
solishning asosiy vositasi bo‘lib, xalqaro kelishuvlar xizmat qiladi.
Bu kelishuvlar jahon xo'jaligida turli tashkilotlaming tuzilishiga
sabab bo'lmoqda.
Transport sohasidagi ko‘p tomonlama
hukumatlararo xalqaro
munosabatlar turli xalqaro tashkilotlar doirasida amalga oshirilib,
bunday tashkilotlaming asosiylari quyidagilardan iborat:
— Xalqaro dengiz tashkiloti.
— Fuqarolik aviatsiyasi xalqaro tashkiloti.
— Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi.
— Kema egalarining xalqaro assotsiatsiyasi.
— Xalqaro kemachilik palatasi va boshqalar.
1. Jahon xo'jaligida aloqa va kommunikatsiya tizimlarining ahamiyati
haqida nima bilasiz?
2. Jahon xo'jaligida transport kommunikatsiya tizimining asosiy
vazifalarini ko'rsating.
3. Jahon iqtisodiyotida transport tizimining
ahamiyatini xarakterlab
bering.
4. Jahon xo'jaligida transport va aloqani xalqaro tartibga solish
shakllarini bayon eting.
35
5-bob.
J A H O N IQ T IS O D I Y O T ID A J A M G ‘A R M A 1 A R
5.1. Jahon xo'jaligida jamg'arma va iqtisodiy
rivojlanish
Jahon xo'jaligining rivojlanishida moddiy ishlab chiqarish kuch-
larining son jihatdan yaxshilanishi va sifat jihatdan
takomillashuvi
muhim ahamiyatga ega. Jahon xo'jaligida ishlab chiqarish jarayonlari
iqtisodiy rivojlanishning birlamchi omili hisoblangan kapitalning
ko'p miqdorda talab qiladi. Kapitalning jamg'arilishi kompaniyalar,
uy xo'jaliklari va davlatlarning jam g'arm alaridan shakllanadi.
Jahon iqtisodiyotida kapital jamg'arilishi jarayonida moddiy-
texnik baza va ilmiy salohiyat shakllanadi.
Jahon iqtisodiyotining
miqyosi va kapital qo'yilmalarining strukturasi iqtisodiy o'sishning
darajasi va sur’atini belgilab beradi.
Jahon iqtisodiyotida jamg'arish darajasi yuqori bo'lgan davlatlarda
iqtisodiy o'sish sur’ati odatda yuqoriroq bo'ladi. 1984— 1994-yillarda
YalM o'sish sur’atlari eng yuqori bo'lgan 20 davlatdan 14 tasida
jamg'arish miqdori 25 % dan yuqoriroq bo'lgan. Qolgan 6 davlatda
18 % dan kam bo'lm agan. O 'sish su r’atlari eng past bo'lgan
20 davlatdan 8 tasida jamg'arish miqdori 10 % dan kamroq bo'lgan.
Lekin jam g'arm alar va iqtisodiy o'sish darajasi o'rtasidagi bog'liqlik
bir chiziqli emas.
Ayrim davlatlarda, masalan, Shveysariyada jamg'arish miqdori ancha
katta bo'lsa-da, xo'jalikning iqtisodiy rivojlanish darajasi nisbatan pastdir.
Aksincha bo'lgan holatlar ham mavjud. Ammo umuman olganda, jam-
g'arishlar darajasi yuqori bo'lishi iqtisodiy o'sish sur’atlarining yuqori
bo'lishini ta’minlaydi. Iqtisodiy o'sish sur’atlarini
oshirish uchun
davlat birinchi navbatda o'z jamg'arish miqdorini oshirishi kerak.
Hisob-kitoblarning ko'rsatishicha, jam g'arish miqdori aholi
jon boshiga to'g'ri keladigan daromad miqdori yuqori va o'rta darajada
bo'lgan davlatlarning iqtisodiy o'sishga ko'proq ta ’sir ko'rsatadi.
Shuni ta ’kidlash kerakki, intensiv o'sish sharoitida jam g'arm a miq-
dorining kamayishi har doim ham o'sish sur’atlarini pasayishiga
sabab bo'lmaydi. Kapital samaradorligining oshishi iqtisodiy o'sish
sur’atini ta ’minlash uchun kamroq kapital sarflanishiga olib keladi.
36
Jahon xo'jaligining rivojlanish amaliyoti shuni ko'rsatmoqdaki,
iqtisodiy o'sish ham o'z navbatida jamg'arm alarning ko'payishiga
sabab bo'ladi. Masalan, Sharqiy Osiyodagi tez rivojlanayotgan yangi
industrial mamlakatlarda oldinga xo'jalikning iqtisodiy o'sish sur’at
lari yuqori bo'lgan, keyinchalik jam g'arm alar darajasi o'sib borgan.
Do'stlaringiz bilan baham: