O'zbekiston respublikasi oliy ya o'rta maxsus ta’lim vazirligi o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi g. G‘. Nazarova, H. X. Xalilov, A. A. Eshtoyev



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/99
Sana29.11.2022
Hajmi4,02 Mb.
#875016
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   99
Bog'liq
afd2f46f1663bdf50a37a13bd82c9f80 Jahon iqtisodiyoti

29


£ * У # - ^ > -'- -
1. Xalqaro mehnat taqsimotining mazmuni va mohiyati nimadan iborat?
2. Xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi qanday 
omillarni bilasiz?
3. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishining o'ziga xos tomonlarini 
xarakterlab bering.
4. Xalqaro ixtisoslashuv nima?
5. Ishlab chiqarish kooperatsiyasining mazmuni va mohiyati nima­
dan iborat?
6. Xalqaro mehnat taqsimotini rivojlanishining g‘arbdagi zamonaviy 
qarashlar konsepsiyasini bayon eting.


4-bob.
J A H O N IQ T IS O D I Y O T ID A A L O Q A VA T R A N S P O R T
4.1. Jahon iqtisodiyotining aloqa va kommunikatsiya tizimlari
XX asrning 70-yillaridan so'ng jahon xo'jaligida, ayniqsa, ishlab 
chiqarishning baynalmilallashuvi jarayonlari kuchayib borishi 
natijasida ishlab chiqarish kompaniyalari yiriklashib, ularning 
faoliyat ko'rsatish doirasi yanada kengayib borgan edi. Kompa- 
niyalarning xalqaro bozorlarda faoliyat yuritishlari uchun vertikal 
integratsiya va tashqi aloqalar tizimi muhim rol o'ynamoqda. Jahon 
iqtisodiyotida tashqi aloqalarni rivojlangan kommunikatsion tizim- 
larisiz amalga oshirib bo'lmaydi.
Jahon iqtisodiyotida aloqa va transport tizimi Yal M yaratishda 
muhim rol o'ynaydi. Rivojlangan davlatlarning xo'jaligini ushbu 
sohalarida Y alM ning 9,5 %, o 'rta c h a rivojlangan davlatlarda
6,8 %, iqtisodiy past rivojlangan davlatlarda esa 5,4 % yaratilmoqda.
Aloqa va kommunikatsion tizimlar global miqyosdagi takror 
ishlab chiqarish jarayonlarning muhim elementi hisoblanadi. Aloqa 
tizimi turli shakldagi axborot yetkazib berish va tarqatish bilan 
shug'ullanadigan sohalarning majmuyi hisoblanadi.
Jahon xo'jaligi hozirgi kunda rivojlanishning axborotlashtirish 
rivojlanish bosqichiga o'tib bormoqda. Bu bosqichda aloqa va axborot 
texnologiyalari jahon xo'jaligining eng asosiy elementiga aylanadi.
Jahon iqtisodiyotida iqtisodiy sharoitlar tez o'zgarib borayotgan 
bir davrda iqtisodiy qarorlar qabul qilish va shuningdek, aniq 
axborot olishning ahamiyati ortib bormoqda. Bu esa o'z navbatida 
aloqa tizimining tez rivojlanishi va takomillashishiga sabab bo'layotir. 
1985—2000-yillarda xalqaro aloqa xizmatlari hajmi 5—6 barobarga 
ko'paygan edi.
Jahon iqtisodiyotida aloqa asosan ikki xil ko'rinishda, ya’ni 
pochta
va elektron aloqalar
ko'rinishida sodir bo'ladi. 
Pochta aloqasi
asosan 
xatlarni, pullarni, davriy nashrlarni jo'natuvchilardan qabul qilib, 
ulami tayyorlab manziliga yetkazib berish va boshqa xizmatlami bajaradi.
Elektron aloqa tizimi
bu simlar, radio va boshqa elektron vositalar 
orqali belgi, signal, matn, tasvir, ovozni uzatish va qabul qilishdan
31


iboratdir. Elektron aloqalar shakliga telefon, videotelefon, telegraf, 
faks, radio, televideniye, elektron pochta xizmatlari ham kiradi.
Milliy aloqa xizmatlari ko‘p jihatdan, mintaqaviy va xalqaro 
bozorlarning rivojlanishi darajasiga bog'liqdir. Ushbu xizmatlar 
darajasi bo'yicha jahonda birinchi o‘rinda Yel (jahon hajmining
35,2 %), ikkinchi o'rinda Shimoliy Amerika (30,7 %) turadi.
1970—1980-yillarda elektron aloqa tizimlari texnologiyasida katta 
o'zgarishlar ro‘y berdi. Bu davrda aloqa tizimida sun’iy yo'ldoshlar, 
shisha-tolali kabellar, raqamli texnologiyalar kiritila boshlandi. Bu 
esa o ‘z navbatida axborot xizmatlari texnologiyasi shakllarini 
ko‘paytirgan edi.
Jahon iqtisodiyotida aloqa va axborot tizimlarining rivojlanishi 
samaradorlikni oshirish imkonini yaratadi. Amerikalik olimlaming 
fikricha, aloqadan sifatli va o'z vaqtida foydalanish ishlab chiqarish 
xarajatlarini 6—10 % ga, muomala xarajatlarini esa 7—20 % ga 
kamaytirish imkonini berar ekan. Mikrodarajada axborot tizim- 
laridan samarali foydalanish m oddiy zaxiralarni 3—4 m arta, 
aylanma mablag'larni 7—10 % ga kamaytirish imkonini beradi. 
Aytish lozimki, aloqa jahon iqtisodiyotida xo'jalik resurslaridan 
optimal foydalanish vositasiga aylangan. Xullas,aloqa tizimlari va 
informatika ishchi kuchidan foydalanish darajasiga ham sezilarli 
ta ’sir ko'rsatadi. Hozirgi kunda ko'plab tovarlar tannarxida q o '­
shimcha qo'shilgan informatsion xizmatlar (dizayn, qadoqlash, 
reklama, tarqatish, boshqaruv va h.k.lar) asosiy komponentga ayla- 
nib, uning 80 % ni tashkil etmoqda.

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish