Uvoqlardan tayyorlanadigan "Kartoshka "desert pirojniylarni tayyorlash.
|
Uvoqdan tayyorlab yaltillatiladigan pirojniy. Biskvit uvog‘i 51006, moyh krem 4655, pomada 1220, romli yessensiya 20. Chiqishi 110 g dan 100 dona.
Bu pirojniyni xuddi yuqorida ta’riflanganidek qilib yasab olinadi. Uni turli shaklda: "Kartoshka", "Olma", "Bochkacha" shaklida tayyorlash mumkin. "Kartoshka " pirojniy tayyorlash uchun kartoshka ko‘rinishida pirojniy yasab olib, uni sovitgichga qo‘yiladi. Soviganidan keyin yuziga pomada beriladi, pomada qotganidan keyin esa, yuzini krem bilan bezatiladi. Tayyorlash texnologiyasi va yo‘riqnomali xaritaga asoslanib tayyorlash. Sifatiga bo‘lgan talablar jadvaliga ko‘ra baholash. Mahsulotlarni tayyorlashda aniqlangan kamchiliklarni qayd qilish
va ularni bartaraf etish.
|
6
|
LA
|
4
|
13
|
Biskvitli "Ertak" tortini tayyorlash.
|
"Ertak" torti. Biskvit 3600, shimdirish uchun qiyom 2000, shokoladli "Sharlott" krem 2000, meva yoki sukatlar 300, qovunigan biskvit uvog‘i
100. Chiqishi 1 kg dan 10 dona.
Bu tortni ikki usulda tayyorlash mumkin. Birinchi usul uchun biskvitni silindrsimon qolipda pishirib olinadi. Uni gorizontal bo‘yiab uch qatlamga kesiladi-da, har qaysisiga qiyom shimdirib, shokoladli krem bilan bir-biriga yopishtiriladi. Yuzi va yon tomonlariga shokoladli krem surtiladi. Yon tomonlarining pastki qismiga qovurilgan biskvit uvog‘i sepiladi. Tort yuziga tishchali yassi naychadan to‘lqinsimon chiziqlar ko‘rinishida shokoladli krem tushiriladi. Tortni oq yoki rangdor kremdan yasalgan gullar, mevalar yoki sukatlar bilan bezatiladi.Ikkinchi usul uchun biskvitni xuddi ruletga atalgandek pishirib olinadi.Qog‘ozi olib tashlanganidan keyin biskvit qatlamiga qiyom shimdiriladida, shokoladli krem surtib, uni rulet holida o‘raladi. Ruletning yuzi va yon tomonlari oq krem bilan qoplanadi. Ruletning pastki qismi va kesilgan uchlariga qovurilgan biskvit uvog‘i sepiladi. Yuziga shokoladli kremdan daraxt po‘stlog‘ining qoraygan joylari ko‘rinishida yo‘llar sitib tushiriladi, tortni kremdan yasalgan yaproqchalar, gullar bilan, sukatlar bilan bezatiladi.Sifatiga qo‘yiladigan talablar: tort g‘o‘laga o‘xshash cho‘zinchoq shaklda, shokoladli va rangdor krem bilan qavatlangan va bezatilgan, yon tomonlariga biskvit uvog‘i sepilgan bo‘lishi kerak. Tayyorlash texnologiyasi va yo‘riqnomali xaritaga asoslanib tayyorlash. Sifatiga bo‘lgan talablar jadvaliga ko‘ra baholash. Mahsulotlarni tayyorlashda aniqlangan kamchiliklarni qayd qilish va ularni bartaraf etish.
|
12
|
LA
|
4
|
14
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |