Oʻzbеkistоn rеspublikаsi оliy vа


Ko`ngilsiz hodisalar ro`y bеrganda birinchi yordam ko`rsatish



Download 8,9 Mb.
bet3/62
Sana12.03.2022
Hajmi8,9 Mb.
#491788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
uslubiy qo`llanma Norganik kimyo

Ko`ngilsiz hodisalar ro`y bеrganda birinchi yordam ko`rsatish
1. Laboratoriyada aptеchka bo`lishi shart, uning qaеrda joylashganligi va undan qanday foydalanishni talabalar bilishi lozim.
2. Issiqlik ta'sirida kuygan joyga tеzda spirt yoki kaliy pеrmanganat eritmasi bilan ho`llangan paxta qo`yiladi.
3. Ko`zga yoki badanning biror joyiga kislota sachrasa, o`sha еrni dastlab yaxshilab suv bilan, so`ngra sodaning 3 % li eritmasi bilan yuviladi.
4. Ishqor sachraganda esa dastlab suv bilan, so`ngra sirka kislotaning 1%li eritmasi bilan yuviladi.
5. Shisha kеsgan joy dastlab shisha siniqlaridan tozalanadi, so`ngra yodning 3% li eritmasi surtiladi va stеrillangan bint bog’lanadi.
6. Gazlar ta'sirida zaharlanganda tеzda novshadil spirt hidlatib ochiq havoga olib chiqiladi.
7. Brom ta'sirida kuygan joyni spirt yoki suyultirilgan ishqor eritmasi bilan yuvib, kеyin yana spirt bilan artiladi.
8. Brom hidi bilan zaharlanganda spirt bug’idan chuqur nafas olib, sut ichib ochiq havoga chiqarish kеrak.


Mavzu:Kimyoviy idishlar va ular bilan ishlash. Metall shtativlar va boshqa ba’zi asbob-uskunalar bilan ishlash


KIMYOVIY IDISHLAR
Shisha idishlarga qo‘yiladigan asosiy talab ularning kimyoviy va termik barqarorligidir. Kimyoviy barqarorlik-shishaning ishqor, kislota va boshqa moddalarning eritmalarini parchalash ta’siriga qarshi turaolish xossasidir. Termik barqarorlik- idishni temperaturaning tez o‘zgarishiga chidamliligidir. Eng yaxshi shisha pireks hisoblanadi. U kimyoviy va termik barqarorlikka ega, uning kengayish koeffitsiyenti kichik. Pireks shishasida 80% kremniy(IV)oksidi bor. Uning erish temperaturasi t=620oC. Bundan yuqori temperaturalarda tajriba olib borish uchun kvars shishasidan yasalgan idishlardan foydalaniladi. Kvars shisha tarkibida 99,95% kremniy (IV)oksid bo‘lib t=1650oC da eriydi.
Laboratoriya idishlari asosan TB (termik barqaror), KB-1 va KB-2 (kimyoviy barqaror) markali shishalardan tayyorlanadi. Quyidagi rasmlarda laboratoriya amaliyotida qo‘llaniladigan shisha idishlar keltirilgan. Oddiy va kalibrovka qilingan probirkalar oz miqdordagi reaktivlar bilan ishlashda qo‘llaniladi. Reaktivning egallagan hajmi probirka hajmining yarmidan ortmasligi kerak. Laboratoriya stakanlari (rasm 3) turli o‘lchamlarda chiqariladi (burunli yoki burunsiz, oddiy yoki o‘lchamli belgilari bilan) Stakanlar turli laboratoriya ishlarini bajarishga mo‘ljallangan.




Rasm.2.

Rasm.3.

Probirkalar: a-oddiy;
b-kalibrovka qilingan

Kimyoviy stakanlar: a-burunchali; b-burunchasiz; v- kalibrovka qilingan

Laboratoriya amaliyotlarida turli o‘lcham va shakldagi kolbalar keng qo‘llaniladi (tubi yassi, tubi yumaloq va konussimon) (rasm 4).


Rasm.4. Kolbalar: a-tagi yassi; b-tagi dumaloq; v-konussimon.

Vyurs kolbasi60-80° burchakda egilgan shisha trubkali tubi yumaloq kolba (rasm.5). Undan gaz olishda, atmosfera bosimida suyuqliklarni haydashda foydalaniladi.


Retorta (rasm .6.) turli preparat ishlarini bajarishda qo'llanadi (HNO3 olishda
va b.).


Rasm.5. Vyurs kolbasi

Rasm.6. Retortalar.

Voronkalar (rasm.7). Kimyoviy suyuqliklarni filtrlashda, bir idishdan ikkinchi idishga quyishda; tomchilatgich voronkalar reaksion muhitga suyuq reaktivlarni oz-oz miqdorda qo'shishda; ajratkich voronkalar o'zaro aralashmaydigan suyuqliklarni ajratishda ishlatiladi.






Rasm. 7. Voronkalar: a— kimyoviy; b— tomizgich; v - ajratkich.

Tomizgichlar (pipetka) (rasm 8) reaktivlarni tomchilatib qo'shishda ishlatiladi.


Byukslar (rasm.9.) suyuq va qattiq moddalarni tortish va saqlashda ishlatiladi.

Rasm. 8. Tomizgichlar.

Rasm. 9. Byuks


Soat oynasi (rasm.10) qattiq moddalarni tortish uchun ishlatiladi. Sovitgichlar (rasm.11)turli moddalarni qizdirganda hosil bo'lgan parlami sovitish va kondensatlash uchun ishlatiladigan asboblardir.


Shisha vannalar (rasm 12) gazlarni suv ostida yig'ish uchun ishlatiladi.




Rasm. 10. Soat oynasi. Rasm. 11. Suvli sovitgich

Rasm.12. Shisha
vanna.

Kristallizatorlar (rasm.13) eritmalardan moddaning kristallarini ajratib olish uchun ishlatiladi.
Alonjlar (rasm.14) moddalarni haydashda ishlatiladigan qurilma elemcntlarini birlashtirishda ishlatiladi.
Eksikatorlar (rasm.15) havodan namlikni oson yutuvchi moddalarni quritish va saqlashda ishlatiladi. Eksikatoming pastki qismini suvni yutib oluvchi modda bilan to'ldiriladi (kuydirilgan kalsiy xlorid, konscntrlangan sulfat kislota, fosfor(V)oksid), yuqori qismiga esa byuks yoki tigellarda quritilishi lozim bo'lgan moddalar qo'yiladi.




Rasm. 13.

Rasm. 14.

Rasm. 15.

Kristallizator

Allonj

Eksikator

Shisha idishlarga nisbatan chinni ldishlar issiqlikka, kislota va lshqorlarning ta'siriga chidamliroq bo'ladi. Chinni idishlar ham o'z shakli va qo'llanilishiga ko'ra turli-tumandir.


Chinni kosacha (rasm. 16) eritmalarni bug'latishda ishlatiladi.
Chinni tigellar (rasm.17) moddalarni qattiq qizdirish uchun qo'llaniladi. Qizdirilayotgan chinni tigellar chinni trubka kiygazilgan uchburchakli simga o'rnatiladi (rasm. 18).
Chinni xovoncha (rasm.19) qattiq moddalarni maydalash uchun ishlatiladi. Ishlashdan oldin xovoncha yaxshilab yuvilishi va quritilishi kerak. Modda xovonchaning 1/3 hajmigacha solinadi (aks holda maydalanish vaqtida sochilib ketishi mumkin). Xovonchada qattiq moddani eritish kerak bo'lsa, avval qattiq modda solinadi so'ngra oz-ozdan suyuqlik quyiladi. Suyuqlikning hammasi birdaniga solinmaydi, balki, 1/3 qismini olib qolib, u bilan xovoncha va dastasining uchi yuvib tushiriladi.




Rasm.16. Chinni
kosacha

Rasm.17. Qopqoqli chinni tigel





Rasm.18. Chinni trubkali simli
uchburchak

Rasm.19. Chinni
xovoncha dastasi
bilan.

Plastmassa idishlar. Laboratoriyada polimer materiallaridan tayyorlangan idishlar ishlatiladi (polietilen, polipropilen, ftoroplast va b.). Kimyoviy barqaror bo'lishiga qaramay, ular issiqlikka chidamsizdir. Shuning uchun ular qizdirish kerak bo'lmagan hollarda ishlatiladi. Polietilendan voronkalar, yuvgichlar, tomizgichlar, flakonlar, bankalar (kimyoviy reaktivlarni tashish va saqlash uchun) tayyorlanadi.
Ish vaqtida idishlami mahkamlash uchun temir shtativlar ishlatiladi (rasm. 20). Shisha idishlar (stakanlar, kolbalar) qizdirilayotganda sinmasligi uchun asbest bilan qoplangan metall setka ustiga o'rnatiladi (rasm. 21).



Rasm.21. Asbest to’r


Rasm.20. Laboratoriya shtativi 1-panja; 2-yumshoq panja.

Iflos zarrachalar tushmasligi uchun qizdirilayotgan stakan ustini soat oynasi yoki voronka bilan (rasm.22) berkitiladi. Chinni idishlar va tigellar, shisha retorta va probirkalar setkasiz qizdirilaveradi. Qizdirish vaqtida shisha retorta va probirkalarning tagiga astalik bilan gorelkaning alangasi tekiziladi. Qisqa vaqt davomida qizdirishda probirka qo'lda yoki qisqichda alanga ustida ushlanadi (rasm. 23).

Rasm.22. Suyuqlikni qizdirish(a) va parlatish(b)



Rasm.23. Qisqich


Qattiq qizdirilganda shisha idishlarni stolning sovuq yoki nam joyiga, temir shtativga birdaniga qo'yish mumkin emas. Ammo qaynab turgan suvli yoki eritmali idishni sovuq suvga qo'yish yoki krandan tushayotgan suv ostida sovitish mumkin, lekin idish ichidagi suyuqlikka suv tushmasligi kerak. Suyuqlikniprobirkada qizdirishda faqatgina idishning tagidan yoki suyuqlikning tepasidan qizdirish mumkin emas. Chunki, birinchi holda suyuqlik sachrab ketishi, ikkinchi holda probirka sinishi mumkin. Probirkani suyuqlik bilan to'ldirilgan qismini bir tekis qizdirish kerak.



Download 8,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish