Ishning borishi. Tajriba: 7 ta probirkaga quyidagi tarkibli aralashmalardan 8 g dan olinadi:
|
Probirkalardagi moddalar miqdori, g
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
Naftalin
|
8
|
6
|
5
|
4
|
3
|
2
|
0
|
Fenol
|
0
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
8
|
Aralashmali probirkalar tiqin bilan yopiladi va shtativga o’rnatiladi. 500 ml hajmli stakanga suv quyiladi, qaynaguncha isitiladi va unga ichida moddasi bor probirkalardan biri tushiriladi. Aralashma suyuqlangandan va 1000C gacha isitilgandan so’ng probirka sochiq bilan quriguncha artiladi va havoli qobiqqa o’rnatiladi. Sekundomer bilan vaqt belgilanib olinadi va har 30 sekund davomida probirkadagi moddaning harorati qayd etib boriladi. Probirkadagi aralashma aralashtirgich yordamida to’xtovsiz aralashtirib turiladi. Qolgan probirkalar bilan ham shunday ish bajariladi. Olingan natijalar quyidagi jadvalga yoziladi.
Tajribalar
|
Probirkadagi aralashma harorati, 0C
|
O’lchashlar (0,5 min intervalida)
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
1-tajriba
|
|
|
|
|
|
|
|
2- tajriba
|
|
|
|
|
|
|
|
3- tajriba
|
|
|
|
|
|
|
|
Olingan natijalar asosida absissa o’qiga vaqtni, ordinata o’qiga aralashma haroratini qo’yib, sovish egri chizig’i tuziladi. Sovish egri chizig’ining sinishi bilan aralashma kristallanishining boshlanish harorati va evtektik aralashmaning qotish harorati, shu bilan birga har xil tarkibli evtektik aralashmaning qotish davomiyligi aniqlanadi. Natijalar jadvalga kiritiladi.
№
|
Aralashma tarkibi %
|
Kristallanishning boshlanish harorati, 0C
|
Evtektikaning qotishi
|
Naftalin
|
Fenol
|
Harorat, 0C
|
Haroratning to’xtash davomiyligi (min)
|
1
2
3
4
5
6
7
|
100,0
75,0
62,5
50,0
37,5
25,0
0
|
0
25,0
37,5
50,0
62,5
75,0
100,0
|
|
|
|
Bu jadval ma’lumotlari asosida ordinata o’qiga kristallanishning boshlanish haroratini, absissa o’qiga esa aralashma tarkibini qo’yib, naftalin-fenol sistemasining suyuqlanish diagrammasi tuziladi.
Ishning hisoboti: 1. Millimetrli qog’ozda sovish egri chizig’ini chizish.
2. Naftalin - fenol sistemasi uchun suyuqlanish diagrammasini chizish va evtektikaning qotish haroratini hamda uning tarkibini aniqlash.
Nazorat savollari
1. Aralashmalarni sovish egri chizig’ining toza(sof) moddalar sovish egri chizig’idan farqi nimada?
2. Kamfora (komponent A) va timol (komponent B) suyuq holatda o’zaro cheksiz eriydi. Quyidagi ma’lumotlardan foydalanib kamfora – timol sistemasi uchun holat diagrammasini tuzing.
A ning massa ulushi %
|
100
|
80
|
60
|
40
|
20
|
0
|
Kristallana boshlash harorati
|
170
|
100
|
20
|
35
|
45
|
50
|
Evtektikaning kristallanish harorati 200C, evtektika tarkibi esa 60% A, 40% B modda. 1800C da 10% B va 90% A komponentdan iborat sistemaga ta’rif bering. Shu sistemani 600C gacha sovitilganda nima sodir bo’ladi?
Sistemaning suyuqlanish diagrammasidan nimani aniqlash mumkin?
O’zaro cheksiz eriydigan suyuqliklardan iborat
aralashmalarni haydash
Suyuq aralashmalar komponentlari orasidagi bog’liqlik suyuqlik bilan muvozanat holatida turgan bu komponentlarning bug’ fazasidagi bog’liqligi nisbatan yaxshiroq o’rganilgan. Nisbatan uchuvchan komponentning bug’lanib borishi natijasida aralashmaning qaynash temperaturasi aralashma tarkibiga bog’liq holda ortib boraveradi.
Doimiy bosimdagi qaynash temperaturasining aralashma tarkibiga bog’liqligi “temperatura-tarkib” diagrammasi 6 – rasmda ko’rsatilgan. Bunda ordinata o’qiga temperatura qiymati, absissa o’qiga aralashma tarkibi qo’yiladi. Pastki egri chiziq suyuqliklar aralashmasi bilan qaynash temperaturasining bog’liqligi (qaynayotgan suyuqlikning egri chizig’i)ni ustki chiziq esa qaynayotgan aralashmaning bug’ tarkibini ifodalaydi. Bu egri chiziqlar linzaga o’xshash shaklni hosil qiladi, uning o’rtasi to’yingan bug’ va qaynayotgan suyuqliklar aralashmasiga mos keladi.
Berilgan temperaturaga bug’ va suyuqlik tarkibi ma’lum bo’lsa, “temperatura-tarkib» diagrammasini tuzish mumkin. A va B komponentlardan tashkil topgan aralashma (bunda B nisbatan uchuvchan) ni ko’rib chiqamiz. Diagrammadan a va b nuqtalar toza (sof) komponentlarning qaynash nuqtasini anglatadi. Nisbatan uchuvchan B komponentning qo’shilishi natijasida aralashmaning qaynash temperaturasi pasayadi ya’ni suyuqlik va bug’ tarkibidagi komponent nisbatiga bog’liq holda o’zgaradi. B komponent qanchalik uchuvchan bo’lsa, bug’ shu komponent bilan shunchalik to’yingan bo’ladi.
x nuqtada mos keluvchi boshlang’ich aralashma tarkibi uchun doimiy tashqi bosim ishtirokida suyuqlikni haydash yo’lini ko’rib chiqamiz. Aralashma qizdirilganda t1 temperaturada (suyuqlik qaynashi egri chiziqdagi d nuqta) qaynaydi; shu temperaturada bug’ tarkibi y nuqtaga (bug egri chizigidagi c nuqta) mos keladi. Ya’ni, u ko’proq uchuvchan B komponent bilan to’yingan, buning natijasida boshlang’ich aralashma kamroq uchuvchan A komponent bilan to’yinadi va aralashmaning qaynash temperaturasi ortadi (x dan x1 ga). Aralashmaning yangi tarkibiga t2 qaynash temperaturasi (suyuqlik qaynashi egri chizig’idagi d1 nuqta) to’g’ri keladi, shu temperaturadagi bug’ y1 tarkibiga (bug’ egri chizig’idagi c1 nuqta) to’g’ri keladi.
6-rasm. “Temperatura-tarkib” diagrammasi.
Suyuqlik bug’lanishi natijasida oxirgi qism asosan kam uchuvchan A komponentdan tarkib topgan bo’ladi.
Bug’ kondensatlanganda nisbatlar teskari holat sodir bo’ladi. Bunda, masalan, y1x1 tarkibidagi bug’ t2 da kondensatlanishni boshlaydi va x1 tarkibli uchuvchan B komponent bilan boyigan kondensat beradi.
Suyuqlikning hatto kam miqdori bug’langanda ham uning tarkibi o’zgargani bois, to’yingan bug’ tarkibini topish uchun boshlang’ich suyuqlikdagi bug’ni iloji boricha temperatura ko’tarilishi to’xtagan paytda, ya’ni suyuqlik qaynaganda olish kerak. Turli xil foiz tarkibli suyuqlik aralashmalarini qaynaguncha qizdirganda “birinchi bug’ ” olinadi va uning tarkibi aniqlanadi, va uning asosida “temperatura-tarkib” diagrammasini tuziladi.
7-rasm. Suyuq aralashmalarning qaynash haroratini aniqlash uchun ishlatiladigan asbob.
1-qaynatish uchun idish, 2-termometr,
3-sovutgich, 4-tiqin, 5-namunani yig’gich.
|
Ishning maqsadi. Bir-birida cheksiz eriydigan suyuqliklar aralashmasini haydash usuli bilan tanishish va olingan ma’lumotlar asosida “temperatura- tarkib” diagrammasini tuzish.
Kerakli asbob va reaktivlar:
Suyuqliklar aralashmasining qaynash temperaturasini aniqlash uchun ishlatiladigan asbob, shisha kapill-yarlar, rezina tiqinli 50 ml hajmli 3 ta kolba, rezina tiqinli 1 ml dan suyuqlik solingan 3 ta hajmi uncha katta bo’lmagan probirka, 0,1 N NaOH ning titrlangan eritmasi quyilgan byuretka, fenolftalein, CH3COOH, millimetrli qog’oz.
|
Asbobning tavsifi. Suyuqliklar aralashmasining qaynash temperaturasini aniqlashda ishlatiladigan asbob (7-rasm) qaynatish uchun idish (1), termometr (2), sovutgich (3) dan tashkil topgan.
Sovutgichning ichki nayini tiqin (4) ga shunday biriktirish kerakki, uni kerakli vaqtda rasmda ko’rsatilganidek boshqa holat (6) ga o’tkazish mumkin bo’lsin. Asbob shtativga mahkamlanadi, idish (1) ga tekshirilayotgan aralashma quyiladi va bir xil qaynashi uchun shisha kapillyarlardan solinadi. Idish (1) og’ziga tiqin bilan 120-1300C li termometr o’rnatiladi, bunda termometr uchi suyuqlikka qisman botib turishi kerak. So’ngra idish (1) sovutgich (3) bilan tutashtiriladi, undan suv o’tkaziladi va asta-sekin asbest to’r orqali suyuqlik qaynash temperaturasigacha qizdiriladi. Temperatura o’zgarishi to’xtagandan so’ng (suyuqlik qaynaydi) sovutgichni boshqa holat (6) ga o’tkaziladi va yig’gich (5) ni qo’yib, unga 1 ml distillyatdan olinadi. Shundan so’ng asbobning idishidagi qaynatish uchun olingan suyuqlik to’kiladi, shisha kapillyarlar tashlab yuboriladi, idish yaxshilab yuviladi va keyingi haydashga tayyorlangan suyuqlik bilan chayiladi.
Ushbu tajriba boshqacha tarkibli aralashmalar bilan ham bajariladi va har safar suyuqlikning qaynash temperaturasi belgilanadi. Probirkaga olingan dissillyat NaOH ning 0,1 N li eritmasi bilan titrlanadi.
Eritmalarning tayyorlanishi: 0,25; 0,50; 0,75 massa ulushida ifodalangan tarkibga to’g’ri keladigan sirka kislotaning suvdagi eritmasidan 35-40 mldan tayyorlanadi.
Ishning borishi. Tajriba. Yuqorida ko’rsatilganidek suv va sirka kislota (alohida-alohida) ning qaynash temperaturasi aniqlanadi. Olingan natijalar “temperatura-tarkib” diagrammasidagi a va b nuqtaga to’g’ri keladi. So’ngra har bir tayyorlangan aralashmadan stakanga 1 ml dan o’lchab olinadi va suyuqlik aralashmasidagi suv va kislota nisbatini aniqlash uchun NaOH eritmasi bilan titrlanadi. Shundan so’ng idish (1) ga birinchi eritma quyiladi, qaynash temperaturasi aniqlanadi, kondensat ajratib olinadi va titrlash bilan uning tarkibi aniqlanadi; shundan so’ng ikkinchi va uchinchi eritmaning qaynash temperaturasi va kondensat tarkibi aniqlanadi. Olingan ma’lumotlar jadvalga yoziladi.
Eritmalar
|
Aralashma tarkibi
|
Qaynash temperaturasi 0C
|
Distillyat (bug’) tarkibi
|
Suyuqlik A
|
Suyuqlik B
|
A
|
B
|
|
100%
|
-
|
|
|
|
|
-
|
100%
|
|
|
|
Eritma 1
|
25%
|
75%
|
|
|
|
Eritma 2
|
50%
|
50%
|
|
|
|
Eritma 3
|
75%
|
25%
|
|
|
|
Olingan ma’lumotlar asosida grafik tuziladi, bunda, absissa o’qiga suyuqlik (eritma) tarkibi va shu bilan birga distillyat (bug’) tarkibi qo’yilib “temperatura-tarkib” diagrammasi chiziladi.
Ishning hisoboti. 1. Suyuqlik aralashmalarining qaynash temperaturasini aniqlash uchun ishlatiladigan asbob rasmini chizish. 2. Olingan natijalar asosida “temperatura-tarkib” diagrammasini tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |