Ozbekiston respublikasi oliy va



Download 0,95 Mb.
bet12/54
Sana23.01.2022
Hajmi0,95 Mb.
#403845
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54
Bog'liq
Ozbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi

Nazorat savollari

  1. Neytrallanish issiqligi nima?

  2. Neytrallanish issiqligining doimiylik qonuni nima uchun faqat kuchli kislota va kuchli asoslar uchun qo’llaniladi?

  3. Dissotsiyalanish issiqligi nima?

  4. Nima uchun kalorimetr doimiyligini aniqlaganda uning barcha qismlari yig’ilgan bo’lishi kerak?

  5. Tuzning erishi yoki neytrallanish jarayonida nima uchun harorat o’zgarishini aniqlash uchun grafik chizish kerak?

  6. Kalorimetr sifatida Dyuar idishi qo’llanishiga sabab nimada?


Naftalin – fenol sistemasining termik tahlili

Termik tahlil metodi yordamida suyuqlanish, erish harorati, issiqlik sig’imi va boshqa xususiyatlarning sistema tarkibiga bog’liqligi o’rganiladi. Termik tahlil metodi asosida sistemani sovutish va isitish natijasida temperatura o’zgarishining tezligini o’rganish yotadi. Agar sovutilganda sistemada issiqlikning yutilishi yoki ajralishi o’zgarmasdan borsa, unda uning harorati asta - sekin ushbu tenglamaga bog’liq holda o’zgaradi :


t mod /  = R (t mod - tmuhit)

bu yerda tmod /  – moddaning o’rtacha sovish tezligi, t – vaqt oralig’idagi moddaning o’rtacha harorati. R – modda miqdoriga bog’liq bo’lgan issiqlik sig’imining muhit va idishning issiqlik o’tkazuvchanligiga bog’liqlik koeffitsiyenti, tmuhit – muhitning o’rtacha harorati.

Isitilgan modda va atrof muhit harorati oralig’idagi farq qancha katta bo’lsa, sistemaning sovush tezligi shuncha katta bo’ladi. Ammo isitilgan modda sovib borishi bilan uning harorati muhit haroratiga yaqinlashib boradi, shuning uchun biroz vaqt o’tishi bilan sovush tezligi pasayadi. Natijada sovish egri chizig’ining harorat o’qi bir oz egiladi. Bu egilish moddaning harorati atrof muhit haroratiga yaqinlashgan sari ortib boraveradi. Moddaning harorati va muhit harorati orasida yetarli darajada farq bo’lsa, sovish egri chizig’ini to’g’ri chiziq deb hisoblash mumkin.

4-rasm. Sovish egri chizig’i.


Agar sistema sovitilganda issiqlik ajralishi bilan boradigan o’zgarish sodir bo’lsa, unda sovish egri chizig’ida sinish hosil bo’ladi, u nuqta modda harorati pasayishining kamayishi yoki to’xtashiga to’g’ri keladi. Bunda suyuq holatdan kristall holatga aylanish tugaguncha haroratning o’zgarishi sodir bo’lmaydi. Shundan so’ng asta-sekin sovish boshlanadi.

Ayni modda yoki moddalar aralashmasining sovish egri chizig’ini tuzib, ya’ni absissa o’qiga vaqtni, ordinata o’qiga haroratni qo’yib, egri chiziqning sinish holatidan moddaning aniq tarkibli aralashmasi uchun fazoviy o’tish harorati (masalan, suyuqlanish harorati) aniqlanadi.

Komponentlari turli xil foizdan tarkib topgan bir qancha qotishmalarni tekshirish natijasida o’rganilgan aralashmalar soniga teng miqdorda egri chiziqlar to’plami olinadi.

Toza moddalar va ularning har xil tarkibli aralashmalarining suyuqlanish haroratini aniqlab, absissalar o’qiga aralashmaning suyuqlanish haroratini qo’yib, sistemaning suyuqlanish diagrammasini tuzish mumkin.

Aralashmaning sovish egri chizig’idagi sinish nuqtasining hosil bo’lishi komponentlardan biri kristallanishining boshlanishiga muvofiq keladi. Suyuq fazada boshqa komponentning konsentratsiyasini evtektik aralashma (eng past kristallanish haroratiga ega bo’lgan komponentlar aralashmasi) olingunga qadar uzluksiz oshirib boradi. So’ngra bir vaqtning o’zida hamma komponentlarning kristallanishi boshlanadi. Agar darhol evtektik konsentratsiyali komponentlar aralashmasi olinsa, unda u sof moddaniki kabi o’sha tipdagi sovish egri chizig’iga ega bo’ladi(5-rasm):

5-rasm. Naftalin-fenol sistemasining suyuqlanish diagrammasi.


Ishning maqsadi: 1. Naftalinning fenol bilan aralashmasi misolida termik tahlil metodi bilan tanishish. 2. Har xil tarkibli aralashmalar uchun sovish egri chizig’ini tuzish. 3. Naftalin-fenol aralashmasining suyuqlanish diagrammasini tuzish.

Kerakli asbob va reaktivlar: 1000C shkalali termometr va simli aralashtirgichlar kiritilgan tiqinli 7 ta probirka, havo sovitgich sifatida ishlatish uchun katta probirka shtativi bilan, 10 ml hajmli stakan, gaz gorelkasi, uch oyoq, asbest to’r, analitik tarozi, sekundomer, sochiq; naftalin-C10H8 va fenol-C6H5OH.

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish