Nazorat savollari
Neytrallanish issiqligi nima?
Neytrallanish issiqligining doimiylik qonuni nima uchun faqat kuchli kislota va kuchli asoslar uchun qo’llaniladi?
Dissotsiyalanish issiqligi nima?
Nima uchun kalorimetr doimiyligini aniqlaganda uning barcha qismlari yig’ilgan bo’lishi kerak?
Tuzning erishi yoki neytrallanish jarayonida nima uchun harorat o’zgarishini aniqlash uchun grafik chizish kerak?
Kalorimetr sifatida Dyuar idishi qo’llanishiga sabab nimada?
Naftalin – fenol sistemasining termik tahlili
Termik tahlil metodi yordamida suyuqlanish, erish harorati, issiqlik sig’imi va boshqa xususiyatlarning sistema tarkibiga bog’liqligi o’rganiladi. Termik tahlil metodi asosida sistemani sovutish va isitish natijasida temperatura o’zgarishining tezligini o’rganish yotadi. Agar sovutilganda sistemada issiqlikning yutilishi yoki ajralishi o’zgarmasdan borsa, unda uning harorati asta - sekin ushbu tenglamaga bog’liq holda o’zgaradi :
t mod / = R (t mod - tmuhit)
bu yerda tmod / – moddaning o’rtacha sovish tezligi, t – vaqt oralig’idagi moddaning o’rtacha harorati. R – modda miqdoriga bog’liq bo’lgan issiqlik sig’imining muhit va idishning issiqlik o’tkazuvchanligiga bog’liqlik koeffitsiyenti, tmuhit – muhitning o’rtacha harorati.
Isitilgan modda va atrof muhit harorati oralig’idagi farq qancha katta bo’lsa, sistemaning sovush tezligi shuncha katta bo’ladi. Ammo isitilgan modda sovib borishi bilan uning harorati muhit haroratiga yaqinlashib boradi, shuning uchun biroz vaqt o’tishi bilan sovush tezligi pasayadi. Natijada sovish egri chizig’ining harorat o’qi bir oz egiladi. Bu egilish moddaning harorati atrof muhit haroratiga yaqinlashgan sari ortib boraveradi. Moddaning harorati va muhit harorati orasida yetarli darajada farq bo’lsa, sovish egri chizig’ini to’g’ri chiziq deb hisoblash mumkin.
4-rasm. Sovish egri chizig’i.
Agar sistema sovitilganda issiqlik ajralishi bilan boradigan o’zgarish sodir bo’lsa, unda sovish egri chizig’ida sinish hosil bo’ladi, u nuqta modda harorati pasayishining kamayishi yoki to’xtashiga to’g’ri keladi. Bunda suyuq holatdan kristall holatga aylanish tugaguncha haroratning o’zgarishi sodir bo’lmaydi. Shundan so’ng asta-sekin sovish boshlanadi.
Ayni modda yoki moddalar aralashmasining sovish egri chizig’ini tuzib, ya’ni absissa o’qiga vaqtni, ordinata o’qiga haroratni qo’yib, egri chiziqning sinish holatidan moddaning aniq tarkibli aralashmasi uchun fazoviy o’tish harorati (masalan, suyuqlanish harorati) aniqlanadi.
Komponentlari turli xil foizdan tarkib topgan bir qancha qotishmalarni tekshirish natijasida o’rganilgan aralashmalar soniga teng miqdorda egri chiziqlar to’plami olinadi.
Toza moddalar va ularning har xil tarkibli aralashmalarining suyuqlanish haroratini aniqlab, absissalar o’qiga aralashmaning suyuqlanish haroratini qo’yib, sistemaning suyuqlanish diagrammasini tuzish mumkin.
Aralashmaning sovish egri chizig’idagi sinish nuqtasining hosil bo’lishi komponentlardan biri kristallanishining boshlanishiga muvofiq keladi. Suyuq fazada boshqa komponentning konsentratsiyasini evtektik aralashma (eng past kristallanish haroratiga ega bo’lgan komponentlar aralashmasi) olingunga qadar uzluksiz oshirib boradi. So’ngra bir vaqtning o’zida hamma komponentlarning kristallanishi boshlanadi. Agar darhol evtektik konsentratsiyali komponentlar aralashmasi olinsa, unda u sof moddaniki kabi o’sha tipdagi sovish egri chizig’iga ega bo’ladi(5-rasm):
5-rasm. Naftalin-fenol sistemasining suyuqlanish diagrammasi.
Ishning maqsadi: 1. Naftalinning fenol bilan aralashmasi misolida termik tahlil metodi bilan tanishish. 2. Har xil tarkibli aralashmalar uchun sovish egri chizig’ini tuzish. 3. Naftalin-fenol aralashmasining suyuqlanish diagrammasini tuzish.
Kerakli asbob va reaktivlar: 1000C shkalali termometr va simli aralashtirgichlar kiritilgan tiqinli 7 ta probirka, havo sovitgich sifatida ishlatish uchun katta probirka shtativi bilan, 10 ml hajmli stakan, gaz gorelkasi, uch oyoq, asbest to’r, analitik tarozi, sekundomer, sochiq; naftalin-C10H8 va fenol-C6H5OH.
Do'stlaringiz bilan baham: |