Ozbekiston respublikasi oliy va



Download 0,95 Mb.
bet15/54
Sana23.01.2022
Hajmi0,95 Mb.
#403845
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54
Bog'liq
Ozbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi

Elektr o’tkazuvchanlik – elektr tokining qarshiligiga teskari kattalikdir. O’tkazgichning elektr tokiga qarshiligi quyidagi formula bilan ifodalanadi:

bunda R – elektr tokining qarshiligi, Om;  - solishtirma qarshilik; l – o’tkazgich uzunligi, sm; S – o’tkazgichning yuzasi, sm2.

Elektr o’tkazuvchanlikni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:

L = (S/l) (1)

bunda L–elektr o’tkazuvchanlik, Om-1; =1/ – solishtirma elektr o’tkazuvchanlik, Om-1sm-1.

Solishtirma elektr o’tkazuvchanlik deb, bir-biridan 1 sm uzoqlikda joylashgan, yuzasi 1 sm2 bo’lgan elektrodlar orasiga joylashtirilgan 1 ml eritmaning elektr o’tkazuvchanligiga aytiladi.

Ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik deb, 1 g-ekv erigan modda saqlagan eritma hajmi sig’adigan bir-biridan 1 sm masofada joylashgan elektrodlar orasidagi eritmaning elektr o’tkazuvchanligiga aytiladi.

Bundan kelib chiqadiki, berilgan 1 g-ekv erigan modda tutgan eritmaning millilitrlar soniga ko’paytirilgan solishtirma elektr o’tkazuvchanligi ekvivalent elektr o’tkazuvchanlikka tengdir, ya’ni, ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik solishtirma elektr o’tkazuvchanlikdan V marta katta bo’ladi:

= (1000) / c = 100V (2)

bunda – eritmaning ekvivalent elektr o’tkazuvchanligi, Om-1sm2;  - solishtirma elektr o’tkazuvchanlik; c – 1 l eritmadagi moddaning g-ekv soni; V – 1 g-ekv modda erigan hajm.

Eritmalarning ekvivalent elektr o’tkazuvchanligi ularni suyultirganda kuchayadi. Chunki elektrodlar orasidagi elektrolit miqdori doimiy qoladi (g-ekv), suyultirilganda hosil bo’ladigan ionlar soni esa ortadi, bunda barcha ionlar elektrodlar orasida elektr tokini o’tkazishda qatnashadi. Demak, berilgan elektrolit eritmasi elektr o’tkazuvchanligining suyultirilganda ortishi elektrolitik dissotsilanish darajasining ortishi bilan aniqlanadi va shu bilan birga suyultirib borish natijasida dissotsilanish maksimum darajaga yetadi, so’ngra doimiy bo’lib qoladi. Elektr o’tkazuvchanlikning bu xususiyati cheksiz suyultirilgandagi elektr o’tkazuvchanlik deb ataladi va  bilan ifodalanadi. Elektr o’tkazuvchanlikni o’rganish shuni ko’rsatdiki, agar turli elektrolitlarning eritmalari cheksiz suyultirilsa, dissotsilanish darajasi 1 ga teng bo’ladi, lekin ular har xil ekvivalent elektr o’tkazuvchanlikni namoyon qiladi. Buni turli elektrolitlar ionlarining har xil tezlik bilan haraktlanishi bilan tushuntirish mumkin. Demak, elektrolit eritmasining cheksiz suyultirilgandagi elektr o’tkazuvchanligi ionlarning harakatchanliklari yig’indisiga teng.

Eritmaning ekvivalent elektr o’kazuvchanligini va ionlarning harakatchanligini aniqlab, dissotsilanish darajasini quyidagi formula asosida hisoblab topish mumkin:

 =  /  (3)



Kuchsiz elektrolitning dissotsilanish darajasi ekvivalent elektr o’tkazuvchalikning cheksiz suyultirilgandagi elektr o’tkazuvchanligiga bo’lgan nisbatiga teng.

Kuchsiz elektrolitlar eritmalarida dissotsilanmagan molekulalar, shuningdek, qisman dissotsilanish natijasida hosil bo’lgan kationlar va anionlar mavjud. Ular orasida eritmada dinamik (harakatdagi) muvozanat vujudga keladi. Berilgan temperaturada elektrolit umumiy konsentratsiyasi doimiy kattalik – elektrolitik dissotsilanish konstantasi bilan xarakterlanadi va uni massalar ta’siri qonuni asosida hisoblab topish mumkin.

Ikkita ionga dissotsilanadigan molekulalar uchun

K = cK cA / cAK

bunda K–elektrolitik dissotsilanish konstantasi; cK – kationlar konsentratsiyasi; cAanionlar konsentratsiyasi; cAK – umumiy molekulalar konsentratsiyasi.

Agar V xajm eritmadagi elektrolit konsentratsiyasini c ga teng deb olsak, unda

cK =cA = c =  / V

bu yerda  - elektrolitik dissotsilanish darajasi; V - hajm.

Elektrolitning konsentratsiyasi quyidagiga teng bo’ladi:

cAK = (1-) c = (1-) / V

Bundan shunga ko’ra c=1/V bo’lsa,

(4) kelib chiqadi.

Agar (4) formuladagi  ning o’rniga (3) tenglamadagi qiymatni qo’ysak, unda quyidagi ifoda hosil bo’ladi:



(5)

8 – rasm. Uotson ko’prigi sxemasi. 1– tok manbai, 2– galvanometr, R1, R2, R3 va R4 – qarshiliklar.



9 – rasm. Elektrolit eritmasi elektr o’tkazuvchanligini o’lchash qurilmasining sxemasi. 1-elektrolitik yacheyka, 2-qarshiliklar magazini, 3-akkumulyator, 4-kalit, 5-harakatlanuvchi kontakt, 6-telefon, 7-induksion g’altak, AC-reoxord, BD-ko’prik.



Shunga ko’ra, elektrolit eritmasining dissotsilanish konstantasini umumiy konsentratsiya bilan eritma elektr o’tkazuvchanligini o’lchash natijalari asosida hisoblash mumkin.

Elektr o’tkazuvchanlik – elektr tokining qarshiligiga teskari kattalik bo’lganligi uchun uni o’lchashda qandaydir qarshilikdagi elektr toki bilan berilgan eritmaning qarshiligi taqqoslanadi. Buning uchun 8-rasmda sxemasi ko’rsatilgan Uotston ko’prigi ishlatiladi.

Manba (1) dan chiqqan elektr toki R1, R2, R3, R4 bilan belgilangan qarshiliklar tomonga tarqaladi. Zanjirning tarmoqlanishi qonuniga binoan

bo’lganda, BD ko’prikda tok bo’lmaydi va galvanometr strelkasi nolda to’xtaydi. Agar R2 ma’lum bo’lsa, unda R1 kattaligini topsa bo’ladi:



ya’ni R3 va R4 ning absolyut qiymati ma’lum bo’lmasa ham, ular orasidagi nisbatni bilish kerak.




Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish