Ozbekiston respublikasi oliy va



Download 0,95 Mb.
bet18/54
Sana23.01.2022
Hajmi0,95 Mb.
#403845
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54
Bog'liq
Ozbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi

Nazorat savollari

  1. Nima uchun zanjirga induksion g’altak kiritiladi?

  2. Idish doimiysi deganda nima tushuniladi va u qanday aniqlanadi?

  3. Eritma suyultirilganda solishtirma elektr o’tkazuvchanlik qanday o’zgaradi?

  4. Eritma suyultirilganda ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik qanday o’zgaradi?

  5. Eritma suyultirilganda elektrolitik dissotsilanish konstantasi o’zgaradimi?


Qiyin eriydigan moddalarning eruvchanligini elektr o’tkazuvchanlik usulini qo’llash yordamida aniqlash

Erishi qiyin bo’lgan moddalarning eruvchanligini ularning elektr o’tkazuvchanligini bilgan holda hisoblash mumkin. Ma’lumki, ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik  solishtirma elektr o’tkazuvchanlik bilan bog’liq:

λ = 1000  / c (1)



bu yerda c – konsentratsiya, 1 l eritmada tekshirilayotgan moddaning ekvivalentlardagi eruvchanligi.

Qiyin eriydigan moddaning to’yingan eritmasi odatda yetarlicha suyultirilganligi sababli uning cheksiz suyultirilgandagi ekvivalent elektr o’tkazuvchanligi λ elektr o’tkazuvchanlik kattaligidan unchalik farq qilmaydi. Bu kattalikni alohida ionlarning harakatchanliklari yig’indisidan hisoblab topish mumkin:

λ = lK + lA (2)



Bu erda lK va lA kation va anionlarning harakatchanligi, ya’ni ionlarning absolyut tezligiga proporsional bo’lgan kattaliklar:

l = F

Agar to’yingan eritmaning dissotsilanish darajasi –  1 dan katta farq qilsa, u holda uning ekvivalent elektr o’tkazuvchanligi cheksiz suyultirilgandagi elektr o’tkazuvchanlikdan quyidagi formula yordamida topiladi:

λ = (lK + lA) (3)

(1) va (3) tenglamalarning birlikdagi echimi 1 l eritmadagi moddaning g-ekv da ifodalangan eruvchanligini topish formulasini beradi:



(4)

Ba’zan eruvchanlik S bilan belgilanib, 100 g yoki 1000 g erituvchidagi modda gramm miqdorini ifodalaydi:



(5)

Bu yerda E – moddaning g-ekv massasi.

Shunday qilib, alohida ionlarning harakatchanligini bilgan holda va moddaning dissotsilanish darajasini hamda to’yingan eritmaning solishtirma elektr o’tkazuvchanligini tajribada aniqlagan holda (4) va (5) formulalardan qiyin eriydigan moddaning eruvchanligini hisoblab topish mumkin.

Ma’lumki, eng toza ya’ni, gazlardan tozalangan suv ham 180C da H+ va OH- ionlariga kuchsiz dissotsilanganda 4,41*10-6 Om-1sm-1 ga yaqin solishtirma elektr o’tkazuvchanlikka ega bo’ladi.

Odatdagi distillangan suv tarkibida ammiak, organik moddalar va boshqa aralashmalar mavjudligi sababli u 2*10-6 Om-1sm-1 ga teng bo’lgan elektr o’tkazuvchanlikka ega bo’ladi. Shuning uchun (4) va (5) tenglamalardagi solishtirma elektr o’tkazuvchanlik tekshirilayotgan moddaning to’yingan eritmasining solishtirma elektr o’tkazuvchanligi bilan qo’llanayotgan suvning solishtirma elektr o’tkazuvchanligi orasidagi farq sifatida aniqlanadi:

= eritma - suv

Qiyin eriydigan moddaning eruvchanligi aniqlanayotganda suvning elektr o’tkazuvchanligini ham hisobga olish kerak bo’ladi, aks holda nisbiy xatolik juda katta bo’lib ketadi. Masalan, kumush xloridning eruvchanligini aniqlashda 250C haroratda uning to’yingan eritmalari solishtirma elektr o’tkazuvchanligi 3,46*10-6 Om-1sm-1, qo’llangan suvning solishtirma elektr o’tkazuvchanligi esa 1,6*10-6 Om-1sm-1 ga tengligi kelib chiqdi, o’z-o’zidan tuzning elektr o’tkazuvchanligi bor yo’g’i 1,86*10-6 Om-1sm-1 ga tengligi ma’lum bo’ladi.

Kumush xloridning to’yingan eritmasining ekvivalent elektr o’tkazuvchanligi cheksiz suyultirilgandagi ekvivalent elektr o’tkazuvchanligiga teng deb faraz qilsak, (5) formuladan aniqlanadigan AgCl ning eruvchanligi suvning elektr o’tkazuvchanligini hisobga olmaganda kelib chiqadigan 1 litrga 4,14*10-3 g emas balki 2,23*10-3 g/l ga teng bo’ladi:



Ishning_maqsadi'>Ishning maqsadi: Qiyin eruvchan tuz eritmasi (gips) ning elektr o’tkazuvchanligini o’lchash va uning eruvchanligini aniqlash.

Kerakli asbob va reaktivlar: elektr o’tkazuvchanlikni aniqlash uchun qo’llaniladigan qurilma, suvli termostat, CaSO4 ning to’yingan eritmasi, 200 ml li 2 ta konussimon kolbalar, voronka, filtr qog’oz.

Ishning borishi: Tajriba. Kalsiy sulfatning eruvchanligini aniqlash.

Eritmaning elektr o’tkazuvchanligini o’lchaydigan qurilma yig’iladi va 0,02 N KCl eritmasi yordamida idish doimiysi “elektrolit eritmalarning elektr o’tkazuvchanligini aniqlash” misolida ko’rsatilgan usulda aniqlanadi. Keyin qo’llanilayotgan suvning elektr o’tkazuvchanligini aniqlashga o’tiladi. Buning uchun toza yuvilgan idishini distillangan suv bilan bir necha marta chayiladi.

Distillangan suvli idishni termostatga o’rnatiladi, termostatning harorati 25 oC da saqlab turiladi. 10-15 minutdan so’ng, ya’ni suv termostat harorati bilan bir xil bo’lgach, suvning qarshiligi aniqlanadi. Suvning elektr o’tkazuvchanligi kichik bo’lganligi sababli eng katta qarshiliklarni tanlashga va o’z-o’zidan kichik tok kuchi bilan ishlashga to’g’ri keladi. Tok kuchi kichik bo’lganda, bu holda tovush minimumi joylashishini aniqlash qiyin, ya’ni tovushning yo’qolishi anchagina keng intervalda kuzatiladi. Buni aniqlash uchun idish elektrodlari yangidan platina bilan qoplangan bo’lishi, idishdan chiqqan simlar kesishmasligi kerak. Reoxordda suvning qarshiligini hisoblash uchun chiziqning o’rtasidagi tovush yo’qoladigan qism olinadi. Buning uchun tovush yo’qolgan va paydo bo’lgan lahzalarda reoxorddagi harakatchan kontaktning holatini aniqlash kerak bo’ladi. Uning izlangan holati bu sohaning markazida bo’lishi kerak.

Qarshilik aniqlangach idishdagi suv almashtiriladi va o’lchash takrorlanadi. Agar olingan natijalar 5-10 % aniqlik chegaralariga mos kelsa, ularning qiymatlaridan foydalanib, suvning elektr o’tkazuvchanligini hisoblash mumkin.

So’ng gipsning 25 oC da to’yintirilgan eritmasining eruvchanligini aniqlashga kirishiladi. Eritma quyidagicha tayyorlanadi: ancha oson eriydigan aralashmalarni yo’qotish uchun kalsiy sulfatni kolbada bir necha marta dekantatsiyalab yuviladi. Yuvish uchun albatta yangi distillangan suvdan foydalanish shart. Olingan eritma chayqaladi va loyqa, lekin cho’kmasiz eritmaning ozgina ulushi idishga solinib qarshiligi o’lchanadi.

Shuni unutmaslik kerakki, o’lchashdan oldin eritmada berilgan vaqtda mos muvozanat o’rnatilishi uchun termostatda 15-20 minut oralig’ida tutib turilishi kerak. Kolbada qolgan cho’kmali eritma (cho’kmani qoldirib, yani dekantatsiyalab) to’kiladi, toza suv quyiladi va termostatga qo’yiladi. Birinchi eritmaning qarshiligi o’lchangandan so’ng uni idishdagi cho’kma bilan birgalikda to’kib tashlanadi, uning o’rniga esa termostatda turgan kolbadagi loyqa eritmaning yangi ulushi quyiladi.

Gips eritmasining qarshiligini aniqlash cho’kmani yuvish gips eritmasining elektr o’tkazuvchanligini o’zgartirmagunga qadar takrorlanadi. Tekshirilayotgan eritmaning solishtirma elektr o’tkazuvchanligini hisoblashning oxirgi natijasidan keyin (5) formuladan tuzning eruvchanligi topiladi. Ionlar harakatchanligi qiymatlari ma’lumotnomadan olinadi. To’yingan kalsiy sulfat eritmasi va boshqa ko’pgina sulfatlarning to’yingan eritmalari uchun dissotsilanish darajasi 0,5 ga teng deb olinishi mumkin.

Nazorat savollari

1. Modda eruvchanligini ifodalarining qanday usullari qo’llanadi?

2. Eruvchanlik harorat ta’sirida qanday o’zgaradi?

3. Tozalangan, distillangan va oddiy vodoprovod suvlarining elektr o’tkazuvchanligi nimaga asoslangan?

4. Nima uchun aniq natija olishda aniqlashdan oldin CaSO4 suv bilan yuviladi?

5. Nima uchun idishga loyqa eritma quyiladi?


Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish