Birinchi qonun: Elektrodda ajraladigan moddaning miqdori elektrolitdan o’tgan elektr toki miqdori – Q ga to’g’ri proporsional bo’ladi.
Ikkinchi qonun: Turli xil moddalarning eritmalaridan bir xil miqdorda elektr toki o’tkazilsa, elektrodlarda ajralgan moddalarning miqdori ularning kimyoviy ekvivalentlariga mos bo’ladi.
Elektr toki miqdori-Q vaqtning elektrolit eritmasidan o’tgan tok kuchi bilan ko’paytmasiga teng:
Q = I . t
Bu yerda Q – elektr miqdori, Kl; I – tok kuchi, A; t – vaqt, sek.
Elektrolitdan o’tgan elektr miqdorining har bir kuloniga ajralayotgan moddaning aniq miqdori to’g’ri keladi.
Faradey qonunlarini aniq qonunlar tarkibiga kirganligi uchun, elektroliz mohiyati asosida tok kuchini o’lchash va shu kuchning amaliy birligi – amperni aniqlash metodi yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |