SO’Z BOSHI
Respublikamizda amalga oshirilayotgan ta’lim – tarbiya sohasidagi islohotlar o’qitish jarayoni samaradorligini oshirish va uni yanada yaxshilashga qaratilgan bo’lib, talabalarni kerakli darslik, o’quv hamda uslubiy qo’llanmalar bilan ta’minlash shu muammolar yechimini topishning asosiy bosqichi hisoblanadi.
Ma’lumki, kimyo yo’nalishlari uchun nazariy bilimlarni mustahkamlash, olingan bilimlarning asosi sifatida laboratoriya mashg’ulotlari muhim o’ringa ega. Fizikaviy kimyo fanidan ayni kunda laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish ko’pchilik hollarda moddiy-texnik jihatdan ancha qiyinchilik tug’diradi. Usbu uslubiy qo’lanmada organik va fizkolloid kimyo kafedrasining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda laboratoriya ishlarini bajarilishi uchun uslubiy ko’rsatmalar berilgan. Har bir laboratoriya ishini bajarishdan oldin talabalarga bilimlarini yanada chuqurlashtirishga yordam beradigan nazariy ma’lumotlar berilgan. Ish oxirida hisobotni yozish va nazorat savollari keltirilgan.
Uslubiy qo’llanmani ko’rib chiqib, o’z fikrlarini bildirgan organik va fizkolloid kimyo kafedrasi professor o’qituvchilari: kafedra mudiri, prof. B.B. Umarov va katta o’qituvchi B.X. Ibotovlarga mualliflar minnatdorchilik bildiradi. Uslubiy qo’llanma borasidagi barcha taklif va mulohazalar mamnuniyat bilan qabul qilinadi.
Mualliflar
Erigan moddaning molekulyar massasi va elektrolitning dissotsilanish darajasini eritmaning muzlash haroratidan foydalanib aniqlash (Krioskopiya)
A. Mol massani aniqlash.
Ma’lumki, eritmalar odatda toza erituvchining muzlash haroratiga nisbatan pastroq haroratda muzlaydi, bunda eritmaning muzlash harorati uning konsentratsiyasi va erituvchining tabiatiga bog’liq bo’ladi.
Suyultirilgan noelektrolitlar eritmalari uchun bu bog’liqlik quyidagi tenglama bilan ifodalanadi :
t0 – t1 = t = K * C (1)
bu yerda t0- erituvchining muzlash harorati, t1- eritmaning muzlash harorati, t-eritma muzlash haroratining pasayishi, K - proporsionallik koeffitsiyenti, C - 1000 g erituvchidagi erigan moddaning mol miqdori, molyal konsentratsiya.
K - koeffitsiyent har bir erituvchi uchun doimiy kattalik hisoblanadi va u krioskopik (grekcha «krios»- muz) doimiylik yoki muzlash haroratining molyar pasayishi deb ataladi. Krioskopik doimiylikning qiymati 1000 g erituvchida erigan moddaning miqdori 1 mol bo’lganda, t ga teng.
Quyida ba’zi erituvchilarning krioskopik doimiyligi keltirilgan:
Benzol…………………………….5,1
Suv………………………………1,86
Sirka kislota………………………3,6
Naftalin…………………………...6,9
|
Nitrobenzol…………………………6,9
Fenol………………………………...7,3
Kamfora………………………………40
Dioksan……………………………….4,7
|
Erituvchi muzlash haroratining molekulyar pasayishi Km faqat uning kimyoviy tabiatiga bog’liq va eritma konsentratsiyasi hamda eritilgan moddaning kimyoviy tarkibiga bog’liq emas. Shunga ko’ra, har bir erituvchi uchun muzlash harorati molekulyar pasayishining doimiyligi yoki krioskopik doimiylik o’ziga xos bo’ladi. «Muzlash haroratining molekulyar pasayishi» tushunchasi bilan «erituvchining muzlash haroratiga» nisbatan kuzatilayotgan eritmaning muzlash haroratining pasayishi tushunchalarini aralashtirish mumkin emas.
Eritmaning muzlash harorati kattaligi bo’yicha erigan moddaning molyar massasini hisoblab topishda erigan modda konsentratsiyasi 1000 g erituvchiga nisbatan olinadi.
Agar G g erituvchida m g modda eritilgan bo’lsa, unda :
(2) bo’ladi.
Bu yerda, M - erigan moddaning molekulyar massasi. Bu ifodani (1) formulaga qo’ysak, quyidagi tenglama kelib chiqadi:
bundan (3) bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |