Tajriba: Ish A tajribadagidek olib boriladi, ammo biroz farq qiladi. Bunda sovituvchi stakan (1) o’rniga vazelin moyi solingan tubi yumaloq kolba (yuqori haroratda qaynovchi boshqa rangsiz suyuqlik ham ishlatish mumkin) olinadi. Bekman termometri o’rniga esa probirkaga 0,1-0,2 0C bo’linmali 2000C li oddiy termometr kiritiladi.
Probirka (6) ga 2,5-3 g (3-xonagacha aniqlikda o’lchanadi) kamfora solinadi. Vazelin moyini asta-sekin isitib kamfora suyuqlantiriladi, aralashtirgich bilan aralashtirib turib, haroratni kuzatib boriladi. Haroratning maksimum ko’tarilishi erituvchining kristallanish haroratiga to’g’ri keladi.
So’ngra o’qituvchidan tekshirilayotgan moddadan oz miqdorda olinadi. Olingan modda A tajribadagidek probirka (6) ga solinadi va eritiladi, eritmaning qotish harorati aniqlanadi. Olingan natijalar jadvalga yoziladi. Formula (3) bo’yicha moddaning molyar massasi hisoblab topiladi.
C. Elektrolitik dissotsilanish darajasini aniqlash
Agar eritilgan modda elektrolit bo’lsa, unda eritmadagi zarrachalar soni modda molekulalari soniga teng bo’lmay, balki molekulalarning ionlarga parchalanishi natijasida molekulalar soniga nisbatan ko’p bo’ladi. Shunga ko’ra, eritmada zarrachalarning umumiy konsentratsiyasi ortadi, bunda t ham o’zgaradi, (3) formula bo’yicha hisoblanadigan molyar massa kattaligi moddaning haqiqiy molyar massasiga to’g’ri kelmaydi. Bundan ya’ni (3) formula bilan faqat molekulalari eritilganda ionlarga parchanmaydigan, ya’ni noelektrolit moddaning haqiqiy mol massasini hisoblab topish mumkinligi kelib chiqadi.
Elektrolit eritmalaridagi molyar massani krioskopik metod bilan aniqlash haqiqiy molyar massani emas, balki undan kichik kattalik M1 aniqlashga olib keladi. Agar eritmada n molekula elektrolit bo’lsa va uning elektrolitik dissosilanish darajasi ga teng bo’lsa, unda ionlarga parchalangan molekulalar soni (n . ), bo’ladi, dissotsilanmagan molekulalar soni esa quyidagicha:
n – n = n (1 – ) (4)
Agar har bir molekula 2 ta ionga parchalansa, barcha zarrachalar soni (molekula va ionlar):
n(1-) +2n = n(1+) bo’ladi.
Erigan modaning umumiy massasi aniq bo’lganligi uchun, hosil bo’lgan n ning haqiqiy molyar massa M ga ko’paytmasi (1+)n ning taxminiy molyar massa M1 bilan ko’paytmasiga teng bo’lishi kerak:
nM = (1+)n M1 n ni qisqartirib, qavslar ochilsa: M = M1 + M1 (5) olinadi.
Bundan = (M – M1) / M1 (6) hosil bo’ladi.
Bu formula bo’yicha elektrolitning dissosiyalanish darajasini aniqlab topish mumkin.
Ishning maqsadi. Elektrolitning elektrolitik dissotsilanish darajasini aniqlash.
Ishning borishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |