№
|
Anorganik modda sinflari
|
Oddiy modda
|
Oksid
|
Asos
|
Kislota
|
Tuz
|
1.
|
Eritmasi qo’lga sovundek ta’sir qiladi.Fenolftalein bu eritmani pushti raga kiritadi.
|
|
|
|
|
|
2.
|
Tirik organizmlar va o’simliklar nafas oladigan gaz.
|
|
|
|
|
|
3.
|
Eritmasi nordon ta’mli bo’lib, lakmus qog’ozini qiziqtiradi.
|
|
|
|
|
|
4.
|
Ishqoriy va ishqoriy – yer metallarining suv bilan reaksiyasi mahsulotlari
|
|
|
|
|
|
5.
|
Nafas chiqarganda hosil bo’ladigan gaz va uning suvda erish mahsuloti
|
|
|
|
|
|
6.
|
Sanoatda natriy va kaliy gidroksidlarini olishda ishlatiladigan modda
|
|
|
|
|
|
7.
|
Temir va uning zanglashidan hosil bo’ladigan modda
|
|
|
|
|
|
№
|
Anorganik moddalarning sinflari
|
Asosli oksid
|
Kislotali oksid
|
Amfoter oksid
|
Indefe-rent oksid
|
Me-tall
|
Me-talmas
|
1.
|
1 –guruh asosiy guruhcha elementlari va ularning oksidlari
|
|
|
|
|
|
|
2.
|
7-guruh asosiy guruhcha elementlari va ularning oksidlari
|
|
|
|
|
|
|
3.
|
Ammiakning katalitik oksidlanish mahsuloti
|
|
|
|
|
|
|
4.
|
Sanoatda qaytaruvchi sifatida ishlatiladigan oksid
|
|
|
|
|
|
|
5.
|
2-davr 2-guruh elementi va uning oksidi
|
|
|
|
|
|
|
6.
|
Xrom va margenesning yuqori oksidlari
|
|
|
|
|
|
|
7.
|
Temirning quyi oksidi
|
|
|
|
|
|
|
8.
|
Temir,margenes va xromning oraliq oksidlari
|
|
|
|
|
|
|
9.
|
Suvda eriganda eritma muhiti ishqoriy bo’ladi
|
|
|
|
|
|
|
№
|
T u z l a r
|
O’rta tuz
|
Nordon tuz
|
Asosli tuz
|
Qo’sh tuz
|
Kompleks tuz
|
1.
|
Kaliy gidroksid va fosfat kislota reaksiyasida hosil bo’ladigan
|
|
|
|
|
|
2.
|
Kalsiy karbonat suv uglerod(IV) oksidi reaksiyasida hosil bo’ladi
|
|
|
|
|
|
3.
|
Temir (III) sulfat va natriy gidroksid reaksiyasida hosil bo’ladi
|
|
|
|
|
|
4.
|
Mis (II) gidroksid va sulfat kislota reaksiyasi da hosil bo’ladi
|
|
|
|
|
|
5.
|
Kaliy va alyuminiy sulfatlarning o’zaro reaksiyasida hosil bo’ladi
|
|
|
|
|
|
6.
|
Ohakli suvga uglerod (IV) oksidi ta’siridan hosil bo’ladi
|
|
|
|
|
|
7.
|
Temir (III) xlorid va natriy gidroksid reaksiyasida hosil bo’ladi
|
|
|
|
|
|
8.
|
Mis (I) sulfatga ammiak ta’siridan hosil bo’ladi
|
|
|
|
|
|
Mustaqil ta’lim
Quyida keltirilgan nomlardan fizik jismlarning va kimyoviy moddalarning nomlarini ikkita ustunga alohida-alohida yozing: koptok, oltin, plastmassa, mix, mis, stakan, rezina, bo’r.
Quyidagilardan: a) shishadan; b) alyuminiydan; v) rezinadan; g) po’latdan tayyorlangan buyumlarga misollar keltiring.
Agar osh tuzi bilan shakar hovonchaga solib alohida – alohida qoyilsa, ikkala modda tashqi ko’rinishidan bir – biriga juda o’xshash bo’ladi. Ularni qanday xossalariga ko’ra bir–biridan farqlash mumkin? (Moddalarni totib ko’rish yaramaydi!)
Po’lat, choyan va temirni qanday xossalariga ko’ra bir – biridan farqlash mumkin? Ulardan qanday buyumlar tayyorlanadi?
Osh tuzi, ichimlik soda va tish poroshogi qaysi jihatdan o’xshash va xossalari bir – biridan qanday farq qiladi?
Quyida ko’rsatilgan moddalar orasida kimyoviy toza (individual) moddalar bormi: a) namdan va changdan tozalangan havo;
b) filtrlangan daryo suvi; v)gazli suv? Javobingizni izohlab bering.
Quyida ko’rsatilgan moddalardan qaysilari aralashmalar, qaysilari esa toza moddalar: a) granit; b) shakar; v) osh tuzi; g) distillangan suv?
Kukun qilib tuyilgan quyidagi aralashmalarni qanday qilib tarkibiy qismlarga ajratish mumkin: a) bo’r va osh tuzi; b) qum, shakar va ko’mir?
Uchta moddaning: mis qirindilari, qipiq va temir qirindisidan iborat aralashmani tarkibiy qismlarga ajratish rejasini tuzing.
5 g biror kukun qaynayotgan suvning kichik hajmida eritildi. Sovitilganda eritmadan 3 g kristall tushdi. Ular fitrlab olindi va yana shuncha hajmdagi qaynayotgan suvda eritildi; shundan keyin sovitilganda 2,9 g kristall tushdi. Dastlabki kukun toza modda bo’lganmi yoki aralashmami?
20 sm3 vodorod bilan 10 sm3 toza kislorodni aralashmasi portlatilganda 3 sm3 hajmda gaz qoldig’i qoldi. Vodorod toza bo’lganmi? Javobingizni izohlang.
Tarkibida oltingugurt, temir kuporosi, mis (II) oksidi va temir qi-rindilari bor sun’iy aralashmadan individual moddalarni qanday ajratib olish mumkin? Javobingizni izohlab bering.
Ham atom, ham molekula deb atash mumkin bo’lgan zarrachalarga misollar keltiring. Bu hollarda “molekula” degan tushuncha bilan “atom” degan tushuncha bir – biriga nima uchun mos keladi?
Tabiatda qaysi elementlar ko’proq ma’lum: metallarmi yoki metalmaslarmi? 109 ta elementdan taxminan qanchasi metallar va qanchasi metalmaslarga kiradi?
Metalni metalmasdan qaysi alomatlariga va xossalariga ko’ra farqlash mumkin? Ular orasida keskin chegara (farq) bormi?
Ma’lumotnomalarda 100 g tuxum sarig’ida 8,6 mg temir bo’ladi deyilgan. Bu yerda “temir” deganda oddiy moddani tushunish kerakmi yoki kimyoviy elementnimi?
Simob (II) oksid murakkab modda ekanligini qanday isbotlash mumkin? U qaysi elementlarning atomlaridan tarkib topgan?
Qaysi jumlada oddiy modda sifatidagi kislorod haqida gap boradi: a) baliq suv tarkibidagi kislorod bilan nafas oladi; b) kislorod ko’pchilik minerallar tarkibiga kiradi?
Tarkibida kislorod bo’lishiga qaramay, qaynagan suvda baliq nima uchun nafas ololmaydi?
Quyidagi modalardan qaysilari oddiy va qaysilari murakkab: tuz, suv, bo’r, oltingugurt, shakar, grafit, malaxit?
Bo’r qizdirilganda so’ndirilmagan ohak bilan karbonat angidridga ajraladi. Bo’r qanday kimyoviy elementlardan tarkib topgan?
Bir modda kislorodda yondirilganda karbonat angidrid, azot va zuv hosil bo’ladi. Bu shu modda tarkibida qanday kimyoviy elementlar borligidan dalolat beradi?
Bitta oddiy moddadan boshqa oddiy modda hosil qilish mumkinmi? Yangi modda hosil bo’lganligining isboti sifatida qanday misollar keltirish mumkin?
Quyidagi ko’rsatilgan moddalardan qaysilari oddiy va qaysilari murakkab moddalar: apatit, olmos, soda, kvars, ohak, temir, uran, kislorod, benzol, marmar, yoqut, parafin, polietilen.
Bitta murakkab moddadan sifat va miqdoriy tarkibi xuddi shunday boshqa murakkab hosil qilish mumkinmi?
Alkimyogarlar o’rta asrlarda bitta elementni boshqa elementga, masalan, misni oltinga, simobni esa kumushga aylantirish uchun behuda uringan edilar. Bitta kimyoviy elementning boshqa kimyoviy elementga aylanishini bilasizmi?
Quyidagilarning qaysi birining massasi katta: a) uglerod atominikimi yoki suv molekulasinikimil; b) suv molekulasinikimi yoki magniy ato- minikimi; v) yod atominikimi yoki kislorod molekulasinikimi?
Azot molekulasining massasi krypton atomining massasidan necha marta kichik?
Argon atomining massasi vodorod molekulasi massasidan necha marta katta?
Do'stlaringiz bilan baham: |