Prof. K.K.Yudaxin tasnifida o‘zbek shevalari tasnifining ikki varianti tavsiya qilinadi: 1-variantda o‘zbek shevalarining tojik tili bilan munosabati va singormonizmni saqlash darajasiga qarab to‘rt guruhga ajratgan. Keyinchalik (2-variantda) u shevalarning o‘ziga xos xususiyatlari bilan yaxshi tanishib oldingi tasnifiga aniqlik kiritib, o‘zbek shevalarini beshta guruhga bo‘ldi:
1.Toshkent guruhi.
2.Farg‘ona guruhi.
3. Qipchoq (-j) guruhi.
4. Xiva (Xiva - o‘g‘uz) guruhi.
5. Shimoliy o‘zbek shevalari guruh.
Prof. Ye.D.Polivanov tasnifida o‘zbek tili sheva va dialektlari orasidagi eng mayda farqlarni ham ko‘rsatuvchi klassifikatsiyani berdi. U tildagi ikki holatni ko‘zda tutdi: 1. Metisatsiya (qardosh tillar chatishuvi) –turkiy tillarning o‘zaro munosabati.
2. Gibridizatsiya (turli sistemadagi qardosh bo‘lmagan tillarning chatishuvi) – tojik tilining o‘zbek shevalariga ta’siri.
Olim o‘zbek shevalarida tojik tilining ta’siri hisobga olib, o‘zbek shevalarini: eronlashmagan va eronlashgan shevalar, deb bo‘ldi. Toshkent, Qo‘-qon-Marg‘ilon, Andijon-Shahrixon tipidagi shevalarda eronlashish elemen-ti mavjudligini qayd qilgan. Buxoro, Samarqand, Xo‘jand, O‘ratepa tipi-dagi bir qancha shevalarni maksimal darajada eronlashgan, ya’ni tojik tili vokalizmini o‘zida to‘la aks ettirgan shevalar deb hisoblaydi. Eronlash-magan shevalarga Farg‘onaning singarmonizmli qishloq shevalarini (Saroy, Andijon, Yo‘lguzar) va o‘zbek-qipchoq (dj-lovchi) lahjasidagi shevalarni kiritadi.
E.D.Polivanov tasnifi shevalarga quyidagi ikki holatning ta’sirini ko‘rsatgan:
1. Metisatsiya (qardosh tillarning o‘zaro ta’siri).
2. Gibridizatsiya (qardosh bo‘lmagan tillarning o‘zaro ta’siri).
Maksimal eronlashgan shevalar: Samarqand va Buxoro shevalari.
Eron elementlari mavjud: Toshkent, Marg‘ilon, Andijon shevalari.
Eronlashmagan shevalar: Farg‘onaning singarmonizmli qipchoq lahjasi oiddir.
Yuqoridagilar asosida prof. Ye.D. Polivanov o‘zbek shevalarini uchta dialektga bo‘lib o‘rgangan:
1-dialekt: Eronlashgan shevalar: 7 ta shevalar tipiga bo‘lingan:
1-tip.Samarqand-Buxoro shevalari.
2-tip. Toshkent shevalari.
3-tip. Qo‘qon-Marg‘ilon shevalari.
4-tip. Andijon-Shahrixon shevalari.
5-tip. Uyg‘urlashgan shevalar (Namangan, Chortoq).
6-tip. Shimoliy o‘zbek shahar shevalari.
7-tip. Shimoliy o‘zbek qishloq shevalari.
2-dialekt: O‘g‘uz lahjasi 2 ta shevalar tipiga ajratilgan.
1-tip: Janubiy Xorazm (Xiva, Urganch, Shovot, Hazorasp, Xonqa, Sho‘raxon).
2-tip: Shimoliy o‘g‘uz gruppa shevalari: (Iqon-Qorabuloq, Forishdagi ---> Bog‘dod)
3-dialekt: Qipchoq lahjasi 5 ta shevalar tipiga bo‘lingan: 1-tip: O‘rta Xorazm (Gurlan, Bog‘ot, Shavvoz) va shimoliy Xorazm (Qipchoq, Qo‘ng‘irot) Mang‘it).
2-tip: כ -lovchi (Qozoq-nayman, Farg‘ona-qaraqalpoq) shevalari.
3-tip: Qurama shevalari: Ohangaron vodiysi.
4-tip: Shimoliy o‘zbek shevalari.
5-tip. O‘rta o‘zbek shevasiga qirq shevasi, janubiy o‘zbek shevasi, laqiy shevasi, Afg‘onistondagi qipchoq o‘zbek shevalari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |