Shevalarimizning mamlakatimiz hududida joylashishi
jihatdan tasnifi
Professor I.I.Zarubin, prof. K.K.Yudaxin, prof. G‘ozi Olim, prof. A.K.Borovkov, prof. V.V.Reshetovlar tomonidan shevalarimizni tasnif qilish bo‘yicha olib borilgan ishlarni shevalarimizning mamlakatimiz hududida joylashishi jihatdan tasnifiga misol qilib aytish mumkin.
Prof. I.I.Zarubin tasnifi quyidagilardan iborat. U o‘zbek shevalarini to‘rtta shevalar guruhiga bo‘lgan:
1. Xiva guruhi.
2.Farg‘ona guruhi.
3.Toshkent guruhi.
4.Samarqand-Buxoro guruhi.
Prof. I.I. Zarubinning bu tasnifida qipchoq (-j lovchi) va shimoliy o‘zbek shevalari hisobga olinmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |