FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR..............................................................59
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Milliy mustaqillikka erishish davri yutuqlarimiz bilan birga о‘zbek adabiyoti, xususan, о‘zbek nasrida sezilarli siljishlar kо‘zga tashlandi.
Chunki prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Adabiyot – sо‘z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi haqiqat va adolat jarchisi bо‘lib keladi. Xususan, Mustaqillik yillarida yurtimizda ma’naviyatimizning g‘oyat muhim va uzviy qismi bо‘lgan adabiyotni rivojlantirish, shoir va yozuvchilarimizning ezgu mehnatini qadrlash va munosib rag‘batlantirish.... borasida kо‘plab savobli ishlar amalga oshirildi”1.
Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek betakror uslub yо‘lidan borayotgan yozuvchilar asarlarini tahlil va talqin qilish adabiyotimiz, adabiyotshunosligimiz ufqlarida yangi-yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Erkin A’zamov, Asad Dilmurod, Xurshid Dо‘stmuhammad, Nazar Eshonqul, Shoyim Bо‘tayev va N.Norqobilov kabi adiblarimizning ijodi bunga misol bо‘la oladi. Adabiy tanqidchilikda ularning asarlari xususida turli xil ijobiy fikrlar bildirilayapti, anjumanlarda bahs –munozaralarga sabab bо‘layapti.
Haqiqatan yuqorida nomlari zikr etilgan ijodkorlar orasidan Shoyim Bo’tayev va Normurod Norqobilovlarning asarlarini tahlilu tadqiq etish bugungi adabiyotshunoslikning asosiy masalalaridan.
О‘zbek qissa va hikoyachiligida milliylik va bosh qahramon yaratish muammosi munozaralidir.
Biz mazkur bitiruv malakaviy ishimizda qissa va hikoya janrida milliylik va bosh qahramon masalasini Shoyim Bo’tayev va N.Norqobilov asarlari misolida tadqiq qilishga urindik. Bu esa mavzumizning о‘ziga xos dolzarbligini belgilaydi.
Bitiruv malakaviy ishning obyekti. Shoyim Bo’tayev “Hayot” T. Sharq 2000 y., N.Norqobilov “Hikoyalar” T. Sharq 2008. hamda ikkala adibning nasriy asarlarini tadqiqiga big‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarni ishimizga obyekt qilib oldik.
Tadqiqotning metodi. Tadqiqotda tarixiy, qiyosiy tipologik tahlil metodiga ta’nildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. О‘zbek adabiyotshunosligida hikoya janri keng о‘rganilgan uni biz yuqorida qayd etib о‘tdik. Ammo ijodkorlar Shoyim Bo’tayev hamda Normurod Norqobilovlarning qissa va hikoyalari misolida, ulardagi milliylik hamda bosh qahramon muammolari yetarlicha tadqiq etilmagan. Biz mazkur muammoni baholi qudrat tahlil qilishga urindik. Bu esa ishimizning о‘ziga xos yangiligini kо‘rsatadi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Mazkur bitiruv –malakaviy ishdan maktab, litsey, kollejning adabiyot о‘qituvchilari ijodkorlarning hayoti va ijodini tahlil qilishda, ma’ruzalar va referatlar, Oliy ta’limda esa talabalar kurs ishlari yozishda bemalol foydalanishlari mumkin.
Muammoning о‘rganilganlik darajasi. О‘zbek adabiyotshunosligida hikoya janri tadqiqiga bag‘ishlangan alohida monografik plandagi ilmiy tadqiqot ishlari mavjud. Shuningdek SH.Bo’tayev va N.Norqobilovlarning badiiy mahoratini yoritishga bag‘ishlangan ayrim ilmiy maqola va kuzatishlar mavjud.
Ular ijodini O.Sharafiddinov, U.Normatov, Z.Pardayeva, H.Karimov, N.Rahimjonovlar о‘z tadqiqotlarida tadqiq etishgan.
Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishimizda Shoyim Bo’tayev va Normurod Norqobilovlarning qissa va hikoyalarida milliylik va bosh qahramon muammosini tahlilu tadqiq etishni maqsad qilib oldik va ilmiy ishimizga quyidagicha vazifalarni belgilab oldik.
- Shoyim Butayev qissalarining badiiy xususiyatlarini tahlil qilish.
- Mazkur qissalardagi qahramonlar va muhit tasvirini berishdagi milliylikka e’tiborimizni qaratish.
- Qissalardagi xarakter va ruhiyat tasvirini tadqiq etish.
- Normurod Norqobilov hikoyalarining badiiy xususiyatlarini о‘rganish.
- Adib hikoyalaridagi bosh qahramon masalasini tahlil etish.
- Normurod Norqobilov hikoyalaridagi bosh obraz va muhit tasvirini о‘rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |