O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta


Bitiruv malakaviy ishning hajmi



Download 343,5 Kb.
bet4/9
Sana31.07.2021
Hajmi343,5 Kb.
#133319
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qissa va hikoya janrida mi

Bitiruv malakaviy ishning hajmi. Bitiruv malakaviy ish kirish, xulosadan tashqari ikki bob, tо‘rt fasldan iborat bo’lib, foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati ham ilova qilinadi. Ishning hajmi ellik olti bet.

I-BOB. SHOYIM BО‘TAYEV QISSALARINING BADIIYATI

I.1. Shoyim Bо‘tayev qissalarida milliylik

XX asr oxirlab borayotgan mahalida biz yashab turgan dunyomiz tinimsiz evrilishlar, yangilanishlarni boshidan kechirmoqda. Insoniyat ming yillar mobaynida kо‘rmagan hodisalarni sanoqli kunlar ichida boshdan kechirib qо‘yayotganday; tabiiy ofatlar, ruhiy tanazzullar qarshisida esankirab qolayotganday tuyulmoqda. Ilohiyotga taaluqli sо‘z timsolidagi adabiyot abadiyat manzillari tomon intilar ekan, bizga kо‘rib turganimizdan tashqari yana boshqa olamlar haqida ham xabar bermoqda. Ana shu mujdalar dunyomiz dardlariga, yaralariga, zahmlariga malham desak, mubolag‘a bо‘lmaydi.

XX asr о‘zbek nasri о‘z boshidan kо‘plab voqealarni о‘tkazdi. U hamon shakllanish, о‘sish jarayonida hisoblanadi.

Bugungi nasrimizning yorqin vakillaridan biri, ajoyib san’atkor adib Shoyim Bо‘tayev hisoblanadi.

Bugungi kun о‘zbek nasridagi uslub aniqroq tasavvur etish uchun betakror uslub yо‘lidan borayotgan yozuvchilar asarlarini tahlil-talqin qilish adabiyotimiz, adabiyotshunosligimiz ufqlarida yangi-yangi imkoniyatlar ochadi.

Shoyim Bо‘tayev о‘zining ajoyib uslubiga, betakror tiliga ega bо‘lgan yozuvchi ekanligini bugungi kunda uning kitobxonlari, muxlislari tan olishadi, bugungi kun о‘zbek adabiy tanqidchilari esa adib asarlari tо‘g‘risida kо‘plab ijobiy fikrlarni bildirishmoqda. Kо‘plab ijodiy davralarda bahs-munozaralarga sabab bо‘lmoqda. Bu – bekorga emas albatta.

О‘ziga xos yozuvchi, hozirgi о‘zbek prozasini yalovbardorlaridan biri Shoyim Bо‘tayev Tojikiston respublikasi Xо‘jand viloyatining О‘ra-tepa tumanidagi Chorbog‘ qishlog‘ida tavallud topgan.

Chorbog‘ qirlari orasidagi Kо‘chkina, Mong‘it, Bolg‘ali, Mujun, Itorchi, Ovchi singari sо‘lim qishloqlarning biri bо‘lib, unda turkiy va о‘zbek urug‘lariga mansub elatlar yashaydi. Bu yerlarining kishilari dexqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadilar. Ushbu sohalar esa albatta turkiy xalqlarning milliy, о‘ziga xos yashash tarziga sezilarli ta’sir etmay qolmaydi. Turkiston tizma tog‘lar etaklariga sochilib ketib yashovchi xalqlarning tili lahjalari-yu shevasi rangin boy, urf-odatlari, an’analari qadimiy hisoblanadi. Tog‘ havosi-yu suvidan baxramand bо‘lgan kishilar tabiatday totli, qaysar, chо‘rtkesar, adolat tuyg‘usi kuchli bо‘ladi. Shoyim Bо‘tayev xuddi shunday muhitda о‘sib tarbiyalangan insondir. Shoyim Bо‘tayev о‘zbek adabiy xaritasini yangi jо‘g‘rofiy hudud betakror, adabiy aholi evaziga boyitdi. Adibning aksariyat asarda tog‘ etaklari qiyaliklaridagi qishloklar tasvirini beradi. Kitobxon buloqlardan chiqayotgan suvni kо‘rayotganday, dov-daraxtlar ostida xordiq chiqarayotganday, qishloq kо‘chalariga xos betakror va kitobxonni olis bolalik chog‘lariga chorlovchi hislarni taqdim etadi. Shoyim Bо‘tayevning о‘nlab hikoyalari «Kun botardagi bog‘» , «Shamol о‘yini», «Eski arava», «Muyulishdagi uy», «SHо‘radan qolgan odamlar» kabi qissalari, «Kо‘rg‘onlangan oy» romani о‘z kitobxonlariga yetib borgan. Adibning kichik yoki katta hajmli asarlarining barchasida ham kо‘p betakror obrazlar, tabiat tasvirlari, xalqning yashash tarzi, urf-odatlari bilan birgalikda о‘zbeklarga, turkiy xalqlarga xos milliy ruh, milliy his-tuyg‘ular, milliy sо‘zlashuv shevalarining yorqin uchkunlari yaqqol о‘z aksini topgan desak xato bо‘lmas.

Har bir ijodkor adabiyotga о‘z mavzusi, qahramonlari, betakror «tili» bilan kirib keladi. Shoyim Bо‘tayev qahramonlari betakror kо‘rinishga, ruhiy xolatga, о‘z tiliga, о‘z milliyligiga ega. Yozuvchi qissalarida bir-biriga о‘xshash kishilar uchraydi. “Shamol о‘yini” qissasida Zokir bulbul ismli oshiq haqida gapiriladi. «Kо‘rg‘onlangan oy» romanida ham Zokir baxshi obrazi yaratiladi. «Shamol о‘yini» qissasidagi momouloq tanavvul qilayotgan kampirlar «Kunbotardagi bog‘» qissasidagi Ulg‘ay momo tanish-bilishlari teng tо‘shlariga о‘xshab ketadi. Bu obrazlar tasviri, ruhiy xolati, tili, harakatlari tasviri shunday beriladiki, undan о‘zbeklarga xos xususiyat turkiy xalqlardagi milliy shaxsiyatni sezmaslikni iloji yo’q. Shoyim Bо‘tayev qishloq kishilariga xos hususiyatlarni topib-topib kо‘rsatadi. Masalan, о‘zbek borki, laqab tо‘qishni yaxshi kо‘radi. Laqablar kasbga, nasabga, fe’l- xо‘yga, tashqi kо‘rinishga kо‘ra tо‘qiladi. Aytish lozim adib ayni shu о‘rinlarda ham millatga tegishli, milliy rux beradigan sо‘zlarn qaxramonlarni ismlariga joylashga urinadi. Zokir baxshi, Tilak mirishkor, Jondachi amaki, Nu’mon qirtish, Ergash kalta, Nabi muallim, Raxim indamas, Vali qassob, Mutal jarchi, Sunnat о‘g‘ri, Dakan oqsaqol… singari bir qancha obrazlar kitobxon yodidan chuqur о‘rin oladi.

Yozuvchi asarlaridagi yakrov, gumsiyo, payxova, toyinot, tavonibi, shoyon nopisand, gulzun- donak, ufunat, nargiyo, koshoy, chalpakpazon, charxin tovoq, horiquloda hodisa, kalolot, obdast olmoq, xobi xotir, qо‘lontayoq, qamg‘oq singari sо‘zlari uchraydiki, ular aynan turkiy xalqlar tilidagi, shevalaridagi о‘ziga xoslikni ifodalab, asar ruxiyatini ochishda ahamiyatli о‘rin egallaydi va bu kitobxon diqqatini о‘ziga tortadi.

Badiiy asarni anglashning kashtiroviy mohiyatini bilishdadir. «Shamol о‘yini» qissasida roviy masalasi jiddiy qо‘yiladi ya’ni, u voqealarni tasvirlaydi, qaxramonlar qilmishlarini faoliyatini talqini orqali о‘zligi, xalqqa xos bо‘lgan milliy ruxiyat silsilalarini inkor etish masaalalarini berib boradi. Lekin u na qaxramonlar hatti- harakati, na voqealar mohiyatini baxolamaydi. Sinchkov kitobxon tasvir, fikrlar ifodasidagi asar g‘oyasini yozuvchi konsepsiyasini bilishi, anglab olishi qiyin kechmaydi. Shoyim Bо‘tayev asarlaridagi raviy kesatiq, pichinga usta. U shо‘ro davridagi rasmiy, siyoqqa munosabatlarni о‘rniga qо‘yib tasvirlaydi. Bir о‘rinda “bо‘yniga bо‘yinbog‘ bog‘langan xiradmand” ning qilmish qidirmishlari bо‘yinbog‘ga nisbatan tasvir etiladi. “Shamol о‘yini” qissasi roviy rais, Berkinboy, Yoshiuzoq haqida gapirar ekan, bulbulgо‘yo bо‘lib ketadi, labi-labiga tegmaydi, tesha tegmagan kesatik, pichinglarga zо‘r beradiki, bundan kо‘zlangan maqsad yolg‘on munosabatlar, tо‘ralarcha munosabat ajoyibotlari orqali shо‘ro davridagi chetdan kirib kelib о‘zbeklarni о‘zligi, millat e’tiqodi, shaxsiyatiga salbiy ta’sir kо‘rsatishi va yoshlarning tarbiyasida milliy an’analardan kо‘ra yosh xalq urf-odatlarini ta’sirini oshib borishini ochib beradi.

Xalq milliy ruhiyatini avvalo uning imon- e’tiqodi namoyon bо‘ladi. Shoyim Bо‘tayev asarlari asosiy g‘oyasi ham qayerdaki imonli, diyonatli kishilar yashar ekan, о‘sha yerda qut-baraka, fayz bо‘ladi.

“Shamol о‘yini” qissasi milliylik ruxi о‘zgacha tasvirlarda berilgani bilan ham axamiyatli. Qissada keltirilgan momouloq urf-odati yoki о‘zbek xalqiga xos el xashari udumi buning bir namunasidir. Momouloqni tashkil qilish, о‘tkazish, qishloq kampirlarini sо‘zlari, qishloqdagi voqealarga о‘zlaricha fikr bildirishlari barcha barchasidagi tasvirlarda milliy ruxiyat seziladi. Yoxud Berkinboyni qora tortib kelgan Yoshiuzoq uchun xalq qishloq ahlini el xashari uyushtirib uchun qurib bergan uylari, bu jarayonda elni kishilari tutgan yul, kо‘rsatgan mehr -muruvvat, oliy ximmatliklari butunlay о‘ziga xos xalk shaxsiyati, millat ruxiyatidagi xususiyatdir. El xashari urf- odatlar ichida о‘zbeklarning bir-biriga bо‘lgan qishloq kishilari hamjixatligi, saxovatpeshaligi singari xislatlarni yaqqol namunalardan biri.

Qissadagi udumlardan yana biri elni yillar davomida odat tusiga aylantirib о‘z turmushlarida qо‘llab kelayotgan jarayon miroblarning xalk dexkonchiligi, ekinlari, bog‘lariga tog‘ buloqlaridan yig‘ilib keladigan suvlari taxsimlab yetkazib berishidir. El katta kichgina mirob bо‘lgan kishiga ehtiromi, ishonchi, xurmati kabi munosabatlar barchasi hech qachon milliy ruxiyat silsilasidan xoli bо‘lmaydi. Yozuvchi bu о‘rinlarda ayni shu tasvirlarni ajoyib tarzda bera olgan. Shoyib Bо‘tayev tepaliklar hayotini, urf-odatlarini tasvirlarkan, dastlab ularning ajdodlari hakida, elning udumlarini kelib chiqishi, bugungi kundagi kishilarni ajdodlar xotirasiga xurmati va jamiyat hayotidagi yuz berayotgan о‘zgarishlarga qaramay el shaxsiyati, soddaligi, muruvvatli, saxovatpeshaligi inson degan zotga nisbatan yuksak xurmati kabi о‘ziga xos xislatlar betakror chizgilarda beriladi. Adib tasvirlarni о‘ziga xos tarzda yaratadiki, kitobxon voqelar tizgini orqali bir olis tog‘lik xalk yashovchi qishloq muhitini jamiyat hayotida yuz berayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy о‘zgarishlardan ma’lum darajada о‘zgarishi, xalqining hayot, tarzidagi munosabatlarda yangi davr jarayonining ta’sirini anglab boradi. Bu yozuvchini davrga shu bilan birga tarixga, ajdodlarning bosib о‘tgan kechagi kuniga nazar tashlab mantiqiy xulosa chiqarishga undaydi. «Shamol о‘yini» qissasida tepaliklar hayotidagi yuz bergan voqealar asli, xalq millatining о‘zligigi, milliyligiga, о‘ziga xos shaxsiyatiga xech qanday ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy bosim, taxdid butunlayin ta’sir kо‘rsata olmaydi, degan xulosaga kelishga sabab bо‘ladi. Chunki har qanday tashqi ta’sir, о‘zgarishlar xuddi shamol bir esib о‘tguvchi el kabi о‘tkinchidir. Agar millat shaxsiyati zamini mustaxkam bо‘lmasa hech bir tashqi ta’sir kuchlarisiz ham xalk hayotida tanazzul yuz berishi aniq. Kechagi о‘tmishidagi xotiralar, ajdodlar merosi mavjud ekan el milliy ruxi о‘lmaydi. Bu qat’iy xulosaga Shoyim Bо‘tayev qissalarini о‘qigan har bir kitobxon qо‘shila oladi. Negaki, qissalaridagi elga ta’sir kо‘rsatib о‘zgarishlarga ma’lum darajada sabab bо‘luvchi shaxslar, obrazlar, voqealar asar yakunida yana yо‘qlik tomon boradi. Voqealar yakunida о‘sha asliga, nasliga mos el kishilari о‘zligi, milliyligi zaminida qoladi.

«Shamol о‘yini»dagi el turmush tarziga ta’sir о‘tkazmoqchi bо‘lgan obrazlar ham gо‘yo о‘tguvchi bir shamol kabi yana yо‘qlikka, mavxumot alamiga yuz tutdi. Bir ramziy ma’nodagi «Shamol о‘yini» bо‘lgani ayondir.

Yozuvchilik iste’dodi deyilganda faqat yozaverish, hayotni odamlarni bilishinigina tushunilmaydi. Har bir yozuvchi asar yaratish uchun kо‘p о‘qiydi, ustoz san’atkorlar yaratgan badiiy boyliklarni uzluksiz о‘zlashtiradi. Badiyat olamining о‘ziga xosliklarini, yetakchi yо‘nalishlarini, mumtoz maktablarini anglab yetgan о‘lmas san’atkorlar ijodini mukammal о‘rgangan odamgina ijod qilishi, kishilar yodida qoladigan asarlar yaratishi mumkin.

Shoyim Bо‘tayev asarlarini о‘qir ekanmiz yozuvchi rus mumtoz adabiyotini chuqur bilishni, jahon adabiyotidan yaxshigina xabardor ekanligini his qilish mushkul emas.

Yozuvchi «Shukur Burxon» badiasida Sofokolning «Shox Edip» fojeasi haqida fikr bildiradi. A.Chexov, Saltikoa Shcherdin asarlarini о‘qib lо‘nda, ixcham jumlalarni berish orqali bunday jumlalarga mantiqiy fikr, g‘oyalarni yuksalishni ham о‘zlashtirgandir. Xususan Shoyim Bо‘tayevning Gogol ijodiga bо‘lgan alohida xurmati «Eski arava» qissasida kо‘zga yaqqol tashlanadi. Aytaylik, asarning asosiy qaxramoni Povel Ivanovich Chichikov- «О‘lik jonlar asaridagi ustasi farang, ilonning yog‘ini yalagan odam. «Eski arava»ga Chichikov о‘z malayi Selifan, otboqari Petrushka, oldi-sotdi masalalari bо‘yicha muloqatga kirishgan Sobakevich, Monilov, Plyushkin, Koshkarevlar bilan birga kirib keladi. Bu aytilganlar shunchaki obraz bо‘lib qolmay, о‘zga bir millat vakillaridir. Ular rus xalqi vakili sifatida namoyon bо‘ladi. Ularni xatti- harakati, sо‘zlashi, fikrlari bizga bir о‘zga millat vakilini albatta о‘sha davrdagi kishisini tasvirini kо‘z oldimizga keltiradi.

«Eski arava» qissasi unchalik kata bо‘lmagan asar bо‘lib, bu qissada yozuvchi о‘zbeklar yurtiga kirib kelgan yangi tuzim siyosati va bu orqali jamiyatdagi о‘zgarishlarga yashirin u qadar ochiq bо‘lmagan tarzda munosabatda bо‘ladi. Asarda yaqqol burtib chiqqan tasvirlar kishilarning о‘zidan yuqori amaldagilarga yoki chetdan kelgan vakillarga bqlgan laganbordarligi tajallilanadi. Qissada hech bir о‘rinda о‘zbek xalqi, millati urf-odati, kishilar sajiasi xaqida bir sо‘z ham aytilmaydi. Unda bu asarda millat timsoli berilmaganmi, degan fikr tug‘iladi. Asli bunday fikr tо‘g‘ri bо‘lmaydi.Sababiki, har bir yozuvchi о‘z asari zamiriga millat, xalqining о‘zligini poydevor qoya etib qо‘ygan bо‘ladi. Faqat buni ba’zan yashirin tarzda beradi. «Eski arava»dagi yashirinlik ham ana shunday. Bu asarda voqealar tushunarsizdek kо‘rinadi. Ammo yaxshiroq о‘ylab kо‘rilsa, qissada aytilmoqchi bо‘lgan masala shuki, el shaxsiyatiga (chet) boshqa davlatdan kelgan kishilarning ta’siri salbiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun xalqning ichidagi о‘z amalini suiste’mol qiluvchi mansabparast kishilarni avvalo, el-yurt kishilari nomidan ish kо‘rishini oldini olish zarur.

Shoyim Bо‘tayev Chichikov ma’naviy olamini yaxshiroq о‘rgangan bu shaxs obrazni yaratishda namoyon bо‘lgan. Bu obraz ta’rifini shunday keltiradi. «… Povel Ivanovich san’atga uncha muncha ishtiyoqi bо‘lsada, she’riyatni kо‘rarga kо‘zi yо‘q edi. Buni sababi shoirlarni dunyodagi eng bemaza odamlar deb bilar edi. Shoirlarda tayin bо‘lmaydi. Masalan, Pushkin degan bir arab imperatorlarning о‘zlari bilan olishishdan ham toymaydigan kimsa, Chichikov haqida ham Gogolmi, Mogolmi deganlarga allaqanday bо‘lmag‘ur gaplarni gaplarni gapirib yurganmish. Gapirsa gapiraversin, Chechikovning sovuniga xali kir yuvmabdi. Garchi u eski aravada yursada , uzoqqa ketadi. Chechikovning bu eski aravasining g‘ildiragi qaysi puchmoqqa yetmasin, uni hurmatu extirom bilan qarshi olishaveradi.» Bunday tasvir ushbu obrazni va u orqali xalq ichida mavjud bо‘lgan xuddi shunday kishilarni bir timsolini kо‘rsatadi.

-“Pavel Ivanovich Chechikov chuqur о‘y-hayollar og‘ushida edi. U goh gubernatorning dil tortar qizini, goh bojxonadagi serdaromat xizmatini eslab, entikib xо‘rsinar, dam uf tortib, qovog‘ini uyardi. Aytmoqchi, egnida tutgan aralash alangalanib turuvchi navarin movutidan tikilgan fraki bо‘lib, soch-pochi ham ancha о‘rniga tushgan, yuzi semiribmi-shishibmi oqargan chamasi, me’mordan kо‘rsatma kelib, uning buzilgan jism binosida quruvchilar qayta qurishni boshlab yuborishgandi. Pavel Ivanovich anchayin о‘ziga kelib qolgan, ammo hammon uylanmagandi. Vatani va vatandoshlarini о‘ylaganda esa, о‘zidan zuriyot qolmagani alam qilardi.”

Qissada aytilishicha, Chichikov va uning hamroxlari О‘zbekiston degan yurtga borishi kerak bо‘ladi. Aslida bu kimsalar ushbu yurt, xalq haqida hech bir tasavvurga ega emas. Faqat u yerga chaqirishgani uchun borishi lozim. U о‘zini doimgi kо‘makdoshi «eski arava»da yо‘lga chiqadi. Shu о‘rinda yozuvchi N.V.Gogol asaridagi mana bu nasrdagi nazmni kitobxon xukmiga havola qiladi:

«Ey, uzoq, olis yо‘l!»

Sen kishini teran о‘y- hayollarga toldiruvchi nimarsalar bordir; olis-olis manzil- maromlarga yetaklarkansan, yо‘lovchi о‘zining yuragi qatlamlariga ham bir kо‘r nazar tashlaydi va chuqur- chuqur xо‘rsinadi.

Buning sababi nimada ekanligini bilarmikansiz, ey, olis yо‘l! «Buning sababi shundaki, yо‘lda kelayotgan kimarsa umr ham xuddi shunday shitobu shaxd-la bosib о‘tilgach, hammasi abadiyat ka’riga chо‘kib ketishini yaxshi anglaydi»

Shoyim Bо‘tayev mashhur “О‘lik jonlar”ni chuqur anglab yetadi yohud Gogol boshning mazasidan huzur qiladi. Ma’lumki, 80-yillarning о‘rtalarida О‘zbekistonni boshqargan ba’zi rahbarlar xalq g‘ururini oyoq osti qildilar uzoq , sovuq о‘lkalardan о‘zbeklarni boshqarish uchun rahbar kadrlar chaqirdilar. Qip-qizil uttaham Chichikov uyoqda tursin, uning xizmatkori, piyanista Selifan, otboqari Petrushka ham О‘zbekistonga ketmoqchi bо‘lishadi.

“- Iloji qancha, Povel Ivanovich...- xoda yutganday tik turgani sayin Selifanning kayfi boshiga о‘rmalab chikib boraveradi, axiyri dosh berolmaydi, kо‘zlari suzilib, “shilq” etib tushdi, shundayam aytayotgan gapini yо‘qotmadi- chaqirshayapti...”

Xullas, О‘zbekistonga Selifonu Petrushkani ham, Sobakevichu Manilov ham,Koshkarev, Plyushkin ham Chechikov ham kelib koladi. Xо‘sh, bu kishilar о‘zbeklarga qaysi hislati bilan о‘rnak bо‘ladi. Aslida bu kimsalar ma’naviy qashshok, fikr- tuyg‘ulari о‘ta mantiqsiz, hayotdan yashashdanmaqsadi nima ekanligini bilmaydigan shaxslardir. Bu obrazlarni kelishi bir oddiy tarzda bо‘lsa-da, biroq bu tasvirlar bizga yaqin о‘tmishdagi tarixiy voqealarni eslatadi. YA’ni rus xalqi vakillari hukumat doiralari о‘zbeklar yurtiga kirib kelishi, о‘zigi xos ma’naviy tanazzul yо‘liga boshlab elning hayotiga о‘tkazgan tahdid, bosim dinniy va siyosiy zulm singari harakatlarni amalga oshirgani jarayonlari misol bо‘ladi. Shoyim Bо‘tayev beburd mexmonlaru tо‘pori mezbonlar haqidagi qissasida yaqin hayotimizdagi fojeaviy hodisalarni jonlantiradi. Yozuvchi tasvir ta’rifini о‘qiyotgan kitobxon faqatgina rus vakillarini О‘zbekistonga kelishi va bu yerda kutib olgan mezbonlardan Nishonboy Hurzamonovich obrazlarini kо‘radi. Bu epizodlar hech biri ortiqcha bо‘rtirish yoki kamsitib tasvirlardan holi о‘sha davr sharoitidagi kishilardek harakatga keltiriladi. Buning о‘ziga xos tomoni bu kishilar xoli о‘z insoniy ma’naviy olami, о‘z shaxsiyati asosi, о‘z meniga ega bо‘lmay turib el ustidan ish yuritishni istashadi.

-“Sirasini aytganda, Nishonboy Hurzamonovichning ham sarimsoq piyozga bunchalik hushi yо‘q edi. Lekin u aksariyat og‘a-birodarlarining bu sassiq piyozni xush kо‘rib yeyishlarni bilar, о‘zining ularga hamtovoq ekanligini anglatib qо‘yish uzunchoq kо‘zini chirt yumganicha atalgan joyiga jо‘natardi. Quchog‘ini keng ochib kelishiyam shundan edi. Qо‘l berib kо‘rishsa sarimsoqning hidini azitz mehmonning burniga yetkazolmay halak bо‘lar, “mana, men sarimsoqpiyoz yeganman”, desa, bu tabiiy hol sanalmas, xullas, uning hamfikrligi anglashilmay qolishi turgan gap edi. Yuqori doiradagi bunday nozik masalalariga tushinmaydiganlar galvarslar, qо‘ychivonu- molbaqarlar sarimsoq- piyozning hidi yetkazilishi uchun qilmayotgan harakatlarini uzoqdan ham kuzatsalar, darrov anov-manovga tushishar, bundan keyingi hayot haqidagi taxmin-u tusmollarni qalashtirib tashlashardi.”

Nishonboy Hurzamonovich boshliq bir guruh mezbonlar “Eski arava” yо‘lovchilarga shu qadar “ehtiromu iltifotlar” kо‘rsatadilarki, buning mantiqiy natijasi nimadaligini о‘zlarida anglamaydi. Nishonboy Hurzomonovich va uning yugurdaklari Chichikovdan tortib Selifangacha, Sobakevichdan tortib Koshkarevgacha xushomadgо‘ylik qiladilar. Chetdan chaqirilgan, Chichikov iborasi bilan aytganda, g‘irt ahmoq Koshkarev ilmiiy maslahatchi bо‘lib oladi. Nishonboy Hurzomonovich bilan Chechikov yolg‘iz suhbat qurar ekanlar, mashhur tovlamachi о‘lik jonlar haqida sо‘z ochadi. Avvaliga Nishonboy Hurzomonovich о‘lik jonlar haqida sо‘z borayotganini tushunmaydi-da, chaqiring о‘sha odamlaringizni, rahbarlikka joylashtiramiz deydi. Gap о‘liklar haqida borayotganini bilganidan keyin ham bо‘sh kelmaydi:

Raz, shunday ekan, - dedi qat’iy ohangda. – Siz marhum dehqonlaringizning rо‘yhatini beravering. Ularning nomlarini abadiylashtirish bizlarning zimmamizda... Kо‘chalarga, kolxoz- savxozlarga о‘sha rо‘yxat bо‘yicha beramiz”. Demak yuqorida keltirilgan jumlalardan kо‘rinadiki, ana shunday laganbardor, g‘urursiz kishilar о‘z shaxsiyatlari yо‘qligi orqasidan xalq g‘ururini toptab, elning shaxsiyati, milliy о‘zligi, ma’naviy ruhiyati olamiga putur yetkazishga tomon boshlaydi.

Bunday kimsalar bor ekan, u xoh о‘zbek xalqi bо‘lsin, xoh boshqa bir millat ahli о‘z ruhiy olami, ma’naviy mafkurasida mantiqsizlik, siyosiy- ijtimoiy tanazzul kо‘chalariga kirib chorasiz kolishi mumkin. Xalq milliyligi aksi, albatta yurt vakillari tafakkuri, maqsadlari hayotga asos qilib belgillangan vazifalari natijalarining mahsulida kо‘rinadi. Milliy bu millat khzgusi, turmush tarzi, xalq vakillari shaxsiyati insonlari “men”i, о‘zligi degan tushunchadir. Demak, asarlarda millatning о‘ziga xos tomonlarini yoritish yozuvchi oldidagi muhim vazifa bо‘lib, bu harakatni har doim ham yorqin ochiq tasvirlarda berilavermaydi.

Shoyim Bо‘tayev “Eski arava” qissasida milliylik chiroyli, obrazli tarzda, о‘ziga jalb qiluvchi pafosda aks etmaydi. Faqat bir jihatni olishimiz mumkin. U ham bо‘lsa о‘zbeklarni XX asrda kechgan yetmish yillik davrni о‘z ichiga olgan xо‘rlanishi, millat g‘ururi, e’tiqodi, xalq “men”i toptalishi.

Ya’ni elimizning boshiga tushgan mute yashash, о‘tmishni unutishga urinish, ajdodlao kurashib asrashga harakat qilgan ozodlikni qо‘ldan berib, “boshsiz”dek о‘zgalar buyrug‘iga bо‘ysinishga majbur bо‘lishning asl sabablari, ibtidosi qayerdan boshlangani, qanday kimsalar bunga yо‘l ochilishiga sababchi bо‘lib qolgani kо‘rsatilgan. Shoyim Bо‘tayev asaridagi obraz Nishonboy Hurzamonovich xuddi shunday kimsalarning umumiy ma’nodagi vakilidar. Bunday kishilarga nisbatan Xurshid Davron “Padarkush” dostonida shunday misralarni keltirib о‘tadi:

“... Erkin daryolarning yо‘li tо‘sildi,

Nodonlar tarixning qildi haqorat...”

Xulosa tarzda fikrimizni umumiylashtirsak, Shoyim Bо‘tayevning ushbu qissasi el milligini tarannum etmay aksincha, toptalgan milliy g‘urur, susaytirilgan e’tiqod va ma’naviy buzuqlik illatlarning fosh etishga qaratilgan desak, ma’lum ma’noda tо‘g‘ri bо‘ladi. “Eski arava”, birinchidan Shoyim Bо‘tayevning san’ai asariga hurmatini kо‘rsatsa, ikkinchidan, yozuvchi Gogolning salbiy qaxramonlarning yozbeklardan yetishgan gо‘l, laganbardor, g‘urursiz kishilarga yо‘liqtiradi.


Download 343,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish