II.2. Normurod Norqobilov hikoyalarida bosh obraz va muhit tasviri
«Ovul oralagan bo‘ri» asari yozuvchi Normurod Norqobilovning qalamiga mansub bo‘lib, ikki ming beshinchi yil, «Sharq» nashriyoti - matbaa akssiyadorlik kompaniyasi tomonidan nashr etilgan.
Yozuvchi asarida tiriklikni tebratuvchi qator tuyg‘ularni, go‘zal bir yo‘sinda ochib berishga harakat qiladi.
Muqaddima o‘rnida esa, shunday fikrlarni qog‘ozga chizadi. «Insonning insonligini belgilovchi muhim omillardan biri juftining qorda qolgan izlaridan izlab borayotgan cho‘nkalla kutilmaganda qonli halqopga duch keladi. Buni qaranki, qo‘rquv, hadik, havotir kabi hislar faqat insonlargagina hos emas ekan. Yirtqich hayvonlar sirasiga kiruvchi bo‘rilar hayoti va va tabiati yuksak mahorat bilan tasvirlangan:-“Qon Oqyolniki, ammo jasadi ko‘rinmasdi. Ayni shu narsa Cho‘nkallaning ortiqcha bezovtalanishiga izn bermasdi. Nega deganda, jonivorlar to sherigining jonsiz jasadiga duch kelmaguncha judolikka ishonishmaydi. Bu xil qon to‘kishlar esa har bir yirtqich hayotidan yuz berib turadigan odatdagi hodisadir.”
Hikoya boshida keltirilgan peyzaj tasviri asar qahramoni cho‘nkalla xarakteri bilan uyg‘un ifodalangan. Yozuvchi insondagi his tuyg‘u va odamiylik fazilatlari yo‘qolishini qish chillasidagi qorsiz dasht timsolida jonli gavdalantirilgan. Inson - o‘z his- tuyg‘ulariga mast bo‘lib, o‘zga qalb tuyg‘ularni his qila olmaydigan, bir ozgina yutuqdan havolanib, atrofida kechayotgan hodisalardan bexabar, befarq, loqayd mavjudot. Buni qaranki, yozuvchi o‘z asarida xuddi shu haqda quyidagi voqealikni keltiradi: -“Salom mergan qishloqdoshlarining hadiyalarini xushnud qabul qilishda davom etarkan, shu tobda o‘ziga ajal timsoli ko‘z tikib turganini xayoliga keltirmasdi. U maqtovlardan mast, hadyalardan baxtiyor edi. Dashtdagi tulki-yu quyonlarga qiron keltiruvchi bu kimsa bo‘rini ilk bor qo‘lga tushurishi edi.”
Bir jonivorning ayriliq azobidan qiynalishi, fig‘oni samolarni qahshatib, ko‘ngli mahzun oh chekishi, mag‘rur boshini g‘am egishi kishini hayratli tarzda taajubga soladi:-“Yaydoq dashtda hidning saqlanishi qiyin. Shunga qaramay, Cho‘nkalla ayrim hidlarni farqlay bildi. Ammo bundan ko‘ngli orayish topmadi. Yolg‘izligi kor qilib, ichki bir dard bilan g‘ingshib yubordi.Bu nidoda judolik alami emas, yolg‘izlik mavjud edi. Oqyoldan judo bo‘lganini u hanuz xayoliga keltirmasdi. Oqyol shunchaki bandi, bandini esa qutqarmoq kerak.”
Bu azobli xijrondan qiynalar ekan, qaxramonimiz Cho‘nkalla, hozirda qavtida bo‘lmagan juqti Oqyol bilan boshidan kechirgan yaxshi, quvonchga to‘la xushbaqt kunlarini, shu bilan birga birdam ko‘ngilni g‘ash viluvchi, eslaganda bag‘rni o‘rtash bilan qandaydir og‘riqni his qilishi uni qiynoq gulxanidan otilgan bir parcha cho‘g‘ kabi kuydirardi:-“Toshliburunda katta bir fojea yuz bergandi. Qoya etagidagi uyalarida ularning to‘rt bolasi nobud bo‘lgandi. Ular cho‘ponlar tomonidan tutunga dimiqtirib o‘ldirilgandi. Cho‘ponlar ular inini qanday topishgan bu yolg‘iz xudoga ayon. Amml ovdan qaytishganda, to‘rttala bolasi ham tarashaday qotib yotardi. Shundan beri u tutun hidini jinidan battar yomon ko‘radi.
O‘shanda Oqyol rosa bo‘zlagandi. Bir hafta bolalarini yalab-yulqab, oyoqqa turg‘uzmoqqa urungandi.Barcha harakatlari besamar ekanligini anglagach esa, oyga qarab uvlagandi. Cho‘nkalla ichki bir istakka itoat etib, qator yotqizilgan bolalarning ustiga tuproq sochgan. Oqyol unga qarshilik ko‘rsatmagan. Keyin tuproq uyumini hidlab-hidlab, boshi oqqan tomonga ulog‘ib ketgan. O‘shanda u bemaqsad daydigan, yo‘lida uchragan jonliqlarni tilka-pora qilib tashlagan. Uning bu yurushi sel yurgan jarlikkacha davom etgan. Oqyol jar yonidagi soz tuproqda to‘rt kun kuchala tushib yotgan. Cho‘nkalla sodiq yor sifatida jar tubida uning tinchini qo‘rigan, tunlari ovga chiqib, o‘lja bilan qaytgan. Biroq Oqyol xo‘rakka og‘iz urmagan.”
Bu fojeali yo‘qotishdan butunlay tushkunlikka tushib, o‘zini yo‘qotib qo‘ymagan qolaversa befarq va loqayd tushkun ruhiy holati o‘z izmiga sola olmagan bu arloni bo‘rini asarda qatiyat timsoli sifatida ko‘rishimiz mumkin. U har qanday sharoitda ham, har qanday vaziyatda ham cho‘kalla bir necha bir Oqyolni izlab fishloq tomon yo‘l soladi. Uning sevgisi shu darajada kuchliki, odamlar tomonidan beriladigan adadsiz qiynoqdan ham, o‘zimdan ham qo‘rqmaydi. Uni faqat oqyolning ish o‘ziga chorlaydi. Biroq bu is uni o‘zi uchun mutlaqo begona bo‘lgan yod xidlar tomon yetaklar, yuragida xadik va qo‘rquv hislarini uyg‘otar edi.
Qishloq yoqasida joylashgan balandlikda ulkan boshini, baquvvat oyoqlarigi qo‘yib, qishloqni mahzun va jiddiy kuzata boshladi. Asarda vafodorlik, mehr- muhabbat, sadoqat kabi insoniy fazilatlar yuqori o‘rinni egallagan. Voqealar rivojida nafaqat insondagi ijobiy fazilatlar, balki salbiy xususiyatlar ham jonli gavdalantirilgan. singdirishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Teranroq nazar tashlansa, qissamiz Muallif hozirgi kun uchun dolzarb bo‘lgan ekalogik tarbiyani ham o‘quvchi ongiga qahramoni cho‘nkalla asarda ramziy obraz sifatida berilgan. Uning jufti Oqyol ovchilar qopqoniga tushib, salom merganning qurboniga aylandi. Vafodorlik timsoli sifatida tasvirlangan bu- uning go‘zal tuyg‘ularidir.
Agarda insonda tuyg‘u bo‘lmasa, quyosh haroratsiz, tabiat rangsiz, tiriklik va ruhsizlik kasb etadi. Biz tahlil qilishga urinayotgan mashhur «Ovul oralagan bo‘ri» qissasi zotan insonlar xususida bo‘lmasada tabiatning yaratig‘i bo‘lgan, o‘z dunyosining mushkulotlari bilan kurashib dasht va o‘rmonlarda yashovchi bo‘ri haqidadir. Asar qahramonimiz arloni bo‘ri- cho‘nkalla o‘z jufti Oqyolni izlab Bevatepa etagiga kelishidan boshlanadi. Qish fasli bo‘lganligi sababli chorasizlik salom merganini ham, Cho‘nkallani ham sarosimaga solib qo‘yayotgan edi. Salom mergan nima qilarini bilmas, boshi beoxshov bu jondorni qo‘lga tushirish yo‘llarini o‘ylar shu tufayli avvalgidan ko‘ra bir oz vazmin, mulohazakor va hayolchang bo‘lib qolgandi. Cho‘nkallaning bo‘lsa, qaxri jo‘shgandan jo‘shib, Salom merganni oq panja kabi g‘ajib tashlagisi kelar edi. Uning kechinmalari tuyg‘ulari eng muhim inson haqidagi o‘y- fikrlarni yozuvchi tomonidan shunday qalamga olinadi.
Cho‘nkalla Salom mergan oldida uning qarshisida juda ojiz qolmoqda edi. Ayriliq azobi har qanday qat’iyatni, har qanday irodini sekin astalik bilan yemiradi.
Qat’iyat bir tog‘ bo‘lsa, tosh yo‘nuvchi uni bir chekkadan yo‘nib ado qiladi. Uzoq ayriliq xijroni Cho‘nkallaning ruhiyatini mahzun ezmoqda edi.
Cho‘nkalla bo‘rilarcha kuldi va harakatini sal sekinlatdi. Oqpanjaning quvib yetishiga imkon yarata boshladi. Ana u oppoq panjalari ostidan nam tuproq sochib tobora yaqinlashtirib kelmoqda. Uning hadigi Malla itdan edi. Agar itlar tenglashsa o‘ylagan rejasini amlga oshirish mushkul kechardi. Baxtiga Oqpanja yanada tezlashib, itlardan ancha ilgarilab ketdi va bir muddatdan so‘ng Cho‘nkallaning naq yag‘riniga og‘iz soldi. Biroq tishi raqibining yag‘riniga yetmay, o‘zining bo‘yni bo‘rining dahshatli jag‘lari orasiga tushib qoldi.”
Shundan so‘ng Salom mergan tunlari poyloqchilikda o‘tardi. Yuragi qo‘rquv, hadik bilan to‘lar, qurol ushlagan qo‘llari o‘ziga bo‘ysinmas sassiz titrardi. Bir jon oluvini poylab o‘tirar ekan, hayolidan turli narsalarni o‘tkazadi, o‘z ahvolidan narozilanib do‘stlarining issiq ko‘rpada rohat qilib orom olayotganlaridan nolirdi: -“Ko‘ngliga insof inib, miltiq tutgan qo‘li tamomila bo‘shashgandi. Biroq go‘ngtepada Cho‘nkallaning qorasini ilg‘ashi bilan yuragidagi bu his izsiz yo‘qolib, uning o‘rnini o‘sha-o‘sha ochko‘zlik egalladi. Bir sigirning puli har qanday yaxshi o‘ylardan ustuvor keldi.”
Salom mergan obrazi asarda bir qator qat’iyatsiz irodasi bo‘sh, tez havolanuvchi, o‘zgalar fikriga tez og‘ishib ketuvchi shaxs sifatida tasvirlangan. U tabiatdan fe’li yumshoq inson sifatida keltirilgan, bo‘lsada, boylikka o‘chlik hissi uning bu hislatlarini ko‘mib tashlaydi. Manmanligi, tajangligi uning muvofaqqiyatiga erishish yo‘lidagi eng katta muommoli to‘siq ekanligini asarda yaqqol ko‘rsatilgan:-“Shunga qaramay, oxirgi daqiqada miltiq milini atay titradi. Ichki bir istak so‘nggi lahzada uni shu ishga undadi va oqibat, yirik qrg‘oshin Cho‘nkallaning boshi ustidan o‘tib ketdi.
Cho‘nkalla jonholatda dasht tomon qochdi. Salom mergan ikkinchi o‘qni bo‘shatmadi. Otgani bilan tekizishi qiyin edi. U itlarning xurujiga birpas quloq tutib turarkan, sovuqdan yorilgan lablaridan shu so‘zlar uchdi:
- Sheriging ombortomda. Endi meni o‘sha yerdan topasan. YO men seni tinchitaman, yo sen meni!..
U ombortomga kirib, burchakdagi bo‘sh qoplarni yerga tashladida, Oqyolning qavatiga yotib oldi. Avvalroq shu ish xayoliga kelmaganidan ichida o‘zini so‘kib ham qo‘ydi.
U juda tez pinakka ketdi.”
Otildiki o‘zi bilan birga ko‘zidagi yoshi-yu, tanidagi ruhini ham olib chiqdi. Bu ayriliqning alamli istirobi yirtqich arslon bo‘rini o‘ziga bo‘ysindirdi. Oxir -oqibatda uni istiroblar bo‘ronida nobud qildi:-“Jonivorning qishloqqa tikilgan ko‘zlarida yosh qotib qolgandi. Bechoraning yuragi judolikka bardosh berolmagandi.”
O‘zbek xalqi boy udum, urf- odat, an’analarga ega bo‘lgan xalq hisoblanadi. Mazkur “Kurash” qissasi ham milliyligimiz ramzlaridan biri bo‘lgan kurash haqidadir. Qadimda to‘ylarimiz povlonlar yig‘inisiz o‘tmagan. Ana shunday yig‘inlarda to‘y egasi ataganini o‘rtaga tashlaydi. So‘ng polvonlar o‘rtaga tushib belashadi. Obro‘ talab Boyg‘ozixonning to‘yi dabdaba bilan o‘tgan bo‘lsada, to‘yning ovozini ertasi bilan tarqalgan shov-shuv o‘z ortida qoldirdi. Barcha to‘yning dovrig‘ini unutishib, Hamida muommo ahvoli haqida g‘iybatlashadilar: -“O‘sha kuni Yovqir ilk bor davraga ro‘baro‘ keladi. Qizil qoniga belanib olishayotgan itlarni ko‘radi. Odamlarning jazavasidan hayratda qotadi. Umri bino bo‘lib, bu qadar odamu itlarni bir yerda yig‘in holda ko‘rmagani bois, dastlab dovdiraydi. G‘ingshishi ingrashga aylandi. Bo‘layotgan hodisadan emas, manzaraning g‘oyat xunukligidan vahimaga tushib g‘ingshiydi. So‘ng itoatkorana bir chetda cho‘nqayib, kishilarga olishayotgan itlarga, ko‘kdagi qushlarga alahsiydi.”
Hol so‘rab eshik qoqonlar esa bu gap so‘zlarning mutloqa teskarisiga guvoh bo‘lishadi. Tabiatan fe’li bir muncha tor, to‘g‘ri so‘z, qat’iyatli, To‘ra polvon deb nom qozongan poldvonning qizi Hamida momo obrazi, asarida halollik, to‘g‘rilik timsolidir go‘yo “Ot izini toy bosar” degan naql bor xalqimizda. To‘ra polvonning o‘g‘li bo‘lmasada bir o‘g‘ligi teng kelgulik vijdonli, oriyatli, kurashning bor sir sinoatini biladigan va unga qat’iy amal qiladigan, polvonman degan yigitlarning bir nechasini kuragini yerga tekizgan, kurash degan tomirlaridagi qoni jo‘sh uradigan alplikni sevuvchi qizi bor edi. Zotan kurash ayollar uchun u qadar munosib bo‘lmasada qadimdan momolarimiz ana shunday kuch- qudrat va mahoratga ega bo‘lganlar. Hamida momo ana o‘sha momolar qatorida edi. Har narsaga qiziquvchan va talabchan inson zoti, borliqni o‘z qarichi bilan o‘lchaydi. Yo‘qlovchilar ham shu yo‘ldan borishini ma’qul ko‘rishdi. Ular o‘z bilganlaridan qolishmadi, momoning gapidan ko‘ra o‘zlarining tasavvurlariga ko‘proq ishonishdi. Yog‘ni yog‘dirib, borga qo‘shib chatishdi. Bu kabi gaplar momoning qulog‘iga tongdayoq yutib kelgandi. Asarda Halima momoning yaqin dugonasi Mayram chaqqon obrazi asarda dastlab quyidagi ta’rif keltiriladi: -“O‘ng‘ir keng va chuqur edi. Yovqir o‘ngir to‘ridagi nam va mayin qumga ohista cho‘zilarkan chuqur nafas oldi. Shu nafas olishda joni jismini tark etiyu, u manguga ko‘z yumdi.”
Bu obraz orqali yozuvchi insondagi ayrim salbiy hislatlarni ko‘rsatib o‘tadi:-“-Uling keldi,- Mayram chaqqon dugonasini turtkilaydi.
-Kutib oladigan xotini bor, - Hamida momo holatini o‘zgartirmaydi.
-Buncha diydang qattiq.
-Bo‘larim shu!- Hamida momoning ko‘zlari endi ko‘kda ohista parvoz qilayotgan burgutga qadaladi.- Senga o‘xshab ikki bet emasman, irshayganga irshayib.
Enaning qarashida shunday bir istehzo mavjud edi-ki, bu na g‘azabga o‘xshardi, na pichingga. Botirning qo‘rqoqqa mardning nomardga qarashiga o‘xshash nimadir edi bu. Bu xil qarash qarshisida kishi o‘zini mayda va arzimas his etardi.
Shomurod polvon beixtiyor ko‘zlarini olib qocharkan, yaqindagini xuddi shu xil qarashga yana qayerdadir duch kelganini o‘ylaydi.”
Halima momoning Shomurod polvon nomli o‘g‘li bo‘lib, u ham polvonlardan sanaladi. O‘g‘lining kurashlarda qatnashib sovrindor bo‘lib yurganini bilgan Halima momo g‘ururlanib qo‘yardi. Kunlarning birida dugonasiga ko‘ngil yorgan momo, o‘g‘lining g‘irromligini aytib xasrat qildi. Erkak kishi uchun bu isnod edi. Momo tili bilan aytganda bu siri yigit ko‘p davrlarni ko‘rgan mardlarga xos tarzda, vazminlik bilan ko‘z qarashlari orqali Shomurod polvonning g‘irromligini unga aytdi. O‘g‘lining bu gapni g‘irromligiga guvoh bo‘lgan Hamida momo ko‘ksida nimadir junbushga keldi. Uning qalbida uyat va nafsoniyat vijdon, oriyat va hamiyat, nafs va vijdon to‘qnashdi. Ularning g‘avg‘osi tog‘day qaddini sindirdi qo‘ydi. G‘am - tashvish insonni ichdan yemiradi. Lekin, isnodga qolib o‘lishni g‘urur xohlamaydi. Shu kabi, Hamida momo qalbidagi hasratlar asarda shunday keltiriladi: -“Momo aytmoq istaydi. Ammo hasrati tiliga ko‘chmay dilida charx ura boshlaydi. O‘lim bel olishadigan bo‘lgandan beri davralarga yaqin bormayman, dedi tili emas, dili so‘zlab, ko‘zimdan qo‘rqaman, so‘ng g‘ayratim qo‘zib, yuragim hapqiradi. Tunov kuni falokat bosib borib qopman desang. Qarasam, Shomurod sorigina bir yigit bilan bellashayapti. Birrovgina tomosha qilay-chi debman men o‘lgo‘ram. Odamlar orasidan qarab turibman. Ulim bavosining qo‘lini qilib bor, kishi ko‘zi ilg‘amay qoladi. G‘irrom qiliq. Yomon qiliq. Erkakka xos bo‘lmagan qiliq. Bu qiliqqa duch kelgan polvonning nafasi ichiga tushib ketadi.”
O‘z o‘g‘liga kurashning halol olishuv dunyosini ko‘rsatishni istab Shomurod polvon bilan olishadi. Biroq Hamida momoning o‘g‘li Shomurod polvonga hali bu dam sinoatlarning bilishga erta ekanligini quyidagi vaziyat ko‘rsatadi: -“-Sigirday bo‘may o‘lay men. Jasadimni eplayolmay o‘zim yiqilib tushdim. Belbog‘i bo‘sh ekan, qo‘lim chiqib ketdi.
Hozir yurgandir toza ichi achishib?
Ena, sizga kurashni kim qo‘yibdi deb ustimdan kulib yuribdi.
Qo‘limdan kemaydi-da, emasam, shu ulungni o‘zim...
Qo‘lim tuzalsin, yerning ko‘ziga yopaman men uni.
Voy, o‘lay, hali tag‘in olishmoqchimisan?
Emasam-chi!- Momo dugonasiga balanddan boqadi.”
Mag‘lubiyat olamini totmagan momo uchun esa bu haqiqiy fojea edi. Asarda burgut, o‘laksaxo‘r qushlar ramziy ma’noda keltirilgan bo‘lib, burgut halol, to‘g‘ri, or- nomusli, ayol kishi bo‘lsada yigitlarga xos jo‘shqinlik bilan kurashni sevuvchi Hamida momo timsolidar.
O‘laksaxo‘r esa o‘z navbatida yuqorida ta’rifi keltirilgan Hamida momoning o‘g‘li Shomurod polvon timsoli deyish mumkin. Qissada Hamida momoning shunday so‘zlari bor:- “Yomon polvonning enasi bo‘lguncha... Otamning arvohini chirqillatib qo‘ymayman men!..”
Momo kirib kelgan o‘g‘lining yuzigi qarashni istamay samoda sokin qanoat qoqayotgan burgutni kuzatadi. Chunki u g‘irrom qilmaydi u halol pok. Hamida momo ruhiyatidagi ulug‘vorlikdir go‘yo, shu tobda o‘g‘lining naq qansharida tabassum qilib turganini ko‘rib, unga shunday nazar tashladiki, Shomurod polvon beixtiyor ko‘zlarini olib qochdi. Chunki u bu taxlit qarashga avval ham duch kelgandida:
-“Enaning qarashida shunday bir istehzo mavjud edi-ki, bu na g‘azabga o‘xshardi, na pichingga. Botirning qo‘rqoqqa mardning nomardga qarashiga o‘xshash nimadir edi bu. Bu xil qarash qarshisida kishi o‘zini mayda va arzimas his etardi.
Shomurod polvon beixtiyor ko‘zlarini olib qocharkan, yaqindagini xuddi shu xil qarashga yana qayerdadir duch kelganini o‘ylaydi.”
Qarshisidan chiqib momo ko‘nglini ko‘tarmoq istagan Shomurod polvon bu taxlid onasiga yengilishini hayoliga ham keltirmagan edi. Bu voqelik asarida shunday chiziqlar bilan tortilgandi, Hamida momoning kurashchi ajdodlari, uni qo‘lladi deysiz go‘yo: -“O‘g‘lining vujuda taranglashayotganini sezarkan, saldan so‘ng jiddiy qarshilikka o‘tganini his etadi. Bu qarshi harakatdan momo rohat oladi. Istagi tiyiqsiz bir kuch oladi. Mayib qo‘li rostlanib, o‘ng yag‘rinini “raqibi” tomon xiyol-xiyol egarkan dimog‘ida o‘tkir ter hidi, otasi To‘ra plovonning davra aylanishlari ko‘z o‘nggida bir zum aks eti-da, qizligida so‘nggi bor aytgan o‘sha xitob bo‘g‘zidan quchadi. Hovlini to‘ldirib, tashqariga toshib chiqadi.
-YO-yo, pirim!
O‘z xitobidan qulog‘i ochilib, ko‘zi ravshanlashgan Hamida momo o‘g‘lini oyoqlari ostida ko‘radi. ”
Demak, yozuvchi kompozision vositalardan bo‘lgan tabiat tasviridan ham qahramonlar psixologiyasini ko‘rsatishda unumli foydalangan. Yuqoridagilardan kelib chiqib ushbu bobni quyidagicha xulosalash mumkin:
Yozuvchi xarakter psixologik holatini yoritishda badiiylik unsurlaridan unumli foydalangan;
Har bir xarakter badiiy to‘qima va hayot haqiqatning mutonosiblashtirilishi orqali yuzaga kelgan.
Xarakter psixikasini yoritilishida yozuvchi badiiy tasvir vositalaridan unumli foydalangan. Xususan, peyzaj tasvir, personaj nutqi, ayrim leksik resurslar shular jumlasidandir.
Xarakter psixologiyasi ularning xatti – harakatlari va holatlari orqali ham tavsiflaga harakat qilingan. Bundan badiiy detalning o‘rni ham sezilarli darajadadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |