O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta


II BOB. NORMUROD NORQOBILOV HIKOYALARINING



Download 343,5 Kb.
bet6/9
Sana31.07.2021
Hajmi343,5 Kb.
#133319
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qissa va hikoya janrida mi

II BOB. NORMUROD NORQOBILOV HIKOYALARINING

BADIIY XUSUSIYATLARI

II.1. Normurod Norqobilovning hikoyalarida bosh qahramon masalasi

Bugungi o‘zbek prozasida iste’dodli va taniqli adib Normurod Norqobilov o‘z uslubiga, betakror tiliga ega ekanligini hozirgi kunda uning kitobxonlari, muxlislari tan olishadi, asarlarini sevib o‘qishadi. Adabiy tanqidchilikda ham uning asarlari xususida turli xil ijobiy fikrlar bildirilyapti, anjumanlarda bahs-munozaralarga sabab bo‘lyapti. Bularning barchasi bejiz emas, albatta. Adib asarlarining badiiy xususiyatlari haqida ko‘p ijobiy gaplarni aytish mumkin. Normurod Norqobilov uslubining o‘ziga xosligi, qahramonlarining hayotiyligi uning asarlarini o‘qimishli, yuqori saviyadaligining asosiy omillaridan biridir.

Normurod Norqobilovning «Ajal chorlagan kun» hikoyasi ko‘ngildagi bir qator hislarning bir umr davomida hech vaqt so‘nmasligini, yurakning eng tub- tubigacha ildiz otib doimo jo‘shqin va uyg‘oq bo‘lishini ko‘rsatib beruvchi, ruhiy ta’sirchanligi g‘oyat kuchli asardir. Asarni o‘qish mobaynida his-tuyg‘ularning kurashiga, birining ustidan biri g‘olib, birining esa mag‘lub bo‘lganiga guvoh bo‘lish mumkin. Asar Yovqir laqabli insonning eng sadoqatli do‘sti, sadoqat timsoli bo‘lgan it haqidadir. Voqealikning asarda qahramonimiz Yovqir o‘z umri poyonida yetayotganini sezib, tinchgina ko‘z yumoq uchun holi joy tashvishiga tushub hovli darvozasi ochilishini kutib yotishi bilan boshlanadi. Bunday holi joyni u, o‘zi yashayotgan shu kichkinagina shaharchadan topishi amrimaxol edi. Uning bir umidi dashtdan edi. Asar boshidayoq berilgan bu tugunni voqelar rivoji orqali yechimga tomon siljishi mobaynida bilib olamiz.

Dasht - Yovqirning tug‘ilib o‘sgan makoni. U yer erkinlik nafasi bilan to‘la, mehr muxabbat nurlariga oshufta, ishonch shabodasi yeladigan, sadoqat maysalari unadigan, dilxiralikdan holi zamin. Dasht istagi unda shu qalar kuchli bo‘lsada, bu hovlini ham tashlab ketishi oson bo‘lmasligini u juda yaxshi bilardi: -«Bu hovlida uni kunda ikki bor yaloqqa to‘kiladigan xo‘rak emas, tiyrakkina bolakay tutib turadi. Bolakayning qarashlari kattalarinikiga sira o‘xshamaydi, g‘oyat beg‘ubor. It uning yuzi- ko‘zidan to‘yib-to‘yib yalagisi keladi.Ammo Oysuluv kampir bunga izn bermaydi.Bolani turtkilab, itni kaltaklab qoladi».

Chin va beg‘ubor mexrni uning dum-dumaloq qora ko‘zlaridan topgan Yovqir ketishga majbur. Umri poyoniga yetayotgani tushlaridan ma’lum. Uni ajdodlar ruhi o‘ziga chorlamoqda: -«Kuni bitayotganini bugun tunda tasodifan sezib qoldi.Ajdodlarining timsoli bo‘lmish ulkan malla it boshida yulduzlr g‘ujg‘on o‘ynagan tepalikda cho‘nqayib uzoq va uzoq uvladi. Uni yonig chorladi.Yovqur ulkan bu malla itni ilgari ham tushida ko‘p ko‘rgan. Ammo bu safarga chorlavchi bo‘lakcha edi. U tushi tufayli emas, ichdan kuni bitayotganini sezgandi. Ketmoq kerak, imkoni boricha tezroq. Biroq vidolashmasdan ketmog‘i ham qiyin edi».

Butun hovli ahli bilan vidolashar ekan tanini mayus bir horg‘inlik egallab borayotganini his etib, yo‘l bo‘yi bot-bot ortiga boqib bolakay sog‘inchi dilini o‘rtardi. Atrofdagi shovqin siron esa ko‘ngilni xira qilardi. Shu tariqa bir maromda yo‘rtib borarkan istirobli, alamli kunlar ko‘z oldidan bir-bir o‘tardi. Yozuvchi asarda, uning mashaqqatiga to‘la hayoti haqida quyidagi fikrlarni bildiradi.

Shaharchadan chiqib dala bo‘ylab borar ekan, Yovqir go‘yo o‘tmishiga duch kelganday turgan yerida tosh qotdi. Chunki duch kelgani uni tashvishsiz kunlardan tortib olib, iztirobli kunlar qariga uloqtirgan, emin erkin hayotini do‘zaxga aylantirgan, erkini, borlig‘ini, yuragini sim to‘rlari bilan qafaslab ruhini majruhlangandi. Biroq hozir duch kelgani u emasdi: -«Ikki mashina sig‘arli yog‘och ko‘prik ustida yukxonasi ochiq turgan qizil «Jiguli» ga nazari tushgach, yuragi andak sirqiragnday bo‘ldi. Beixtiyor g‘ingshidi. Hadiklanib bir zumga to‘xtadi.Nega deganda, keng dashtdan, baxtli onlardan uni mana shu xildagi qizil «Jiguli»da tortib olishgandida. Bu narsa jonivorning xotirasida yaxshigina saqlanib qolgandi. Ungacha u baxtiyor edi».

Asarda insonning nechog‘lik murakkab mavjudod ekanligi yorqin namoyon etilgan. Uning o‘z nafsining quli ekanligi katta aybi bo‘lsa, g‘oyat soddaligi bir kamchiligidir. Ana shunday kamchilik sohibi Suvonqul, makkor Ta’lat bilan aka-uka tutunib ko‘z qorachig‘iday asrab kelayotgan, har kimdanda qizg‘anayotgan iti. Yovqirni osongini Ta’latga ilinadi: -«- Aka, shu sizga yoqdimi? -Suvonqul ming qo‘yli boyday kerildi.- Yoqqan bo‘lsa, oling! Hech kimga bermaganman, lekin sizga beraman. Chunki siz akamsiz. Siz uchun kerak bo‘lsa jonimniyam hadya qilaman. Bu harom bir jonivor ekan. Oling, aka! Oti Yovqir. O‘zim qo‘yganman otini. Bo‘ri oladign kuchuk-da bu. Oling, sizga hadya bu, aka!» Asarda qahramonimiz Yovqir haqida va uning xislatlari haqida iliq fikrlar qalamga olingan. Bu hislatlari Yovqir laqabiga monandligi esa kishini hayratga solar darajada tasvirlangan:-«Kulrang ona it qo‘ton ortidagi inda bolalaganda, beshta kuchukcha orasida zumrad yanglig‘ bir jonivor mavjudligini u boshida ilg‘amadi. Kuchuklar oyoqlab, yalanglikda lo‘mbillashib yura boshlaganda, e’tiborini ulardan birining harakati tortdt. Boshqa kuchuklar cho‘pga, xasga o‘ralashib, ingillashganda, u dadil odimlar, og‘a-inilaridek duch kelgan narsalarga ilakishavermas, gohida cho‘nqayib, katta tilardek uzoq-uzoqlarga jiddiy tikilib qolardi. Qo‘tonga yaqinlashayotgan qorani uzoqdan birinchi bo‘lib payqar munosabati ham shunga yarasha edi. Butun vajohatidan yovqir fe’li anglashinib turardi. Ana shu fe’li Suvonqulning tilida birgina so‘zda aks etadi.»

Tal’at tomonidan sim to‘r ortiga taglangan Yovqir ozodligidan mosuvo bo‘lib, bu taxlit simlar qurshovida qolganini tushunmas, Suvonqulning ha deganda kelavermasligidan, uni ozod qilmayotganidan dili vayron bo‘lib, iztiroblar iskanjasida azoblanardi. Suvonqul xato ish qilganligini anglab uni axtarib kelgandagi Yovqirning ruhiy holati esa asarda bu taxlid yorqin shakllantirilgan.

Insonlar ko‘nglidagi bor dard alamlarni kimgadir aytib yengil tortadi. Biroq hayvonlarchi? Tutqunlik uning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ozodlikda yurgan ko‘ziga ko‘ringan har narsaga nisbatan unda nafrat hissi uyg‘ondi. Uning ongida yovuzlik vaxshiylik illatlari kurtak yoza boshlаdi: -“Suvonqul kelib-ketganidan so‘ng erksizlik va bekorchilikdan yurak-bag‘ri qon bo‘lgan jonivor uvlashni odat qildi.Bora-bora bu qilig‘i o‘ziga ham yoqib qoldi. Negaki, uvlagan kezlari qandaydir yengil tortardi. Ammo bu vaqtinchalik holat, simto‘r ortidan hovlida emin-erkin yurgan odamlarga, mushuklarga donlashayotgan tovuqlaru daraxtlardagi qushlarga ko‘zi tushganda to‘satdan qutirib ketardi. O‘zini simto‘rga urib, neki tirik jon bor, barini bo‘g‘izlamoq, tishlamoq qasdida irg‘ishlardi, sakrardi.Sekin-asta bu fe’liga singib, u sirkasi suv ko‘tarmaydigan, jizzaki, tajavvuzkor itga aylana bordi.”

Ko‘p o‘tmay sim to‘rli qafas o‘rnini taxtali devorlar egalladi. Bu Ta’latning Yovqirni tarbiyalash yo‘lidagi bir bosqich edi xolos. Undagi shakllanayotgan yovuzlik yanada tajovuzkor bo‘lishni xohlagan Ta’lat uning ko‘nglidagi dasht hayollarini o‘chira olmadi. Ular hali xamon uyg‘oq, hali xamon barhayot edi: -“Shunga qaramay, oydin tunlari Yovqir baribir dashtni qo‘msardi. Dashtdan yagona esdalik bo‘lmish ko‘kdagi oyga termulgancha, yaylovni sog‘inar, tunni gulxanni istardi. Erkinligiga dahl qilayotgan bo‘ynidagi zanjirni, to‘rt devorni, qo‘yingki, tevaragidagi jamiki narsani shu qadar yomon ko‘rardiki, jag‘i yetgan neki bor, barini burdalab tashlagisi kelardi. Shu ko‘yda o‘rtanardi, irillardi, ingillardi, so‘ng tumshug‘ini ko‘kka cho‘zgancha cho‘zib-cho‘zib uv tortardi.”

Ta’lat tarbiyasida qolgan Yovqir jizzakiligi kunsayin ortganidan-ortib bordi. Yagona qarovchisi Ta’latni o‘zining xo‘jasi sifatida ko‘ra boshladi. U Yovqirga paxtalik ridoni kiyib gij-gijlar, uning ichidagi g‘ayratini jo‘shtirar va uni tiyiqsiz bir g‘azabga aylantirardi. Yovqirning shijoati, shiddatini ko‘rgan Ta’lat uni tayyor bo‘lganini, dalalarga olib chiqish vaqti yetganini anglaydi. Bunday davralarni ilk bor ko‘rgan Yovqir holati shunday yoritiladi:

-“O‘sha kuni Yovqir ilk bor davraga ro‘baro‘ keladi. Qizil qoniga belanib olishayotgan itlarni ko‘radi. Odamlarning jazavasidan hayratda qotadi. Umri bino bo‘lib, bu qadar ko‘p odamu itlarni bir yerda yig‘in holda ko‘rmagani bois, dastlab dovdiraydi. G‘ingshishi ingrashga aylanadi. Bo‘layotgan hodisadan emas, manzaraning g‘oyat xunukligidan vahimaga tushib, g‘ingshiydi. So‘ng itoatkorona bir chetda cho‘nqayib, kishilarga olishayotgan itlarga, ko‘kdagi qushlarga alahsiydi.”

Bu kabi davralarda bir necha bor g‘olib chiqqan Yovqir ovozasi har tarafga yoyiladi.Endi u Ta’latning erkatoyi, hammadan qizg‘onadigan gavhari edi. Biroq baxtli kunlar bir umr davom etmaydi. Yovqirga kelgan dardni Ta’lat sezar, unga qarshi kurashni esa hayoliga keltirmas aksincha endi iloji boricha undan teziroq qutilish payiga tushadi. Bu borada uning ishi oson ko‘chadi. Yovqirday jondorga anchadan beri ko‘z tikib yurgan do‘sti Nazar uzunga shundoqgina pullaydi qo‘yadi: -“Itning vujudiga chirmashgan dardni Tal’at ilgariyoq payqagandi. Payqagan zahotiyoq Yovqirga nisbatan bo‘lgan munosabati keskin o‘zgargan. Sal avval tumshug‘idan o‘pmoqqa hozir bu kimsa endi itdan teziroq qutilmoq payiga tushib qolgandi. Biroq it jonivor mol emasdiki, semirtirib qassobga oshirsang. Shunga qaramay, u itning tomog‘iga qaragan yaxshilab parvarishlagan va anchadan beri ko‘z tikib, og‘iz solib yurgan Nazar uzunga pullab yuborgandi. Shunchaki emas, go‘yo qadrdonlik hurmatli tufayli uning rayini qaytarolmagan bir tarzda sotib yuborgan.

Nihoyat uzoq kutilgan vaqt yetib keldi. Kuz kunlarning birida Nazar uzun uni maydonga olib chiqdi. Sovrin katta edi. U ikki qur olishdi va uchunchi qurda Tal’atning “chavkar”laqabli yangi itiga ro‘baro‘ keldi. Begona itning tasmasidan tutib turgan sobiq egasiga beixtiyor talpinarkan, uning qo‘llarini yalamoq istadi. Biroq Tal’atning boqishlari g‘oyat begona edi. Vajohati “Chavkar”nikidan pesh emasdi. Ko‘zlarida vahshiyona yovvoyi bir zavq o‘ynardi.Yovqurga qarshi yangi itni gij-gijlardi. Va shundagina Yovqirning diqqati sobiq egasidan Chavkvrga ko‘chdi. Yuragida rashkka o‘xshash nimadir uyg‘ondi va raqibiga o‘sha qizg‘anish zaptida tashlandi.Bir hamladayoq uni tap tagiga bosdi”.

Itdek vafodar jonzot mehr ko‘rsatgan qo‘lni hech qachon unutmaydi. Uni doimo qadrlaydi. Uni havfdan ogohlantirgisi, himoya qilgisi keladi. Oradan bir muncha vaqt o‘tgan bo‘lsada Yovqir hamon Ta’latni esidan chiqarmagan edi: -“Shu kundan e’tibordan Tal’at uning g‘animiga aylandi. Har safar yangi-yangi itlarni unga qarshi qo‘ymoqqa harakat qila boshladi. Ammo u janga mutlaqo yaramaydi deb o‘ylagan sobiq it har gal g‘olib chiqaverardi. Oqibat, u Yovqirga qayta ega bo‘lmoqni istadi. Biroq, Nazar uzun deganlari Suvonqul emas, uning avrashlariga uchmadi. Uning ko‘zini kuydirib, Yovqirni davradan davraga olib yurishda davom etdi.”.

Inson o‘zi qiziqqan kezi kelganda o‘ta sovuqqon mavjudoddir. U o‘z imkoniyatlari doirasida extiyojlariga qarab ish ko‘radi. Uning uchun har narsa keragida zarur, kerak bo‘lmaganida esa hech qanday qimmatga ega emas. Ta’latda ham xuddi ana shu holat yuz beradi. Bir vaqtlar Yovqir ortidan foyda ko‘rib shoni-shovkatga ko‘milib yurgan Ta’lat unga kelgan dardni anglagan zaxoti hech bir ikkilanishsiz, qadrsiz bir narsani mo‘may pulga pullaganday pullab yubordi. Endi bo‘lsa unga qayta ega bo‘lish payiga tushub Nazar uzunni avrash yo‘liga o‘tadi.

Undan so‘ng qahramonlarimiz o‘sha, ko‘zlarining qorachig‘lari katta-katta yoqimtoy bolakay yashaydigan xovliga tashrif buyuradi. Bu yerda esa bir qadar erkinlik topganday bo‘ladi. Biroq o‘lim sharpasining u bilan izma-iz yurishi bu hovlida uzoq qolmasligidan darak beradi. Mana endi uning alam va iztirob bilan ayriliq ko‘rsatgan ayri yo‘ldan yo‘rtib bormoqda. O‘sha ko‘zga tanish hamon hayolining bir burchagida berkinibgina yashab kelayotgan dasht qayda ekanligini izlab ketmoqda. Bu vaqtda esa baquvvat oyoqlaridan quvvat ketayotganini sezar, barcha sezish qobiliyatlari yo‘qolib borayotganini anglardi. Shunday ekan u faqat tezroq harakat qilish ozroq sustkashlik qilsa kech qolishi mumkinligi haqida o‘ylardi. Birgini tepalik shu birgina tepalikni oshsam u yog‘i mening jonajon dashtim degan hayol unga kuch bag‘ishlardi. Biroq tepalik ortida nima borligi haqida o‘zi ham hech narsani bilmasdi. Ammo unga omad kulib boqadi. U o‘z dashtini topdi:

Inson mehri yavvoyi hayvonlarnida o‘ziga bo‘ysindira oladigan bir sexrdir. Ana shunday sexr soxibi Jondosh yirtqich hayvonlarni ham o‘z mehrining asiri qila olgan, biroq ularning qo‘rasida hech vaqt tutub qolishga urunmas edi: -“U yirtqich jonivorlarni imkon boricha uzoq saqlab turmaslikka tirishadi. Faqt Chiporgina bundan mustasno. Yag‘rinidagi jarohat bilan qo‘rg‘onga keltirilgan bu jonivor sog‘aygandan keyin ham ketmadi. Xuddi xonaki itday, qo‘rg‘onda yashab qoldi. Qadam olishlari oliftanamo, fe’li yaxshi, duch kelgan narsaga tumshuq suqavermaydi. Lekin juda hushyor, narigi dovondan tosh yumalasa sezadi.”

Har qanday muhitda ham har qanday sharoitga ham ko‘nikuvchan inson o‘z aql- zakovati bilan qiyinchiliklarni qadamla-qadam yengib bordi. Muhimi undagi istak va xohish hayotga bo‘lgan qiziqish va ishtiyoq so‘nmasa shuni o‘zi kifoya. Bu yog‘iga ona tabiatning o‘zi murabbiylik qilib tarbiyalab boradi: -“ Tovatoshdan non pishirmoq unchalik qiyin emas. Avvaliga tosh obdon qizdiriladi-da, non uning o‘zigagina emas, Cho‘li ham juda xush ko‘radi. Umuman olganda, Cho‘li azaldan shirintomoq. Qo‘rg‘onga shishasiz qadam bosmaydi. Ichimlik, undan gazagi Jondoshdan. Qo‘rg‘onda go‘sht qahot emas. Biror qo‘y so‘yilsa, eti anchaga yetadi. Bundan tashqari, Jondosh vaqti-vaqti bilan kaklik ovlab turadi. Qisqasi, qo‘rg‘onda tishga bosgulik et hamisha topiladi.”

Jondosh tog‘ni o‘z uyi deb hisoblab, unga begonalarning qadam bosishini xohlamas, ov qilishlariga esa hech vaqt toqat qila olmas edi. Buning uchun dam yashirin, dam oshkora kurash olib borar shu yo‘l bilan o‘z mulki deb hisoblaydigan tog‘ va tog‘ jonivorlarini himoyalardi: -“Boshda u ovchalarga oshkora qarshi chiqib yurdi. Ammo bir safar ikki yigitdan o‘lasi bo‘lib kaltak yegach, bu xatti- harakati g‘irt bema’niligini fahmlab, kurashning yashrin yo‘liga o‘tdi. Panadan turib ularning yuragiga qutqu soladigan bo‘ldi, ya’niki yonib turgan olovni yoki yon-atrofini mo‘ljallab o‘q uzardi. Ana shunda ko‘ring vahimani. O‘tirganlar kutilmagan bu hujumdan dovdirab, sichqonning inini ming tanga sanab qolishardi. Ammo Jondosh ularni “in”da ham tinch qo‘ymasdi. Pusib o‘tirgan joydan ularni “in”dan chiqishga va orqa-oldiga qaramay qochishga majbur etardi. Bu ishda archalaru, xarsanglar, butalaru o‘t-o‘lanlar ko‘makka kelardi. Jondosh panadan turib xayoliga kelganini qilardi. Bu jihatdan, bu qiziq ermak edi. Keluvchilarning sarosimada tipirchilashlari, vahimaga to‘la ko‘zlarning olayishlari, so‘ng dumbalarini likillatib qochishlari- barisi juda g‘aroyib edi.”

Hozirda uni dilini o‘rtayotgan narsa tog‘da bo‘lib o‘tayotgan voqea edi. Jondosh shu tobda ham o‘zi haqida o‘ylanmas, qo‘rasidagi hayvonlarning holi ne kechishi haqida bosh qotiradi. Axir u yerda uning uchun eng qadrli yoshligidan o‘zi parvarishlab, jaroxatlariga malham bo‘lib boqqan bozor jonivorlari bor edida.

Jondosh bir narsadan hayratlanardi, nega inson zoti bu qadar bee’tibor va loqayd? Nega u borliq bergan ne’matlarni qadrlamaydi? Nega u o‘zga jonni og‘ritishdan hech ham og‘rinmaydi. Shu kabi savollarga javob topishga qiynalar ekan, tog‘dagi to‘qnashuvda unga nisbatan nazari pastlik qilishganini ham hazm qila olmas edi.

Yolg‘izlik insonni ruhan yemiradi. U kishidagi qatiyatni zaiflaydi, irodani susaytiradi, ishonchni so‘ndiradi umidni esa o‘ldiradi. Buni bilgan qahramonimiz Jondosh o‘ziga iti Bo‘ynoq va yovvoyi, yirtqich hayvon qoplonni o‘ziga hamrox qilib olgandi. Tog‘dagi birinchi tundanoq chipor ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Jondosh bo‘lsa bundan hech ham ajablanmadi.

Uning dilida hech qanday qo‘rquv hech qanday xadik yo‘q edi. O‘z hayollariga g‘arq bo‘lganicha o‘tirar ekan birdan to‘zg‘ib ketgan diqqatni bir joyga to‘pladi:-“U mayda-chuyda tashvishli o‘ylarga erk bermaslikka tirishib, etning pishishini kutib o‘tirarkan, Bo‘ynoqning irilashidan o‘ziga keldi. It tikilgan tomonga o‘girilib, kapalagi uchib ketdi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, quyidagi changalzordan pogonidagi yulduzlarni yiltillatib, ikki milisioner chiqib kelardi. Ular zo‘rma-zo‘r odimlashayotgan bo‘lishsa-da, Jondoshning naxdida shiddatli yugurib kelishayotgandek tuyuldi.

U ilk da’fa qo‘rquvni chuqur his qildi. Bu shu qadar yoqimsiz va noxush tuyg‘u ediki, bunaqasini hali hech boshidan kechirmagandi. “To‘xta!” degan hayqirig‘u, osmonga ketma-ket uzilgan o‘qdan emas, yuzaga kelgan vaziyatning mohiyatidan yuragi orqasiga tortib ketgandi. Tavba, uni ta’qib etishayapti-ya! Xuddi yaralangan jonivorning izidan tushgan ovchilarday quvlab kelishayapti-ya!”

Bashir chandir anchayin usta izquvarlardan bo‘lib Sadir nazirni o‘ziga ergashtirib tinmay harakat qilardi:-“U o‘z kasbiga o‘ta sodiq bo‘lib, ishga ma’sulyat bilan yondoshar, shunchaki qimirlab yurganlarni jini sevmasdi. U bir xayoli kasb ma’suliyati haqida og‘iz ko‘pirtirib yubormoqchi bo‘ldi-yu, lekin o‘zini tiydi. Ichidan itini olib kelganidan mamnun bo‘lib qo‘ydi.”

O‘z ortidan quvib kelayotganini ko‘rgan Jondosh ko‘ksida nimalarnidir sodir bo‘layotganini sezar, o‘ziga sig‘may karaxt bir holga tushub qolayotganini sezib bu holatdan qutilishga urunardi. Yozuvchi asardagi bunday ruhiy holatlarni g‘oyat go‘zal tarzda pezash tasviri bilan uyg‘unlashtirib yuborgan:-“Jondosh ta’qibga uchrash g‘oyat noxushligini, u kishida jirkanch bir qo‘rquvni uyg‘otib, dunyoni tor, juda tor ko‘rsatib qo‘yishni ilk bor his etmoqda edi. Shuningdek, qo‘rquvda rang mavjudligini, bu rang tevarakdagi boshqa ranglar bilan qorishib, sovuq bir tus olishini anglab yetgandi. Bu qo‘rquv uning idrokida formali kishilar qiyofasida shakllanib, ular chiqib kelgan changalzor rangi bilan uyg‘unlashib ketgandi. Bu manzara nihoyatda tunda va dahshatli edi. Uning qaridan o‘pirgan sovuq epkin kishi vujudini muzlatib, qochmoqqa majbur etardikim, bunday paytda bandasi toshlar bag‘riga singisi, biror-bir archaga, yohud butaga aylanib odam oyog‘i yetishi qiyin bo‘lgan tog‘lar bag‘rida abadiy qolib ketgisi kelardi. Afsus, tirik vujud tosh qotmaydi, shuningdek, archa-yu butaga ham aylanmaydi. U xuddi yovvoyi jonivorlardek qochmog‘i, bekinmog‘i mumkin, xolos.”

Tabiat go‘zal xilqat. Inson ham unig yaratig‘i, Bir bo‘lagi hisoblanadi. Uning fusunkorligini, go‘zalligini his etish qiyin emas. Biroq Jondosh shu vaqtga qadar tog‘ go‘zalliklariga nazar solmaganligini, uning go‘zalligini his etmaganligini mana endi tuymoqda edi. Yohud bir mo‘jiza yuz berib bugun tog‘lar shunda ko‘rk ochmoqdami. Buni sira anglayolmay atrofga suqlanib boqar edi:-“Boshda u ovchilarga oshkora qarshi chikib yurdi. Ammo bir safar ikki nafar yigitdan o‘lasi bo‘lib kaltak yegach, bu xatti-harakati g‘irt bema’niligini faxmlab kurashning yashirin yo‘liga o‘tdi. Panadan turib ularning yuragiga qutqu soladigan bo‘ldi, ya’niki, yonib turgan olovni yoki yon atrofni mo‘ljallab o‘q uzardi. Ana shunda ko‘ring vahimani. O‘tirganlar kutilmagan bu hujumdan dovdirab, sichqonning inini ming tanga sanab qolishardi.”

Inson har qanday yolg‘izlikka, ayriliqga bardosh bermasin ko‘ngli xasrat istaydi. Yolg‘izlik oldida bosh egadi. Chunki yolg‘izlik faqat Ollohga hos ekanligi hech kimga sir emas. Qiyinchilik tashvish, inson yuragini ich-ichidan yemiradi. Qahramonimiz Jondosh ham ana shunday qiyinchiliklar to‘riga ilindi:-“Jondosh shu ketishda dovon tepasida nafas rostladi. Egnidagi paxtaligini yapisqa tosh ustiga tashlab, bir chetiga omonatgina cho‘kdi. Ko‘ngli shu qadar hasrat istardiki, yuragini kimgadir bo‘shatmoq o‘yida beixtiyr yonveriga alanglaganini sezmay qoldi. Ammo bu tog‘u toshda dardkash topmoq mushkul edi. Toshlar saltanati butun borliqqa beparvo holatda sokin mudrar, uning hatto ko‘kdagi quyosh ham bu yerga begonadek edi.”

Bashir chandir va Sadir nazir uning ortidan borar, tobora tog‘ oralab ketardi. U yolg‘izlik hissini ko‘nglidan quvish uchun Bo‘ynoq va Chiporni doimo o‘zigi hamrox qilib dardlarini to‘kib solardi. Bo‘ynoq unga sodiq va vafodor. Chipor bo‘lsa u ham Jondosh uchun yaxshi do‘st va himoyachi edi. Biroq u yovvoyi tabiat vakili. Uning ajdodlari o‘ziga xon, o‘ziga bek, tabiat qo‘ynida emin erkin yashab kelgan. U ham shu ajdodlarning davomchisi, tog‘-u tosh egalaridan biri. Kuni kelib uning bosh olib ketishi tayi edi va shunday ham bo‘ldi. Butazor oralab ko‘zdan yo‘qolar ekan Jondosh ortidan qarab qoladi:-“-Ovga ketdi, - dedi o‘zini chalg‘itish uchun.

Bunga javoban it g‘ingshidi.

-Keldi,- dedi Jondosh itning g‘ingshishini anglasa-da o‘zini ishontirishga tirishib. –Qornini to‘yg‘azib qaytadi. Ammo Bo‘ynoq tinchimadi. Qoplonning qaymasligini sezganday, g‘ingshishidi davom etdi.

-Qaytadi,- Jondosh itni turtdi.- Ko‘p g‘ingshimay, ma, nondan ye!

Bo‘ynoq nonga qayrilib qaramadi. Jondoshning tomog‘idan ovqat o‘tmay qoldi.

-Nohotki, butunlay ketgan bo‘lsa!”

Uning qaytishini uzoq kutgan Jondosh qaytmasligini bilib yana yo‘lga ravona bo‘ldi. Bundan uning ko‘ksi qattiq og‘riqni his qilar va bu og‘riqdan yuragi alamli achirdi. Ko‘zlagan manziliga kelgach, quvlovchilar anchain ortda qolgan deb hayol qilib hech ovqatga bamaylixotr o‘zgacha tayyorlana boshladi. Bu vaqtda esa Jondosh va Bo‘ynoqni bir hurkitib o‘tgan bo‘rilar galasi, izquvarlarni anchain besaramjon qilgan, tuni bilan uyqusizlikdan aziyat chekib holdan toygan edi.

Tongda o‘q ovozi va iti Bo‘ynoqning ingrashidan cho‘chib uyg‘ongan Jondosh, kechki ziyofat quyuq bo‘lganligidan boshi gangib tinmay miltig‘ni izlardi:-“Kuilmagan bu talato‘pdan bazo‘r o‘ziga kelgan Jondosh g‘or devoriga behol suyanarkan, shundoqqina tumshug‘i tagida dum silkib turgan beo‘xshov itni ko‘rdi. Unga hov birda ko‘zi tushganday bo‘lardi. So‘ng tepasida shiftday bo‘lib turgan ko‘lankaga razm soldi. Bashir chandir tantanavor qiyofada iljayib turardi.”

Jondosh go‘r og‘zida cho‘zilib yotgan bo‘ynoqning tanasini ko‘rib achinmadi ham. Endi unda hech qanday hatto anglash hissi ham yo‘q edida. U hech vaqt tog‘dan ayro yashashni o‘ylamas va buni ham tasavvuriga ham sig‘dira olmas edi. Mana hozir qo‘li bog‘liq tutqin kabi yurib borar ekan undagi tushkun holat behad edi:-“Jondosh yuksak qoyalarga, ko‘kda ohista suzib yurgan burgutga, qalin archazorga, Qoradaraning jahannam yanglig‘ chuqur tubiga bibir ko‘z tashlarkan, ichki bir qatyat bilan ta’kidladi.

-Bu tog‘lar bag‘ridan meni hech kim yulib ketolmaydi!”

Tutqinlikdan qutilishni urungan Jondosh jar og‘ziga ilinib o‘lim bilan yuzma-yuz keladi. Shu dam uning ko‘zi ko‘kda parvoz qilayotgan burgutga tushadi:-“Osmon sultoni yerdagi bu g‘alati ishdan hang-mang bo‘lganday, kichik doira yasab, ohista suzib yurardi. Unga Jondoshning havasi keldi. Qani endi, qanoti bo‘lsa-yu, manovularning qo‘li yetmaydigan yuksak tog‘lar sari uchib ketsa. Aslida, azaldan u burgutlarga havaslanib boqardi. Ulkan bu qushning havoda qilt etmay suza olishidan hayratda kelardi.”

Yuqorida tutqinlik, pastda esa qoyalar jahannam. Qay birini tanlash Jondosh uchun shu tobda hech qanday o‘ylarli hol emasdi. U tutqinlikdan ko‘ra jahannamni avzal bildi va ko‘zlarini yudi:-“Jondosh o‘zining bu “parvoz”i hademay jahannam tubidagi toshlar saltanatida yakun topishini bilgani bois, ko‘zlarini qayta ochmoqni istamadi. Uning tasavvuri ko‘zga aylangandi. Tasavvurida esa o‘sha burgut qanotlarini keng yozganicha ohista parvoz etardi. Ammo burgut parvozi uzoq davom etmadi... Jondosh kuchli zarbdan ko‘zlarini ochib, o‘zini archa shaxldari og‘ushida ko‘rdi. U tik jarlik devorini yorib chiqqan archa ustiga borib tushgandi. Sershox archaning baquvvatligini tanida his etarkan, shuursiz bir ravishda butoqlardan biriga yopishdi. Tasavvuridagi parvoz izsiz yo‘qolib, u tag‘in hayotga yuzma-yuz kelgandi. Tepadan mo‘ralashayotgan basharalarga, oppoq daydi bulut zeb berib turgan ko‘m-ko‘k osmonga, zalvori ostida ohista tebranayotgan archaning pishiq va yo‘g‘on tanasiga bamisoli yuhodek o‘ljasini poylab yotgan pastdagi qirrador toshlarga bir-bir ko‘z tashlarkan, negadir, tik jarlik devorni yorib chiqqan archaning ko‘rimsizligi-yu baquvvatligini o‘yladi. Bu xil archalar negadir bir-biriga o‘xshab bo‘lishini xayolidan o‘tkazdi. Shundan so‘ng yuragida tug‘ilgan yashash ishtiyoqiga bo‘ysunib, archa shoxlari orasiga tuzukroq o‘rnashdi.”

Umid yondi, yashashga bo‘lgan ishtiyoq qayta uyg‘ondi. Tog‘ o‘z farzandini qutqardi. Jondosh so‘qmoq bo‘ylab qoyalarga tirmashar ekan archazor yokasida ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.

Yuqoridagilardan ham ko‘rinib turibdiki adib bosh qahramonning shaxsiy inqirozi omili sifatida haram muammosi va farzand tarbiyasi asos qilib ko‘rsatadi va buni boshqa qahramon tomonidan e’tirof etilganligi isbotlaydi. Qahramon psixologiyasidagi evrilishlarni mana shu e’tirofi nutqi orqali aks ettirishga va kitobxon ko‘z oldida ushbu tarixiy shaxsni chigal turmush tarzini tasavvur etishga ko‘maklashadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib ushbu bobni xulosalaymiz:



  • Xarakterlarni individuallashtirishda obrazning tashqi ko‘rini chizgilari ya’ni potretga ham alohida ahamiyat beradi. Potret chizgilarida obrazni xarakterlaydi.

  • Individuallashtirish personaj nutqi orqali, nutqdagi ma’no – mazmun orqali ham amalga oshiriladi.

  • Muallif qahramonini psixologik jihatdan tavsiflaydi va uning kechinmalari va ruhiyati orqali ushbu shaxs o‘ziga xosliklarini ko‘rsatib o‘tishga harakat qiladi.

Xullas, shaxs obrazi yaratilishida uni individuallashtirish asar muvafaqiyatini ta’minlovchi va yozuvchi mahoratidan darak beruvchi omillardandir.


Download 343,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish