O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta


I.2. Shoyim Bo‘tayev qissalarida xarakter va ruhiyat tasviri



Download 343,5 Kb.
bet5/9
Sana31.07.2021
Hajmi343,5 Kb.
#133319
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qissa va hikoya janrida mi

I.2. Shoyim Bo‘tayev qissalarida xarakter va ruhiyat tasviri

Shoyim Bo‘tayev o‘z ijodiy asarlariga o‘zligini, shaxsiyatini, xalq “men”ini yashirin tarzda joylagan ijodkorlardan biri. Adib o‘tgan asrning kirli vora kunlarida xalqning boshiga kelgan muommolarni, zulumatli kunlarni turli illatlarni o‘z so‘zlari bilan ayta oldi. Yozuvchi asarini o‘qib aynan toptalgan el g‘ururi-yu, yoshlarga ta’sir o‘tkazgan illatlarni tajallisini ko‘ramiz. Yuqoridagi fikrlarimiz dalili sifatida ijodkorning yana bir qissasi “Muyulishdagi uy” xaqida fikr yuritamiz. Yozuvchining asari borki, u qaysidir tomoni bilan ijodkor hol-xayotiga ulanadi. “Muyulishdagi uy” asaridagi ilgari surilgan masalalardan biri katta hayotga qadam qo‘yish arafasida turgan yoshlarning ruhiyatida zamon o‘zgarishlarning ta’sir kuchi qay darajada ekani tasvirlanadi. Bizga ma’lumki, o‘zbek xalqi azaldan oiladagi farzand tarbiyasiga katta e’tibor berib kelgan. Bu borada o‘ziga xos uslublarda boshqa xalq vakillariga o‘xshamas tomonlar bir talaydir. Demak bizda yoshlarni mustaqil hayotga qadam qo‘yib, to‘g‘ri yo‘ldan yurib, o‘z maqsadli manziliga yetishida, albatta ulug‘larni maslahatlari muhim ahamiyat kasb etadi.



Shoyim Bo‘tayev “Muyulishidagi uy” qmssasida yaratilgan obrazlari orqali ular tilidan qanday fikrlarni ayta oladi, xalqning qaysi bir dardi yoki og‘riqli nuqtalarini yoritishga urinadi, bu borada qanday yutug‘ga erishdi? “Muyulishdagi uy” qissasida oliy o‘quv yurtiga kira olmagan Toshquvvatning sarguzashtlari, institutni tugatib Toshkentga ish izlab kelgan yosh yozuvchi Yoribekning ruhiy xolati aks ettirilgan. Yorbek qishloqda ota-onasini tashlab shaharga ishlashga keladi. Ota- onasi o‘g‘lining bu ishidan narozi bo‘ladi. Bu voqea tasvirida yozuvchi Yoribekning shahardagi qandaydir bir tog‘asi haqida gapirib o‘tadi. Onasi qachonlardir shaharga ketib, o‘sha yerda uy-joy qilib o‘zgacha muhit, odamlar orasida yashab, qishloq hayotini salkam unutgan “tog‘a” haqida o‘g‘liga so‘zlar ekan, qishloq ayollariga xos soddalik, oddiylik, o‘zbek ayolida bo‘ladigan o‘zgacha mehr bilan gapiradi. Olisdagi shaharda zamon oqimiga tushib yashayotgan, xatto bir yilda bir eslamaydigan “uka” siga ishonadi. Go‘yo o‘g‘li Yoribekka suyanch bo‘ladigandek his qiladi. Aslida bunday bo‘lmaydi, Yoribek bilan tanishgan “tog‘a” necha yillardan beri ko‘rmagan jiyanini qarshisida bir tuki ham o‘zgarmay begonaday munosabatda bo‘ladi. Yoribek tog‘asi uni uyiga taklif qilganidagi munosabatni kuzatib kitobxon ko‘ngli o‘zi sezmagan holda bundan ranjiydi. YA’ni xonadonda ko‘chaga yaqin darvoza yonidagi xona oldida qo‘yilgan stol va uy bekasining kelgan mehmonga tayyorlab qo‘yilgan sovuo‘ yaxna choyi. Bu vaziyat xuddi kelgan mehmonga teziroq ket degan gapni ko‘rgazmali tarzda aytib turadi. Axir millatning odatiga yot bo‘lgan bu harakatlar qaysi o‘zbek kitobxoniga yoki umuman insonga ta’sir etmasligi mumkin emas. Bu ham bo‘lsa, bizning urf-odatlarimizni ma’lum ma’noda kimlardir qarashi ostida toptalishi, zamonaga mos yashamoqchi bo‘lib asliyatidan, o‘zligidan, o‘z “men”idan qaytishidir. Demak, “tog‘a” qay darajada yuqori mansabga erishgan bo‘lgani bilan yoshligida olgan tarbiyasi, uni voyaga yetkazgan xalq o‘zligini unutgan yoki bu urf-odatlarni eskilik deb qaray boshlagan. Bundan tashqari “Muyulishdagi uy” asarida dediktivlik hususiyati ham uchraydi. Avvalo “Muyulishdagi uy”ning o‘zida allaqanday sirlilik bor. Yana Toshquvvat va Yoribek ushbu uyga kelganida yangidan yangi bu uyning mehmonlari bilan tanishishdilar. Said Movloviy, Asad, Nazokat singari personajlar kalavaning uchini yanada chuvalashtirib yuboradi. Nihoyat, skripkachi Asad, Nazokat bilan urushib qoladi-yu, muyulishdagi uyda sodir bo‘lgan mudxish jinot ochiladi. Muyulishdagi uyga kelganida Yoribek yoshgina bir qizni ko‘rgan, qiz birdan yo‘q bo‘lib qolgan edi. Asar pirovardida yoshi uzoq ismli kimsa sirli, jinoiy to‘daning boshlig‘i ekanligi, Said Mavloviy, Otajon, Musa, Nazokat, Bolabek, Mirsolmon Mirqoriyevich, Qoratosh, Oqbosh, Novchaqul, Asadlarning jinoiy to‘daga aloqadorligi ma’lum bo‘ladi. Yoshiuzoq boshchiligidagi jinoiy guruh nasha, qora dori yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Toshquvvat o‘zi sezmagan holda bu jinoiy guruhga qo‘shilib qoladi. Qissada Toshquvvatning institutga kira olmagani sababli, qanday kilib jinoyatchilar to‘dasiga tushib qolishi ko‘rsatilgan. “Muyulishdagi uy” qissasi bosh qaxramoni qishloqdan kelgan Yoribek. U Toshquvvatdan farqli o‘laroq institutni tugatgan. Tog‘asidan yordam ololmagan Yoribekka Toshquvvat moddiy va ma’naviy jihatdan yordam beradi. Yetti yot begona, ustidan ustak qamoqxonadan chiqqan Toshquvvat Yoribekdan ko‘magini ayamaydi.

Insoniy mexr-oqibat ko‘rsatadi. Bundan tashqari Toshquvvat Yoribek yordamida o‘z yo‘lini topib oladi. Qissada yuzaki personajlar ham ko‘p Ota Sunnat, Mazbut muallim, Ne’mat, Moyoray singari xira ishonarsiz tasvirlar uchraydi. Asardagi material shu darajada keng, sertarmoqki, uni qissa qolipiga joylash mushkuldir. Qissa poyetikasiga e’tibor berilsa uslubdagi past- balandliklarni sezish mumkin. Baddiy nasrning murakkabligi shundaki, ijodkor ruhini, qaxramonlar xarakterini o‘ta ishonarli, nozik tasvirlarda bera olishi kerak. Boshqacha aytganda, asardagi har bir fikr, so‘z kim tomonidan, qanday kayfiyatda aytilayotgani ma’lum bo‘lishi kerak. Badiiy asardagi so‘zlar, tasvirlar, kartinalar barchasi uslubni belgilaydi. Uslub, ta’bir joiz bo‘lsa, asarning asab torlari, qon tomirlari, joni hisoblanadi. Bunda bari ma’naviyat, ruhiyat, milliylik, badiyat, ijtimoiy muhit, davr illatlari, taraqqiyotning salbiy va ijobiy natijalari yaqqol ko‘rinadi. Qaysi g‘oya ilgari surulganini uslub qullanishiga qarab osongina aytish mumkin. “Muyulishdagi uy” qissasi olib tahlil etilsa, aytish kerakki, “Shamol o‘yini” yoki “Sho‘rodan qolgan odamlar” qissalaridagi kabi milliy ruhiyat, xalqning o‘ziga xos qarashlari u qadar sezilmaydi. Umumiy ma’nodagi xalq orasidagi kirib kelgan yot illatlar el milliy urf-odatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va bu orqali millat o‘zligiga xurmatsizlik, yoshlar tarbiyasida buzulishida zamon o‘zgarishlarining ta’siri kabi tasvirlar beriladi. Ammo bu millat ruhiyati butunlay yo‘q degani emas, albatta.Xususan qancha jinoyatlarni ko‘chasiga nazar tashlab, jinoyat vakillarini munosabati ta’siridan qo‘pol, ochiq so‘zlashga odatlangan Toshquvvatning ko‘ngli tubidagi asli insoniy tuyg‘u, mehr, samimiylik butunlay o‘lmagandi. Bu xususiyatlar insonlarda, ma’lum ma’nodagi avloddan-avlodga o‘tuvchi genetik hodisalar sirasiga kiradi. Desak, xato bo‘lmas. Toshquvvat ham bir o‘zbek oilasining farzandi edi. Halol vijdonli kishilar tarbiyasini ko‘rgandi. Ammo ma’lum bir muhitning ta’siriga tushib hayoti izdan chiqdi. Qissada shunday tasvirlar beriladiki, u o‘zi tug‘ulib o‘sgan olis qishlog‘i, ota-onasi, yaqinlari, do‘stlari orasiga qayta olmasligini, qanchalik xohlasa ham buning iloji yo‘qligini aytadi. Toshquvvaini o‘z yurtiga qaytishiga imkon bermayotgan qanday yashirin tuyg‘u, his bo‘ldi ekanki, qishloqqa qaytsa xotirjam yashay olmaydi. Bu bir tomondan Toshquvvatda vijdon degan tuyg‘uni o‘lmagani bo‘lsa, boshqa tomondan el kishilari oldida aybdorlikni his qilish. Toshquvvat jinoyat olamiga qo‘shilib qolganidayoq eldan uzulib bo‘lgandi. Xalq orasiga qaytish uchun o‘ziga xos yozilmagan qonunlarga rioya qilish kerak bo‘ladi. Yurt vakillari orasida millat g‘ururi, e’tiqodi, ishonchi degan narsalar mavjud. Toshquvvat o‘z oilasini, elini, millatining ishonchi, e’tiqodini suiste’mol qilib jinoiy guruhning ishlarida qatnashdi. El uni o‘z farzandi, millat ishonchi, g‘ururi ximoyachisi deb tan olmaydi. Bu ham milliylikning bir uchquni. Toshquvvat yurgan shahar muhitida milliy odatlarni, xalq g‘ururini toptalishi yoki zamon o‘zgarishlarining ta’siri sezilsa, qishloqlarda asli o‘zbek millatiga xos urf-odat, milliy e’tiqod, milliy shahsiyat xislatlari saqlanib qolganini yashirin tarzda sezdirmay so‘zlandi. Bu narsa bir qaraganda sezilmaydi. Lekin mohiyatdan o‘ylab tahlil etilsa buni anglamaslik mumkin emas. Shoyim Bo‘tayev qissasida Toshquvvat va Yoribek muyulishdagi uyga kelganda bir yosh qizni ko‘radilar. Xo‘sh, u qayerdan bu yerga kelib qolgan? Keyin ma’lum bo‘lishicha Nazokat ismlm Otajonni xotini u qizni qishloqdan olib kelib bu uyda o‘zining mijozlarining luqmasiga aylantirdi. U qizning o‘n gulidan bir guli ochilmay qovjiragan xazon bargiga aylandi. Necha yillar davomida Nazokat qilgan jinoyat ochilmay qolaveradi. Ammo eng so‘ngi tasvirlardagi jinoyatning fosh bo‘lishi holati, jinoyat hech qachon jazosiz qolmaydi degan fikrlarni tasdiqlaydi.

Yana bu qissada el rizqini yeb kun ko‘radigan poraxo‘r, birovning xaqqidan qo‘rqmaydigan kimsalar orqali elning orasida tarqalgan illatlar ochib beriladi.

Fikrlarni umumlashtirsak, Shoyim Bo‘tayev “Muyulishdagi uy” qissasida o‘tgan asrning 70-80 yillarida o‘zbek xalqi yashagan ijtimoiy muhti va jarayonda kishilarning o‘zaro munosabati, yoshlar dunyo qarashi kabi tasvirlar o‘z tasdig‘ini topgan. Ijtimoiy yangi jarayon natijasida yoshlar tarbiyasidaga zamon ta’siri, eldagi ma’naviy o‘zgarishlarning oqibati ma’lum darajada ko‘rsatib berilgan. Aynan yot xalq urf-odatlari kirib kelishi o‘zbek millatiga xos bo‘lmagan odatlar bayon etilgan. Asardagi xarakterlar orqali o‘zbek mentalitetiga to‘g‘ri kelmaydigan odatlar aksi namoyon etilgan.

Shoyim Bo‘tayev o‘z tili o‘z so‘zi bor ajoyib yozuvchi. Uning yana bir ijod maxsuli -bu “Sho‘rodan qolgan odamlar” qissasi bo‘lib bu asarda biz yuqorida kqrib o‘tganimiz ikki qissa “Eski arava” va “Muyulishdagi uy” kabilarga nisbatan kuchliroq tasvir etilgan o‘zbeklar milliyligin ko‘ramiz. Bu munosabat oiladagi muhit insonlar o‘rtasidagi aloqalarga yorqin tasvirlangan. Aytib o‘tganimizdek, Shoyim Bo‘tayev rus adabiyoti, qolaversa, jaxon adabiyoti namunalari bilan yaxshi tanishgan yozuvchidir. Bir jihatni aytib o‘tish joizki, “Sho‘rodan qolgan odamlar” asarida roviy sho‘x, balandparvoz gapirishni yoqtiradi. Bu “Sho‘rodan qolgan odamlar” qissasida keltirib o‘tgan bir tavsif Lev Tolstoyning “Xojimurod” asaridagi bir qiyosni eslatib yuboradi. “Semiz ayol farosatsizligi tufayli qamalib ketgan eridan ancha muncha turtki yeb turarda; endi turtadigan odami bo‘lmagani uchun battar axmoqlashgan edi” Bu qiyos “Xojimurod” qissasida yozuvchi keltirgan “ tuxumda qancha tuk bo‘lsa, ayolda shuncha aql bo‘ladi” degan iboraning tasdiqlangandek edi.

Yana bir jihat borki, “Sho‘rodan qolgan odamlar” asarida yozuvchi laqab, kosb- qarindoshlik darajasi martaba (amal)ni asos qilib oladi. Asarning boshidan oxirigacha nazoratchi amaki, Nachal’nik, Kayvoni, Go‘rkov kabi obrazlar kitobxon diqqatini tortadi. Qissada Amaki, Kayvoni, Oqsoqol, Ko‘ksaqollar ismi hatto aytilmaydi ham. Nazoratchining ismi MELS ekanligi aytilsa-da g‘alati nom darxol kitobxon xotirasidan ko‘tariladi.

Asar o‘qishda muhim jihat kitobxon zinxor sust, beo‘ylov ergashuvchi bo‘lmasligi kerak. Kitobxon raviy bilan yozuvchi orasidagi nozik aloqalarni, uslub tebranishlarini, asar poetikasi sirlarini anglab yetishi joiz hisoblanadi. Bu fikrni aytishdan maqsad shuki, Shoyim Bo‘tayev asari “Sho‘rodan qolgan odamlar” da hikoyachi shaxsi jiddiy o‘rin egallagan. Raviy voqealarni tasvirlaydi, qaxramonlarning qilmishlari, faoliyatini ko‘rsatadi, asardagi ilgari surilayotgan g‘oyaga kitobxon diqqatini tortishga harakat qiladi va asardagi el timsoli, xalq mafkurasi, ertangi kundagi maqsad, o‘ylarini ham so‘zlaydi.

“Sho‘rodan qolgan odamlar” qissasida roviy ajdodini tayini, ota-onasining burdi yo‘q Aka va Uka hayotini, oilasini, aloqalarini, ijtimoiy mavqeini hikoya qiladi.

Yozuvchi qissadagi obrazlar tasvirini berish bilan ularni hatti- harakati, odatlari, yashayotgan muhiti, atrofdagilar bilan munosabati orqali o‘zlikni, el kishilarini shaxsiyati va millatga xos hususiyatlarni tavsiflab beradi. Aytaylik, qissa boshlaridagi tasvirlarda Uka xonodoni tasviri beriladi. Uning hayotidan narozilik, ishlari yurishmagini, omadsizligi uchun alamini atrofdagilardan oladi. Onasiga, akasining o‘g‘liga xonodonlariga kirib kelishlaridanoq qo‘pol muomila qiladi. Aniqrog‘i, hech qanday samimiyat bildirmaydi. U bir qancha boqayotgan qoramollaridan kasalliklar tarqalib ayrilib qoladi. Faqat birgina buzog‘i qoladi, bu molni ham o‘g‘ri olib ketadi. Unga taqdir atayin qasdlashganday. Muhimi bu emas. Gap boshqa toionda, buzog‘i o‘g‘risi kim asli. Nima uchun bu ishni bajarishgan? Ayni shu voqea sabab bir oila barbod bo‘ladi, o‘g‘il va ota o‘rtasidagi ziddiyat chohi yanada chuqurlashadi. Hammasining badalini esa sho‘rlik ona o‘z hayoti bilan to‘laydi.

“Sho‘rodan qolgan odamlar” qissasi poyetik nuqtai nazaridan yetukligi, kompozision mutonasibligi, matn yashovchanligini ta’minlovchi ichki ziddiyatlarning izchil maromi bilan alohida o‘rin egallaydi. Asar nomidan ham seziladiki, qissadagi obrazlar tarixning yoki bugunning kishilari emas ular aynan o‘tgan asrning sho‘ro hukumati sharoitida yashagan odamlar. Xususan, Nazoratchi MELS qamoqxonada ishlaydi.

-“Nazoratchi turgan ko‘tarmadagi lampa lipillaydi: goh xira tortib o‘chib qolay-o‘chib qolay deydi, goh tuyqus charaqlab ketadi. Uning atrofida g‘ujg‘on qor zarralari o‘ynaydi.

Shaxarcha chetidagi, tashlandiq bir yerda joylashgan bu qamoqxona rejimining qattiqligi, nazoratchilarning qo‘rs-qo‘polligi bilan dong taratgan, eng ashaddiy jinoyatchilar uning nomini eshitganidayoq titroqqa tushishardi. Shuning uchun har puchmoqda, har unutilgan yerda yilning to‘rt fasli bo‘ladigan o‘zgarishlarning ham faqat shu joygagina daxli yo‘qdek tuyulardi- sovuqmi, issiqmi, kechami yo kunduzmi - bir-biridan qolishmaydigan azoblar bor ediki, bular asta-sekin ko‘ngildagi orzularni chilparchin qilib, mahv etaverardi.”

U hukumatga sodiq xizmat qiladi har qanday sharoitda ham. Xatto o‘z o‘g‘li ukasining buzog‘ini o‘g‘irlab ayblanganda ham bir tuki qimir etmaydi. Nazoratchi uchun o‘zi ham chuqur anglab yetmagan hukumat tartiblarini bajarish birinchi o‘rinda turadi. Bir umr shunday yashaydi. Amaki esa akasining o‘g‘liga buzog‘i topilgan bo‘lsa ham shavqat ko‘rsatmaydi. Da’vo arizasini qaytarib olmaydi. Yetti yot begona mahalla kishilari qanchalik nasihat qilib, bu ishi elga xos emasligi, xalq kishilari mexr- muruvvatli bo‘lishini istashlarini o‘zbekchilikda har doim eng og‘ir jinoyatlarga ham sahovatli bo‘la olish kerakligi ma’lum ekaniga qaramay o‘z jiyanini o‘smirlik yillari qamoqxonada o‘tishga sabab bo‘ladi. O‘tgan asrimizda yuz bergan voqealarga nazar tashlansa ma’lum bo‘ladiki, jinoyatlar, yolg‘onchilik, xaromxo‘rlik kabi illatlar tarqalishi tufayli qishlog‘-u shaharlarda ma’naviy- ruhiy so‘niqlik, ijtimoiy- madaniy tanazzul ro‘y bera boshladi. Bu ayniqsa, sho‘ro zamonida aniq-tiniq ko‘rindi. Shoyim Bo‘tayev sho‘ro odamlarini kechagi kunnni chuqurroq o‘rgana bordi, ruhiy- ma’naviy tanazzul sirlarini aniqlashga intildi.

Imon e’tiqod, fayz- tarovat, murod- maqsadlilik, qalbi uyg‘oq, tavallud topgan ko‘ngilllaridangini bo‘lar ekan. Agar millat kishilarning qalbi uyg‘oq bo‘lib ko‘ngillari tavallud topgan bo‘lsa, bunday el o‘zligi shaxsiyati, milliyligi, o‘z ozodliliga ega, baxtli soadatli odamlar yurti hisoblanadiyu Sho‘ro hukumati siyosati, mafkurasi insoniylikning jon tomiri yaratgani tanigan ko‘ngillarga tajovuz o‘ildiyu Masjid-u madrasalarni buzib tashlandi, yaroqsiz xolga keltirildi, imomu ulomalar, ahli ilm mahv etildi. Minglab qishloqlariu kentlardan imon ko‘tarilib fayz keta boshladi. “Sho‘rodan qolgan odamlar” qissasida mana shunday qishloqlardan biri tasvirlangan. Bu davrda imonu e’tiqod insonlar qalbining tub-tubidan joy oladigan ruhiy- ma’naviy qadriyatlar yulib tashlanmoqchi bo‘ldi. Xalqni bu ne’matdan mosuvo qilish aslo mumkin emas.Xalqimiz ne-ne azoblarga ruhiy-ma’naviy taziyqlarga giriftor qilinsada, biroq o‘zligini yo‘qotgani yo‘q.

“Sho‘rodan qolgan odamlar” asarida ana shunday qalbida gavxari bor o‘nlab, yuzlab din-diyonatli, vijdoni but odamlar bor. Shulardan biri o‘g‘irlik uch yigitchaning o‘qituvchisi, muallimdir. U kiyimi bir ahvolda bo‘lsa ham, qirtishlangan iyagi ko‘zidagi oynak o‘z xayollariga ko‘milib yurishi diqqatini tortadi.

Bu asardagi yana bir imon- insofli kishi echkisini yo‘qotgan dehqon. U “oltmishlarga borib qolgan, yuzi chuvak, qisiq ko‘z, past bo‘yli”, uvadasi chiqib ayrim joylardan paxtasi tusha boshlagan choponga o‘ranib olgan odam. Dexqon da’vosidan kechmasa qora kursida o‘tirgan navqiron o‘smirlar aybiga-ayb qo‘shiladi, baribir echkisi bor bo‘lib qolmaydi. Dehqon echkisi topilganini aytdi. Bu o‘zbek kishisiga xos javonmardlik edi. Bu millat kishisi qalbidagi milliy o‘zlik hususiyatlarning bir aksi xolos. Asli milliy ruhiyat kishilar ongi, qalbi, vijdoniga singigan bo‘ladi. “Sho‘rodan qolgan odamlar” asaridagi muallim echkisini yo‘qotgan dehqon, eri qamalib ketgan ayol kabi kishilar yashagan muhitni nursiz, so‘niq deb bo‘lmaydi. Xolayiq orasida imon- insoflilar, tag-tubli teran tomirlilar borki, el ulusini, qavmni, xalqni yo‘q qilib, o‘zligidan qaytarib bo‘lmaydi. Shoyim Bo‘tayevning ushbu qissasidagi uvoq timsollarning mag‘zi to‘q, xalqonaligi bilinib turadi. Qissada qamoqxona boshlig‘i, Sunnat o‘g‘ri, oqsaqolu ko‘ksaqollar, koyvani, chakagi baquvvat qo‘shni kampir, eshak mingan qariya singari uvoqday ammo esda qolarli timsollar mavjud. Yozuvchining boshqa asarlaridagi bunday timsollardan “Sho‘rodan qolgan odamlar” tiniq, puxta, zalvorli ekani bilan ajralib turadi. Bunday timsollardan biri Sunnat o‘g‘ri. U nazoratchini o‘g‘li qamalganini eshitib undan ko‘ngil so‘rash uchun navbatchilikdan qaytayotganida uyga tashlab ketadi. Yo‘l bo‘yi turli hodisat va kishilar haqida so‘zlashib boradi. Manzilga yetganida sunnat o‘g‘ri Nazoratchiga dalda mehr yuzasidan o‘g‘lini qamalgani uchun insoniy samimiylik bilan ko‘ngil so‘raydi. Biroq nazoratchining bu vaziyatda ham qalbida hech bir his uyg‘onmaydi. Nazoratchi harbiy kiyimini juda qadrlaydi, iloji bo‘lsa, u xos kiyimini sira yechmasa. Nazoratchining qishloqdoshlari, hamkasblari ro‘zg‘orni butlash uchun o‘zlarini turli ishlarga uradilar. Nazoratchining uyida hech vaqo yo‘q. Sho‘rlik xotin goh u qo‘shniga, goh bu qo‘shnisiga unmi, sutmi, yog‘mi, nonmi so‘rab chiqadi. Yurtchilikda birov bermasa birov beradi. Nazoratchi ro‘zg‘or mayda chuydalariga o‘ralashishni o‘z mavqeiga munosib deb biladi.

Nazoratchi bir bahiya bo‘lsa o‘z g‘ilofidan chiqmaydi: Mahbusni o‘z o‘g‘li, qolaversa, onasidan ayrilgan yetimchani insoniy ko‘z bilan anglamaydi. Qolaversa, marhumani so‘ngi yo‘lga kuzatish marosimi bo‘ladi. Nazoratchi- burch, vazifa kishisi. U o‘z ayolini so‘ngi yo‘lga kuzatish vaftida ham bir soniya bo‘lsada rasmiy kiyinishdan ayrilmaydi. Nazoratchi sho‘ro mafkurasi, siyosati tarbiyalangan o‘ziga xos manqurt, qalbi ko‘r odam. Uni o‘zbek xalqining avlodi ekani, shu el milliyligi, shaxsiyati uning ham g‘ururi ekani Nazoratchi uchun ahamiyatsiz. Shunga qaramay yozuvchi asar oxiri jumlalariga katta bir mazmun joylaydi, kelgusida yuz berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni xabarini qistirib o‘tadi.

Qamoqxonada Nazoratchining o‘g‘liga maxbus mehr ko‘rsatishadi, hamqishloqlari Toshmurdga hamdard bo‘lib muruvvatla so‘zlashadi. Toshmurd qalbi o‘lmaganda, u uyg‘oq edi.O‘g‘lining “tavallud topgan kuni” Nazoratchiga ham ta’sirini o‘tkazadi. “Ota yuring endi-i...”- degan nido Nazoratchini chaqmoq urganday seskantirib yuboradi. Qissa Nazoratchining “Hozir-ir, o‘g‘lim...” degan so‘zlari bilan tugaydi. “Hozir-ir, o‘g‘lim...”- tug‘ulayotgan ko‘ngilning ilk mujdasi edi. Demak, asliyat qanday bo‘lsa, inson har qanday sharoitda ham undan ajray olmaydi. Inson shaxsiyati uyg‘oq ekan, xalqning o‘zligi, milliyligi o‘z “ men”i yo‘q bo‘lmaydi. “Sho‘rodan qolgan odamlar” qissasida nazoratchining “tavallud topayotgan ko‘ngli” xalqning o‘zligi, asli ma’naviy-ruhiy olami, milliy g‘ururi qaytishining yorqin timsoli edi.

80- yillardan boshlab o‘zbek qissa, romanlarida roviy masalasi alohida ko‘zga tashlanadi. Murod Muhammad Do‘st, Tog‘ay Murod, Erkin A’zamovlar roviy obraziga alohida ‘etibor berdilar. Roviy zinhor- bazinhor muallifning aynan o‘zi emas. Shunday roviy- qahramonlar borki ularning tushunchalari fikrlash darajalari ancha jo‘n, past. Kitobxon roviy bilan yozuvchi orasidagi nozik aloqalarni, uslub tebranishlarini, asar poetikasi sirlarini anglab yetishi joiz. Roviy muommosiga ancha batafsil to‘xtalishimiz boisi shundaki, Shoyim Bo‘tayev qissalarida, ayniqsa, “Sho‘rodan qolgan odamlar” asarida hikoyachi shaxsi, timsoli jiddiy o‘rin egallaydi. Yozuvchining “Shamol o‘yini” qissasida roviy masalasi jiddiy qo‘yiladi. Roviy voqealarni tasvirlaydi, qahramonlar qilmishi, faoliyatini ko‘rsatadi. Lekin u na voqealar mohiyatini, na qahramonlar xatti- harakatini baholamaydi. Sinchkov kitobxon xolis tasvir, xatti- harakatlarning ifodasi orqali asar g‘oyasini - yozuvchi konsepsiyasini bilib olishi lozim.

Shoyim Bo‘tayev qissalaridagi roviy kesatiq pichingga usta. U sho‘ro davridagi rasmiy siyqa munosabatlarni o‘rniga qo‘yib tasvirlaydi. Bir o‘rnida “bo‘yniga bo‘yinbog‘ bog‘langan xirandmand”ning vilmish qidirmishlari bo‘yinbog‘ga nisbatan berib tasvirlanadi: “Maxsus oshxonalarga kirib, egasining to‘yimli, xushbo‘y ovqatlarni ishtaxa bilan tushirayotganiga guvox bo‘ladi, uning kekira-kekira yana o‘zining salobatli xonasiga ko‘tarilayotganidan zavqlanadi. Kekirib turgan insonning sipolanishi haqiqatan ham zavqli-da, to‘g‘rimasmi?” Roviy hikoyasida piching, kesatiq, soxta balandparvozlik kuchaydimi, bilingki, rasmiy, g‘ayritabiiy xolatlar, soxta munosabatlar tasvirlanayotgan bo‘ladi. “Shamol o‘yini”dagi roviy rais, Berkinboy, Yoshiuzoq haqida gapirar ekan, bulbulgo‘yo bo‘lib ketadi, labi-labiga tegmay tesha tegmagan kesatiq, pichinglar zo‘r beradi: bilingki, yolg‘on munosabatlar to‘ralarcha munosabat ajoyibotlari fosh qilinayapti.

“Shamol o‘yini”dagi roviy “Sho‘rodan qolgan odamlar” qissasida ham hikoyachi vazifasini o‘taydi. Bu qissadagi roviy endi tamoman eshilib ketadi, o‘zligini butunlay namoyon hikoya qiladiki, ularni to‘lib-toshmasdan, tilga asal surtib olmasdan rivoyalash mumkin emas. Shoyim Bo‘tayevning “Eski arava”, “Muyulishdagi uy” qissalarida soni mo‘l-u salmog‘i kam, xiragini ijtimoiy yuki yengil personajlari ko‘p. “Shamol o‘yini”da qahramon-u personajlarning tiniq, yorqinligiga e’tibor beriladi-yu, ularni ish bilan ta’minlash- badiiy-g‘oyaviy vazifa bilan band qilish ko‘nglidagiday bo‘lmadi. “Sho‘rodan qolgan odamlar” qissasida, nazarimizda personajlar tiniq, tirik, dardli; qahramonlar xarakter darajasiga ko‘tarilgan, jiddiy tahlil- talqinga tob bera oladi.

“Muyulishdagi uy”, “Shamol o‘yini” qissalarining ruhiga mana bunday estetik g‘oya singdirilgan: harom-xarish oralangan, yolg‘on aralashgan, jinoyat ro‘y bergan joydan imon-e’tiqod, qut-baraka, fayz-tarovat ko‘tariladi. Shoyim Bo‘tayev sho‘ro odamlarini, kechagi kunni chuqquroq o‘rgana bordi, ruhiy-ma’naviy tanazzul sirlarini aniqlashga intildi. Imon-e’tiqod, fayz-tarovat, murod- maqsadlilik, qalbi uyg‘oq tavvalud topgan ko‘ngillardagina bo‘lar ekan. Sho‘ro mafkurasi, siyosati insoniylikning jon tomiri - Yaratganni tanigan, unga talpingan, undangina qo‘rqqan ko‘ngillarga tajavuz qildi. Masjid-u madrasalar buzilib tashlandi, yaroqsiz holga keltirildi; imomu ulomalar, ahli ilm mahv etildi. Minglab qishloqlardan, shaharlardan imon ko‘tarilib, fayz keta boshladi. “Sho‘rodan qolgan odamlar” qissasida mana shunday qishloqlardan biri tasvirlangan. Imonu e’tiqod inson qalbining tub-tubidan joy oldigan ruhiy-ma’naviy qadriyatdir. Uni yulib tashlash, butun xalqni bu ne’matdan mosuvo qilish aslo mumkin emas. Xalqimiz ne-ne azoblarga, ruhiy-ma’naviy tazyiqlarga giriftor qilinmadi, lekin u o‘zligini yo‘qotgani yo‘q. “Sho‘rodan qolgan odamlar” qissasida ham Aka, Amakidan, eri qamalib ketgan semiz ayoldan tashqari qalbida gavhari bor, din-diyonatini yutmagan o‘nlar, yuzlarcha odamlar bor. Shulardan biri- o‘g‘rlik qilgan uch yigitchaning o‘qituvchisi, muallimdir. Befarosat, semiz ayol nazarida: “malim ham kuchukday gap-da! Erta-yu kech vov-vov etadi-yu oldiga tashlangan bitta suyak. Shu ish uchun nechchi yillab katta shaharlarga borib o‘qib ham kelishadi, hayf!” Muallimning kiyimi bir holatda. Lekin uning qirtishlangan iyagi, ko‘zidagi aynak, o‘z xayollariga ko‘milib yurishi diqqatni tortadi.


Download 343,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish