O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

E. Soxta bankrotlik 
(Jinoyat kodeksining 180-moddasi) 
 
Mazkur jinoyatning obyekti tadbirkorlik tuzilmalarining normal faoliyat ko‘rsatishini, xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning  manfaatlarini  ta’minlovchi  ijtimoiy  munosabatlardir.  Bankrotlikka  taalluqli  ko‘pgina 
masalalar O‘zbekiston Respublikasining «Bankrotlik to‘g‘risida»gi Qonunida tushuntirib berilgan. 
Obyektiv tomondan jinoyat xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z majburiyatlarini iqtisodiy jihatdan bajara 
olmasligi  haqida  bila  turib,  haqiqatga  to‘g‘ri  kelmaydigan  e’lon  berishi  natijasida  kreditorlarga  ko‘p 
miqdorda zarar yetkazilishida namoyon bo‘ladi.  
Subyektning  bila  turib,  o‘zining  nochorligi  haqidagi  yolg‘on  ma’lumotni  e’lon  qilishi  soxta  bankrotlik 
hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt haqiqatda kreditorlar oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir 
bo‘lgani holda ularni bajarishdan ataylab bo‘yin tovlab, o‘zini bankrot, deb e’lon berishi, ataylab haqiqatga 
to‘g‘ri kelmaydigan e’lon berish hisoblanadi.  
Xo‘jalik  yurituvchi  subyekt  qonunda  belgilangan  tartibni  buzib  o‘zining  iqtisodiy  nochorligini  e’lon 
qilgan hollarda, aybdorning qilmishi muayyan holatlar mavjud bo‘lganida firibgarlikni vujudga keltiradi.  
Agar  mansabdor  shaxs  soxta  hujjatlar  taqdim  etib,  bankrotlik  to‘g‘risida  e’lon  bersa,  uning  qilmishlari 
jinoyatlarning  jami  bo‘yicha  Jinoyat  kodeksining  209-moddasi  (mansab  soxtakorligi)  bilan  ham 
kvalifikatsiya qilinadi.  
Xo‘jalik  yurituvchi  subyektning  jinoiy  harakatlari  oqibatida  kreditorlarga  ko‘p  miqdorda  zarar 
yetkazilishi  soxta  tadbirkorlikning  zaruriy  belgisi  hisoblanadi.  Ko‘p  miqdorda  zarar  yetkazilgan  paytdan 
e’tiboran jinoyat tamom bo‘lgan, deb hisoblanadi.  
Subyektiv  tomondan  jinoyat  to‘g‘ri  qasddan  sodir  etiladi.  Jinoyatning  motiv  va  maqsadi  qilmishning 
kvalifikatsiyasiga ta’sir qilmaydi. Jinoyatning subyekti tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi, 16 yoshga to‘lgan 
har qanday shaxs hisoblanadi.  
O‘zbekiston  Respublikasining  1999-yil  20-avgustda  qabul  qilingan  Qonuni  bilan  Jinoyat  kodeksining 
180-moddasi  quyidagi  mazmundagi  2-qism  bilan  to‘ldirilgan:  «Yetkazilgan  moddiy  zarar  uch  karra 
miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi».  
 
F. Soliq va boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash 
(Jinoyat kodeksining 184-moddasi) 
 
1997-yil  24-aprelda  O‘zbekiston  Respublikasining  Soliq  kodeksi  qabul  qilindi,  unda  soliq  tizimining 
huquqiy asoslarini, soliq to‘lovchilarning huquqlari hamda majburiyatlari, soliq ishlarini yuritish tartibini va 
soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan. 
Jinoyatning  obyekti  davlatning  moliyaviy  sohada  faoliyat  ko‘rsatishi  bilan  bog‘liq  ijtimoiy 
munosabatlardir.  Soliq  solinishi  lozim  bo‘lgan  obyektlar  Soliq  kodeksida  belgilab  qo‘yiladi.  O‘zbekiston 
hududida quyidagi soliqlar va yig‘imlar mavjud: 


 
1)  umumdavlat soliqlari: yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‘i; jismoniy shaxslardan 
olinadigan  daromad  solig‘i;  qo‘shilgan  qiymat  solig‘i;  aksiz  solig‘i;  yer  osti  boyliklaridan  foydalanganlik 
uchun soliq; ekologiya solig‘i; suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 
2)  mahalliy  soliqlar  va  yig‘imlar:  mol-mulk  solig‘i;  yer  solig‘i;  reklama  solig‘i;  avtotransport 
vositalarini  olib  sotganlik  uchun  soliq;  savdo-sotiq  qilish  huquqi  uchun  yig‘im,  shu  jumladan,  ayrim 
turlardagi  tovarlarni  sotish  huquqini  beruvchi  litsenziya  yig‘imlari;  yuridik  shaxslarni,  shuningdek, 
tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug‘ullanuvchi  shaxslarni  ro‘yxatga  olganlik  uchun  yig‘im;  avtotransport 
to‘xtash joyidan foydalanganlik uchun yig‘im va hokazo. 
 
Obyektiv  tomondan  jinoyat  foyda  (daromad)  yoki  soliq  solinadigan  boshqa  obyektlarni  yashirish, 
kamaytirib  ko‘rsatish,  shuningdek,  davlat  tomonidan  belgilangan  soliqlarni,  yig‘imlarni,  boj  yoki  ancha 
miqdordagi boshqa to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlashda ifodalanadi. 
Soliq kodeksining 16-moddasiga muvofiq, jami daromad bilan mazkur kodeksda belgilangan chegirmalar 
o‘rtasidagi farq sifatida  hisoblangan daromad  (foyda)  soliq  solish  obyektidir.  Soliq  solinadigan  obyektlarni 
yashirish  deganda,  buxgalteriya  hisobotlarida  daromadlar  va  xarajatlardan  tashqari  soliq  solish  obyektlarini 
aks  ettirmaslik  tushuniladi.  Soliq  solinadigan  obyektlarni  kamaytirib  ko‘rsatish  deganda,  soliq  solinadigan 
asoslarni to‘g‘ri hisoblamaslik, uni qonunga xilof ravishda kamaytirib ko‘rsatish tushuniladi. 
Davlat  tomonidan  belgilangan  soliqlar,  yig‘imlar,  boj  va  boshqa  to‘lovlarni  to‘lashdan  bo‘yin  tovlash 
deganda, shu to‘lovlarni to‘lamaslikka qaratilgan har qanday harakatlarni sodir etish tushuniladi. 
Ancha  miqdordagi  soliqlar  va  boshqa  to‘lovlarni  to‘lashdan  bo‘yin  tovlash  tahlil  qilinayotgan  modda 
bo‘yicha jinoiy javobgarlik yuzaga kelishining zaruriy sharti hisoblanadi. Jinoyat ancha miqdordagi soliqlar 
yoki  boshqa  to‘lovlarni  to‘lashdan  bo‘yin  tovlashga  qaratilgan  harakatlar  sodir  etilgan  paytdan  e’tiboran 
tamom bo‘lgan, deb hisoblanadi. 
Subyektiv  tomondan  jinoyat  qasddan  sodir  etiladi.  Uning  motivi  va  maqsadi  jinoyatni 
kvalifikatsiyalashda e’tiborga olinmaydi. Jinoyatning subyekti 16 yoshga to‘lgan har qanday shaxs bo‘lishi 
mumkin. 
Ushbu  qilmishning  takroran,  ko‘p  miqdorda  (Jinoyat  kodeksining  184-moddasi,  2-qismi),  juda  ko‘p 
miqdorda  (Jinoyat  kodeksining  184-moddasi,  3-qismi)  sodir  etilishi  javobgarlikni  og‘irlashtiruvchi  holatlar 
hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim 
qonun  hujjatlariga  o‘zgartirishlar  va  qo‘shimchalar  kiritish  to‘g‘risida»gi  Qonuniga  binoan  Jinoyat 
kodeksining 184-moddasi quyidagi: «Qasddan yashirilgan, kamaytirib ko‘rsatilgan foyda (daromad) bo‘yicha 
soliqlar  va  boshqa  to‘lovlar  to‘liq  to‘langan  taqdirda,  ozodlikdan  mahrum  qilish  tariqasidagi  jazo 
qo‘llanilmaydi», degan qism bilan to‘ldirilgan. 
 
 
 
1.  Naf keltirmaydigan bitim tuzish deganda nima tushuniladi? «O‘zbekiston Respublikasi manfaatlari»ga tushuncha bering. 
2.  Qalbaki  pul,  aksiz  markalar  yoki  qimmatli  qog‘ozlar  yasash  yoki  o‘tkazganlik  uchun  javobgarlikning  kelib  chiqish  shartlari 
qanday? Jinoyat kodeksining 176-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning shakllari qanday? 
3.  Qalbaki  pul  yoki  qimmatli  qog‘oz  yasash  yoki  ularni  o‘tkazish  va  qonunga  xilof  ravishda  valuta  qimmatliklarini  olish  yoki 
o‘tkazishning qanday umumiy tomonlari va farqlari mavjud? 
4.  Valuta qimmatliklarini g‘ayriqonuniy olish va o‘tkazish deganda nima tushuniladi? 
5.  Valuta qimmatliklarini g‘ayriqonuniy olish yoki sotganlik uchun javobgarlik shartlari qanday? 
6.  Chet el valutasini qasddan yashirish nimalarda ifodalanadi? 
7.  Chet el valutalarini yashirish o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilishdan qanday farq qiladi? 
8.  Soxta tadbirkorlik deganda nima tushuniladi? 
9.  Soxta tadbirkorlik o‘zgalar mulkini aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan egallab olishdan qanday farq qiladi? 
10. Soxta bankrotlik deganda nima tushuniladi? 
11.  Soxta  bankrotlik  uchun  javobgarlik  shartlari  qanday?  Bu  jinoyat  o‘zlashtirish   yoki  firibgarlik  jinoyatlaridan  qanday  farq 
qiladi? 
12. Soxta bankrotlik va bankrotlikni yashirishning qanday umumiyligi mavjud? 
13. Bankrotlikni yashirish deganda nima tushuniladi? Bu jinoyatning talon- tarojdan qanday farqi mavjud? 
14. Bojxona to‘g‘risidagi qonunlarni buzish qanday harakatlarda ifodalanishi  mumkin? 


15. Bojxona to‘g‘risidagi qonunlarni buzish jinoyatining javobgarlikni  og‘irlashtiruvchi holatlari nimalarda namoyon bo‘ladi? 
16. Bojxona to‘g‘risidagi qonunlarni buzishning jinoiy javobgarlik shartlari  sifatida nimalar asos bo‘ladi? 
17. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish qanday harakatlarda  ifo- dalanadi? 
18. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzishning ijtimoiy xavfliligi  nima larda ifodalanadi? 
19. Soliq yoki boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortishning belgilarini aytib  bering. 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish