O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

D. Soxta tadbirkorlik 
(Jinoyat kodeksining 179-moddasi) 
 
Ushbu  jinoyatning  obyekti  korxonalar  yoki  boshqa  tadbirkorlik  bilan  shug‘ullanuvchi  tuzilmalarning 
qonunda,  o‘z  Nizomida  belgilangan  faoliyatini  ta’minlovchi  ijtimoiy  munosabatlar  davlat  jamiyat  va 
fuqaroning tadbirkorlik faoliyati sohasidagi iqtisodiy manfaatlari hisoblanadi.  
Jinoyatning  obyektiv  tomoni  Nizomda  ko‘rsatilgan  faoliyatni  amalga  oshirish  maqsadini  ko‘zlamasdan 
korxonalar  yoki  boshqa  tadbirkorlik  bilan  shug‘ullanuvchi  tashkilotlarni  tuzishda  ifodalanadi.  Fuqarolik 
kodeksining  40-moddasiga  muvofiq,  foyda  olishni  o‘z  faoliyatining  asosiy  maqsadi  qilib  olgan  (tijoratchi 
tashkilot)  yoki  foyda  olishni  shunday  maqsad  qilib  olmagan  (tijoratchi  bo‘lmagan  tashkilot)  yuridik  shaxs 
bo‘lishi mumkin. 
Тijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxs xo‘jalik shirkati va jamiyati, ishlab chiqarish kooperativi, unitar 
korxona va qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda tuzilishi mumkin. Тijoratchi tashkilot bo‘lmagan 
yuridik  shaxs  jamoat  birlashmasi,  ijtimoiy  fond  va  mulkdor  tomonidan  moliyaviy  ta’minlab  turiladigan 
muassasa shaklida, shuningdek, qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda tashkil etilishi mumkin.  
Fuqarolik  kodeksining  41-moddasida  yuridik  shaxs o‘zining  ta’sis  hujjatlarida  nazarda tutilgan  faoliyati 
maqsadlariga  muvofiq  fuqaroviy  huquq  layoqatiga  ega  bo‘ladi.  Yuridik  shaxsning  maxsus  huquq  layoqati 
uning nizomi yoki qonun hujjatlarida belgilangan bo‘ladi.  
Har  bir  tuzilgan  korxona  yoki  boshqa  tadbirkorlik  tuzilmasi  faqat  o‘z  Nizomida  ko‘rsatilgan  faoliyat 
turlari bilan shug‘ullanishi kerak. Soxta tadbirkorlikda esa, tuzuvchilar o‘z Nizomida ko‘rsatilgan faoliyatini 
amalga oshirish maqsadini ko‘zlamaydi, balki korxona boshqa maqsadlarini ko‘zlab tuziladi. 
Korxona  tuzish  (vujudga  keltirish)  faktining  o‘zi  qonunga  to‘la  asoslangan  bo‘lmaydi,  uning  nizomi, 
zaruriy  ta’sis  hujjatlari  qabul  qilinadi,  ro‘yxatdan  o‘tkaziladi,  biroq,  ishni  boshlash  vaqti  kelganda,  bunday 
korxona  o‘z  nizomida  ko‘rsatilgan  faoliyat  bilan  umuman  shug‘ullanmaydi  yoki  nizomida  ko‘rsatilmagan 
faoliyat bilan shug‘ullanadi.  
Nizomda  belgilangan  faoliyatni  amalga  oshirish  maqsadining  yo‘qligi  ta’sis  hujjatlarida  ko‘rsatilgan 
majburiyatlarni bajarmaslikda namoyon bo‘ladi. Nizomda ko‘rsatilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadini 
ko‘zlamasdan korxona yoki boshqa tadbirkorlik tuzilmasi tuzilgan paytdan e’tiboran jinoyat tamom bo‘lgan, 
deb hisoblanadi.  


Subyektiv tomondan jinoyat qasddan sodir etiladi. Nizomda ko‘rsatilgan faoliyat bilan shug‘ullanmaslik, 
qarz, kredit olish, foydani (daromadni) soliqlardan ozod qilish (pasaytirish) yoki boshqa mulkiy naf ko‘rish 
jinoyat maqsadining zaruriy alomati hisoblanadi.  
 O‘zbekiston  Respublikasining  1994-yil  5-mayda  qabul  qilingan  «Bankrotlik  to‘g‘risida»gi  Qonuni  1-
moddasiga  muvofiq,  «Bankrot  bo‘lish  deganda,  qarzdorning  majburiyatlari  mol-mulkidan  oshib  ketganligi 
sababli tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) haq to‘lash yuzasidan kreditorlarning talablarini qondirishga qodir 
emasligi,  shu  jumladan,  budjetga  va  budjetdan  tashqari  fondlarga  majburiy  to‘lovlarni  ta’minlashga  qodir 
emasligi tushuniladi.  
Kreditorlarning  talablarini  bajarish  muddati  boshlangan  kundan  e’tiboran  xo‘jalik  yuritish  subyekti  uch 
oy  mobaynida  ularni  bajarolmayotganligi  yoki  bajarishga  qodir  emasligining  muqarrarligi  sababli  joriy 
to‘lovlari to‘xtatib qo‘yilishi xo‘jalik yurituvchi subyekt bankrot bo‘lishining tashqi alomati hisoblanadi». 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyoriy ravishda tugatilayotganida uning o‘zi bankrot bo‘lganligini rasman 
e’lon qilganidan keyin u bankrot bo‘lgan hisoblanadi. 
Jinoyatning subyekti 16 yoshga to‘lgan va soxta korxona tuzgan har qanday shaxs bo‘lishi mumkin. 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish