O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

B. Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli  
qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish 
(Jinoyat kodeksining 176-moddasi) 
 
Qalbaki  pul  yoki  qimmatli  qog‘ozlar  yasash,  ularni  o‘tkazishning  ijtimoiy  xavfliligi  qog‘oz  pul  yoki 
qimmatli qog‘ozlar ko‘payib ketishiga, ya’ni pul va tovar massasining o‘zaro mutanosibligining buzilishiga 
sabab  bo‘ladi.  Muomalada  tovar  bilan  ta’minlanmagan  qog‘oz  pullar  paydo  bo‘ladi,  bu  esa  pulning 
qadrsizlanishiga, iqtisodiy beqarorlikka sabab bo‘ladi, davlat iqtisodiyotining asoslariga putur yetkazadi. 
Jinoyatning obyekti davlatning pul va kredit tizimidir. 


Jinoyatning  predmeti  bank  biletlari  (banknotlar),  ya’ni  puldir.  O‘zbekiston  Respublikasining  pul  birligi 
so‘m, shuningdek, metall tangadir. Bank biletlari (banknotlar), ya’ni pullar (so‘mlar) 1, 3, 5, 10, 50, 100, 200, 
500, 1000 so‘mlikdir. Metall tangalar – 1, 2, 3, 4, 5, 10, 20 tiyinlikdir. 
Aksiz  markalar  markirovkalanishi  shart  bo‘lgan  mahsulotni  ishlab  chiqaruvchi  xo‘jalik  yurituvchi 
subyektlarning talabnomalari bo‘yicha aksiz markalari uchun haq to‘lanib, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat 
bojxona  qo‘mitasining  hududiy  organlarida  ro‘yxatdan  o‘tilganidan  keyin  «Paxtabank»ning  mintaqaviy 
bo‘limlari  tomonidan  beriladi.  Aksiz  markasi  aksiz  solig‘i  to‘langaniga  dalildir.  Aksiz  markalari  qat’iy 
hisobda turadigan blanklar hisoblanadi. 
Fuqarolik  kodeksining  96-moddasiga  muvofiq,  «mulkiy  huquqlarni  belgilangan  shaklga  va  majburiy 
rekvizitlarga  amal  qilgan  holda  tasdiqlovchi  hujjatlar  qimmatli  qog‘ozlar  hisoblanib,  ular  taqdim  etilgan 
taqdirdagina mazkur huquqlarni amalga oshirish yoki boshqa shaxslarga berish mumkin bo‘ladi». 
Qimmatli  qog‘ozlar  jumlasiga:  obligatsiyalar,  veksellar,  cheklar,  depozit  va  jamg‘arma  sertifikatlari, 
bankning  taqdim  qiluvchiga  pul  beriladigan  jamg‘arma  daftarchasi,  konosament,  aksiya  hamda  qonun 
hujjatlari bilan qimmatli qog‘ozlar jumlasiga kiritilgan boshqa hujjatlar kiradi. 
O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-mayda  qabul  qilingan  «Valutani  tartibga  solish  to‘g‘risida»gi 
Qonuniga muvofiq, chet el valutasi jumlasiga tegishli xorijiy davlatda muomalada bo‘lgan va qonuniy to‘lov 
vositasi  hisoblangan  banknot  ko‘rinishdagi  chet  el  pullari,  shuningdek  muomaladan  chiqarilgan  yoki 
muomaladagi, ammo O‘zbekiston Respublikasi pul belgilariga almashtirilishi lozim bo‘lgan chet el pullari; 
schyotlarda  va  omonatlarda  bo‘lgan  xorijiy  davlatlarning  pul  birliklaridagi  va  xalqaro  hisob-kitob 
birliklaridagi mablag‘lar kiradi. 
Obyektiv tomondan jinoyat: 
 
1)  o‘tkazish  maqsadida  qalbaki  bank  biletlari  (banknotlar),  metall  tangalar,  aksiz  markalar,  qimmatli 
qog‘ozlar yoki chet el valutasi yoxud chet el valutasidagi qimmatli qog‘ozlar yasashda; 
2) ularni o‘tkazishda ifodalanadi. 
 
Qalbaki  biletlar  yoki  qimmatli  qog‘ozlar  yasash  (soxta  pul  yasash)  deganda,  mazkur  narsalarni  to‘la 
yasash  yoxud  haqiqiy  qog‘oz  pullar  yoki  qimmatli  qog‘ozlarga  qisman  o‘zgartirishlar  kiritish  (shu 
narsalarning raqamlarini yoki boshqa zaruriy qismlarini o‘zgartirish) tushuniladi. 
Qalbaki  biletlar  yoki  qimmatli  qog‘ozlarni  yasash  usullari  har  xil  bo‘lishi  mumkin.  Bu  fotosuratlar, 
kompyuter texnikasidan foydalanish, chizish, matbaa yo‘li bilan pul yoki qimmatli qog‘ozlarni bosma usulda 
chiqarish  va  h.k.  usullari  bo‘lishi  mumkin.  Jinoyatning  kvalifikatsiyasi  uchun  uni  sodir  etish  usullarining 
ahamiyati yo‘q. 
Biroq,  qalbaki  pul  yoki  qimmatli  qog‘ozlarning  barcha  o‘lchamlari,  zaruriy  belgilari,  ya’ni  rekvizitlari 
haqiqiysiga chindan ham o‘xshash bo‘lishi jinoyatni kvalifikatsiya qilishning zaruriy sharti hisoblanadi. Aks 
holda,  aybdorning  harakatlarini  ko‘rib  chiqilayotgan  modda  bo‘yicha  kvalifikatsiya  qilish  mumkin  emas. 
Masalan,  shaxsning  jurnaldan  yangi  pulning  namuna  nusxalarini  qirqib  olib,  ularni  yopishtirib  sotishga 
urinishini  qalbaki  pul  yasash  yoki  ularni  o‘tkazish,  deb  bo‘lmaydi.  Bunday  qilmish  muayyan  sharoitda 
firibgarlik,  deb  baholanishi  mumkin.  Chunki  bunday  pullar  muomalada  bo‘la  olmaydi  va  davlatning  pul 
kredit tizimi asoslariga putur yetkazmaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2000-yil 28-apreldagi «Valuta qimmatliklarini qonunga 
xilof ravishda olish yoki o‘tkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti to‘g‘risida»gi  8-qarori 12-bandida: 
«Agar qalbakiligi aybdorga ayon bo‘lgan valuta qimmatliklari ko‘rinishidagi, pul muomalasida qo‘llanishini 
istisno qiladigan darajada haqiqiysiga ro‘yi rost o‘xshamaydigan kupyuralar o‘tkazilgan bo‘lsa, shuningdek, 
aybdorda  jabrlanuvchini  qo‘pol  ravishda  aldash  niyati  bo‘lganligidan  guvohlik  beruvchi  boshqa  holatlar 
mavjud bo‘lsa, bunday qilmish Jinoyat kodeksining 176-moddasi tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinib, 
Jinoyat  kodeksining  168-moddasi  (firibgarlik)  bilan  qo‘shimcha  kvalifikatsiya  qilish  talab  qilinmaydi. 
Qalbaki  pul  yoki  qimmatli  qog‘ozlarni  olgan  shaxsning  qilmishi  esa,  valuta  qimmatliklarini  qonunga  xilof 
ravishda olishga suiqasd sifatida tavsiflanishi lozim»
1
, deb ta’kidlanadi. 


Qalbaki pul yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, agar ularni o‘tkazish maqsadi borligi aniqlansa, loaqal bir 
nusxada yasalgan vaqtdan e’tiboran tamom bo‘lgan jinoyat, deb hisoblanadi. 
Mazkur  narsalarni  o‘tkazish  deganda,  ularni  muomalaga  kiritish,  ya’ni  ulardan  to‘lov,  ayirboshlash, 
hadya qilish vositasi sifatida foydalanish va shu narsalarning muomalada bo‘lishiga imkon beradigan boshqa 
harakatlarni sodir etish tushuniladi. Qalbaki pul yoki qimmatli qog‘ozlarning hatto bitta nusxasini muomalaga 
chiqazish tamom bo‘lgan jinoyat, deb hisoblanadi. 
Subyektiv  tomondan  jinoyat  to‘g‘ri  qasd  bilan  sodir  etiladi.  O‘tkazish  maqsadining  borligi  qalbaki  pul 
yoki qimmatli qog‘ozlar yasashning zaruriy belgisidir. Shaxs qalbaki pul yoki qimmatli qog‘ozlarni o‘tkazish 
maqsadida emas, aytaylik, o‘zi uchun, masalan, o‘z qobiliyati mahoratini ko‘rsatish va h.k. uchun yasalgan 
hollarda uning harakatlari jinoiy qilmish hisoblanmaydi. 
Qalbaki pullar yoki qimmatli qog‘ozlarni o‘tkazish faqat to‘g‘ri qasd bilan sodir etilishi mumkin. Aybdor 
shaxs qalbaki pul yoki qimmatli qog‘ozlarni o‘tkazayotganini oldindan bilgan bo‘lishi kerak, agar u soxta pul 
yoki qimmatli qog‘ozlarni o‘tkazayotganligini bilmagan bo‘lsa, uning harakatlarida jinoyat tarkibi bo‘lmaydi. 
Jinoyatning subyekti 16 yoshga to‘lgan, har qanday aqli raso shaxs bo‘lishi mumkin. 
Jinoyat kodeksining 176-moddasi, 2-qismida: 
 
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; 
b) ko‘p miqdorda; 
d) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan, o‘tkazish maqsadida qalbaki pul yoki 
qimmatli qog‘ozlar yasaganlik yoki ularni o‘tkazganlik uchun javobgarlik nazarda tutiladi. 
 
Moddaning 3-qismida juda ko‘p miqdorda, uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab 
qalbaki yoki qimmatli qog‘ozlar yasaganlik, o‘tkazganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan. 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish