Rangli metallar, ularning parcha va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish va ulardan foydalanish hamda
ularni o‘tkazish qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining 185
1
-moddasi).
Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining
185
2
-moddasi).
Bu jinoyatlarning obyekti O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti asoslari, davlatning pul kredit tizimi,
bojxona tizimining belgilangan asoslari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlari,
iste’molchilar va jamiyatning qonuniy manfaatlari, soliq to‘lash tizimi, budjet intizomining belgilangan tartibi
hisoblanadi. Obyektiv tomondan bu jinoyatlar harakat bilan sodir etiladi. Subyektiv tomondan bu jinoyatlar
faqat qasddan sodir etilib, jinoyat subyekti 16 yosh hisoblanadi.
A. O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga
xilof ravishda bitimlar tuzish
(Jinoyat kodeksining 175-moddasi)
Bu jinoyatning obyekti O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asoslaridir. Obyektiv tomondan jinoyat
davlat organi, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining
mansabdor shaxsi tomonidan respublika manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lgan, naf
keltirmasligi ayon bo‘lgan bitimning tuzilishida ifodalanadi.
Bitim deganda, tovarlar, oziq-ovqat mahsulotlari, xomashyo, uskunalar yetkazib berish, turli inshootlar
qurish va h.k maqsadlarini ko‘zlab chet ellik sherik bilan iqtisodiy bitim tuzish tushuniladi.
Bitim tuzilishi natijasida respublikaning iqtisodiy manfaatlariga katta zarar yetkazadigan har qanday
bitim naf keltirmaydigan bitim, deb hisoblanadi. Jinoyat obyektiv tomonining zaruriy belgisi O‘zbekiston
Respublikasi manfaatlariga xilof ravishda bitim tuzilishi natijasida ko‘p miqdorda zarar yetkazilishi
hisoblanadi.
Ko‘p miqdordagi zararni aniqlashda «zarar» tushunchasi jinoiy qilmishdan ko‘rilgan zararnigina o‘z
ichiga olishini nazarda tutish lozim. Zarar miqdorini aniqlashda O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga
xilof ravishda bitim tuzish sababli boy berilgan naf e’tiborga olinmaydi. Agar bitim tuzilishi natijasida
respublika manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan bo‘lsa, jinoyat tamom bo‘lgan, deb hisoblanadi.
Subyektiv tomondan jinoyat faqat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi. Mansabdor shaxs bitim tuzilgunga qadar
uning respublika manfaatlari uchun naf keltirmasligini bilishi kerak.
Agar mansabdor shaxs o‘zining xizmat vazifasiga sovuqqonligi natijasida shunday bitim tuzsa, uning
xatti-harakati Jinoyat kodeksining 207-moddasiga binoan (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) kvalifikatsiya
qilinadi. Jinoyatning motiv va maqsadi uning kvalifikatsiyasiga ta’sir qilmaydi.
Jinoyatning subyekti davlat organi, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, korxona, muassasa, tashkilot yoki
jamoat birlashmasining mansabdor shaxsigina bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitim tuzishda aybdor bo‘lgan mansabdor
shaxs qilmishni:
a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
d) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etgan bo‘lsa, u Jinoyat kodeksining 175-moddasi, 2-
qismi bilan javobgarlikka tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: