O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


 O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

2.2.  O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
 
 
 
 

Davlatga xoinlik qilish (Jinoyat kodeksining 157-moddasi). 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish (Jinoyat kodeksining 158-moddasi). 

O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish (Jinoyat kodeksining 159-moddasi). 

Josuslik (Jinoyat kodeksining 160-moddasi). 

Qo‘poruvchilik (Jinoyat kodeksining 161-moddasi). 

Davlat sirlarini oshkor qilish (Jinoyat kodeksining 162-moddasi). 

Davlat siri yoki harbiy sir hisoblangan hujjatlarini yo‘qotish (Jinoyat kodeksining 163-moddasi). 
 
A. Davlatga xoinlik qilish 
(Jinoyat kodeksining 157-moddasi) 
 
 
Davlatga xoinlik qilish O‘zbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan eng og‘ir qilmish bo‘lib, mazmunan 
o‘z xalqiga sotqinlik qilishdir. Jinoyatning obyekti O‘zbekiston Respublikasining davlat suvereniteti, hududiy 
daxlsizligi,  xavfsizligi,  mudofaa  salohiyati  yoki  iqtisodiyotiga  zarar  yetkazishda  ifodalanuvchi  davlatning 
tashqi xavfsizligi hisoblanadi. 
Suverenitet deganda, davlatning o‘z hududida ustuvorligi va uning tashqi siyosiy faoliyat olib borishdagi 
mustaqilligi  tushuniladi.  Davlatning  hududiy  daxlsizligi  deganda,  O‘zbekiston  Respublikasining  butunligi, 
hududlari, chegaralarining bo‘linmasligi tushuniladi. 
Mudofaa qobiliyati  davlatning tashqaridan bo‘ladigan tajovuzni qaytarishga qaratilgan iqtisodiy, harbiy 
imkoniyati,  ya’ni  davlatning  harbiy  qudratidir.  Davlat  sirlari  to‘g‘risidagi  qonunda  bayon  qilingan  davlat 
sirlarini  o‘z  ichiga  olgan  ma’lumotlar  davlatga  xoinlik  qilish  jinoyatining  predmeti  hisoblanadi.  Davlat 
tomonidan  qo‘riqlanadigan  va  maxsus  ro‘yxatlar  bilan  cheklab  qo‘yilgan  o‘ta  muhim,  mutlaq  maxfiy  va 
maxfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va boshqa ma’lumotlar davlat sirlari hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining davlat sirlari: davlat, harbiy va xizmat sirlariga bo‘linadi. 
Davlat  siri  –  oshkor  etilishi  respublikaning  harbiy  iqtisodiy  salohiyatiga  salbiy  ta’sir  etishi  natijasida 
O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi, iqtisodiy va siyosiy manfaatlariga og‘ir 
zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar. 
Harbiy sir –  oshkor qilinishi O‘zbekiston Respublikasi mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi va qurolli 
kuchlari uchun og‘ir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan harbiy ma’lumotlar. 
Xizmat  siri  –  oshkor  qilinishi  O‘zbekiston  Respublikasi  manfaatlariga  zarar  yetkazishi  mumkin  bo‘lgan 
fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv sohalariga doir ma’lumotlar. 
Obyektiv tomondan davlatga xoinlik qilish quyidagi shakllarda sodir etilishi mumkin: 
 
1)   dushman tomoniga o‘tish; 
2) josuslik; 
3)   davlat sirlarini chet el davlatiga yetkazish
4)   O‘zbekiston  Respublikasiga  qarshi  dushmanlik  faoliyati  olib  borishda  chet  el  davlatiga  yordam 
ko‘rsatish. 
 
Yuqoridagi sanalgan xoinona harakatlarning qat’iy ro‘yxatidir. 
Dushman  tomoniga  o‘tish,  ya’ni  davlatga  xoinlik  qilishning  bu  shakli  faqat  urush  davrida  sodir  etilishi 
mumkin. Dushman tomoniga o‘tish jismonan (front chizig‘idan o‘tish) yoxud dushman bosib olgan hududda 
u bilan hamkorlik qilishga rozilik berish tarzida sodir etilishi mumkin. 


Davlatga xoinlik qilishning dushman tomoniga o‘tish shaklida front chizig‘idan o‘tilgan yoxud dushman 
bilan  hamkorlik  qilishga  rozilik  berilgan  paytdan  e’tiboran  tamom  bo‘lgan,  deb  hisoblanadi.  Agar  shaxs 
jangovar harakatlar paytida asirga tushib qolsa, u jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. 
Josuslik  davlat  siri  hisoblangan  ma’lumotlarni  chet  el  davlatiga,  chet  el  tashkilotiga  yoki  ularning 
josuslariga  yetkazish,  shuningdek  yetkazish  maqsadida  o‘g‘irlash  yoki  yig‘ish.  Basharti,  josuslik  chet  el 
fuqarosi  yoki  fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxs  tomonidan  sodir  etilsa,  aybdor  shaxsning  harakatlari  160-modda 
(josuslik) bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi, josuslik O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi tomonidan sodir etilsa, 
davlatga  xoinlik  qilish  jinoyatining  tarkibi  bo‘lib,  xoinlik,  deb  kvalifikatsiya  qilinadi.  Josuslik  jinoyatining 
tahliliga Jinoyat kodeksining 160-moddasi (josuslik)ni ko‘rib chiqishda yanada batafsil to‘xtalamiz.  
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish